|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#801 | ||
Бизнес
Менеджер
Сообщений: 1,292
+ 491
1,658/631
– 1
4/4
![]() |
Оффтоп: Цитата:
Цитата:
|
||
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#802 | ||
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Цитата:
Оффтоп: Карел Чапек, эди, адашмасам... Шунақа номли адибнинг асарларини ўқигандим...
__________________
Мой ЖЖ |
||
|
Ответить |
![]() |
#803 |
Faryod.
Osmon, senga yetarman, deb qanotlarim qayrildi, Senga to'yib o'larmidim - boshginamga qulasang?! Umid menga qanot edi, yetmay turib, ayrildim, Bermasmidim diydor uchun hayotimni so'rasang?! Ming yillarning g`avg`osini boshim uzra yog`dirding, Qizg`andingmi tushlarimda va`da qilgan Baxtni ham?! Ko`klam chog`i Orzugulim qor ostida qoldirding, Ko`zlarimga ravo ko`rib ashk qayg`usi ichra nam... Qalbim vayron, taqdirdagi yozug`imga ko`ndim men, Qachon o`shal Baxt manziling sog`inchimni taniydi?! Yetib bo`lmas sohillaring ko`zga qiyos qildim men, Va ularga termulgancha ko`z yumsam ham qaniydi...? Osmon, senga yetarman, deb qanotlarim qayrildi... |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#804 |
Yig'latdi bu muhabbat...
Yig'latdi bu muhabbat yuragimni yondirib, Ko'zlarimga qorong'u ko'rsatib keng jahonni... Unga tashna qalbimni tanholikka ko'ndirib, Qop-qora bulutlarga ko'mib qo'ydi osmonni... Yig'latdi bu muhabbat, ko'ngil to'ldi jafoga, Nahot, men - mubtalosin ko'z yoshiga to'ymaydi?! Bedavo bemorini uchratib bevafoga, Uni sog'inmay nafas olmog'iga qo'ymaydi... Yig'latdi bu muhabbat... Tilka-pora qalbimni - Ko'z yosh ila tark etar sabrning malaklari... Tinglamoqdan bezordir Ishq o'tinchim - arzimni: "Yuragimga bog'lagin ul yorning tilaklarin..." Tinglamadi muhabbat yolg'izgina arzimni... |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#805 | |
Цитата:
Dunyoga keldim-u seva olmadim, Sevganda yurakka quloq solmadim. Aytdim aytganimdan sira qolmadim, Seni qo'msaymn men seni muhabbat. Oh, uzun tunlarim o'tadi bedor, Har lahza dilimga beradi ozor. Yo'llaringda doim bo'lib intizor, Seni qo'msaymn men seni muhabbat. Nahotki ,zarracha senga yo'q shafqat, Xasta yuragimda qolmadi toqat, Qalbimning malhani yolg'iz sen faqat, Seni qo'msayman men seni muhabbat. Ko'kda parvoz etar bir juft oq qush, Muhabbat zavqidan ko'ngilari xush, Mendachi muhabbat faqat shirin Seni qo'msayman men seni muhabbat. Kelishing mushkul-u ketishing oson, Yurak bag'rimni sen aylading-ku qon, Toki vujudimda bo'lar ekan jon, Seni qo'msayman men seni muhabbat!
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
||
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#806 |
Bu she'rim... 2007-yilda DARAKCHI gazetasida chop etilgandi. (4/411)
4 yildan ortiq vaqt ichida shunchalik yurtdoshlarimiz ko'nglidan joy olishga ulguribdi-ki... Yuzdan ortiq internet sahifalarida shu she'rimni ko'rib... Ko'zimga yosh keldi... Demak, men yomon shoira emasman... Bu dunyoda. Bu dunyoda sevish bor, Lekin unga yetish yo'q. Bu dunyoda sevgining Baxtini his etish yo'q... Bu dunyoda tole' yo'q, Faqatgina hijron bor. Yonmay so'ngan ishq o'ti, Gullayotgan armon bor... Bu dunyoda alam-u Firoqlar bor yagona. Bu dunyoga baxt bilan Sokin hayot begona. Bu dunyoda qayg'u bor, Saratoni bo'ronli. "Baxt-u visol, diydor bor!" - Degan ishonch gumonli. Bu dunyoda armon bor - Ayriliqning garovi. Va dunyoda sevgining juda qattiq sinovi. Bu dunyoda hijron bor - Olovidan kuyar yoz. Bu dunyodagi ishqning Bag'rida kezar ayoz. Bu dunyoda sevish bor, Sevganiga yetish yo'q. Bu dunyoda sevmasdan, U dunyoga ketish yo'q. Bu dunyoda armon bor, Bu dunyoda hijron bor... Shu hijronlar ichida Sizni sevgan inson bor... |
|
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#808 | |
Цитата:
Rostini aytsam o'zim ham tekshirib ko'rdim. Ushbu she'ringiz deyarli barcha insonlarning dardlari bilan yozilgandek. Go'yo o'qigan har inson ushbu she'rda o'zing qalb iztiroblari bitilganini ko'radi. Ilohim ijodingiz bundanda yuksak cho'qqilarni zabt etaversin. Olloh sizga madadkor bo'lsin.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
||
|
Ответить |
![]() |
#809 | |
Цитата:
Ijodimga befarq bo'lmaganingiz uchun minnatdorman! Оффтоп: Zoti Oliyalarining so'zlariga shubha qilganmidingiz, Mavlono?! ![]() Последний раз редактировалось Aliya; 25.06.2011 в 18:31. |
||
|
Ответить |
![]() |
#810 |
Baxt qadri.
Baxtning yostig'ida uxlay olmadim, Sevinchim tushimni o'g'irlab oldi. Hazin allalarni tinglab, tolmadim, Bedorlik bu kecha men bilan qoldi... Hayotman, to nafas olyapman bugun - Umrimni sarf qilmoq gunoh havoga! Kimningdir umid-la yashashi uchun Men ham kelgandirman Yorug' dunyoga... Kimgadir kerakdir bir shirin so'zim - Onamning duosi yor bo'lgan menga. Kimgadir kerakman yolg'iz men o'zim - Balki, har daqiqa zor bo'lgan menga... Kimgadir she'rlarim dardi tasalli, O'zini topar bir satridan - izlab... Ko'nglim bir tog' o'sar edi - aqalli Dardmand qalb-la misram qo'yganda eslab... Kuymam, havolarga uchdi, deb - dardim, Kuygan ko'ngillarga malham bo'lolsa... Yurak qonim ila bitgan har satrim O'ksik dilni shod-u xurram qilolsa... Shodman - men dunyoga kelmadim bekor, Har tong - yangi umid, abadiy, o'lmas! So'nggi nafasda ham Kimdir menga zor, Faqat shu baxtimni anglay olsam bas! |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
|