|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#621 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Дилдор зариф аст, гуноҳаш ин аст,
Зебову латиф аст, гуноҳаш ин аст. Охир ба чи айб мегурезанд аз ў?! Аз айб афиф аст, гуноҳаш ин аст? Жалолиддин Румий Мазмуни: Дилдор нозикфаҳм, зийрак, гўзалдир – гуноҳи шу. Ниҳоятда зебо ва латофатлидир – гуноҳи шу. Ахир, нима айби учун ундан қочишади? У мутлақо беайб мусаффодир – гуноҳи мана шу! |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#622 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
G'animlar tahqirlab beshafqat,
Onangdan ayrilding, dedilar, tutqunning ko'zida betoqat, Qatra yosh ko'rmoqchi edilar, Qatra yosh... Mag'rur qoldi mag'rur bosh. Ko'z yoshlar boisi-g'am, alam, Yoringdan ayrilding, dedilar, Ko'ziga boqdilar, shod, xurram- Qatra yosh ko'rmoqchi edilar, Qatra yosh... Mag'rur qoldi mag'rur bosh. Qasoskor xabarlar bilmas had, Vatandan ayrilding, dedilar Va uning ko'zida so'nggi dard- Qatra yosh ko'rmoqchi edilar, Qatra yosh... Bir qalqdi... Jon edi o'sha yosh! Azim Suyun |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#623 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Bahodirsiz kelar arg'umoq
Maysalar lol egdi boshini, Qizg'aldoqlar to'kdi yoshini, Ko'k berkitdi shan quyoshini, bahodirsiz kelar arg'umoq. Unsiz qoldi qushlar samoda, Uchqur jayron yelmas sahroda, Tindi latif, sarin shabboda, Bahodirsiz kelar arg'umoq. Tog'lar boqar g'amgin, tund, behol, Oq na'matak tebranmas xushhol, Bemajoldir chashmai zilol, Bahodirsiz kelar arg'umoq. Qonxo'r g'anim, qonxo'r qotil kim?.. Havo bo'g'iq, badqavoq va dim, Chopib chiqqan el, xaloyiq jim, Bahodirsiz kelar arg'umoq. Azim Suyun |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#624 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Oq va qora
Oq buloqni izladim, Qora buloq duch keldi. Qora buloq suvidan ichdim, yoronlar, Oq buloqqa yetguncha. Oq daryoni izladim, Qora daryo duch keldi. Qora daryo bag'rida cho'mildim, do'stlar, Oq daroga o'tguncha. Oq tog'larni izladim, Qora tog'lar duch keldi. Qora tog'lar quchog'ini kezdim, yoronlar, Oq tog'larga yetguncha. Oq va qora dunyoni Chappor urib aylangum, Oq shomlar tugab, do'stlar, Qora shomlar quchguncha. Azim Suyun |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#625 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Bahodirning qilichi
Bahodirning qilichi sindi... So'nggi nuqta. Tugadi ertak. Pastak hovli chetida dilxun Bir bola yig'laydi- qo'lida kitob. Bahodirning qilichi sindi, Bahodirning qilichi sindi. Yovniki butun! Qayga ketdi yaproqdek bola, Bo'ta kabi qayda bo'zlaydi? Uchib yurgab varaqlar, ana, Shamollarga ertak so'zlaydi. Bola qani?.. Bilmayman, ammo, Ishonaman, qaylardadir г Bahodirga qilich izlaydi... Azim Suyun |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#626 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Hali kuymagan dil, kuylanmagan dard.
Yig'lanmagan yig'i, ko'rilmagan tush. Hali sevilmagan bir gul-sumanbar, Malomat ko'rmagaan yalangoyoq rushd. Bir yoziq-hali-da qo'l urilmagan. Yuziga hali dog' tushmagan hilol. Og'izlarga tutilmagan bir lagan, Hali tangrilar xol qilmagan Bilol. Hali sen haqingda so'zlanmagan so'z. Hali to'qilmagan g'iybat va fasod. Hali kafanlikka bichilmagan so'z. Bitilmagan she'rlar. So'nmagan umid. Bir ko'ngil-bozori bo'lmagan kasod. Bir ko'z - ololmagan hali men yumib. Faxriyor |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#627 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Onaginam!
Dorilamon kunlar keldi, shafaqlari ol, Quyosh boqsang, shaylanishlar va sozlashlar tor. Olcha gulni ko’zlaringga surtasan behold. “Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor”. So’lg’in-so’lg’in lablaringdan ucharkan shu so’z, Otaginam xayolimda rostlay boshlar qad. Dorilamon kunlarga qayt, onam, yumib ko’z O’ksik dilda boshlanmasin desang qiyomat. Bu tabiat suyumlidir ham ko’zlari ko’r, Goh sharobdan, goh og’udan qilar bizni mast. Belginangga tirak bo’lay, onajonim, tur. Dorilamon quyoshga boq, unga qasdma-qasd. Yuzing ardoqli quyoshday issiq va mahvash. Ko’zlaringda umid yonar tikilgan oni. Qorli kunlar bilan ketsin dilingdagi g’ash, Qizg’ish, lola rang qonlaydir bu kun dunyoni. Bu dunyoning qir-darasi mo’l, Yerni yalang oyoq bossang yayraydi taning. Yashamoq – bir tansiq taom, unga ursang qo’l, Brogan sari ochiladir ishtahang saning. Bog’lardagi yetilgusi har mevali shox, Rizqdir bizga, rizqqa doim dil ilinjlikdir. O’g’lonlaring kelar ana, ochishib quchoq, O’g’lonlaring meva qadar bir shirinlikdir. Onaginam! O’zing tortma davralardan, el chorlaganda, “Tiriklikning bayrami”, deb sozlaganda tor, O’zing so’lg’in lablar bilan pichirlaganda: “Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor”. Halima Xudoyberdiyeva
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
![]() |
#628 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Oramiz bulutli kundayin ochiq,
Nafratlar oraga bemalol sig'ar, Kirlari qurigan ayolday mehr dor-ishonch rishtasin o'rtadan yig'ar. Kiyimmas-bu dorga ilingan matoh, choyshabmas-osilgan kunning qo'riga. Agar u sho'r bo'lsa, bizning sho'rimiz, agar u oq bo'lsa, demak, qurigan. Faxriyor |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
![]() |
#629 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Ne tong, bahor izmi kuzdadir,
saharlaring shomlarga do'nar. Kemtiklashib boradi badr, ko'ngil taqdir misoli sinar. Iltijolar etdim namozshom: tangrim, bahor bunday kelmasin. Jabring bo'lsa, bo'lsa intiqom, menga bo'lsin, gulga bo'lmasin. Gul ko'nglagi ko'ngil shomidir, titrayurman miskin, g'amboda sensizlikning ajdar komida. Sipqorurman so'ngsiz hasratim, bir o'tinchim bo'lmaydi ado: seni bahorlardan asrasin! Faxriyor |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#630 |
Student
Сообщений: 2
+ 8
7/2
– 0
0/0
![]() |
Osmonimni obod qilgan qamar eding,
Balolardan saqlaguvchi tumor eding, Ko'zlarimga mudom ko'zi xumor eding, Yo'llarimni yoshing bilan yuvar eding, Meni desa joningni ham berar eding. Jon chekarding ozor yetsa gar jonimga, Ming aldasam ishonarding yolg'onimga. Nogoh tikan botar bo'lsa tovonimga, Tikanlarni kiprigingda terar eding, Meni desa, joningni ham berar eding. Yo'qsan, seni yo'qlab yo'llar qaragim yo'q, Yurak yutib boray desam, yuragim yo'q. Endi meni o'zimga ham keragim yo'q, Meni hatto mendan ziyod sevar eding, Meni desa, joningni ham berar eding. She'r muallifini bilolmadim. Marhum xonanda O. Madaliyev ijro etgan edilar |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
|