Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 10.10.2010 16:37   #481  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Zor emasman umidga ortiq,
Bu dunyoga qilmayman havas,
Subhi tongi nuridan, biroq
bir zarrasi menga tegsa bas.

Havas emas, endi bu dunyo
yo'l begona, ko'chalar ham tor,
qalbim egallagan bir qaro ro'yo
torlarimni uzib, ayladi bemor.


Boshimni ushlayman, liq to'la savol
Yer tepgan izlarim tortar nigohim,
borarim endi, qaro yer, mozor
shu ekan taqdirim, achchiq qismatim


Kimnidir izlagan jonim jon -sarak,
bir umr istadi, topmadi malham
pisand etmay uni, xatto shu falak,
yog'dirdi bir dunyo bor dardu-alam.


Yo'llarimni yo'qotdim, yillarim o'tdi,
tegirmonni toshiday boshlarim qotdi,
qo'llarimdan duolar to'kilib-la ketdi,
taqdirginam meni arzonga sotdi.


So'lgan gulzorimning ozorlari yetdi,
gullarining tikanlari to'kilib-la qoldi
ko'ngilginam xastalarga chalinib-la ketdi,
tanu-jonim, bardoshim ham poyoniga yetdi....


P.S she'rlarni o'qib shu xulosaga yana bir bor amin bo'ldim, meni qo'limdan she'r yozish umuman kelmas ekan..Aytadilar-ku, chumchumqni so'ysa ham qassob so'ysin deb...
Ответить 
2 "+" от:
Старый 12.10.2010 11:25   #482  
uParty Member
Аватар для Gulnora Voisova
Оффлайн
Сообщений: 589
+ 1,042  486/242
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
Aytadilar-ku, chumchumqni so'ysa ham qassob so'ysin deb...
+5
Ответить 
Старый 15.10.2010 20:42   #483  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Айладинг санъат

Олисми, яқинми, билмам саломинг,
Келганми баҳорий ифор-ла гўё.
Бунчалар кўнгилга яқин каломинг,
Ёки муҳаббатга тўлганми дунё?

Не учун зебодир, сирли оламинг,
Ожиза ақлимга ҳайронаман мен.
Исмингни ёзганми дилга қаламинг,
Не сабаб хонаи вайронаман мен?

Билмам, вафосизлик қайларда қолган,
Кўз ёшим ичинда маъно - муҳаббат.
Билмам, сукунатни қайлардан олган,
Кавсарнинг ҳаётин айладинг санъат.

К. (с) 2010
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 17.10.2010 12:10   #484  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Quyoshdan uyalib qizargan bargdan,
Ololmay qolganda nogoh ko'zimni,
Qalbim forig' bo'lmoq istaydi darddan,
Kuzatgim kelmaydi hecham kuzimni.

Xazin kuy qalbimga bo'lganda hamdam,
Ivitib tashlasa yomg’ir yuzimni,
Atrof oltin rangga aylangani dam,
Kuzatgim kelmaydi hecham kuzimni.

Gunohlarim yaproq yanglig’ to’kilib,
Qush kabi yengil his etsam o’zimni.
Ortidan mung’ayib, ma’yus tilikib,
Kuzatgim kelmaydi hecham kuzimni.

Umrim fasllarin o’tsam qadamlab,
Xazonlar yopganda bosgan izimni,
Qo’lim siltagancha kiprigim namlab,
Kuzatgim kelmaydi hecham kuzimni.

Intiqib kutsam-u, qarshilab olib,
She’rga aylantirsam sog’inch so’zimni,
Bir zum ko’rishsam,
song yilga yo’qolib ketganda,
Kuzatgim kelmas kuzimni.

Chuqur o’yga tolib,
Yumib ko’zimni,
Kuzatgim kelmaydi hecham kuzimni.

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 21.10.2010 03:26   #485  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Seni o’ylab yana tunim
Bedor o’ta boshladi.
Armonlarim bermay tinim,
Dilim rosa g’ashladi.
O’ylarimda topgan visol
Qalblar shodon kezadi.
O’ngimda-chi mingta xayol,
Yuragimni ezadi.

Seni o’ylab, o’zgalarga
Parvolarim ham falakdir.
Bilmam, balki tinch yasharga.
Jinday sabr kerakdir.
Nima qilay, sabrsizlik,
Egallagan borimni,
Qancha oh-u nola qilmay,
Tinglamaysan zorimni.

Seni o’ylab o’tiribman,
Zulmat aro kunsirab.
Ruhim yurar xomush, sarson,
Qaylardadir tentirab.
O’zinimi yo’qotdi u?
Yoki maysiz mastmidi?
Ovozingni bir eshitsam
Nim ko’nglim to’lmasmidi?

Seni o’ylab, sog’nch hisi
Shu tanamga jo bo’ldi.
Duolarim yig’indisi
Haqqa iltijo bo’ldi.
“Yo Rab, yorim qayda yursa
Hamki jonin saqlagin.
Meni otashda kuysam, mayli,
Uni asti yoqmagin.
Dunyo to’la dardlar manga,
Uni shodlik yor tutsin.
Ga’m, alamu, anduhlarni,
Tamomila unutsin...”

Seni o’ylab,
O’ylarimning
So’ngiga yetolmadim.
“Sog’inganman”, -degan so’zim,
O’zingga aytolmadim...


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
Старый 21.10.2010 14:38   #486  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
A'zam O'ktamning "qirqinchi bahor" to'plamida "Harakat" sarlavhali mansur she'r bor:
Цитата:
Qarshilik. Qamoq. qiynoq. Qasos. Qin. Qilich. Qalqon. Quyuladi qon qaynoq. Qattol, qattiq, qatag'on.
O'lar. o'kirar. o'ylar. o'prilar. O'rtanar. O'nglanar. O'qir. O'ynar. O'sar.O'tar. O'rganar.
Quvonch qahat. Qotadi. Qora qismat. Qayg'u. Qon. Qadim qudrat qaytadi qachon, qachon, qachon?
Olish. Otish. Obodlik. Og'ir ojiz olamga. Omonligu ozodlik omonatdir odamga.
Notiqlar nomard, noqis. Nechun nolish, nasihat? Najot-norozi nafas. Nafrat-nasiba, ne'mat
She'rda talato'p zamonlarda inson hayotida duch kelishi mumkin bo'lgan voqea-hodisalar, his-tuyg'ular va tushunchalar jamlangan. So'z o'yini orqali so'zlarning bosh harfi yig'indisidan "Qo'qon" so'zi paydo bo'ladi.
Haqiqatan ham tarixiy maskanning tarixiga nazar tashlansa, qirg'inbarotlar, qatag'on zamonlarida ne-ne nomardlik va sotqinliklar bo'lgani xayolga keladi.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 23.10.2010 02:47   #487  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Ko’nglim aytar, menga darmon kerakmas,
Ishqdan paydo bo’lgan armon kerakmas.
Iztiroblar makon qurgan yurakka,
Tuyg’ulardan o’zga farmon kerakmas.

O’zga yurtda ming teng bo’lsin sherlarga,
Oshna bolsin, o’rtoq bo’lsin zo’rlarga,
O’z zabonin qadrin ursa yerlarga,
So’zi chechan, tili biyron kerakmas

Ortdan g’iybat qilib o’ngim, so’limni,
Yaxshi kunda tutib hotam qo’limni,
Kulfatimda yolg’izlatsa yo’limni,
Qadrdon-u, do’st-u, yoron kerakmas.

Mayli bezab tursin so’ngsiz nazokat,
Nur taratsin yuzlaridan nafosat,
Bo’lmas ersa qalqon unga sadoqat,
Menga unday oromijon kerakmas.

E’tiqodin saqlasa tor qafasda,
Jannat sayrin qilmas orzu-havasda,
Haqni gar yod olmasa har nafasda,
Zohir zangin, botin vayron kerakmas…

Kibr-havo osmon qilib tashlasa,
Manmanlikni izzat deya boshlasa,
Miskinlarning ko’zlarini yoshlasa,
Dilga riyo kabi qalqon kerakmas…

Umrim tashkil bo’lsa faqat ozordan,
Kelmas bo’lsam erta-yu kech bozordan,
Gulmas, tikon o’sib chiqsa mozordan,
Ortimdan hech ohu-fig’on kerakmas

Sevmas bo’lsam,
Sevilmasam,
Kulmasam,
Muhabbatga, zavq-u, shavqqa to’lmasam,
Taqdirimdan rozi bo’lib o’lmasam,
Hayot nima, yorug’ jahon kerakmas…


(c)
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 23.10.2010 в 02:51.
Ответить 
"+" от:
Старый 23.10.2010 09:51   #488  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Ўтмаганмиз

Юксак эҳтиром ила, устозим Ж. Муҳаммаднинг
"Ўтганман" радифли ғазалидан илҳом олиб...

Насиҳат қилмадик, майли, бу мактабдан ўтмаганмиз.
Тариқатни ниқоб этган бу машрабдан ўтмаганмиз.

Ўшал сиз кўрган одатлар, муҳаббатсиз ибодатлар,
Муҳаббатдан нишон излар, бу мазҳабдан ўтмагансиз.

Керакдир янги юлдузлар, ким агар Ҳақ йўлин излар,
Шу ҳам кифоя бизларга, бу кавкабдан ўтмагансиз.

Тариқатларни об айлаб, шариатларда хоб айлаб,
Деган "Ёраб" кимсаларнинг "Ёраб"идан ўтмагансиз.

Баҳоуддинни билсангиз, Имом Аъзамдан эрсангиз,
Майли, лоф урмадик, энди бу мансабдан ўтмаганмиз.

Ислом дини оламоро, бўлса кўрки бир Бухоро,
Сизга дарс ўтмадик зинҳор, бу матлабдан ўтмаганмиз.

(с) К.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 24.10.2010 07:39   #489  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Qalbimsiz,
Dardimsiz – ko’ksimda mezbon,
Qadrimsiz, Siz bilan fahr tuyaman…
Aybim, ko’nglingizni aylamoq osmon,
Ne qilay, o’zimdan ortiq suyaman…

Qalbimsiz,
Hech tinmay urib turasiz,
Mavjud ekaningiz eslatib onda.
Ayting, nimalarni yaxshi ko’rasiz,
Siz uchun eng aziz nedir jahonda?

Qalbmsiz,
Qonimni mehrga o’rab,
Tanamga behisob sochganim – sizsiz…
Bahor kabi ko’rkam, gul qadar nafis,
G’uborlardan yiroq beg’ubor qizsiz…

Qalbimsiz,
Holimni tushunmay qolsam,
Meni o’zimdanam yaxshi bilguvchi…
Hafasiz, nogahon o’ylarga tolsam,
Tabassum aylasam, birga kulguvchi…

Qalbimsiz,
Yuragim ko’rpa qatiga,
Buklab yashirganim – ajoyib sirim…
Bitmas xijronlarning otashi ichra,
Ne baxt, siz manglayga bitgan taqdirim…

(c) 2010, Mart
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 24.10.2010 22:22   #490  
Аватар для Husniddin
Оффлайн
редакция
корреспондент
Сообщений: 55
+ 5  15/11
– 0  2/1

Uzbekistan
She'rlar juda ajoyib.
Ответить 
Реклама и уведомления
Ответить

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх