|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Юмор Общий раздел юмора для всех подфорумов. Не пошлить! |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#83 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
SOVCHILAR
(Boshi o`tgan sahifalarda) Bo`lajak kuyov o`zicha uyalibgina tom orqasiga yashiringandi. Bir mahal nimqorong`i ayvonda gezarib-bo`zargancha imlayverdi. Hayron bo`lib borsam, ma’shuqasi bilan baqamti turishibdi! So`nggi ilinj bilan so`radim: – Nihoyat, ertaklardagidek topishdinglarmi! Jo`ramning javobi tomdan tarasha tushgandek bo`ldi: – Bu yog`i ham asli «ertak» bo`lgan ekan... – Tushunmadim? Bu gal Munisaxon muloyimlik bilan tushuntirdi: (Davomi navbatdagi sahifalarda) |
|
|
Ответить |
|
|
#84 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Телефон тармоғимизда бир неча кун таъмирлаш ишлари амалга оширилиб, интернетга киришнинг имкони бўлмай қолди... Хайрият, бугун оиламиз боши узра ҳам офтоб чарақлагандек телефон ишлай бошлади!
|
|
|
Ответить |
| Реклама и уведомления | |
|
|
#85 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
SOVCHILAR
(Boshi o`tgan sahifalarda) – Jo`rangizning sevgisiga «yo`q» demasam-da, «ha»yam demovdim. Avval Muharramga, o`sha Musallam buvining nevarasiga sevgi izhor qilganidan boxabar edim. Qaysi qiz darrov ko`nardi? U ham noz qilgan. Jo`rangiz keyin menga «qarmoq» tashladi. Dugonam bilan kelishib, bevafo oshiqqa «o`yin» ko`rsatgimiz keldi. «Aka-singil kirishaylik» devdi, rozi bo`ldim. «Aka» sifatida uyimga kuzatib kelsa, qarshilik ko`rsatmadim. Hatto, jo`ngina «sevaman» deganini ham do`stlikka yo`ydim. Axir, sevgi o`yinchoq emas-ku!– Qiz Jo`raqulning qo`lidan ohista tutgancha uni o`ziga qaratdi.– Haqiqiy sevgiga musharraf bo`lgan inson baxtli bo`larkan. Dugonamga – ilk sevgingizga sodiq qoling. U ham sizga ko`ngil qo`ygan! Baxtingiz o`z qishlog`ingizda kutyapti!.. (Davomi navbatdagi sahifalarda) |
|
|
Ответить |
|
|
#87 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
SOVCHILAR
(Boshi o`tgan sahifalarda) Jo`ramning tili zo`r-bazo`r g`o`ldiradi: – A-axir, s-siz b-bilan... Qiz qah-qaha urdi: – Hammasi samimiy bo`lgan! Qo`l ushlashib jurganlarimiz ham do`stona edi! Yigit bilan qiz billa jurgani turmush qurdi, degani emas! Kitobda yozganidek, bu – oltin yoshlik! Madaniyat institutida o`qiganga yarasha madaniyatli bo`laylik, devdim-da!.. – E-endi... – Men ham sevganimga unashtirilganman! To`yga albatta Muharramxon bilan keling! Kelasizlar-a?.. Boshqa gapga hojat qolmadi... Azonda yana yo`l taraddudini ko`ra boshladik. (Davomi navbatdagi sahifalarda) |
|
|
Ответить |
|
|
#88 | ||
|
нет
нет
Сообщений: 2
+ 0
0/0
– 0
0/0
![]() |
Navoiy ko’chasi – 44 uyda joylashgan “Matlyuba-Shams” o’quv markazi haqida ba’zi fikrlarimiz bilan o’rtoqlashmoqchimiz. Kurs raxbari Raimova Matlyubaxon bo’lib, uning kursida professional o’qituvchilar o’rnida chalasavod talabalar, o’sha markazni o’zida bir-ikki oy o’qiganlar, hech qanday pedagogik ma’lumotga ega bo’lmagan, umuman boshqa kasb egalari, masalan, ko’chada kosmetika sotuvchi, bolalar bog’chasida kir yuvuvchi kabilar bolalarga dars berishadi. Ularni ham ikki-uch oy ishlatib haydab yuboradi, iloji boricha maoshini bermaslikka harakat qiladi. Bir bechora qiz yarim yil ishlab haqqini ololmay ketdi, buning ustiga kaltagini ham yedi. Ikki oy chamasi sudma-sud yugurib yurdi. Bunday hollar juda ko’p. Buni qarangki, faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat beruvchi litsenziyasining o’zi ham yo’q ekan. Kurs rahbari Matlyubaxonning o’zi esa osmonda, oyoq ostidagilarni ko’rmaydi, ularni hatto eshitmaydi. Ularning shiori “Pul bu kuchdir, shu kuch bilan kim bo’lishidan qat’iy nazar o’zimga bo’ysindiraman”. Binoning birinchi qavatidan beshta xonani band qilib olgan, hujjatlarda esa ikkita xona ko’rsatilgan. Ijara uchun to’lov ham shundan kelib chiqqan holda to’lanadi. Ingliz tili, rus tili, matematika va kompyuter kurslari mavjud, va qizig’i shundaki, o’quv kursida bitta ishchi u ham bo’lsa kurs raxbari Matlyubaxon. Faraz qiling bir ayolni bir vaqtning o’zida to’rtta fandan dars berishini. Ko’zbo’yamachilik ham evi bilan bo’lishi kerakda. Plastic karta orqali, pul o’tqazish yo’li bilan amalga oshirilgan to’lovlardan davlat soliqlari to’lanadi, lekin kiritilgan naxt pul hech qaerda ko’rsatilmaydi. Aksariyat xollarda odamlardan darslar uchun naxt pul olinadi, ularning qo’liga hech qanday kuchga ega bo’lmagan chipta beriladi. Ayol barcha muammolar pul yordamida hal bo’lishiga shu darajada ishonib ustasi farang bo’lib ketgan-ki, binoga birinchi marta kelgan o’quvchilarni to’g’ri unga olib kirishlari uchun qorovillarga aloxida maosh to’laydi. Uning ma’naviy dunyosi haqida gapirmasak ham bo’ladi. Ellik yoshni qoralab qolgan ayol, atrofidagi odamlardan uyalmay-netmay ayozli qish kunida erini farzandlari bilan kuchaga haydab, ulardan pinxona xonadonini sotib, o’zidan 15 yashar yosh bo’lgan yigit bilan avval don olishib so’ng birga yashab ketganini aqlga sig’dirib bo’lmaydi. Eri esa bolasi bilan ijaraga uy olib yashab yuribdi. Nomusga chidamay ishdan ham ketib qoldi. Pedagog, ustoz degan nomga isnod keltirish bu. Muqaddas xisoblangan oilaga qilingan bu xiyonat, bu zinokorlik yana bir bor bu ishbilarmonni ma’naviy dunyosi qanaqaligini isbotlab beryapti. Uning og’zidan chiqqan gaplarga ilon po’st tashlaydi. Bunday inson , bunday zinokor pedagog raxbarlik qilayotgan maskanda bolalar qay darajada bilim olishlari mumkin? Bunday inson farzandlarimizga nimani o’rgatishi mumkin? Naxotki bundaylarga chora bo’lmasa? Yoshlarimizga ilm beradigan markazlar binoda ko’p, yaxshi pedagoglar ishlashadi. Lekin bilim izlab kelgan yoshlarni o’zida olib qolish uchun qorovullarni ham sotib olishiga nima deysiz? Biz bir binoda ishlaymiz, iloji boricha munosabatlarimizni yaxshi darajada saqlashga harakat qilamiz. Binoimiz kollektivi orasida jonkuyar, insofli, o’z ishining ustalari ishlashini hohlar edik. Maslsxatimiz, o’quv kurslariga borganingizda birinchi navbatda litsenziyasini ko’rsatishini talab qiling. Aldanib qolmang. “Matlyuba-Shams”ni esa umuman yaqiniga yo’lamang. Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi deyishadi. Odamlarni no’rizo qilib, ularni aldash yo’li bilan pulini olib yurgan Matlyubaxon ham kuni kelib javobini berar. Bu dunyoda bo’lmasa u dunyoda. Unda ishongan mo’may pullari ham yordam bermaydi. Ishonamizki, bu hayotimizning o’zida ham uning puliga sotilmaydigan, iymon-insofli, halol kimsalar albatta bor. Odamlar bunday sharmandaliklardan xabardor bo’lishlari kerak.
|
||
|
|
Ответить |
|
|
#89 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Кўчада ўзгалар билан чақчақлашиб келиб, оиласининг дилини хуфтон қиладиганларни сира тушунмайман...
Бироқ, бу бугуннинг гапи эмас. Кўча - хандон, уй - зиндон, деган мақол ҳам бобокалонларимиздан қолган... |
|
|
Ответить |
|
|
#90 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Мустаҳкам оила деган улуғ ғоя ҳар бир оилага маънавий нур бахш этаётганини ҳис этяпмиз. Бу борадаги Давлат дастури тўлақонли амалга оширилганида оилаларимиз янада фаровон, турмушимиз чароғон бўлиши шак-шубҳасиздир!!!
|
|
|
Ответить |
|