|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#481 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Tushungan odam
Kimga hasrat qilsam bag’rimni o’yib, Kimdan yuragimga tilasam malham, Ohista yelkamga qo’lini qo’yib, Yupatar: sen o’zing tushungan odam. Gohida alamim sig’may ko’nglimga, She’r bo’lib to’kilar va lekin ey voh, Qayga borsam she’rim qaytar qo’limga, Tushungan odamsan, dunyodan ogoh… Hayhot, deyman, addling shumi , ey Xudo, Shundoq chizilganmi tarixingda odam? Nogoh falakdan ham qaytar aks sado, Axir sen tushungan odamsan, bolam. Erkin Vohidov |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#483 |
* * * Фақат омад камдан-кам жуда, Юрамиз биз топиб, йўқотиб. Гоҳо ясоғлиқ от устида, Гоҳ пиёда, чангларга ботиб. Яшилланар умр дарахтимиз, Сарғаяр ҳам бевақт ёғса қор. Шундай, гоҳо тожу-тахтлимиз, Гоҳ кечириб бўлмас гуноҳкор. Изҳори дил қиладир қушлар, Биз уларни этмасмиз писанд. Овунтирар бизларни тушлар, Оҳ, у тушлар гоҳ берадир панд. Гоҳ қип-қизил гулларга кўмиб, Бир олам бахт йўллайдир олам. Сипқорармиз кўзимиз юмиб Зардоб тўла қадаҳларни ҳам. Гоҳ кулиб, гоҳ қўл силтаб, куйиб Ўтказармиз бунинг барини. Ҳаётнинг шан марҳамати-ю Рутубатли алдоқларини. Оқарганда сочлар эслаймиз Сархуш баҳор, куз ўтганини. Кимларнидир рад этганмиз биз, Кимлар бизни рад этганини. ҲАЛИМА ХУДОЙБЕРДИЕВА 1967 йил 8 июнь |
|
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#487 |
o'quvchi
starsta
Сообщений: 33
+ 36
46/17
– 0
0/0
![]() |
Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar. Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda, “Nigoro!” deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar. Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay, Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar. Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq, Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar. Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat, Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar. Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan, Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar. Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig’a solma, Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar. Man yozmaganman. ![]() |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
![]() |
#488 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Qismat
Shirin bo’lsang, yalab ado qilurlar. Achchiq bo’lsang talab ado qilurlar. Yuragingda otash bo’lsa, beomon O’z o’tingga qalab ado qilurlar. Inson fe’li ajabdan ajab, Yo’qdir unga mezonsiz olam. Yulduzlarni o’lchar botmonlab, Qarichlaydi cheksizlikni ham. O’zi ega, o’zi qul mangu O’zi topgan aqidalarga Ne dey,hatto mangulikni u Bo’lib chiqqan daqiqalarga. Daqiqadan soatlar yig’ib, Kunlar tuzib oy jam qiladi. Yig’lamaydi umr o’tdi deb, Yil o’tdi deb bayram qiladi. Ko’paysa-da ajinlar harchand, Oqarsa-da yillardan boshi, Quvonadi – ko’paydi farzand, Sevinadi – ulg’aydi yoshi. Bu tugamas orzu – havasda Bor umidbaxsh imonga asos. Inson o’lmas. Asta va asta Farzandlarga o’tadi, xolos. Erkin Vohidov |
|
Ответить |
6 "+" от:
|
![]() |
#489 |
O'quvchi
Сообщений: 48
+ 40
71/30
– 0
0/0
![]() |
HAPALAK
(Maxmur maxdum aloqador bo’lgan Hapalak qishlog’i sifatida) Ey, jahondori zafar, kavkabai davri falak Go’sh qil, qissai qishlog’i haroba Hapalak. Turfa qishlog’i g’azabkardaki, parrandalari, Toug’i ignachi-yu, o’rdagi g’ozi Hapalak. Boru yo’q uylarni banda bayon gar qilsam, Bir katak,ikki kappa, uch olachuk, to’rt katalak. Dema uy, balki zaminkandur agar kirsa kishi, Har taraf betiga urgaylar aning ko’rshapalak. Xalqni ko’rsang agar o’lasi-yu, qoq-u harob, Ochlikda egilib qomadi misli kamalak. Ajrig’i tomirini o’girida maydon tuyub, Qaynatib kunda ichar otini derlar sumalak. Gar toharat qilsa qavmi suv topolmay nochor, Betini qumla yuvib, ketiga surgay suvalak. Ey, falakqadru adolat shiyami mulki malak, Marhamat chog’ida rahm ayla ba holi Hapalak. Kecha go’yo eshitib shuxrati tillo pulini, Hapalak qurqusidan uchdi misoli kapalak. Himmatining yo’lida bir kecha karomat qiligil, Kapalak boz qo’nub joyiga bo’lgan hapalak. |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
![]() |
#490 |
YIGIT QASAM ICHMAYDI, YIGITNING SO’ZI QASAM
(Po’latova Lobar) Quloq soling ey do’stim, hozir ushbu gapimga Yigit qasam ichmaydi: yigit so’zi qasam Muhammad Yusuf yozgan buni men sizga aytsam, Keling shu dam bunga javob topamiz biz ham Yigit qasam ichmasa nega bor bugun qasam? Do’st ishonmasa senga ichasan darrov qasam. Nodon bo’ladi ko’p vaqt qasamho’r deyishgan, Aslida qasam emas ishonch kerak har dam! Ahir yigit zotiga sajda qilgan malak ham, Bir yuz yigirma to’rtming payg’ambar bor mujassam Butun olam shohlari yigit bo’lgan, hozir ham Olim-u fuzalolar naslidansan ko’rkam. Alpomishdek tog’larni talqon qilganlar qancha, Temurlardek dunyoda Sohibquronlar qancha; Navoiydek kamtarin ma’rifatparvarlar qancha Yana ularga to’ndu begonalar ham shuncha. Yerdagi ilk buzg’unchi Qobilni bilmaysanmi? Toshdek sajdada qotgan Firavnni ko’rmaysanmi? Padarkush Abdullatif qonxo’rni eslaysanmi? Shuncha kechmishni o’ylab javob ahtarmaysanmi? Bugun og’a-inilar tersdir bir-biriga Mehr oqibat emas, salom berar puliga Ota-onasin eslab duo qilmas haqqiga Bundaylarni ko’rib nima deysan sen menga?! Guruch kurmaksiz bo’lmas kun ham kunduzsiz emas, Agar o’ylab qarasang, yigitlarda ayibmas Butun olam shohiga shohlar bordir yagona Uning nomi ulug’dir bir mushtipar ona. Bersa agar o’g’liga boldek go’zal nasihat Gado o’g’li shoh bo’lar, Yaratgan qilar himmat Agar ona bo’lsa, yaxshilikdan begona Shoh o’g’lini qiladi xalqqa dushman nachora. Yigit qasam ichmaydi qachon onasi boldak Ichmaydi qasam sira otasi bo’lsa tirgak Bobolarini bilsa, bilsa zo’r o’tmishini Tarbiyaga amal qilsa, har dam, har kuni. Yigit qasam ichmaydi: yigitning so’zi qasam Arslon izidan yigit so’zidan qaytmas ekan Ko’p so’z aytmasdan sira, ishni qilingiz ixcham Chunki so’zingiz erur azaldan achchiq qasam. |
|
|
Ответить |
5 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
|