AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360
10,318/4,529
– 37
58/50
|
Kino va tomоshabin o'rtasidagi masofa yaqinmi yoki uzoq?!
|
|
“Shunday bir kino bo‘lsaki, ko‘z uzmay tomosha qilsang, yig‘lasang, kulsang, iztirob chekib ham quvonsang”. Bu — ko‘pchilikning ko‘nglidan o‘tadigan gap. Umuman olganda, har qanday asar hayot haqiqatini o‘zida aks ettira olsagina, qalblarni larzaga soladi, boy taassurot beradi va uning ma’naviy olamini boyitadi. Hozir kinosaroylarga tushgan kishi o‘zbek kinolarining ham ko‘payayotganiga tan beradi. Kinoijodkorlarimiz yaratayotgan ekran asarlarida bugungi kun nafasi, zamondoshlarimiz qiyofasi ko‘rsatib berilmoqda.
Singildan-da aziz «ALIYA»
Televidenie avval va ke*yin ishlab chiqarilgan film*larni namoyish etish va tomoshabinlar auditoriyasini kengaytirishda eng muhim vositadir. Kinosaroyga borishga imkoni bo‘lmagan kishi uyda televizor orqali badiiy film*larni ko‘radi. Koreya kinoijodkorlari taqdim etgan “Saroy javohiri”, ”Dengiz hukmdori”, “Jumong”, ”So‘nggi qirolicha” kabi seriallar insonda mardlik, jonkuyarlik, xalqparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish bilan birga, yaxshiligu yomonlik hech qachon javobsiz qolmasligi g‘oyasini ham ilgari suradi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xalqimiz ularni sevib tomosha qilyapti, 7 yoshdan 70 yoshgacha serialning muxlisiga aylanishgan desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Yuqorida tilga olingan kinolar boshqa seriallardan
farqli o‘laroq, tarixiy voqelikni aniq maqsad va g‘oyaga asoslanib aks ettirmoqda. Biz tomosha qilayotgan ayrim o‘zbek kinolarida ana shu kemtiklik sezilyapti. (Masalan, “Xo‘ja Nasriddin”)
Bir kuni bekatda turib, nogahon ikki ayolning suhbati qulog‘imizga chalindi. Aftidan, opa-singil bo‘lsa kerak, Turkiya kino mahsuloti “Aliya” haqida gaplashishardi. Shu tobda singlisi opasidan so‘radi:
— Opa, Aliya o‘larmishmi?
Opaning jahli chiqib, baland ovozda javob qaytardi:
— Nega Aliya o‘larkan, o‘zing o‘l!
Nahotki, tomoshabinlarimizga Aliya singildan-da aziz. Balki Aliya obrazida barcha ayollarga xos dard mujassam bo‘lgani uchun ham u yurakka yaqindir. Deyarli yakunlanib qolgan “Jumong” seriali ham barchaning qalbiga kirib ulgurdi. Ishdan kechroq chiqqan hamkasbim ukasidan bekatga chiqib turishini iltimos qilgandi, javobidan tutoqib ketdi: “Men Jumongni ko‘rishim kerak”. Navbatdagi qismni ko‘rolmaslik xavotiri uka uchun opasi sihat-salomatligidan-da kuchli bo‘lsa-ya.
Kinoning inson ruhiyatiga ta’siri xususida psixonevrolog Sohiba Nasrullaeva quyidagilarni e’tirof etdi:
— So‘nggi vaqtlarda nafaqat kattalar, balki bolalar ham seriallar olamiga sho‘ng‘ib ketishdi. Bundan tashqari, ota-onalarimizga turli xorij kinolarini video yoki disklarda ko‘rish jarayonida farzand*lari ham sherik bo‘lyapti. Mis*tik va qo‘rqinchli kinolarni kechasi ko‘rish kattalarda uy*qusizlik, bolalarda esa, uyqu*dan qo‘rqib uyg‘onish, duduqlanib qolish, kechasi o‘rnini “ho‘llab” qo‘yish holatlarini sodir qiladiki, bora-bora bunday holatlar inson asab tizimida turli kasalliklarning kelib chiqishiga zamin yaratadi. Ayniqsa, 5-8 yoshli bolalarda yuqoridagi holatlar ko‘p kuzatilyapti. Bunga ota-onalarimiz aybdor ekanligini unutib bo‘lmaydi. Ota-ona bolasining televizor qarshisidagi vaqtini rejimga solishi, doimiy nazoratga olishi shart, deb o‘ylayman.
Dilorom Karimova, maktab direktori:
— Tanaffusda o‘quvchilarning qaysidir serial haqida muhokamaga berilganini eshitib, kuyunib ketaman. Ularda serialning fikr va bahs uy*g‘otgani bir jihatdan yaxshi, ammo tarbiyasiga salbiy ta’sir etishi kishini tashvishga soladi. Meni ota-onalarning beparvoligi o‘ylantiryapti. Gohida darsga kechikkan o‘quvchidan sababini so‘rasangiz, uning o‘rniga o‘rtoqlari “kino ko‘rgan” deb javob berishadi. Axir, kinoni allamahalgacha ko‘rishni cheklash ota-onalarimizning qo‘lidan keladi-ku. Farzandlarimizning chet el kinolari qahramonlariga taqlid qilishini ma’naviy in*qiroz, deb bilaman.
Munosabat
Poytaxtimizda joylashgan Alisher Navoiy nomidagi, Kinochilar uyi, “Turkiston” san’at saroyi kabi katta tomosha zallariga tashrif buyura*yotgan ishqibozlarning aksa*riyati yoshlar. Ma’lum vaqt ajratib, ko‘ngilni oziqlantirish — yaxshi niyat. Ammo niyatga yarasha ularga ulashilayotgan ozuqa qanday? Kinoteatrdan chiqayotgan tomoshabinlardan kino taassurotlari haqida so‘raganimizda: “Bir marta ko‘rish mumkin ekan”, ”Boshqasiga tushsam bo‘larkan”, ”Ko‘rsa bo‘ladi”, “Yaxshi” kabi qisqa javoblarni oldik. Kino ta’siridan hali butkul yiroqlashmagan tomoshabin shunday javob ber*yapti. Balki bu javoblar tahlil natijasida bundan ham keskinroq bo‘lar. Muhimi, madaniy hordiq chiqarish uchun sotib olingan chipta puli “havoga uchdi-ketdi” degan xulosani bermasa bo‘lgani. Sotib olingan «DVD» disklarga yozilayotgan xususiy kinostudiya mahsulotlarini bir marta ko‘rganingizdan so‘ng, ikkinchi bora ko‘rishga ehtiyoj sezmaysiz. Sababi, aksariyat filmlarning motivi bir xil, syujetlari o‘xshash, tomoshabin filmning boshidanoq nima bilan yakunlanishini bilib olyapti. Bu uning sezgirligidan emas, balki kinodagi voqealarga kunda-kunora duch kelayotganligidan darakdir. Qolaversa, filmlarda asar qahramoniga mos aktyor tanlanmayaptiyu, balki aktyor uchun qahramon yaratilayotganday taassurot uyg‘onadi kishida. Umuman aytganda, kino san’atida bu hol odatga ham aylanib ulgurdi. Tanganing ikkinchi tomoni ham bor, zamonaviy filmlarning ko‘pligi yomonmi, degan savol tug‘iladi. Afsuski, “O‘tov”, ”Chashma”, ”Vatan” kabi tomoshabinni o‘ylashga undaydigan filmlarimiz safi ko‘zni quvontirgudek uzun ro‘yxatni tashkil qilmaydi. Savol tug‘iladi: mukammal kino yaratish uchun puxta stsenariy yetishmayaptimi yoki aktyor va rejissyor mahorati?
Kinoshunos Hamidulla Akbarovning “Kino-teledramaturgiya: nazariya va amaliyot” kitobidan: “Stsenariy bo‘lajak filmning ekrandagi umri uzoq yoki qisqa bo‘lishini belgilab beradi. Bir yarim soat vaqt davom etadigan zaif filmni 500-600 ming tomoshabin ko‘rsa, qancha vaqt bekor ketganini hisoblab ko‘ring. Yetuk adiblarimiz bu holni hisobga olib, ijod etganlar yoki kinoni bir olam bilib, stsenariy yozish mas’uliyatini hamisha his etishgan. Ularning kinodagi faoliyati muayyan rejissiyor, aktyor, hatto rassom va operator bilan bog‘liq bo‘lgan.” Demak, kinoning mukammalligi bir kishiga emas, balki ko‘p kishining harakatiga bog‘liqdir.
Jahongir Qosimov, «O‘zbekkino» milliy agentligi direktor o‘rinbosari: — Bugungi kunda yaxshi stsenariyni topishning o‘zi muammo. Stsenariy mualliflari va rejissyorlarning mahorat maktabi ochilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Eng achinarlisi, aksariyat stsenariylar buyurtma asosida tezkorlik bilan yozil*yaptiki, shu bois ham umr*boqiy kinolar kamdek.
Sunnat Aznarov, «O‘zbekkino» milliy agentligi bosh muharriri: — 2008 yilda 25 ta badiiy film, 10 ta multfilmni suratga olish rejalashtirilgan edi. “Afyun girdobi”, “Telba” kabi film*larimiz tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olindi. Ko‘pchilik muxlislar xususiy kinostudiya bilan davlat kinostudiyasi mahsulotlarini almashtirib qo‘yyapti va natijada har qanday xulosa ikkalasiga ham tegishli bo‘lib qolyapti. Kinoni birinchi marta suratga olayotgan yosh re-jissyorni tushunish mumkin, axir bola ham birdan chopqillab ketmaydi. Lekin faoliyatini ancha avval boshlagan rejissyorlar ham ba’zan yengil-elpi kino ishlayotganini tushunolmayman.
“Panoh” dan “Oshiqlar” gacha
Barchamizni birdek qiziqtirgan “Panoh” filmi rejiss*yori Rustam Sa’diev yaqinda yana bir kino — “Oshiqlar”ni tomoshabinlarga taqdim etdi. Filmdagi aktyor va aktrisalar mahoratidan shikoyat qila olmaymiz, hammasi maromida, sevishganlar haqida bo‘lgani bilan jamiyatda uchraydigan ayrim muammolarni ham ochib bera olgan, faqat... Biz ana shu “faqat” haqida to‘xtalishni istamasdik, ammo nailoj.
Tomoshabin Ulug‘bek Qodirov talqin etgan qahramon — tortinchoq yigitning qaerda, nima ish qilishidan film oxirigacha bexabar qoladi yoki sartarosh yigitga (bu rolni F. Soipov ijro etgan) sochini sotmoqchi bo‘lgan qiz: “Meni tunab ketishdi, shaharda hech kimim yo‘q, siznikida qolsam maylimi”, deb yigitning uyida qolib ketadi. Film yakunida esa qiz shaharlik bo‘lib, shu yigitni «chuv tushirish» borasida dugonalari bilan garov o‘ynagani oshkor bo‘ladi. Xo‘sh, dugonalari va’da qilgan tilla uzuklarga erishish uchun o‘z or-nomusini garovga tikkan qizning qay jihati o‘zbekchilikka to‘g‘ri keladi? Bu kabi holatlarni boshqa filmlarda ham kuzatish qiyin emas.
— Bosh qahramonlardan birini haddan tashqari tortinchoq, birini zamonaviy qilishgani menga unchalik ma’qul bo‘lmadi. Xonanda Dilfuza Ismoilova talqin etgan savdogar ayol obrazining ba’zi joylari o‘ta bachkana bo‘lib ketgandek, “Panoh” orqali Rus*tam Sa’diev ijodida anchagina yuksalish kuzatildi-yu, ”Oshiqlar” tomon odim tashlagan rejissura sayozlashgandek tuyuldi, nazarimizda,— deya ta’kidladi tomoshabin Zebo Umarova ushbu film haqida.
Aslida, kino ham kishiga ma’naviy, ruhiy ozuqa berishi, fikrlashga, izlanish va yaxshilikka intilishga undashi bilan qadrli bo‘lishi lozim emasmi?!
Mahbuba KARIMOVA,
Muxlisa MO‘MINOVA,
“Ma’rifat” muxbirlari
|
|
Yuqorida ajratib ko'rsatilgan savollarga javob berasizlar, degan umiddaman, qadrli Forumdoshlar!
Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 16.06.2008 в 17:02.
|