|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#671 | |
|
Сообщений: 624
+ 19
399/213
– 4
82/36
![]() |
[QUOTE=Gulchehra Ibragimova;540235]
Цитата:
Потирлаган қуш каби. Биз босиб ўтган йўллар, Муҳаббатнинг мактаби. девана Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 13.04.2011 в 08:51. |
|
|
|
Ответить |
|
|
#673 |
|
Сообщений: 624
+ 19
399/213
– 4
82/36
![]() |
Мен ўзим Қатағон, мен ўзим Маҳмуд,
Мен ўзим Машрабман, дарди девона. Оламга сиғмадим, тор менга ҳудуд, Дунёда топилмас мендай парвона. Халлож акам ўтди, устоз Насимий, Физулий боғидан лолалар тердим. Чин ашъор битиш бу Журъат қадимий, Шогирдлик ҳассасин Маҳмудга бердим. |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#676 | |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
Цитата:
Минг бир дарду ғамдан ғариб урёнман, Жигар-бағри куйгун кабоб бирёнман. Бағрим ёқар алам: кўз мардумидек Кўзим ичрасан - кўролмай гирёнман. Абусаид АБДУЛХАЙР |
|
|
|
Ответить |
|
|
#677 |
![]()
Сообщений: 21
+ 0
27/10
– 0
0/0
![]() |
SENSIZ
Mana, bir umrni yashadim sensiz, Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib, Tobuting boshida cho’kkanimda tiz, Farzandlar ko’tardi qo’limdan tutib. Shundan beri tikman. Har nega qalqon, Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg’uga. Birov azasida yig’layman qon-qon, To’yida yayrayman o’xshab ohuga. Lekin qolganimda qalbim-la tanho, Tuyg’ular zoriga solganda quloq. O’zni zaif, chanqoq sezganda goho, Alamdan beraman javobsiz so’roq: Tirik ekan nega tashlab ketmading? Mendan nafisroqning husniga oshiq, Mendan yoniqrog’i tortmadi sani, Edi nigohingga bor jannat ochiq, Seni majnun etib bir yer go’zali, Nega meni tashlab ketavermading? Tirik ayrilishning dog’I og’irmish, Xo’rlik kemirarmish umrni chaynab! Bu-mudhish egovga berardim turish, Ketsang ham menga jon tuyg’ungdan aynab. Bilardim, qaydadir olasan nafas, Murakkab bu dunyo sen-chun ham tirik. Senga yot-noshudlik, tund ruhlik, qafas, Bugungi qadaming kechadan yirik. Nega, nega meni tashlab ketmading? Bilaman, rashk meni etardi halok, Afzal ko’rganingni qarg’ab o’tardim, Izingdan yurmasdim soyaday g’amnok, Hayotda men uchun qolarding tirik, Qalaming mujdasin kutardim mushtoq. Ma’yus taqdiringga yashab men sherik, Mushkul bo’layotir shodlik yaratmoq. Nega tirik ekan tashlab ketmading, Tashlab ketmading-da, boshlab ketmading?! Zulfiya |
|
|
Ответить |
|
|
#678 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Hurmatli, Najmeddinov Ahmadjon... Mavzu qoidalariga amal qiling, iltimos... Qo'ygan she'ringiz o'zingizdan avval qo'yilgan she'r oxirgi harfidan boshlanishi kerak...
Ne sirlarning makonidirsiz? Sizda qaysi farishta ko’ngli? Ibolarga yashiringan qiz, Ko’zlaringiz bunchalar mungli? Kuz ta’sirin o’tkazmish yuzga, Tunni tashlab, o’ting kunduzga, Shudring tushmish kiprigingizga, Ko’zlaringiz bunchalar mungli? Og’ridimi ichingiz nogoh? Ma’yuslikka burkangan nigoh, Ne bo’lsayam qilingiz ogoh Ko’zlaringiz bunchalar mungli? Chehrangizda garchi tabassum, Botingiz yig’larmi sim-sim? Uzoqlarga termulgancha jim, Ko’zlaringiz bunchalar mungli? O’rin bormi ozgina arzga? Malham aylang yuragi darzga, Qarashingiz beringiz qarzga, Ko’zlaringiz bunchalar mungli? Chashmingizning ikki sohili, Yomg’irlarning bo’lmish doxili. Anduhingiz nedir oxiri? Ko’zlaringiz bunchalar mungli? O’yingizga tushib ketsaydim, O’zim birla mehr eltsaydim Jindek quvonch hadya etsaydim. Ko’zlaringiz bunchalar mungli? Boqishingiz bu qadar g’amgin, Ko’zlaringiz bunchalar mungli? (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
|
Ответить |
|
|
#680 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
Аёлни сев, аёлга ёлбор,
Минг бир кеча эртакларинг айт. Алпомишлар туғиб беради. Аёлни сев, остонасин ўп, Қаср қурма, кўнглини сўра. Бало келса туриб беради. Аёлни сев, ўламан, дегил, Ишқ яратган парвардигордан- Сенга умр тилаб беради! (Фарида Афрўз) |
|
|
Ответить |
|