Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 23.06.2011 17:02   #1  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Yig'latdi bu muhabbat...

Yig'latdi bu muhabbat yuragimni yondirib,
Ko'zlarimga qorong'u ko'rsatib keng jahonni...
Unga tashna qalbimni tanholikka ko'ndirib,
Qop-qora bulutlarga ko'mib qo'ydi osmonni...

Yig'latdi bu muhabbat, ko'ngil to'ldi jafoga,
Nahot, men - mubtalosin ko'z yoshiga to'ymaydi?!
Bedavo bemorini uchratib bevafoga,
Uni sog'inmay nafas olmog'iga qo'ymaydi...

Yig'latdi bu muhabbat...
Tilka-pora qalbimni -
Ko'z yosh ila tark etar sabrning malaklari...
Tinglamoqdan bezordir Ishq o'tinchim - arzimni:
"Yuragimga bog'lagin ul yorning tilaklarin..."

Tinglamadi muhabbat yolg'izgina arzimni...
Ответить 
Старый 24.06.2011 18:32   #2  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Цитата:
Сообщение от Shaxnoza Eshmirzayeva Посмотреть сообщение
Yig'latdi bu muhabbat...

Yig'latdi bu muhabbat yuragimni yondirib,
Ko'zlarimga qorong'u ko'rsatib keng jahonni...
Unga tashna qalbimni tanholikka ko'ndirib,
Qop-qora bulutlarga ko'mib qo'ydi osmonni...


Tinglamadi muhabbat yolg'izgina arzimni...
MUHABBAT

Dunyoga keldim-u seva olmadim,
Sevganda yurakka quloq solmadim.
Aytdim aytganimdan sira qolmadim,
Seni qo'msaymn men seni muhabbat.

Oh, uzun tunlarim o'tadi bedor,
Har lahza dilimga beradi ozor.
Yo'llaringda doim bo'lib intizor,
Seni qo'msaymn men seni muhabbat.

Nahotki ,zarracha senga yo'q shafqat,
Xasta yuragimda qolmadi toqat,
Qalbimning malhani yolg'iz sen faqat,
Seni qo'msayman men seni muhabbat.

Ko'kda parvoz etar bir juft oq qush,
Muhabbat zavqidan ko'ngilari xush,
Mendachi muhabbat faqat shirin
Seni qo'msayman men seni muhabbat.

Kelishing mushkul-u ketishing oson,
Yurak bag'rimni sen aylading-ku qon,
Toki vujudimda bo'lar ekan jon,
Seni qo'msayman men seni muhabbat!
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 24.06.2011 20:26   #3  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Bu she'rim... 2007-yilda DARAKCHI gazetasida chop etilgandi. (4/411)
4 yildan ortiq vaqt ichida shunchalik yurtdoshlarimiz ko'nglidan joy olishga ulguribdi-ki... Yuzdan ortiq internet sahifalarida shu she'rimni ko'rib... Ko'zimga yosh keldi... Demak, men yomon shoira emasman...

Bu dunyoda.

Bu dunyoda sevish bor,
Lekin unga yetish yo'q.
Bu dunyoda sevgining
Baxtini his etish yo'q...

Bu dunyoda tole' yo'q,
Faqatgina hijron bor.
Yonmay so'ngan ishq o'ti,
Gullayotgan armon bor...

Bu dunyoda alam-u
Firoqlar bor yagona.
Bu dunyoga baxt bilan
Sokin hayot begona.

Bu dunyoda qayg'u bor,
Saratoni bo'ronli.
"Baxt-u visol, diydor bor!" -
Degan ishonch gumonli.

Bu dunyoda armon bor -
Ayriliqning garovi.
Va dunyoda sevgining juda qattiq sinovi.

Bu dunyoda hijron bor -
Olovidan kuyar yoz.
Bu dunyodagi ishqning
Bag'rida kezar ayoz.

Bu dunyoda sevish bor,
Sevganiga yetish yo'q.
Bu dunyoda sevmasdan,
U dunyoga ketish yo'q.

Bu dunyoda armon bor,
Bu dunyoda hijron bor...
Shu hijronlar ichida
Sizni sevgan inson bor...
Ответить 
Старый 25.06.2011 13:58   #4  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Цитата:
Сообщение от Shaxnoza Eshmirzayeva Посмотреть сообщение
Bu she'rim... 2007-yilda DARAKCHI gazetasida chop etilgandi. (4/411)
4 yildan ortiq vaqt ichida shunchalik yurtdoshlarimiz ko'nglidan joy olishga ulguribdi-ki... Yuzdan ortiq internet sahifalarida shu she'rimni ko'rib... Ko'zimga yosh keldi... Demak, men yomon shoira emasman...

Bu dunyoda.

Bu dunyoda sevish bor,
Lekin unga yetish yo'q.
Bu dunyoda sevgining
Baxtini his etish yo'q...
Albatta, faxrlansangiz arziydi.Yaxshi ijod mahsulining muxlisalari hamisha ko'p bo'ladi.

Цитата:
Сообщение от Shaxnoza Eshmirzayeva Посмотреть сообщение
Оффтоп:
Agar so'zlarimga shubha qilganlar bo'lsa, she'rning boshidagi ikki qatorini Google orqali qidirib ko'rishlari mumkin...
Rostini aytsam o'zim ham tekshirib ko'rdim. Ushbu she'ringiz deyarli barcha insonlarning dardlari bilan yozilgandek. Go'yo o'qigan har inson ushbu she'rda o'zing qalb iztiroblari bitilganini ko'radi. Ilohim ijodingiz bundanda yuksak cho'qqilarni zabt etaversin. Olloh sizga madadkor bo'lsin.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 25.06.2011 18:23   #5  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Цитата:
Сообщение от albatros
Цитата:
Сообщение от Shaxnoza Eshmirzayeva Посмотреть сообщение
Оффтоп:
Agar so'zlarimga shubha qilganlar bo'lsa, she'rning boshidagi ikki qatorini Google orqali qidirib ko'rishlari mumkin...
Rostini aytsam o'zim ham tekshirib ko'rdim. Ushbu she'ringiz deyarli barcha insonlarning dardlari bilan yozilgandek. Go'yo o'qigan har inson ushbu she'rda o'zing qalb iztiroblari bitilganini ko'radi. Ilohim ijodingiz bundanda yuksak cho'qqilarni zabt etaversin. Olloh sizga madadkor bo'lsin.

Ijodimga befarq bo'lmaganingiz uchun minnatdorman!


Оффтоп:
Zoti Oliyalarining so'zlariga shubha qilganmidingiz, Mavlono?!

Последний раз редактировалось Aliya; 25.06.2011 в 18:31.
Ответить 
Старый 24.06.2011 20:44   #6  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Оффтоп:
Agar so'zlarimga shubha qilganlar bo'lsa, she'rning boshidagi ikki qatorini Google orqali qidirib ko'rishlari mumkin...
Ответить 
Старый 25.06.2011 18:36   #7  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Baxt qadri.

Baxtning yostig'ida uxlay olmadim,
Sevinchim tushimni o'g'irlab oldi.
Hazin allalarni tinglab, tolmadim,
Bedorlik bu kecha men bilan qoldi...

Hayotman, to nafas olyapman bugun -
Umrimni sarf qilmoq gunoh havoga!
Kimningdir umid-la yashashi uchun
Men ham kelgandirman Yorug' dunyoga...

Kimgadir kerakdir bir shirin so'zim -
Onamning duosi yor bo'lgan menga.
Kimgadir kerakman yolg'iz men o'zim -
Balki, har daqiqa zor bo'lgan menga...

Kimgadir she'rlarim dardi tasalli,
O'zini topar bir satridan - izlab...
Ko'nglim bir tog' o'sar edi - aqalli
Dardmand qalb-la misram qo'yganda eslab...

Kuymam, havolarga uchdi, deb - dardim,
Kuygan ko'ngillarga malham bo'lolsa...
Yurak qonim ila bitgan har satrim
O'ksik dilni shod-u xurram qilolsa...

Shodman - men dunyoga kelmadim bekor,
Har tong - yangi umid, abadiy, o'lmas!
So'nggi nafasda ham Kimdir menga zor,
Faqat shu baxtimni anglay olsam bas!
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 27.06.2011 10:04   #8  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Siz bilmaysiz...

Siz bilmaysiz - muhabbatning olovlari
Ko'z yoshlardan ummonlarni ko'targaydir.
Nima bo'pti ayriliqning azoblari,
Nozik yelkam osmonlarni ko'targaydir...

Jilg'alarning shivirlagan siriman men,
Sho'x yellarning yig'lagan ohlariman men,
Siz bilmaysiz - malaklarning biriman men,
Erkaligim jahonlarni ko'targaydir...

Silamangiz - sochlarimda dorlar qancha,
Nigohlarim olovida qorlar qancha...
Bitta shirin arazimga zorlar qancha,
Tabassumim gumonlarni ko'targaydir...

Sel yog'dirib yurakdagi toshingizga
Kelmagayman boshim egib qoshingizga,
Yomon bo'lar gar qulatsam boshingizga -
Nozik yelkam Osmonlarni ko'targaydir!

Siz bilmaysiz...

Последний раз редактировалось Aliya; 27.06.2011 в 10:09.
Ответить 
Старый 27.06.2011 11:27   #9  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
Сизсиз

Кутаман мен эртами, ё кеч

Сиз қайтасиз пушаймон бўлиб,

Билмам, балки ортга қайтмай ҳеч,

Ўтажаксиз, андармон бўлиб.


Менинг эса бу қалбим Сизсиз -

Баҳори йўқ, хувиллаган куз.

Балки ишқим кетса-да, изсиз,

Бу дунёда ахир сиз борсиз.


Балки Сиздан топганим армон,

Кўзим тўла қолгани ёшдир.

Сизсиз мағлуб, Сизсиз бедармон –

Қолсам ҳамки, иродам тошдир.


Чунки Сиз ҳам мени қачондир,

Ўйлагансиз девоналардек.

Билмам нечун айирди тақдир,

Учрашамиз бегоналардек.


Ахир Сиз ҳам мени қачондир,

Севганингиз афсона эмас,

Сизсиз ғариб юрак ҳам қондир,

Ўзга ёрни баҳорим демас!
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 27.06.2011 в 11:32. Причина: texnik xato bartaraf etildi
Ответить 
Старый 27.06.2011 11:29   #10  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
Келмадингиз

Келмадингиз, кундузим қаро бўлди,

Васлингиз истагида бир кўнгил яро бўлди.

Шубҳалар панжасида умидим адо бўлди,

Келмадингиз, сиз нечун?


Келмадингиз, мағрур юрак тиз чўкди.

Чақмоқ бўлиб сўзларим ашкнинг чокини сўкди,

Музлар ёғди, нажот йўқ, чўлпон кўзлар дур тўкди,

Келмадингиз, сиз нечун?


Келмадингиз, қуёшим ботди қайга,

Дардларимни топширдим ҳазин навога, найга,

Кўнглимни тошга урдим қарамайин “ҳай-ҳай”га,

Билмадингиз сиз нечун?!.

* * *

Тун қаро, йўл қаро, қошлар қоп-қаро,

Қарашлар жабридан кўнгиллар яро,

Чанқасам, муҳаббат чашмаси яқин,

Ва лекин жонимга кирмагай аро.


Ўнгда тош, сўлда тош, юракларда тош,

Тошларнинг зарбига ким беролар дош?

Умр ёш, гўдак ёш, кўзлар тўла ёш,

Минг бир ўй комида чатнаб кетар бош...
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 27.06.2011 в 11:33.
Ответить 
Ответить

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх