|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#961 |
Sog`inch
Sog`inch sochlari oqarib ketgan Ishonchning ko`ksiga toshlar yig`laydi Ishonchning qo`llari endi kesilgan Baxtimning boshini gumon silaydi Ruhimning yagona yopingan to`ni Vujudimni kuydirar ayovsiz gulxan Alanga, o`t chatnar, qolgan tanimni Azoblar anovmas, o`zga bir sitam Qo`llarim yetmagan olis yulduzlar Ko`ksimga bosh qo`yib aylarmish fig`on Tushim deb suvlarga aytilgan so`zlar Axir hammasi ham emaku yolg`on! Nahot quyosh umri shunchalar qisqa Nahotki, oyning yarmi ham zulmat Yo Rab! Bugun vafo dorga osilsa Sevgiga go`rgov qilar xiyonat Sevinchning suvrati sarg`ayib ketgan Kiprikka osilib yoshlar yig`laydi Tirnog`im ostida zindonband shayton Ruhimga hukmdor bo`lmoq istaydi Sog'inmayman deymanu lekin Sog'inib yashayman, Kunlarni Tonglarni birin birga ulab yashayman. Azizam men seni Sog'inib yashayman, Nima qilay sog'inchim hidden qilib yashayman. . Hazonlarni bossam og'riydi jonim, Bu xasis kunlardan seni so'radim. Shu damda dunyoni unutib bir bor, Kimnidir sog'inib ilk bor yig'ladim... Sog'indim desam aslo ishonma. Sog'inchga joy yo'qdir oshiq qalbimda. Sog'inmas ekandeb sevgingdan tonma. San doim man bilansan hayollarimda... Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 09.04.2011 в 09:53. |
|
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#962 |
XOTIRA
Bilasanmi man nima uchun yomg’irni yaxshi ko’raman, chunki yomg’ir yoqqanda mani ko’zimdagi yoshlarim bilinmidi, shu yomg’irlar orqali boshqalardan ko’zimdagi yoshimni, yuragimdagi dardimni, sanga bo’lgan sog’inchimni yashiraman!!! Mana hanuzgacha sani eslayman!! Esingdami birga o’tgan shirin damlarimiz, shirin orzularimiz, xayollarimiz!! Nahotki shularni hammasidan hech ikkilanmasdan vos kechding? Nima shunchalik bag’ring toshmi!!! Hozir kimga qalbimda kechayotgan o’ylarimni, azoblarimni aytishni ham bilmayman!!! Hozir mani eslayotganmikan degan o’y ketmaydi hayoldan, hech bo’lmasa yomg’ir yog’ganda mani bir bor esla, yomg’ir tomchisini ko’rganda, oxirgi uchrashuvimizdagi ko’zimdagi ko’rgan bir tomchi achchiq yoshimni esla!!! Tunu-kun ko’zlarim telefon ekranida, balki birbor eslab telefon yoki sms yozar deb!!! Lekin mani g’ururim qo’ymaydi sanga telefon qilishga, san esa mani eslamisanam!!! BU NAQADAR AZOBLI TUYG’U EKAN!! Agar sevgi shunaqa azobli tuyg’u ekanligini bilganimda, balki bir umr sevmasdan, xissiz bo’lib yashardim!!!! Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 09.04.2011 в 09:54. |
|
|
Ответить |
![]() |
#964 |
Ko'ngil shunday xilqat ekanki
Noziklikda misol qizg'aldiq Yerga darrov to'kila qolar Xali qo'ling tegmasidanoq Ko'ngil shunday xilqat ekanki Bir so'z bilan chil - parchin bo'lar Agar uni yo'lini topsang Bir so'z bilan shodlikka to'lar Ko'ngil shunday xilqat ekanki Pok dillarga bog'lanadi u, Ammo u dosh berolmas ba'zan Unga to'lar g'am, alam qayg'u |
|
|
Ответить |
![]() |
#965 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Bilib-bilmay otib qo'yar tosh. Shundan ba'zan diling og'riydi, Albat javob berursan, tugasa bardosh. Ba'zan so'zlar o'qdek yog'ilsa, Nozik qalbni chandiqlar bosar. Tomchi-tomchi suv ham yig'ilsa, Payti kelib daryoday toshar. |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#966 |
Mehri kamlik qilar ba'zan bittaning,
Hisoblari chigal shu umring uchun. Hazin intiqlikda kuysada taning, Zorman deb aytmoqqa yetmaydi kuching. Mehri ko'plik qilar goho kimningdir, O'zgaga bandu-band yuraging uchun. Sen esa qalbingni saqlaysanu sir, Ketgil deb aytmoqqa yetmaydi kuching. Hosiyat Bobomurodova. |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#967 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Mehrni hovuchlab barchaga berib,
Ba'zan tomchi mehrga bo'ladurmiz zor. O'zgaga tabassum, shodlik ulashib, Kimningdir qahriga bo'lib giriftor- O'tib ketadurmiz yolg'on dunyodan, Noravon yo'llarda qadam tashlashib. Ajdodlardan qolg'on eski "bozor"dan Mol olib, mol berib, molni talashib. Hazin qurumlardan zang bosib qalbni, Hayot ranglarini sezmay qolamiz. Rayhon bilan ajratolmay alafni, Gul qolib chaqir tikanakni olamiz. |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#968 |
G`urur peshtoqida kibrdan bayroq,
Otlar dam olmoqda egarlari band. Menda erkak hissi tunu-kun uyg`oq, Yoki shu hissiyot bermoqdami pand... Ko`ngil ishqingizga yonib bormoqda, Muzlar tashlasam-da tutab , buriqsib, Tilim miyamgacha tonib xormoqda... Ko`zni yumsam faqat o`ziz turibsiz! Dilni olov etgan ilohiy hayrat, Oxiri ikki yo`l qoldi bilganim: Biri ishq olovi o`chgan u siyrat, Biri kuyub ado bo`lgan u tanim. Alisher Asror |
|
|
Ответить |
![]() |
#969 |
Nasihat
Hech kimsa tanlamas ota- onani U kimdan tugulsa sudir onasi Qay kunga duch kelsa shu zamonasi Yangilash mumkindir lek zamonani. Ota-yu onani aslo hech qachon! U mangu bitikdir umring tongida. Ehtimol yuz karra o'zgarsa jahon, U aslo o'zgarmas yana yangidan. Ulardan nolima gunohdir hatto Va ta'na toshi ham otmoqlik gunoh. Mard bo'lsang sen o'zing bo'lganda ota Ularning xatosin qilmagin takror! Ularning nuqsonin ichingga yutib Fazilat gullarin yashnat yuz bora. Va ular chiqmqgan dovondan oshib Ufqlar ortida deb ko'rsat marra. Shunda ham unutma shu ota-onang Qonidir qalbingda jo'sh urub turgan. Ulardir yagona, aziz parvonang Ulardir sen uchun o't suvga kirgan. Ularning oq sochli boshlariga boq, Yuz ko'zin qoplagan ajinin sana Ko'zoynak taqmasdi avvallar bundoq Tiik qaddi egilib qolibdi ana. Bularning barchasi seni deb, o'g'lon Seni deb yillarning jangidan o'tgan Nimaki topibdi oqmi qora non Avvalo qo'shqo'llab u senga tutgan. Yemasdan yedirgan, kiymay kiydirgan Yo'lingni tozalab balo qazodan Aybingni kechirib bolam deb bilgan Baxtingni tilagan kunda azondan. Onangning sochlarin tolasi qancha? Otang soqolining oppoq mo'yi-chi Sening ham ulardan qarzing o'shancha Uzmog'ing maholdir umring bo'yicha! Shu yoshga kirib men onam qarzidan Qutuldim degan bir zotni ko'rmadim. Bu so'zni aytadi hayot darsidan Bebahra, bexabar, nodon bo'lsa kim. Qaysi bir xislati yoqmasa senga Ularning yuziga solmoqdan tiyil. Rahmatdan nur qo'yib mag'rur ko'ksiga, Dunyoga keldingmi,- bo'l shunga qoyil! Ko'zlaring ko'zidan, tiling tilidan, Umidi ufqingda balqigan quyosh. Duosi hamrohing bo'lsa yo'lingda, Qahridan qum bo'lib ushaladi tosh! Kunda yuz tashakkur aytsak ham hatto Ularning qarzidan qutulmoq mushkul, Ularga tosh otib sen qilma xato Ularning nuqsonin balki ibrat bil! Ming dono bo'lsang ham shu ota- onang Ming go'zal bo'lsang ham ular pushtisan. Ularni almashmas sevgan jononang Jononga sen axir ersan, do'stisan. Sen ular borida xizmatin qilib Qalbida tashakkur chirog'ini yoq. Va yaxsh nom bilan ortida qolib Ularning yodini saqlagin porloq. Shu sening muqaddas farzandlik burching Farzandlik burchingni oqlab qol o'g'lon. Ko'zingdan nur qochib ketganda kuching, Qalbingda qolmasin achchiq bir armon! Shuhrat |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#970 |
Bo’lgan ekan vaqtida
Ikki sevishgan baxtiga! Yurishardi qo’l ushlashib Doim urishib baxslashib! Qiz borekan yigit xam Sevishibdi juda xam Yigit yangilik aytish uchun Uchrashuv belgilabti Boshlig’in ko’ndiribti Ko’ndiribti sovchi bo’lib borishga Sevishganlarga oq fotixa so’rashga O’sha kun qiz kelibdi dam Ekan ko’zlarida nam Yig’lar emish kulmasdan Yigitga qaramasdan Yigit xayron qolibdi Va qizidan so’rabdi: Nega yig’laysan jonginam? Nega ko’zlaringda nam? Qiz xamon yig’lar edi Yigitni sevar edi Xafa qilmay yorini ko’zlari xumorini! Yigit chiroyli edi Ota onasiz Bir o’zi yashar edi Qon-qarindoshsiz! Katta bo’lgan yetimxonada! O’z o’rnini topdi xayotda! Kunlar o’tib ulg’aydi! Erishdi yutuqlarga Faqat sevdi yorini Berilmay buzuqlarga! Yana qizga qaytamiz Davomini o’qiymiz! Yig’laypman azizim Dunyodagi borlig’im Osmondagi yulduzim Kechalarim kunduzim! Bo’pti endi aytaman Chidolmaysiz bilaman Tushuning mengayam og’ir Ne qilay taqdirim shudir… Unashildim o’zgaga Sovchilari orqali Aytolmadim sizga xam! Tez bo’lgani tufayli! Kut dediz kutolmadim Sevishim aytolmadim Kechiring mani sevgilim Sizga yor bo’lolmadim! Qiz yigitga qarasa:. Ko’zidan yosh oqgandi. Yigit yig’layotgandi! Yigitning yangiligi Qolib ketdi dilida Boshlig’in ko’ndirgandi 6 yil deganida! Yigit xech nima deyolmadi Yangiligin aytolmadi… Nima foyda yangiligin aytishdan Sevgilisiga sovchi yuvorishdan? Yig’idan to’xtolmadi yigit xech Bilardi barchasiga endi kech! Xayrlashish oldidan Yigit qizni quchib oldi! Tongda quchvolib qizni Tun deganda qoyvordi! Nima deb xayrlashsin? Bilmas edi bechora! Xoxlamay ayrilishni Ayriladi nachora??? Qiz ketdi Yig’lab yig’lab Faqat sevgilisin o’ylab! Endi nima qilaman Usiz qanday yashayman? Yigit qizning orqasidan qarab qoldi uzoq-uzoqlardan baxtlar tilab qoldi! 7-iyul erta qizning to’yi qiz ne qilarin bilmay yurar yigit o’yi! To’yi kuni ertalab yigit unga xat yozgandi Xatni qizning o’zimas singlisi o’qigandi! Xatda shunday so’zlar yozilgandi: Kechir mani to’yingga xech borolmayman… Aroq ichib sanga baxtlar tilolmayman… bugun sani o’zga qo’llar quchadi-ku!... Bugun o’zga sani o’zinikin qiladi-ku!... Men baxtliman agar-da sen baxtli bo’lsang!... Baxtliman men agar-da sen taxtli bo’lsang!... Alam qilyapti xozir sansizligim… Alam qilyapti xozir baxtsizligim… Ayblamayman jonim … Sendda xech ayb yoqdir… Baxtli bo’lsang bilgin sendan ko’nglim to’qdir …… kechir mani sansiz yashash man uchunmas xech xam sani o’zga bilan ko’rgim kelmas… mani ko’rsang bilaman san qiynalasan yana yarang yangilanib siqilasan… yarang yangilanishin xech xoxlamayman… kechir xudo men uningsiz yasholmayman... bugun to’ying jonim seni bugun to’ying oq libosga juda mosdir seni bo’ying! O’ylamagin xecham mani o’ylamagin Man baxtliman o’zga bo’lsa sening baxting! Xoxlar edim xozir bir-bor sani ko’rsam… Xoxlar edim xozir bir-bor sani quchsam… Armon bo’ldi seni oxirgi bor ko’rish… Armon bo’ldi mani kelinchagim bo’lish… Kechir meni yangiligim aytolmadim…… Kechir meni o’zimniki qilolmadim…… Sani baxtli ko’rish uchun xar narsaga tayyorman! Lekin afsus bu dunyoda endi yoqman! Xoxlamadim seni bezovta qilishni… Va sani o’zga bilan ko’rishni……………………… |
|
|
Ответить |
|