|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#41 |
|
Chin do'stlik rishtasi bilan bog'langan uchta 1 raqami har doim 100 dan ustun kelishardi. Chunki ulardan biri yuzlik, ikkinchisi o'nlik, uchunchisi birlik maqomida turishardi. Bir buzginchi ularning orasiga fitna solibdi. Birlik maqomida turgan 1ga "qachongacha shu maqomda turaverasan, sen ham o'nlik yoki yuzlik maqomiga o'tmaysanmi?" debdi. O'nlik maqomidagi 1ga yuzlik maqomini mazasini tatimay o'tib ketayotganini vasvasa qilibdi. Natijada, maqomiga qanoat qilmagan do'stlarni orasi buzilibdi. Hammasi yuzlik maqomini talashib, bir-biridan ayrilishibdi. Lekin endi ularning kuchi 100ga emas, hatto 4ga ham yetmas ekan. Sababi, ular endi bor yo'g'i uchta 1dan iborat bo'lib qolishgandi...
__________________
http://futbol-klub.uz |
|
|
|
Ответить |
|
7 "+" от:
|
|
|
#42 |
|
Sotuvchi mahzun yuzli haridorga tabassum bilan boqadi. Haridorning ko'ngli ravshanlashadi va o'tmishda unga yaxshilik qilgan bir do'stini eslaydi. Unga tashakkur maktubi yozadi. Maktubni olgan odam shunday sevinadiki, ovqatlanayotgan oshxonasida ofitsantga to'lovga qo'shib suyunchi puli ham berib yuboradi. ofitsant pulning bir qismini o'sha atrofdagi bir faqirga beradi. Ikki kundan beri og'ziga bir luqma olmagan faqir rosa suyunadi. U o'z yo'lida sovuqdan titrayotgan kuchukchaga ko'zi tushadi. Raxmi kelgan tilanchi kuchukchani ko'p qavatli uyning yerto'lasiga joylashgan kulbasiga olib boradi. O'sha kechada yong'in chiqadi. Kuchukcha esa to butun uy ahli uyg'ongunicha vovillaydi. Natijada, uyda yashovchilarning bari yong'indan omon qoladi. O'sha omon qolganlar ichidagi bir bola yillar o'tib ulg'ayadi va shu mamlakatning adolatli hokimi bo'ladi...
Ushbularning barchasiga sababchi arzimas, ammo samimiy birgina tabassum edi...
__________________
http://futbol-klub.uz |
|
|
|
Ответить |
|
4 "+" от:
|
| Реклама и уведомления | |
|
|
#45 | |
![]() |
Цитата:
Вазифаси бор улимнинг хам, Бордир унинг мажбурияти. Шиори бор, бордир байроги Ва, шунингдек, жумхурияти. Вазифага кура, кунба-кун Сидкидилдан улим яшарар. У-фукаро. Бирок на одам, На бир хайвон ва на хашарот. У замонга терс борар, илло, Замон унга бокиб туймайди. У яшарар - карийди замон, Улим замон билан уйнайди. У яшарар. Мактаб ёшидан Йил пуст эмас- ёшлар ташлайди. Ва беш яшар жужук улимча Бир богчага катнай бошлайди. Дев мисоли у бир юмалаб, Богчадан хам утар нарига. Уни шурлик оналар суйиб, Белар бум-буш бешикларига... Фахриёр |
|
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
#46 | ||
|
"Sardorlar Maktabi" vs Ziyonet kurs
Sm&ZiyoNet
Сообщений: 235
+ 165
43/31
– 0
2/2
![]() |
Bilasizmi bu mavzu juda qiziqarli va kayfiyatbaxsh!!!
__________________
sardorlar.zn.uz Ziyonet mahsus kursi bilan hamkorlikda ochilgan sayt. Последний раз редактировалось Javohir Mahmudjonov; 27.07.2009 в 14:31. |
||
|
|
Ответить |
|
|
#47 |
|
Odam qarisa... umidini yo‘qotadi. Umidini boy beradi. Kelajaqdan umidini uzadi.
Odamni ana shu... odam qilib turadi. Odamni ana shu umid... suyab yuradi. Shu bois, odam... umidsiz yashay olmaydi! Odam hamisha... ufqqa qarab yashaydi. Ufqqa qarab yuradi. Ufqqa qarab xayol suradi. Ufqqa qarab orzu qiladi. Ufqqa qarab... duoi fotiha o‘qiydi. Umid — odam uchun misoli ufq. Umid — odamzot uchun odamzot ufqi. Olamni oxiri — ufq. Odamni oxiri — umid! Olamni so‘ngga tayanch nuqtasi — ufq. Odamni so‘nggi tayanch nuqtasi — umid! Olam ufqqa borib tamom bo‘ladi. Odam umidini yo‘qotib tamom bo‘ladi. Odam qarisa, ana shu tayanch nuqta — umidini yo‘qotadi! Shu boisdan, qari odam yursa — oyog‘i ostiga qarab yuradi. Qari odam o‘tirsa — yerga qarab o‘tiradi. Tog'ay Murod. "Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi"dan
__________________
http://futbol-klub.uz |
|
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
#48 | |
![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
Цитата:
Манба |
|
|
|
Ответить |
|
5 "+" от:
|
|
|
#49 | |
|
Цитата:
Tog'ay Murod, "Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi" |
||
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
| Реклама и уведомления | |
|
|
#50 |
![]()
Сообщений: 589
+ 1,042
486/242
– 0
0/0
![]() |
Bir vaqtlar butun tuyg’ular va tushunchalar yashaydigan bir orol bor ekan. Shodlik, Qayg’u, Bilim va boshqalar... Sevgi ham u yerda ekan. Bir kuni orol suvga ko’milayotganligi haqida xabar kelibdi. Shuning uchun hamma orolni tark etish maqsadida qayiqlarlarini tayyorlay boshlabdi. Sevgi orolda qolgan eng so’nggi tuyg’u ekan. Chunki u mumkin bo’lgan eng so’ngi onga qadar kutmoqchi bo’libdi. Orol butunlay suvga botib ketar chog’ida boshqa chorasi qolmaganligi uchun Sevgi yordamga chaqira boshlabdi. Boylik juda katta bir kemada ekan. “Boylik, meni yoningga olasanmi?” – deb so’rabdi Sevgi. “Yo’q” – debdi Boylik, “Ololmayman, kemamda juda ko’p oltin va kumushlar bor. Senga joy qolmadi.” Sevgi juda chiroyli bir yelkanli qayiqdagi Kibrdan yordam so’rabdi: “Kibr, iltimos, menga yordam ber!” “Senga yordam bera olmayman, Sen, shalabbo bo’lib yotibsan va yelkanlarimni bulg’ashing mumkin”. Qayg’u ham shu yaqinlarda ekan. Sevgi unga yuzlanibdi: “Qayg’u sen bilan ketay...”“Uff...shu qadar o'zimni yomon his etyapmanki, yolg’iz qolmoqchiman”. Shodlik ham uning yonidan o’tibdi, ammo shu qadar shod-xurram ekanki, Sevgining chaqirganini eshitmabdi ham... Shunda Sevgi bir ovozni eshitibdi: “Kel Sevgi! Seni yonimga olaman”. Gapirgan Sevgidan ancha yoshi ulug’ kishi ekan. Sevgi o’zini shu qadar omadli va baxtli his etibdi-ki, uni o’z yoniga olgan kishining kim ekanligini so’rash yodidan ko’tarilibdi.Yangi bir quruqlik parchasiga yetganlarida, Sevgini qutqargan kishi o’z yo’lida davom etibdi... Undan qanchalar qarzdor bo’lib qolganligini sezgan Sevgi Bilimdan so’rabdi: “Menga yordam bergan kim edi?” “U Vaqt edi”,- deb javob beribdi Bilim. “Vaqt-mi? U nega menga yordam berdi?” Bilim jilmayibdi: “Chunki faqat Vaqtgina sening naqadar buyuk ekanligingni tushunib, qadringni bila oladi...”
|
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|