|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#761 | |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Цитата:
|
|
|
Ответить |
![]() |
#762 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Biz ham yashaganmiz o'sha davrda, aka... Biz ham ozmi-ko'pmi bilamiz o'sha davrdgi holatni... O'sha mustabid davrda ko'p narsalar man qilingan bo'lsa-da, savodsizlik bugungi qadar emas edi... O'sha davrda farzand ota ko'ziga tik qaramas, yoshlar qo'lidan kitob tushmas, poraxo'rlik uchun ko'p yillik qamoq jazosi bor, ilm-ziyoga e'tibor katta va mehr oqibat bugungidan ko'ra ko'proq edi... Ota-onalar TARBIYA degan narsani PUL degan narsadan yuqori qo'yar, farzandlar ota-onasiga munosib farzand bo'lish uchun tinmay o'z ustida ishlar edi...
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
![]() |
#764 | |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Цитата:
|
|
|
Ответить |
![]() |
#765 | |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Цитата:
2. 1985 йилда Кибрай туман газетасига ишга кабул килинганман. Узбек тилида ёзган аризамни кабул килишмаган. Русча ёзинг, дейишган... 3. Талаба давримда бир сухбатда "Амир Темур буюк булган!" деганим учун укишдан хайдалиб кетишимга сал колган... 4. Бир хурматли устозим онасининг дафн маросимидан кейин "нега жаноза ташкил этдинг, канча одамни таклиф этдинг?" деган дашном эшитган ва жазога тортилган... 5. Бувамнинг тегирмони бузиб ташланиб, узи жазога тортилган. Мустакилликка эришганимиздан сунг амакиларим ушанда яшириб куйилган тегирмоннинг тошини топиб, кайтадан тикладилар! 6. Угил болаларга хатна туйи килиш таъкикланган эди... Дустим, битталаб санайверсам компьютер тулиб кетади. Якинда шу мавзудаги туркум маколаларимни укийсиз. |
|
|
Ответить |
![]() |
#766 | |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Цитата:
1. Мактабда (1970-1980 йилларда) муаллимимиз куйидаги гапни куп такрорларди: “Кимнинг ота-онаси худо бор, деса, демак, эскилик саркитидан кутула олмаган…” Каранг, болаларни ота-онага Карши кайраш давлат сиёсати даражасига кутарилган эди... Уша даврда хам болаларнинг ота-онасига окибатсиз булиб бораётгани хакида кайгуриб юрганлар оз эмасди. 2. Мактабни битиргач, шахарга укишга келишимизда канака муаммо булгани хакида “Раиснинг рухсатномаси” сарлавхали маколамдан билиб оласиз. 3. Талабалигимда “Амир Темур буюк шахс булган” деб гапирганим учун хайдалиб кетишимга бир бахя колган. 4. Укишни тамомлагач, Кибрай туман газетасига ишга кабул килинаётганимда узбекча ариза ёзиш мумкин эмаслигини айтишган, мажбуран рус тилида ёзганман. 5. Республика буйича тарнспорт накадар аянчли холда эди, Самаркандга бориш учун уч кун илгари билет олиб куймасак, йулда колиб кетардик. 6. Халк оммавий тусда камбағал-кашшок эди. Факат, раис, райкомга ухшаш рахбарлар ва устамон порахурларгина мазза килиб яшарди. (Хозир шунака шахслар утмишни кумсаб айрим ёшларни гиж-гижлаб юрибди). 7. Утган асрнинг 70-йилларидаёк Америка ва Европани накадар ривожлантириб юборган компьютер технологияси жирканчли совет тузумининг куркинчли деворларидан утказилмаган ва тараккиёт бобида биз жуда оркада колиб кетгандик… 8. Жирканчли совет тузумининг дастлабки йилларидаёк ишлаб чикариш корхоналари, унумдор ерлар ишбилармон ва тадбиркорлардан тортиб олиниб, узлари кириб ташланган, кулок килинган... Уша вахшиёна сиёсат 90 йилларгача давом этди... 9. Худо курсатмасин, мустабид тузум сакланиб турганида Сиз билан бундай илгор технологиялар оркали мулокотда булишни тушумизда хам курмасдик. 10. Бир рахбарлик лавозимда ишлаб турган устозим онасининг дафн маросимидан кейин ишдан олинган. Сиёсий бюрода “онангнинг дафн маросимига канча одам чакирдинг” деб тахкирлаган... Эх, дустим, ёзаверсам, хозир узимнинг юрагим ёмон булиб колади. Узбекистон мустакиллиги мен каби миллионлаб жафокаш халкимизга канчалик бахт берганини факат ва факат Худога шукроналар айтиб эслайман. Илтимос, бу бахтли кунларимизга шак келтирмасдан бахслашинглар! Азиз дустим! Ушбу маколаларни эътибор билан укиб чиксангиз, уша огрикли саволингизга анча мухтасар жавоб топасиз, деган умиддаман. Факат, хозирча битта узримни кабул киласиз, лотин алифбосидаги “е” харфи баъзи уринларда “э” харфига айланиб колган булса, “тузатиб” укийсиз-да. RAISNING "RUXSATNOMASI" Sobiq sho`ro tuzumi davridagi ayanchli holatlardan biri shu ediki, oilamizda eshitgan ko`p fikrlarimiz maktabda chippakka chiqarilardi. Ota-onamiz, xudo bor, deyishsa, muallimimiz shunday derdi: "Eskilik sarqitiga berilgan odamgina xudo bor deb o`ylaydi, aslida u yo`q, agar bo`lganida televizorda hech bo`lmasa bir martagina ko`rinmasmidi!" So`nggi gapga zavq bilan kular ekanmiz, ota-onamizning nahotki shu "oddiy haqiqat"ni bilmasligiga hayron qolardik. "Qadimda o`zbeklar juda qoloq bo`lgan,– deya ajdodlarimiz tarixini go`yo o`z ko`zi bilan ko`rib kelgandek "ta’lim" berishda davom etardi muallim.– Podsholari qonxo`r, xasis boylari xotinboz, kamsitilgan ayollari qora chimmat ichida bo`lib, hammasi birdek chalasavod edilar...– So`ng, mavzu bizning murg`ak qalbimizda umid uyg`otadigan gaplarga ulanardi.– Sizlar dohiy Leninning bolalarisiz! Ulug` Lenin yoshlarni juda sevardi! Zamon yoshlari, shunga munosib oktyabryat, pioner, komsomol bo`linglar. Lenin oddiy ishchi va dehqonlarni sevardi! Shaharlardagi tengdoshlaringiz kelgusida ishchi, sizlar esa dehqon bo`lasizlar!.." Muallimning otashin nutqqa aylanib ketgan ma’ruzasidan yurakchalarimiz hapqirib ketganidan chapak chalib yuborganimizni sezmay qolardik. O`shanda "sezmay qolishimiz"ni yaxshi bilgan muallim esa muddaoga o`tardi: "Qani, endi bir varaqdan qog`oz olinglar,– derdi bizni Leninning orzusiga musharraf etish ilinjida.– Sarlavhasiga "Kim bo`lsam ekan?" deb yozinglar. Barakalla. Endi, men maktabni a’lo baholarga tamomlagach, albatta kolxozchi-dehqon bo`laman, deb yozinglar. Texnikaga qiziqqan bolalar, mexanizator bo`laman, deb yozsa ham mayli. Ularni uchilishega (hunar-texnika bilim yurtini shundoq atardik) yuboramiz. Ha, sizlar yoppasiga "dala gvardiyachisi" bo`lasizlar!" Muallim qanchalik zavq bilan da’vat etgan bo`lsa, bizning ham yuragimiz shunchalik shavqqa to`lib yozib berganmiz. Aytsa-aytmasa, biz birinchi sinfda o`qib yurgan kezlarimizdayoq "dala gvardiyachisi"ga aylangandik. Ya’ni, sinf rahbarimiz maktabdan to`ppa-to`g`ri dalaga boshlab borardi. Bo`ylarimiz ham g`o`zapoya tengi edi-da! G`o`zalar orasida ko`rinmay ketgancha paxta terar edik... Bahorda ham dalalar "gvardiyachi"lar bilan to`lib ketardi. Yomg`irdan so`ng qotib qolgan erlarda "qatqaloq" bo`shatardik. Keyin g`ij-g`ij ungan niholchalarni yaganalab tashlardik. Begona o`tlarni yulguncha belimiz belangi bo`lsa-da, biz uchun dohiyning orzularini ro`yobga chiqarish sharafdek tuyulaverardi. Ettinchi sinfga o`tgach, katta odamdek kolxoz a’zoligiga qabul qilinganmiz! "A’zolik bileti"miz – ketmon, lopatka, panshaxa edi... Inson necha yoshdan boshlab ishlashi mumkinligini belgilovchi “Mehnat kodeksi”ni varaqlab ko`rish xayolimizda ham bo`lmagan... “Inson huquqlari” haqida tushunchamiz ham yo`q edi. Bunaqa huquqiy ongga yurtimiz istiqlolga erishganidan so`nggina ega bo`lganimizni alohida ta’kidlash lozim! Bugungi kunda fuqaroning haq-huquqini belgilovchi “Fuqarolik kodeksi” singari muhim qonunlar ijtimoiy voqelikka aylangan. "Maktabni bitirgach, dehqon bo`laman" deb yozib bergan o`sha bir parcha qog`ozimiz orzular daraxtiga bolta urib, oyoqqa kishan bo`lishini qayoqdan bilibmiz? Axir, sinfdoshlarning orzulari boshqacha emasmidi? Begmurod bilan Aktam bankir, Maxsimoy va Mohira shifokor, Musurmon va Xolmurod muhandis, Mahbuba muallima, kamina jurnalist bo`lmoqchi edik-ku!.. U paytlari biror oliy o`quv yurtiga kirish uchun topshiradigan hujjatlaringiz orasida albatta kolxoz (o`sha kezda jamoa xo`jaligining o`rischa qisqartma nomi) raisining "Spravka"si talab etilardi. Bu hujjat mohiyatan – raisning ruxsatnomasi hisoblanardi. Ehtimol siz, “turar joydan ma’lumotnoma” shunaqa bo`lgandir, deb o`ylarsiz. Yo`q, bu hujjatdagi yozuvlarni aynan keltiraman: “Berildi ushbu spravka Ishtixon rayon “O`rta” qishloq soveti tomonidan Engels kolxoz a’zosi Eshbekov To`lqinga. Bu haqdakim maskur haqiqatdan ham Engels kolxozning Tallak qishlog`ida yashab turadi. Ushbu spravkani o`quv yurti uchun berildi deb: Qishloq soveti raisi Azizova. Sekretari O`roqov. 2.VII.1980. № 162”. Buni chindan ham “turar joydan ma’lumotnoma” deyish mumkin. Sizga ko`rsatmoqchi bo`lgan “Spravka”da esa tubandagicha yozilgan: “Berildi ushbu spravka Ishtixon rayon Engels nomli kolxoz pravleniesi tomonidan kolxoz a’zosi Eshbekov To`lqin Usmonovichga shuning uchunkim mazkur haqiqatdan ham shu kolxozning 4-brigadasida yashab va ishlab turadi. Spravka oliy o`quv yurtiga ko`rsatish uchun berildi. Kolxoz raisi (N.Qo`chqorov) Sekretari R.O`roqov. 3.VII.1980. № 613”. Kezi kelganda yana bir hujjatimni ko`rsatib qo`yay: “Ishtixon rayon qishloq xo`jaligi boshqarmasi huzuridagi ixtisos komissiyasining 1980 yil 6 maydagi qaroriga binoan Eshbekov To`lqin Usmonovichga razryadli dalachilik mexanizatori degan ixtisos (kasb) berildi”. Qarang-a, o`shanda yana bir oz qattiqqo`llik qilib, “Kim bo`lsam ekan” degan yozma “murojaatim”ga asosan ish tutganlarida kamina ayni paytda keng dalada guvillatib buldozer haydab yurgan bo`larmidim!.. Xudoga shukrki, raisimiz Nizom aka Qo`chqorov juda olijanob, mard inson edi! “Mahmadanalik qilib” qishlog`imiz ko`chalarini tuman gazetasida tanqid qilib chiqqan bo`lsam-da, kek saqlamadi! Men bilan birga borgan sinfdoshlarimga ham “Qishlog`imizni bir ko`taringlar!” deya “Spravka”sini ayamadi. Vaholanki, raisda o`sha zormandani bermaslik huquqi bor edi! “Hammang o`qishga ketib qolsang, g`o`zani kim chopadi, paxtani kim teradi?” deganida, vassalom! Dodimizni xudoga aytarmidik? (Ming bora uzr, xudo yo`q, degan kufrona zamonda-ya?!) Paxta – siyosat (!) deydigan qo`rqinchli zamonlar edi-da. Bu iboraning asl ma’nosini angladingizmi, ya’ni, paxta – siyosat emas, siyosiy sirtmoq edi!.. Paxtazorni tashlab o`qishga boraman deyish – o`sha davrda “eng kallavaram odam”ning gapi hisoblanardi... Oilamizda to`ng`ich akam – Rustam Usmonovga 1962 yilda kolxoz raisi o`sha “Spravka”ni bermay sarson-sargardon qilganini hanuzgacha taassuf bilan eslaydi... Bizga Nizom aka Qo`chqorov mardlik qilibdi, xo`sh, o`sha davrda hamma raislar ham shu kishidek bo`lganmikin? Sevimli san’atkorimiz Hojiboy Tojiboev bir hangomasida shunday deydi: “Bizda biror idoraga bosh urib borsang, ishing darrov bitmaydi. Aka, tushlik mahali bo`lib qolibdi, yuring, bir piyola choy ustida gaplashaylik” deya biror joyga olib chiqib, yuz gramm quyib berganingdan keyingina odamday muomala qiladi...” Haq gap! Darhaqiqat, o`tgan asrning 70-80 yillaridagi maktablarni bitirgan yoshlarning qanchasi raisning “spravka”sini beminnat oldi ekan?.. Endi baralla aytamiz – XUDOGA MING QATLA ShUKR, biz rais buvamizning ishonchini oqladik! Islomjon maqolasida ta’riflagan “kambag`alning bolasi”, ya’ni, do`stim Begmurod Qo`chqorov hozirgi paytda bir viloyat banki boshlig`i! Yaqinda dunyoviy tajriba o`rganish maqsadida ikki haftaga Germaniyaga borib keldi. Uning turmush o`rtog`i Maxsimoy Tojieva shifokor, yana bir “kambag`alning bolasi” – Xolmurod Qo`chqorov aloqa muhandisi sifatida uch oy Yaponiyada tajriba orttirib keldi! Hozir u ham bitta tuman aloqa bo`limi boshlig`i! Mahbuba Hayitova matematika o`qituvchisi, maktab ilmiy bo`lim mudiri, Mohira O`taeva Samarqanddagi respublika ahamiyatiga ega shifoxonada vrach, uning turmush o`rtog`i – Musurmonjon Norbekov oliy ma’lumotli muhandis, Aktam Abdusalom bir tuman banki mas’ul xodimi! Kimgadir malomat qilmoqchi emasmanu, ammo o`sha davrda “taomil”ga ko`ra ba’zi kattalarning bolalari institutlarda yolchitib o`qimadilar va... nomiga olgan diplomlari haqiqiy joyida – sandiqlarida chang bosib yotibdi... O`sha paytlarda oliy o`quv yurtiga kirishda ham tanish-bilishchilik, poraxo`rlik avjiga chiqqandi. (Xudo shohid, o`shanda ham jonajon O`zMU jurnalistika fakultetida haqiqat bor edi! Shaxsan men hech bir ta’masiz o`qishga kirganim bilan faxrlanaman!) Endilikda o`qishga qabul masalasi ham dunyoviy andozalarga mos ravishda – test yo`li bilan hal etilmoqda. Unda haqiqat deganlari manaman deb turarkan: o`tgan yili qizim O`zDJTU xalqaro jurnalistika fakultetiga byudjetga 1-o`rinda qabul qilindi! Demoqchimanki, zamonaviy usullar boy yoxud kambag`alning bolasini farqlab o`tirmaskan! Bilimiga, iste’dodiga qarab baho berar ekan! Ochig`i, jomadonimning bir chekkasida 1980 yildan beri chang bosib yotgan “spravka”larni endigina tashlab yubormoqchi edim, "O`RGANGAN KO`NGIL: yoxud boyning bolasi boy, podachining bolasi podachi bo`ladimi?" sarlavhali maqolani o`qigach, dilimdagi tilimga ko`chib, so`ng qog`ozga to`kildi. Maqolada bahslashgan otaxonlar ham o`zlaricha haq bo`lishi mumkin, biroq undan-da kattaroq HAQIQAT shuki, istiqlol O`zbekistonni – chinakam iste’dodlar, haqiqiy ishbilarmonu tadbirkorlar uchun imkoniyatlar mamlakatiga aylantirdi! ISTIQLOL ShUKUHI O`TMISh VA KELAJAK O`RTASIDA Moziyga qaytib ish tutish xayrlikdir, degan hikmatli gap zamirida olamcha ma’no mujassam. Bugungi dorilomon kunlarimiz qadriga etmoq uchun avvalo bunday baxt-saodatga qanchalik mashaqqatlar ila erishganimizni vaqti-vaqti bilan eslab turish ham foydadan holi bo`lmaydi. Yurtboshimiz bir o`rinda shunday degan: sobiq ittifoq davrida bizni ikkinchi darajali odamlar deb hisoblashardi. Chindan ham bizni har bir sohada kamsitib gapirishardi. O`shanda ba’zilar: “O`zbekiston deganda paxta xomashyosi bazasini tushunamiz” deyishsa g`ashimiz kelsa-da, unga qarshi churq etib bo`lmasdi. Katta davralarda tarix haqida so`z ketsa, buyuk ajdodimiz Amir Temurni qoralab gapirishlariga chidamay ilojing yo`q edi. Vaholanki Temur davrida mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlangani, soliqlardan kelgan tushumlar qnaday oqilona hal etilgani haqida miq eta olmasdik. Istiqlol bizga o`z bobokalonlarimiz haqidagi bor haqiqatni oshkora aytish huquqini berdi. Tilloga teng paxtamiz bugun ham eng asosiy milliy boyligimiz, rizq-ro`zimiz, iftixorimizga aylanganini baralla aytayapmiz. Bugun jahonni tahlikaga solgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz haqida ko`p gapirilmoqda. Ochig`i, bunaqa inqirozdan battarini sobiq ittifoqning so`nggi yillarida ko`rmaganmidik? O`sha kezlarda iqtisodiy jihatdan qanday achinarli holga kelib qolgandik? Sobiq ittifoq parchalanayotgan kezlarda yirik-yirik ishlab chiqarish korxonalari to`xtab qolgan, iqtisodiyot izdan chiqqan, pul to`xtovsiz qadrsizlanib ortgan davrlarni o`ylasang hali hanuz vahming keladi. O`sha davrda “tepa” atalmish Moskvadan o`ylamay-netmay topshiriqlar kelaverardi. Mustamlaka sharoitida qani o`sha topshiriqlarni bajarmay ko`r-chi... Iqtisodiy, qurilish, sanoat, qishloq xo`jaligi va hatto madaniyat sohalarida ham tepaning aytgani aytgan, degani degan edi-da... O`z yurtingda maktab yo boshqa inshoot u yoqda tursin hatto oddiy hammom qurish uchun ham markazdagi korchalonlarga bosh urib borishga majbur edik. Ular ruxsat bersa xo`b-xo`b, rad javobini berishsa, dodingni xudoga ayt, edi. Xudo deyishga ham aslida tilu zabon bormidi?! Paxsa-loydan imorat qursang, haytovur qulog`ing tinch bo`lardi. Agar pishiq g`ishtdan uy qurishning uddasidan chiqsang bormi, o`sha kuni OBXSS degan tashkilotdan kelishib shartta bosar edilar. Pishiq g`ishtni, stementni qaydan olding, unga pulni qaerdan topding, degan bema’ni savollar tinka-madoringni quritib yuborardi. Shu ishing uchun hatto pariyadan o`chirilib, qamalib ketishing ham hech gap emasdi. G`ayriqonuniy tarzda shunday jazoga tortilib ketganlar, bir so`z bilan aytganda mustabid tuzum qurbonlariga aylanganlar ozmunchamidi?.. Shunday sharoitni ko`rib ulg`aygan kishilar uchun hozirgi zamonaviy maktablar, kollej va listeylar, boshqa ta’lim muassasalari, yoshlarning ijodiyot markazlari, bejirim banklar, turar-joy binolari, shifoxonalar, istirohat bog`lari, xiyobonlar, tomoshaxonalar, boshqa zamonaviy inshootlar, qo`shma korxonalar barpo etish hali orzu edi. Xalqimiz, ayniqsa, katta yoshga mansub avlod sobiq mustabid tuzumning so`nggi yillarida yuz bergan iqtisodiy inqirozning antiqa turini ko`rgan, desak xato bo`lmaydi. O`sha kezlarda butun “ittifoq” miqyosida oziq-ovqat, zarur iste’mol tovarlari taqchillashib, mamlakat aholisi dearli ocharchilik halokati yoqasiga kelib qolgandi. Pulning beto`xtov qadrsizlanishi, ishlab chiqarish sohalarining izdan chiqqani muammo ustiga muammo tug`dirardi. Bu salbiy holat hatto yurtimiz mustaqillikka erishganidan keyin ham bir necha yilgacha o`z ta’sirini ko`rsatmay qolmadi. Bu paytda hali birinchi galda xalqimizni un, don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, zarur iste’mol tovarlari bilan ta’minlash muammolari ko`ndalang turardi. U davrda hali milliy pulimiz yo`q, bir necha marta pul almashishlar va yana pulning qadrsizlanishlari evaziga iqtisodiyotimiz rosmana inqirozga yuz tutgan, banklarimiz ishi qariyb izdan chiqayozgan edi. Eski qolipda bir joyga pochta orqali pul jo`natishlar g`oyat qiyinchilik bilan amalga oshirilardi. Aytaylik, Toshkentdan Buxoroga engil mashinada bir kunda bemalol etib borish mumkin bo`lgani holda pochta orqali yuborilgan pullar kamida bir oydan ortiq vaqtda zo`rg`a etib borardi. Ochig`i, yurtimizda mustaqillikkacha bo`lgan davrdagi qaysiki sohani eslamang, yuragingizda beixtiyor og`riq paydo bo`ladi. Nahotki, taraqqiyotdan biz shunchalik orqada qolgandik, boz ustiga, erkin nafas olishimiz ham shu qadar chegaralangan edi, degan o`y tinchlik bermaydi. Hammasi qo`rqinchli tushga o`xshaydi... Bo`rondan so`ng oftob charaqlab chiqqanida diling yorishib ketgani misol mustabid tuzumning muzlari erib, istiqlol quyoshi nur tarata boshlaganida dillarimizda o`zgacha shukuh paydo bo`lganini ta’riflashga til ojizlik qiladi. Bugungi taraqqiyotni burungi holati bilan mutlaqo solishtirib bo`lmaydi. Birgina kompyuter texnologiyasi o`nlab sohalarning shu qadar jadal rivojlanishiga xizmat qilyaptiki, taraqqiy etgan davlatlar bilan bo`ylashib, ba’zilaridan hatto ilgarilab ketayotganimizni ko`rib hayajonga tushasan kishi. Aytaylik, bank sohasidagi murakkab hisob-kitoblarni hal etishda biror muammoga o`rin qolmagan. Pul jo`natish masalasida masofalar ahamiyatsiz bo`lib qoldi. Mamlakatimizning, kerak bo`lsa, dunyoning istalgan burchagidan jo`natilgan pullar lahzalarda tegishli manzilga etib borishini tasavvur etishning o`zi maroqli emasmi! O`zbekiston mustaqillikka erishgan davrdan buyon o`ziga xos taraqqiyot yo`lidan dadillik bilan rivojlanib bormoqda. Bugun yurtimizda sanoat industrlashgan ilg`or texnologiyalar asosida tobora taraqqiy topayotir. Engil sanoat sohasida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilayotganiga hatto rivojlangan davlatlardagi mutaxassislar ham tan berishmoqda. Bugun O`zbekiston mahsulotlariga dunyo miqyosida xaridorlar soni ortib bormoqda. Neft, gaz, oltin va boshqa erosti boyliklarini ishlab chiqarishda qanday ulkan yutuqlarga erishayotganimizga jahon ahli havas ila boqmoqda. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirishda ham quvonchli yutuqlar qo`lga kiritilmoqda. Bu noyob mahsulotlarga xalqimiz ehtiyoji qondirilgach, chetga eksport ham qilinayotgani O`zbekistonning jahon hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirishi shubhasiz. Davlat mustaqilligining iqtisodiy poydevorini birinchi galda g`alla mustaqilligi tashkil etadi. Ochig`ini aytish kerak, dunyodagi hama davlatlar ham o`zini o`zi don mahsulotlari bilan ta’minlay olmaydi. Necha yildirki, O`zbekiston g`alla etishtirish, o`z xalqini un mahsulotlari bilan ta’minlash borasida ham ulkan muvaffaqiyatlarga erishayotgani xalqimizning rizqi butunligidan dalolatdir. QADR TOPGAN QADRIYaTLAR Dunyodagi biror mamlakat O`zbekistondagichalik boy tarixiy va madaniy yodgorliklarga ega bo`lmasa kerak. Sobiq mustabid tuzum davrida qadimiy me’moriy obidalarimiz qay ahvolda ekanligini bugun hatto eslashning o`zi dilingni xufton qiladi. Bugun esa buyuk ajdodimiz Imom al-Buxoriy maqbarasini ko`rgan kishi hayratga tushmay iloji yo`q. Yurtboshimizning shaxsan tashabbuslari bilan qad rostlagan bu majmuadan ziyoratchilarning qadamlari uzilmaydi! Asrlar osha ajdodlardan meros bo`lib kelayotgan me’moriy obidalarimiz qaytadan chiroy ochmoqda. Yurtimiz xuddi muzeylar mamlakatiga o`xshaydi. E’tibor bergan bo`lsangiz, ko`hna Xivadagi jome masjidi, Sherg`ozixon madrasasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Olloqulixon saroyi, Kaltaminor, Buxorodagi Ismoil Somoniy, Mir Said Bahrom maqbaralari, Mir Arab madrasasi, Minorai kalon, ko`hna Ark majmuasi, Bohovuddin Naqshband ziyoratgohi, Labi hovuz, Samarqand sayqali sanalmish Registon ansambli, Bibixonim masjid-madrasasi, Shohi Zinda, Amir Temur maqbarasi, Shahrisabzdagi Oqsaroy, Andijondagi Jome madrasa masjidi, Bog`i Bobur yodgorligi va boshqa obidalarimizning deyarli barchasi yurtimiz mustaqilligi sharofati bilan risoladagidek ta’mirlanib, qaytadan chiroy ochdi. Shu davrda yangidan bunyod etilgan Imom al-Buxoriy majmuasi, Imom al Motrudiy, Ahmad al Farg`oniy, Marg`inoniy majmualari ham jahon ahlini hayratga solmoqda. Yaqinda 2200 yilligi keng nishonlangan jonajon Toshkent shahrimizga fayz kiritayotgan Hazrati Imom (Hastimom) masjidining bugungi qiyofasi barchani lol qoldirmoqda. Bu ziyoratgoh ko`rimsiz imoratlar orasida bir ahvolda ekani hali ko`pchilikning yodidan chiqqani yo`q. Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan bu maskan ham Samarqanddagi Imom al Buxoriy ansamblidek betakror ziyoratgohga aylandi. Tuprog`i tilloga teng ko`hna obidalarni shu qadar ta’mirlab, asl holiga keltirish uchun qancha mablag`, qancha mehnat talab qilishini iqtisodchilar juda yaxshi tushunadilar. ORZULAR UShALGAN KUN Topganing to`yga buyursin, degan duo hamisha ijobat bo`laverar ekan. Yurtimiz mustaqillikka erishganidan buyon Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan xayrli ishlarning ko`lami tobora kengayib bormoqda. El boyligi, soddaroq qilib aytganda, mehnatkash xalqimiz sa’y-harakatlari bilan ishlab topilayotgan moddiy boyliklarimizning asosiy qismi – xalq farovonligi yo`lida sarflanmoqda. Bugun hayotimizda oddiy voqelikka aylanib qolayotgan yangi turar joy binolari, maktab, kollej, listey, universitetlar, turli inshootlar bunyod etishga, yangi temir yo`llar, yuzlab kilometrlarga cho`zilgan asfalt yo`llar, zamonaviy ko`priklar, zavod va fabrikalar, qo`shma korxonalar barpo etishga, mamlakatimizga yangi-yangi texnologiyalar olib kelishga, so`lim bog`lar, xiyobonlar, dam olish hamda sog`liqni saqlash maskanlarini yaratishga, buyuk ajdodlar ruhini shod etib, ularning mahobatli haykallarini o`rnatishga, tarixiy obidalarni tiklashga va boshqa ezgu ishlarga baxshida etilayotganiga xalqimizning o`zi shohiddir! “Yoshlar yili”da belgilangan Davlat dasturiga ko`ra yosh oilalar uchun qancha ko`p qavatli uylar qurib foydalanishga topshirildi, ularga maqsadli ipoteka kreditlari ajratildi. Bulardan tashqari poytaxt shahrimizdan tortib har bir viloyatda, turli shaharu qishloqlarimizda qanchadan-qancha yoshlar ijodiyot markazlari, sport zallari qad rostlamadi, deysiz. Dasturga binoan o`tkazilgan “Umid nihollari”, “Universiada” kabi anjumanlar ham mamlakatimiz yoshlari hayotida yorqin sahifalarga aylanib qoldi. Qarang, o`n sakkiz yil ilgari, payti kelib O`zbekistonda “Neksiya”, “Tiko”, “Damas”, “Matiz”, “Lasset” kabi engil avtomobillar, turli rusumdagi avtobuslar, hatto yuk tashish mashinalari ishlab chiqariladi, desa uni ko`pchilik tasavvur ham eta olmasdi. Dearli hamma shaharlarimizda, hatto ko`plab qishloqlarimizda serfayz bozorlar, biri-biridan bejirim savdo do`konlar, supermarketlar, maishiy xizmat shahobchalari, to`yxonalar, aholiga kunu tun xizmat ko`rsatadigan dorixonalar bunyod etilishiga ishonging kelmasdi. Mustaqil O`zbekistonning xalqaro aloqalari shunchalik rivojlanishiga va yurtimizning dunyo miqyosida obro`-e’tibori shu qadar ortishiga, taraqqiy etgan davlatlar bilan hamkorlik rishtalari o`rnatilishiga ishonish qiyin edi. Yurtimiz iftixoriga aylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati binolarining bunyod etilishi va milliy qonunchiligimiz shu qadar ravnaq topishi, erkin demokratik saylov tizimi yaratilgani jahon miqyosida e’tirof etilishi, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o`tilishi, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish tizimini vujudga keltirilishini hech kim bashorat ham qila olmasdi. Ishlab chiqarish sohalarida davlat mulkining xususiylashtirilishi, erlarning dehqon-fermer xo`jaliklariga berilishi, odamlarda o`z mulkiga egalik hissining paydo qilinishi, ishbilarmon va tadbirkorlarga keng yo`l ochilishi, kichik va o`rta biznes rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilishi, muttasil yangi-yangi ishchi o`rinlari yaratilishi orzu-armon edi xalos. Milliy armiyamiz shakllantirilishi, chegaralarimiz mustahkamlanishi, bir so`z bilan aytganda, o`z kuch-qudratiga ishongan xalqqa aylanishimiz qo`l etmas orzuga o`xshardi. Yurtimizda sportga, ayniqsa bolalar sportini rivojlantirishga shu qadar katta g`amxo`rlik qilinishi, natijada, o`nlab sportchilarimiz Osiyo va jahon chempioni sifatida dovruq taratishiga ishonish qiyin edi. Milliy madaniyat, san’at va ma’naviyatimiz, milliy bayramlar, urf-odatlarimiz, diniy qadriyatlarga bo`lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarilishi, Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, yuksak ma’naviyat – engilmas kuchga aylanishi haqida u davrlarda so`z ham bo`lishi mumkin emasdi. O`zbekistonning o`zida yuzlab xildagi xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi, xalqimizning moddiy farovonligi muttasil oshib borishi, yoshlarga, kam ta’minlangan oilalarga, nuroniylarga, nogironlarga doimo g`amxo`rlik ko`rsatish darajasi oshib borishini hali ko`pchilik tassavur ham qila olmasdi. Ko`p emas, bor-yo`g`i o`n sakkiz yil ilgari bu gaplar xayolda ham yo`q edi. Payti kelib shunday dorilomon kunlarga erishamiz, degan fikrni eshitsang ham ishonging kelmasdi. Bir iqtisodchi sifatida aytishim mumkinki, nisbatan qisqa davr ichida amalga oshirilgan bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlari uchun qancha moddiy baza zarurligini oddiy raqamlar bilan izohlashga qalam ojizlik qiladi… Obrazli qilib aytganda, ortimizda o`tmishga aylangan o`sha davrdagi oddiy odamlarning turmushini, ongi, tafakkuri, huquqiy saviyasini bugungi darajasi bilan taqqoslab bo`lmaydi. Kechagi o`tmish bilan bugungi hayotimiz muqoyasa qilinsa, xuddi ertakdagi orzular ro`yobga chiqqanga o`xshaydi. BIR KELIB KETING QIShLOG`IMIZGA Kechagi qishloqlarimiz qiyofasi haqida gap ketganda dilda qandaydir bir og`riq paydo bo`lardi. Aksariyat uylarning poydevorida stement-beton, tomida shifer ko`rinmasdi. Guvala yoki paxsa devorlardan pastakkina qilib qurilgan uylarda tabiiy gaz bo`lishi xomxayolga o`xshardi. Shunga yarasha o`sha qishloq odamlarining juldur kiyim-boshlarini ko`rib achinib ketarding... Shu o`rinda bir voqea sira yodimdan chiqmaydi. 1988 yillarda Qashqadaryo viloyatida Tallimarjon GESi bunyod etilayotgan edi. O`shanda Moskvadan kelgan bir mutasaddi qurilish ishlarini tezlashtirish zarurligini aytgan. Biroq, qurilish ishlariga stement etishmayotgani ma’lum bo`lib qoladi. Bu muammoni tezda hal etishning iloji yo`q edi. Shunda mashinada ketishayotgan o`sha vakil va viloyat rahbari Nishon tumanining adog`ida, Qarshi tumani boshlanish qismida bir qishloqda mashinani to`xtatadilar. O`sha kezlarda viloyat rahbari bo`lgan Islom Karimov moskvalik vakilni bir xonadonga boshlab kiradi. Tabiiyki, xonadon sohiblari ularni bir piyola choyga taklif etishadi. Mehmonlar bir daf’a qishloq uylarini kuzatadilar. To`qson besh foizi oddiy paxsa devorlardan iborat uylarda turmush sharoiti qay darajada bo`lishini tasavvur etish qiyin emasdi. Bunday sharoitda emin-erkin yashash, madaniyatli va farovon turmush kechirish amri mahol ekanligini ular ham to`g`ri anglagan bo`lsalar ajabmas. Qishloq ahlining toleida shunday dorilomon kunlar ham borligiga shukronalar aytsa arziydi. 2009 yil mamlakatimizda “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb e’lon qilinishi bilanoq bu borada qabul qilingan Davlat dasturiga binoan respublikamiz viloyatlaridagi barcha qishloqlarda hayot qaytadan jonlanib ketdi. Avvalo so`nggi yillarda yuzlab qishloqlarimizda ko`plab bunyodkorlik ishlari amalga oshirilganini, dearli barcha xonadonlar tabiiy gaz bilan ta’minlaganini, bu erlarda ham zamonaviy maktablar, kollejlar, listeylar bunyod etilganini, loy ko`chalar o`rnini kaftdek tekis asfalt yo`llar egallay boshlaganini ham eslash joiz. Qishloq infratuzilmasi real voqelikka aylangani sari oddiy odamlar hayotida ham ijobiy o`zgarishlar yuz bera boshlagani ham baayni haqiqatdir. Qishloqqa sanoat va turli investistiyalar kiritilayotgani kun sayin jadal tus olayotgani ham bor gap. Yurtimiz mustaqilligining hayotbaxsh nurlari minglab qishloqlarimizni yanada munavvar etayotgani quvonchli hol. Bundan hamqishloqlarimiz qanchalik baxtiyor ekanliklarini ko`rib ko`z quvonadi. Ayniqsa, bu yil mamlakatimizda “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb e’lon qilinishi hamqishloqlar orzulari amalga oshishi uchun yana bir imkoniyatdir. Davlatimiz rahbarining qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturining ijtimoiy hayotga tatbiq etilayotganligi avvalo qishloq joylarida turmush madaniyati yanada yuksalishiga xizmat qilishi shubhasizdir. Eng muhimi, qishloqlarni rivojlantirishning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy asoslarini tizimli tahlil etish bilan bir qatorda dasturda belgilangan ko`plab xayrli ishlar ham so`zsiz amalga oshiriladi. Endi qishloq xonadonlari haqida gap ketganda ko`z oldingizda paxsa devorlar gavdalanmaydi. E’tibor bergan bo`lsangiz, poytaxtimizdagi “O`zekspomarkaz” majmuida qishloq aholisi uchun yakka tartibda uy-joylar loyihalari va qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Unda namoyish etilgan eng zamonaviy tipdagi uylar asta-sekin qishloqlar ko`rkiga ko`rk qo`sha boshlaydi. Mamlakatimizda qishloqlarni obodonlashtirishga, yangi-yangi inshootlar barpo etishga, eng muhimi, bu erda hayot darajasini tobora oshirib borishga alohida e’tibor qaratilayotgani ayni muddaodir. Zotan, bu boradagi Davlat dasturida asosiy e’tibor aholi turmush darajasini yanada yuksaltirishga ham qaratilgandir. INQIROZNI BARTARAF ETISh YO`LLARIDA Yuqorida aytib o`tganimdek, sobiq sho`ro davrining so`nggi yillarida hayotimizda qaysidir shaklda iqtisodiy inqiroz yuz berganini kuzatganmiz. O`sha davrda sobiq ittifoq iqtisodiy tanazzulga yuz tutganini ko`pchilik yaxshi eslaydi. Bunday tanazzulni – inqirozning o`ziga xos ko`rinishi, deyish mumkin. Yurtimiz o`z davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardayoq davlatimiz rahbari Islom Karimov o`tish davri atalmish ana shu chigal muammoning echimini o`rtaga tashlagan edi. Ya’ni, istiqlolning dastlabki yillarida qabul qilingan besh tamoyilga asoslangan ijtimoiy yo`naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tish modeli e’lon qilindi. Ochig`i, mustaqillik poydevoriga birinchi g`isht 1991 yilda emas, balki 1989 yilning iyunida, Islom Karimov o`zbek xalqi manfaatlarini himoya qilish uchun jon-jahti bilan kurashga otlanganda qo`yilgan edi, deyishga to`la asosimiz bor. O`shanda respublikamiz rahbarining aholiga uy-joy qurish va tomorqa berish to`g`risidagi qarori qanchalik muhim o`rin tutgani bugungidek yodimizda. Bu tarixiy qaror nafaqat markaz tomonidan, balki mahalliy rahbarlar tomonidan ham qattiq qarshilikka uchragan, biroq qat’iyatli, irodali rahbar o`z ahdidan qaytmagandi. Tarixan birinchi va eng adolatli qaror amalga oshdi. Bu qaror bilan bir qator muhim masalalar hal etilgandi. Bu bilan aholining tomorqa hisobiga daromad manbalarini oshirilishi o`ta keskin tus olgan ijtimoiy muammo – uy-joy qurish masalasi ijobiy hal etila boshlandi. Ortiqcha ishchi kuchi ish bilan band etildi. Qarorda qo`yilgan vazifalar Hukumatning qat’iy nazorati ostida amalga oshirila boshlandi, ya’ni uy-joy quruvchi oilalarga uzoq muddatli ssuda va kreditlar berilishi davlat tomonidan qo`llab-quvvatlandi. Buning yana bir muhim tomoni shundan iboratki, aholi o`z uy-joy sharoitini yaxshilash bilan birga shaxsiy yordamchi xo`jaliklarda etishtiradigan noz-ne’matlari hajmini ham ko`paytirish imkoniga ega bo`ldi. Bozor iqtisodiyotiga zudlik bilan, tayyorgarliksiz o`tish, ya’ni “karaxt qilib davolash” murakkab demografik sharoitda, ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashtirib yuborishi hech gapmas. Shul bois yurtimizda Islom Karimov rahbarligida inqilobiy emas, balki bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o`tiladigan tadrijiy yo`l tanlandi. Shuni alohida e’tirof etish joizki, besh tamoyil mamlakatimizni amalda bugungi taraqqiyotiga zamin yaratgan edi. Tahlillar natijasi shuni ko`rsatmoqdaki, birinchi navbatda iqtisodiyotning mafkuradan holi bo`lishi, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligida o`z ifodasini topgan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohotchi vazifasini o`z zimmasiga olishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, islohotlarni bosqichma-bosqich va vazminlik bilan amalga oshirish kabi tamoyillar bugungi kunda dunyoda avj olib borayotgan moliyaviy va iqtisodiy inqiroz sharoitida o`zining dolzarbligi va hayotiyligini yana bir bor ko`rsatmoqda. Aslini olganda bugungi kunda ko`plab davlatlarni tashvishga solayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz dunyoning turli burchaklarida o`zining salbiy ta’sirini ko`rsatmoqda. Shunday sharoitda O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish muammosi o`z echimini ijobiy tarzda topayotir. Yurtboshimiz Islom Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” nomli kitobida ana shu inqirozni barataraf etish yo`llari har jihatdan nazariy asoslab berilgani dunyodagi nufuzli mutaxassislar tomonidan ham e’tirof etildi. Bu ilg`or fikrlar isbotini yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari misolida ko`rib turibmiz. “Sizlarga yaxshi ma’lumki, bugungi kunda jahon miqyosida tobora kuchayib borayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatida dunyoning juda ko`p mamlakatlarida iqtisodiy o`sishning pasayishi kuzatilmoqda. Minglab korxonalar, banklar va kompaniyalar bankrotlikka uchrab, ishsiz qolganlar soni ko`payib, aholining turmush darajasi pasayib bormoqda,– deb ta’kidladi davlatimiz rahbari Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag`ishlangan tantanali majlisdagi nutqida.– Albatta, ana shu inqiroz ta’sirida juda katta zarar va talafot ko`rayotgan davlatlarning iqtisodiyotini kuzatar ekanmiz, tabiiy bir savol tug`ilishi mumkin – bu inqirozning O`zbekiston uchun ta’sirini yumshatishga, avvalo, iqtisodiyotimizning o`sish sur’atlari va eng muhimi, aholimizning hayot darajasi pasayishining oldini olishga biz nimaning hisobidan va qanday qilib erishmoqdamiz?” Bu savolga davlatimiz rahbarining so`zlaridan muxtasar javob topish mumkin. “Bugun biz erishayotgan yutuq va marralarning asosiy sababini avvalo o`zgalarga o`xshab, bir kunlik maqsad va manfaatni ko`zlamasdan, aksincha, uzoqni ko`zlab, mamlakatimiz va xalqimiz taqdirini atroflicha va chuqur o`ylagan holda qabul qilingan siyosiy qarorlar va shu asosda qat’iyatlik bilan amalga oshirilayotgan dasturlarimizda ko`rish zarur,– dedi muhtaram Yurtboshimiz.– Biz qo`lga kiritayotgan ulkan natijalarning yana bir muhim omili – O`zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin biz hech kimdan nusxa olmasdan, jahonda o`zini oqlagan tajribani inkor etmasdan turib, “o`zbek modeli” deb nom olgan va mashhur besh prinstipga asoslangan o`zimizga xos, o`zimizga mos tadrijiy taraqqiyot yo`lini hayotimizda joriy etib kelayotganimiz va ayni shu model bugungi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ham o`zining to`g`riligini va hayotbaxsh kuchini isbotlab berayotganida, desak, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz”. Darhaqiqat, bugun jahon miqyosida yuz berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida davlatimiz rahbarining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” nomli kitobi butun dunyoda katta qiziqish uyg`otgani ayni haqiqatdir. Bu asarda bayon etilgan ilg`or fikrlar har birimizdan to`g`ri xulosa chiqarishni talab etadi. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” kitobini o`qir ekansiz, inqirozga qarshi choralar dasturi har tomonlama puxta o`ylanganini anglaysiz. Asarda jahon iqtisodiy inqirozining O`zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo`lgan omillarga, Bank tizimini qo`llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizastiya qilish, texnik yangilash va diversifikastiya qilish, innovastion texnologiyalarni keng joriy etish – O`zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo`li ekanligiga alohida e’tibor qaratilgani e’tiborga molikdir. Zero, O`zbekiston ham qisqa, ham uzoq muddatli istiqbolda yuqori iqtisodiy o`sish sur’atlari tashqi savdo va to`lov balansining ijobiy saldosi soliq-byudjet va pul-kredit tizimining barqaror holati sanoqli mamlakatlardan biri hisoblanishi qalblarda umid uyg`otadi. Inqirozni bartaraf etishga qaratilgan bunday ilg`or va puxta o`ylangan choralarni jahondagi yirik olimlar, hattoki iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan olimlar ham ilgari sura olmagan edilar. YaNGI ISTIQBOLLAR SARI O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 18 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning tabrik so`zini tinglagan yurtdoshlarimiz qalbida yana bir bor iftixor tuyg`usi jo`sh urganini izohlashga hojat bo`lmasa kerak. “Yurtimizda yangi jamiyat barpo etishda biz tanlagan va bosqichma-bosqich, izchil amalga oshirayotgan islohotlar modeli ayni shu kunlarda, ya’ni butun dunyo boshidan kechirayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida amalda naqadar to`g`ri ekanini va xalqimizning manfaatlariga to`liq javob berayotganini hayotning o`zi tasdiqlab bermoqda,– deb ta’kidladi davlatimiz rahbari.– Buning yaqqol isboti oxirgi yillarda va shu yilning o`zida iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlar bilan o`sib, yangi marralarga ko`tarilib, yurtimizning qiyofasi tobora o`zgarib, yanada obod bo`layotganida, aholimizning hayot darajasi, oylik va daromadlari uzluksiz yuksalib borayotganida yorqin namoyon bo`lmoqda”. Yurtimiz mustaqilligi yillarida bajarilgan ishlar ko`lami shu qadar salmoqliki, uni hatto bitta kitobda ham bayon etib bo`lmaydi. Barchasini jamlab ta’riflash uchun katta-katta dostonlar yozsa ham kamlik qiladi. Qiyosan olib qaraydigan bo`lsak, ko`pgina rivojlangan mamlakatlarda bunday ulkan ishlar bir necha o`n yillar mobaynida amalga oshirilganini yaxshi bilamiz. Agar o`tmishni eslaydigan bo`lsak, o`sha davrdagi boshqaruv tizimini hech bir narsa bilan oqlab bo`lmaydi. Ayniqsa, iqtisodiyot sohasida mutlaqo yaroqsiz, asoslanmagan, dunyodagi biror bir mamlakat iqtisodiyoti bilan solishtirib bo`lmaydigan o`ta markazlashgan totalitar tizim yaratilgan edi. Bugungi dorilomon kunlarda shukrona aytib yashayotgan inson beixtiyor o`sha davrni eslasa xuddi qo`rqinchli tush ko`rgandek, uyqusida bosqinchilar qo`liga tushib qolgandek vujudi titrab ketadi. Cho`chib uyg`onib, yon-veringga qarasang, hatto tushda ko`rganingga ham huzur-halovating yo`qolgandek his etasan o`zingni. 1987 yilda men Qoraqalpog`istonda faoliyat ko`rsatib yurgan kezlarimda boshimdan o`tgan ko`p voqealar xuddi qo`rqinchli tush kabi yodimga tushib turadi. Bir kuni obkomning birinchi kotibi K.S. Toshkentga borib qaytgach, shoshilinch byuro yig`ilishini chaqirdi. Bunaqa yig`ilishlar tahlikali tarzda bo`lardi. Bu gal ham shunday bo`ldi. Obkomning birinchi kotibi markazdan olgan topshiriqlarini bayon qildi. Uning aytishicha, bir nechta tumanlarni birlashtirish va yiriklashgan iqtisodiy mustaqil tumanlar tuzish lozim emish. Aynan o`sha paytda markazdan o`ylab chiqilgan puch hududiy “xozraschyot” (xo`jalik hisobidagi) boshqarmalarni ittifoq respublikalarida tuzishga zo`r berilayotgan edi. Shunda Farg`ona vodiysidagi uchta viloyat, shuningdek, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari birlashtirilishi rejalashtirilayotgani hammani hayratga soldi. Boshqa viloyatlarda ham shunga o`xshash o`zgarishlar bo`lishi mumkinligi aytildi. Ayni vaqtda bu masala yana muhokama etilishiga ham urg`u berdi. Chunki, Qashqadaryo obkomining birinchi kotibiga hech kim bas kela olmayotganini ta’kidladi. U viloyatlarni birlashtirish xom xayol ekanini, bu masalada mutlaqo o`ylamay ish qilinganni, buni ko`p masalalar mohiyatini umuman tushunmaydigan rahbarlar o`ylab topganini dangal tanqid qilib o`z so`zida turib olgan ekan. O`shanda uzoqni ko`ra olgan rahbar mahalliy urf-odatlari, iqtisodiyoti, ishlab chiqarish sohalari turlicha bo`lgan odamlarni bir qozonga solib bo`lmasligini, buning oqibati yaxshilikka olib kelmasligini bilmagan kimsalarning bu g`oyasi puch ekanligini isbotlab bergan. Aslida ham shunday bo`ldi. Mana, bugungi kunda bu viloyatlar biri-biridan ko`rkam, har biri iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda o`ziga xos ravishda rivojlanmoqda. Bu jasoratli rahbarimiz Islom Karimovning o`sha murakkab davrlarda ham butun o`zbek xalqining taqdirini, kelajagini o`ylab, vaziyatni to`g`ri baholab, uzoqni ko`zlab qilgan qahramonona ishi edi! Muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida mustaqillikka erishganimizdan so`ng respublikamizni har tomonlama taraqqiy ettirishning o`zimizga xos, o`zimizga mos eng ilg`or usullari joriy qilina boshlandi. Aytaylik, har bir yilni mamlakatimizdagi real vaziyatdan kelib chiqqan holda nomlab, bu borada amalga oshirilishi zarur bo`lgan vazifalar Davlat dasturida alohida belgilanishi ham o`z samarasini ko`rsatmoqda. Jumladan, bu yil – “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” deb e’lon qilinishi zamirida xalqimizning asriy orzulari o`z aksini topganini ham izohlashga hojat bo`lmasa kerak. Bu borada alohida Davlat dasturi qabul qilindi. Ushbu dastur asosida qator qishloqlarimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlar ko`zni quvontiradi. Bir iqtisodchi sifatida aytishim mumkinki, bunday bunyodkorlik va boshqa muhim ishlarni amalga oshirish uchun juda katta mablag`lar talab etiladi. Jahon miqyosida tahlikali moliyaviy inqiroz yuz berib turganda mamlakatimizda shunchalik ulug`vor ishlar amal oshirilayotganini hech narsa bilan qiyoslab bo`lmaydi. Shu o`rinda aytish mumkinki, mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi ham uzoqni ko`zlab qilingan ishlar samarasidir. Respublika hukumati o`sha inqirozga qarshi oldindan keng miqyosdagi chora-tadbirlarni ko`rgan edi. Puxta o`ylangan rejalar bekami-ko`st amalga oshirilmoqda. Har bir jabhada iqtisodiyotimiz to`g`ri va aniq maqsadlarga yo`naltirilmoqda. Davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar bo`yicha barcha parametrlari bajarilishi ta’minlanmoqda. Ayniqsa, so`nggi yillarda byudjet masalalari profitstit bilan ijro etilayotgani natijasida ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va boshqa to`lovlar miqdori ancha oshdi. Shuni ta’kidlash kerakki, jahonning ko`plab rivojlangan davlatlarida ichki yalpi mahsulot hajmining kamayib ketishi hamda byudjet taqchilligi ko`pgina ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa, ishsizlik darajasining ortishi odamlarni mushkul ahvolga solmoqda. Bu hol ularning real daromadlari tushib ketishiga va pirovardida, turmush darajasining tobora pasayishiga olib kelmoqda. Yurt ravnaqi, xalq farovonligi yo`lida oqilona siyosat olib borayotgan davlatimiz rahbari doimiy ravishda mustaqil tashqi siyosatni ham izchillik bilan amalga oshirmoqda. Bunday dono siyosatning mohiyati jahonning barcha mamlakatlari bilan teng huquqli va o`zaro foydali hamkorlik qilishdan iborat ekanligi har bir jabhada o`z isbotini topmoqda. “Shuni aytish kerakki, biz hozirgi vaqtda nafaqat inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish ustida bosh qotiryapmiz, shu bilan birga, inqiroz tugagandan keyin O`zbekiston iqtisodiyotining yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlangan holda maydonga chiqishi, jahon bozorida o`zimizning mustahkam o`rnimizni egallash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini oshirish bo`yicha jiddiy ish olib bormoqdamiz,– deb alohida ta’kidladi davlatimiz rahbari.– Bu to`g`rida uzoq gapirmasdan, faqat bitta misolni olib kelmoqchiman. Biz shu yilning boshida “2009-2014 yillarda ishlab chiqarishni modernizastiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo`yicha muhim loyihalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar dasturi”ni qabul qilganimizdan xabaringiz bor, deb o`ylayman. Bu dasturga binoan umumiy qiymati 41,4 milliard dollarga teng bo`lgan to`rt yuzdan ziyod investistiya loyihasini amalga oshirish ko`zda tutilganining o`zi bizning rejalarimiz naqadar ulkan va jiddiy ekanining dalili desak, aslo mubolag`a bo`lmaydi”. Bunday dadil sa’y-harakatlar esa har bir fuqaro, har oilaning turmush darajasini yanada oshirishga so`zsiz ta’sir qilishini ortiqcha izohlashga hojat bo`lmasa kerak. Yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda Yurtboshimiz bir ulug`vor maqsadga qaratilgan g`oyani ilgari surgan edi, ya’ni, O`zbekiston –kelajagi buyuk davlat! Nazdimda, o`tgan o`n sakkiz yil mobaynida amalga oshirilgan ulug`vor ishlar jonajon O`zbekistonimizning undan-da kelajagi buyuk ekanligini namoyon etayotgandek! Bu buyuklik daraxti esa kelgusida yanada yuksalib boraverishiga shak-shubha yo`qdir. |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#768 | |
![]() ![]() |
Цитата:
__________________
TECHNECY - Creative Development Agency Последний раз редактировалось Tulkin Yusupov; 08.11.2009 в 21:53. |
|
|
Ответить |
|