|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Библиотеки ... в том числе электронные |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
05.01.2009 09:34 | #31 |
MURDALAR GAPIRMAYDILAR Bismillahir Rohmanir Rohiym «...Ana o‘shalar hidoyatga zalolatni sotib olgandirlar. Va tijoratlari foyda keltirmadi hamda hidoyat topganlardan bo‘lmadilar. Ular misoli bir o‘t (mash’ala) yoquvchiga o‘xshaydilar. Olov endi atrofini yoritganida Olloh yorug‘likni ketkazib, ularni hech narsani ko‘rmaydigan holda zulmatlarda qoldiradi. Ular kar, soqov va ko‘rdirlar. Bas, ular hidoyatga qaytmaslar...» (Baqara surasi, 16—18-oyatlar) MUALLIFDAN Butun olamlar Parvardigori Ollohga behad hamd bo‘lsin va payg‘ambarlarning oxirgisi — sayyidimiz Muhammad alayhissalomga salovot va salomlar bo‘lsin. Albatta, hamd Ollohga xosdir. Biz unga hamd aytamiz, Undan yordam so‘raymiz. Va Ollohdan nafsimizning yomonliklaridan panoh berishini so‘rab iltijo qilurmiz. Kimni Olloh hidoyat qilsa, uni adashtiruvchi yo‘q. Kimni Olloh adashtirsa, uni hidoyat qilguvchi yo‘qdur. Eng ulug‘ so‘zlaru eng bilimli suhbatlar ham shubhasiz, Tangri-taologa shukrimizni keragicha ifoda eta olmaydi. Yaratgan Robbimizga shukrlar bo‘lsinkim, siz — aziz nafis adabiyot muhiblari bilan yana dillashish nasib etyapti. Bu safar ham adashgan bandalar hayotidan ayanchli lavhani bayon etishni niyat qildim. Chunki bu sinovli dunyoda adashgan bandalar ko‘p. Ulug‘ va qudratli Robbimiz marhamat qilib derki: «Odamlarga ayollardan, bolalardan, to‘p-to‘p tillo va kumushdan, go‘zal otlardan, chorvadan, ekin-tikindan iborat shahvatlarning muhabbati ziynatlandi. Ular dunyo hayotining matohidir. Ollohning huzurida esa husnli qaytar joy bor». (Oli Imron surasi, 14-oyat). Asarni online o'qish Saqlab olish (PDF, 605 Kb) |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
05.01.2009 09:35 | #32 |
Ov (qissa). Tohir Malik
Sen tebranib o‘rtangin, Men yiqilib ingrayin. Sen o‘tli un chekarda Men qonli yosh to‘kayin. Abdurauf Fitrat Bismillahir Rohmanir Rohiym Erta saharda mo‘minlar qatorida o‘rnimdan turg‘izgan, ko‘zimga nur bergan, ongimni tiniqlashtirgan, qo‘lga qalam olishga imkon yaratgan Egamga hamd aytmoq bilan ishga kirishgumdir. Yo Tangrim, dilimda bir dard uyg‘ongan, uni dindoshlarimga-da yetkazishga o‘zing madad bergaysen. Ey Olloh, boshimga qilich kelganida ham Sening muborak nomingni tildan qo‘ymagan, Vatan hurligi uchun jon bergan, ammo Vatan tuprog‘ida yotish nasib etmagan shahidlarni o‘z rahmatingga olg‘aysen. Ul muborak zotlarni qiyomatda bandam degaysen, Rasulillah shafoatlariga O’zing muyassar qilg‘aysen, omiyn! Yo Tangrim, O’zingning rizoliging bilan, shahidlar ruhini shod etmoq maqsadida shul asarni yozmoqqa jazm etdim. Biz gunohkor bandalaringga O’zing hidoyat, insofu tovfiq ber... Asarni online o'qish Saqlab olish (PDF, 187 Kb) |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
05.01.2009 09:35 | #33 |
Devona (qissa). Tohir Malik
— Buvajon, mushuk nimadan tarqalgan? — Mushukmi? Mushuk — arslondan, bolam. — It-chi? — It — bo‘ridan. — Odam-chi? — ... MUQADDIMA O‘RNIDA ... U xurjunini yelkasiga olib, uzoq yurdi. Ko‘chki bosgan yerga yetib kelgunicha oyoqlari qaqshab ketdi. U hali ko‘chki nima ekanini bilmasdi. Belga qadar qorga botgan kezlari iziga qaytganidan pushaymon bo‘lar, chiqib olganda esa: «Ota yurtdan uzilgandan ko‘ra muzlab o‘lganim afzal», deb qo‘yardi. Oqshomga borib uning sillasi quridi, ochiqdi. Shunda ham to‘xtamadi. Faqat shom qorong‘usidagina tamaddi qilib olish maqsadida xurjunini yerga qo‘ydi. O‘tirib, nafasini rostladi. Keyin qo‘lini xurjunga tiqdi. Silliq, sovuq, yumaloq bir narsaga qo‘li tegdi. Seskandi. Xurjunning og‘zini ochib, ikki qo‘llab uni chiqardi. Chiqardi-yu, serrayib qotib qoldi. Nafasi ham, yurak urishi ham to‘xtadi. U xurjundan... akasining kallasini olgan edi!.. Tog‘lar ham qotib qoldi. Osmon ham. Dunyoning hayot tomirlaridan jon chiqib ketdi. Bir zum, faqat bir zum shunday bo‘ldi. U qo‘lidagi kallani tashlab yubordi. Akasining kesilgan boshi qorga cho‘kdi. Uning qalbidan otilgan faryod sukunatni qalqitib yubordi. Tog‘lar aks-sado berdi. Yo‘q, aks-sado emas bu. Tog‘lar ham faryod chekdi. Bu faryodni qorlar o‘ziga shima olmadi — osmon bag‘riga singdirdi. Asarni online o'qish Saqlab olish (PDF, 519 Kb) |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
05.01.2009 09:36 | #34 |
Davron (qissa). Tohir Malik
— Sen bilan men hatto u dunyoda ham ko‘rishmasak kerak. Nimaga shunday ekan? — Fe’limiz boshqa-boshqa. — Fe’l emas, dunyoqarash, degin. Qiziq, ikkovimiz ham odam bolasimiz, lekin ko‘rinishimiz o‘xshamaydi. Ikkovimizda ham salkam uch kilolik miya bor, biroq, boshqa-boshqa fikrlaymiz. Hatto kasbimiz bir, ammo tutgan yo‘limiz ayri. Hamma gap ana shu tanlangan yo‘lda bo‘lsa kerak. Ikkovimiz poezd yo‘lidagi ikkita relsdamiz. Ketaveramiz, ketaveramiz, yo‘limiz esa sira kesishmaydi. — Bunga hojat bormikin? MUQADDIMA Ularning chorbog‘lari bir-biriga tutash, devor o‘rniga qator olcha ekilgandi. Chiroyda tengi yo‘q bo‘lib yetishib borayotgan sarvqad qiz ham, pahlavon kelbatli yigit ham qosh qorayib, uydagilari uyquga ketgach, shu olchalar poyiga oshiqar edilar. Bu tun nechundir yigit hayalladi. Qiz barglarning sirli shivirlashiga quloq tutib uzoq o‘tirdi. Barglar shabadada shunchaki titrayaptimikin yoki o‘zlarining tilida suhbat quryaptimikin? «Suhbat... Hamma o‘zicha gaplashadi. Hayvonlar ham o‘zicha tillashadi. Odamlar ularning so‘zlariga tushunmaydilar. Bu xudoning irodasi. Ammo... bir xil tilda so‘zlashuvchi odam zoti ham ba’zan bir-birini tushunmay qoladi-ku? Bu ham Tangrining irodasimikin yo odam zotining aqli qosirligimi? Ajab... Belga urib qolgan o‘t-o‘lanlar ham so‘zlashayotganga o‘xshaydi. Balki ular ham bir-birini yaxshi ko‘rar, rozini aytar... Yo‘g‘-e, axir ular jonli emas-ku? Nimaga, u bechoralarning ham joni bor. Bahorda ko‘karadi, yozda yashnaydi, kuzakda esa quriydi. O‘ladimi, demak joni bor. Faqat umri qisqa. Dunyoning yaralishi ajabtovur...» Asarni online o'qish Saqlab olish (PDF, 216 Kb) |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
05.01.2009 09:36 | #35 |
Falak (qissa). Tohir Malik
— Asl oltin olish uchun inson qoni darkor... — Qonni qaerdan olding? — O‘zimdan. — Sen o‘z qoningni hamisha ishlatavermaysan-ku? — Men asl oltindan har doim uzuk ham qilmayman. — Bundan buyon oltinga inson qoni ishlatishingni man etaman. Inson qonini to‘kmak tanbehga loyiq ishdir. Va bunday qiluvchi kishining umri qisqa bo‘lur. Ulug‘bek saltanatida inson qoni bezak uchun to‘kilmasligi darkor. TOPILMA Uch kundan beri ezib yog‘ayotgan yomg‘ir tindi. Kun botarda qonga belangan ufq endi havoning ochilib ketishini va’da qilgan edi. Lekin mag‘ribdan esib turgan shamol ko‘p o‘tmay yana qora bulutlarni haydab keldi. Yulduzlarning yuzi to‘sildi. Havo aytarli sovuq emas, biroq kuchsiz izg‘irin badanni junjiktiradi. Aeroportda navbatchilardan bo‘lak hech kim qolmadi. Shahar tomondan kelgan bo‘sh avtobus haydovchisi bino eshigi og‘zida turgan Sultonga «chiqarmikin» deganday bir-ikki qarab qo‘ydi. Keyin signal berdi-da, yana shaharga yo‘l oldi. «Oxirgisi bo‘lsa kerak... — o‘yladi Sulton, — nega hech kimdan darak yo‘q? Aslida mehmonxonaga tushaversam bo‘lar ekan. Yo reysni noto‘g‘ri angladimi? Qani, so‘rab ko‘ray-chi...» U ichkari kirib, navbatchiga yaqinlashdi. Asarni online o'qish Saqlab olish (PDF, 308 Kb) |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
05.01.2009 09:37 | #36 |
So'nggi o'q (qissa). Tohir Malik
Jahongir Zokirxo‘jani har eslaganida «musofirlikda oltin topish oson, jon taslim qilish qiyin», deb qo‘yardi. Aslida bu Zokirxo‘janing gapi. Tanasi kafan ko‘rmagan, lahad ko‘rmagan muslimning gapi. Qulog‘iga Olloh nomi bilan azon aytilgan, «Olloh» deb tili chiqqan, umri bo‘yi toat-ibodatda bo‘lgan muslim janozasiz ketdi. Inson bolasining boshiga turli kulfatlar tushishi mumkin. Bu dunyo azoblarini behad ko‘p totishi mumkin. Lekin Jahongirning nazarida, kulfatlarning eng beshafqati o‘sha Zokirxo‘jaga nasib etdi. «Bir hovuch ona tuproqqa zor bo‘lib ko‘z yumishni hech bir andaga nasib etmasin.» Bu ham Zokirxo‘janing gapi... Nohaqlik, tuhmatlar jabrini ko‘p tortgan, ammo vijdoniga xiyonat qilmagan tabarruk inson, tog‘am Mirzakalon Ismoiliyning pokiza ruhiga xolis niyat ila baxshida etdim. MUQADDIMA «Bismillohir Rohmanir Rohiym!». U shunday deb miltiq qo‘ndog‘ini yelkasiga tirab, bargga qarab oldi. Kuzning sovuq nafasida titrab-qaqshab turgan yaproqlar qitday shabadaga ham tob berolmay chirt uziladigan ahvolga kelgan. Yomg‘irdan oldinroq uzilib xazonga aylangan barglar esa chirishga yuz tutgan. Bugungilari ham, agar shamol uchirib ketmasa, o‘z daraxtining poyida chiriydi. Asarni online o'qish Saqlab olish (PDF, 463 Kb) |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
05.01.2009 09:38 | #37 |
Savohil (qissa). Tohir Malik
«Qaysi millat orasinda birlik ko‘tarilib, nifoq va adovat hukm surgan bo‘lsa, ul qavmning inqiroz dunyosiga yuzlangani aniqdir. Bular shuni fahmlamaydilarmi?» «Dildagi adovat temirdagi zangga o‘xshaydi. Zang temirni yegani kabi, adovat Vatanni azobga soladi. Odamlar nahot adovatdan nari bo‘la olmasalar?..» Abdulla Avloniyga bag‘ishlanadi MUQADDIMA O‘RNIDA — Bahorjon, kela qol, o‘ng qanotimga o‘tir, bizlarga ilhaq joylarga uchaylik. Sovuqni quvaylik, yerni uyg‘otaylik. — Oftobjon, kela qol, sen chap qanotimga o‘tir. Qishning muzlarini eritib tashla, yerni azoblardan o‘zing qutqar. Qaldirg‘och shunday der ekanu bir qanotiga oftobni, bir qanotiga bahorni o‘tqazib ucharkan. Qish bo‘yi o‘limtik holga tushgan dov-daraxtlarni uyg‘otarkan, muzdan qutulgan tuproq yayrab nafas olarkan. Odamlar shod-xurramlik bilan ish boshlar ekanlar. Asarni online o'qish Saqlab olish (PDF, 507 Kb) |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
05.01.2009 09:38 | #38 |
Yozg‘uchidan Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o‘xshash dostonchiliq, ro‘monchiliq va hikoyachiliqlarda ham yangarishg‘a, xalqimizni shu zamonning «Tohir-Zuhra»lari, «Chor darvesh»lari, «Farhod-Shirin» va «Bahromgo‘r»lari bilan tanishdirishka o‘zimizda majburiyat his etamiz. Yozmoqqa niyatlanganim ushbu — «O‘tkan kunlar», yangi zamon ro‘monchilig‘i bilan tanishish yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g‘risi, bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi — ibtidoiy davrida talay kamchilik-lar bilan maydong‘a chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va xatolardan cho‘chib turmadim. Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra mavzu’ni moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tari-ximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi «xon zamonlari»dan belguladim. Abdulla Qodiriy (Julqunboy) Kitobning to'liq matnini saqlab olish |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
06.01.2009 00:48 | #39 |
Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti
Muallif: Begali Qosimov va b. Hajmi: 2,48 Mb Fayl tipi: pdf, zip Saqlab olish |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
|