Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 20.10.2009 15:10   #471  
uParty Member Real ID Group
Аватар для Behzod Sulaymonov
Оффлайн
UZINFOCOM Сотрудник
ZiyoNET при МНО
AKA:BeK
Сообщений: 256
+ 1,082  261/111
– 8  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Behzod Sulaymonov с помощью AIMОтправить сообщение для Behzod Sulaymonov с помощью Skype™Мой мир
Singlimga

“Ko‘ngil” degan so‘zga qofiya “singil”.
Singlim!
Seni desam isiydi ko‘nglim.
Yurak xinaguldek o‘ynaydi engil,
Munisginam, singlim,
anisim, singlim!

Esimda
qirovlar bog‘lagan dala,
Tumanda adashgan ikki murg‘ak jon.
Paxta jondan aziz bo‘lgan mahallar,
G‘o‘zapo‘choqdek xor bo‘lgandi inson.

Jovdirab-jovdirab turarding qaqshab,
Qo‘lchalaring kuhlab isitardim men.
Tushida gapirgan tentakka o‘xshab,
Almoyi, poyma-poy she’r aytardim men.

She’r yupanch edimi, taskin edimi,
She’r afsun edimi, afsusmidi yo?
Sakkiz yashar dilga ilhom berdimi,
Achindimi xudo, kuldimi xudo?

“Ko‘ngil” degan so‘zga qofiya “singil”.
Singlim!
Seni desam isiydi ko‘nglim.
Xirmonin ko‘tardi bugun o‘ttiz yil,
Yana Farg‘onaga boshladi yo‘lim.

Sho‘x edim, urushqoq, bezori edim,
Haydalgan paykallar tayyor jangmaydon.
Qahramonligimni sen ko‘rsang derdim,
Maqtangim kelardi senga, singiljon.

Toki sen g‘ururlan akangga qarab,
Xotirjam bo‘l, sening himoyaching bor.
Dunyo bir tarafu o‘zim bir taraf,
Yana nima kerak?
Senga ne darkor?!

Munisginam singlim,
anisim singlim,
Tuyg‘u so‘zga ko‘chsa – siyqa, bachkana.
O‘ylasam buzilib ketadi ko‘nglim,
Uni she’rga solib turibman, mana…

Senga hasratimni qanday aytayin,
Sochga qirov tushdi kuzak kelmasdan.
Yomonga yaxshilik qildim atayin,
Yaxshiga yomonlik qildim bilmasdan.

Hamma yurakka tig‘ urar albatta,
Nishon sifatida kerakman asli.
Ne qilay, yuragim o‘zimdan katta,
Odam shaklidagi yurakman asli…

Qismat kimni siylar,
kimni kamsitar,
Kim obro‘ – martaba istab ovora.
Bechora emasdir majruh kimsalar
Aslida singlisi yo‘qlar bechora!

Meni shoir qildi o‘sha dalalar,
Meni paxtazorga ko‘minglar, o‘lsam…
Kechir meni, singlim,
g‘aflatda agar
Yomon kun yoningda bo‘lmagan bo‘lsam.

Sen borsan, yonimga kelolmas o‘lim,
Men borman, kulfatlar tentiraydi xor.
Ko‘nglimga eng go‘zal qofiya singlim,
Xotirjam bo‘l, sening Iqbol akang bor!

I. Mirzo (2006)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
Старый 20.10.2009 22:05   #472  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
O’rtanur

Nola qilgay gulga bulbul, dilda afg’on o’rtanur,
Termulib dildor yo’liga, chashmi giryon o’rtanur.
Bu jahon savdolaridan dard chekar har ahli dil,
Qayga boqsang, nokas shod, yaxshi inson o’rtanur.
Otashi ishq daxrida devona bo’lgan ul ko’ngil,
Na’rasidan, ne ajab, taxti Sulaymon o’rtanur.
Davlatim borida, ne tong, yoru do’stim ko’p edi,
Endi ta’na navzasidan dilda paykon o’rtanur.
Bir yorug’ nur izladim zulmat –zimiston ichrakim,
Bir to’lin oyni topolmay yetti osmon o’rtanur.

Abdug'ani Sulaymon
Ответить 
Старый 26.10.2009 09:58   #473  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Vatan sog’inchi

Qay oliy makonga safar qilmayin
Qay yiroq sohilga eltmasin qismat,
“Assalomu alaykum” deya jilmayib
Bir o’zbek qondoshim qarshilar albat.

Bizlar Kolomboga qo’nganda sahar,
Ilk bor u qarshilab parvona bo’ldi.
Shunda rutubatli , badbo’y bu shahar
Ko’zimga charaqlab Farg’ona bo’ldi.

Madorasda tilmoch ul o’zbekzoda
Barobar so’zlardi sakkiz tilda ham.
U oq xalat kiyib dorushshifoda,
Afg’on bolasiga qo’yardi malham.

Nur qasrini tiklab Furot uzra u
Arab xonasiga yoqardi quyosh.
Paxta o’stirardi Nildan olib suv,
Qalbida Afriqo filicha bardosh.

Misrda Yusufdek bo’lib ko’rindi,
Yamanda u menga tuyuldi Hotam.
Bu ayon tuyg’udir - na qilsa endi
Olovdek tashlanar ko’zga o’z odam .

Bukun olis yo’ldan qaytganim chog’da
Ilk satrimda sizni qildim muqarrar -
Ey, siz, jondoshlarim , yurtdan yiroqda
Yurtning xizmatiga bog’lanar kamar!

Bilaman, ne azob yuki hijronning,
Ne darddur oy-yillar bo’lmoq intizor.
Bilaman, sog’inchi O’zbekistonning,
Ko’zingiz tubida hamisha bedor.

U jahon ichida bitta jahondir,
Bir ko’rgan umrbod qilgusi havas.
Yerning tortish kuchi yengmoq osondir
Ona- Yer mehridan uzilib bo’lmas.

Do’stlarim, har qayda bo’ling salomat,
Omon qaytin uyga olis makondan.
Tilagim, hech qachon, hech qachon qismat
Bizni ayirmasin O’zbekistondan.

Erkin Vohidov
Ответить 
Старый 26.10.2009 13:01   #474  
Аватар для olim
Оффлайн
Сообщений: 259
+ 557  160/82
– 0  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для olim с помощью ICQОтправить сообщение для olim с помощью YahooLiveJournalМой мир
ULUG`BEK IZDOSHLARI

Ulug`bekning izdoshisan,
Matematik talabam!
Bobokaloning ilmini,
Teran anglagin, bolam.

Ulug`bekning yulduzini,
Geograflar izlashar.
Ko`raganoy sabog`idan,
Yosh fiziklar so`zlashar.

Ona yerning qa’rini ham,
Geologdan zo`r bilgan.
Tuproq ilmin barini ham,
Biologdan zo`r bilgan.

Iqtisodchi xazinasi,
Kitobida bitilgan.
Kimyogarlar mo`’jizasi,
Ulug`bekdan kutilgan.

Shu “To`rt ulus tarixi”ni,
Tarixchilar o`rganar.
Juda zukko talabalar,
Ilm yo`lida o`rtanar.

Ko`p tillarni bilgani rost,
Bobokalon alloma.
Ey, xorijiy filologlar,
Sizga bo`lsin bu noma!

Xo`b donishmand edi asli,
O`zin falsafasi bor.
Yosh faylasuf do`stlarimga,
Buyuk ajdod ruhi yor!

O`z davrining qonunlarin,
Bo`lgan edi sultoni.
Huquqshunos talabalar,
Sizda Ulug`bek qoni!

Bitgan barcha asarlari,
Filologlarga saboq.
Ijod yo`lin yoritguvchi,
Jurnalistlar-chun chiroq.

Ey, Ulug`bek izdoshlari!
Buyuk ajdod naslisiz.
Oqqan daryo oqqan misol,
Bir kun uning aslisiz!

TO`LQIN ESHBEK
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Axborot xizmati rahbari
www.uforum.uz dan olingan.

Последний раз редактировалось olim; 26.10.2009 в 13:08.
Ответить 
Старый 26.10.2009 16:11   #475  
uParty Member Real ID Group
Аватар для Behzod Sulaymonov
Оффлайн
UZINFOCOM Сотрудник
ZiyoNET при МНО
AKA:BeK
Сообщений: 256
+ 1,082  261/111
– 8  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Behzod Sulaymonov с помощью AIMОтправить сообщение для Behzod Sulaymonov с помощью Skype™Мой мир
Kuzgi yaproqlar

Kuz.
Keksa chol kabi yaproqlar horg’in,
Bukchaygan qo’lida hassasi ham yo’q.
Betavfiq o’g’ilday yomg’ir savalab,
Ko’rnamak kelinday shamol urar do’q.

To’ldiyu oxiri sabr kosasi,
Zamindan osayish istadi yaproq,
Manglayda boridan kechib bo’lmaskan,
Qochib bo’lmas ekan qismatdan , biroq.

Tabiat ko’rkini sezuvchi zotlar,
Olib borib uni o’tga tashlashdi.
Afsuslandi yomg’ir, kuyindi shamol,
Xato qilishganin kechroq anglashdi.

Ochiq ketgay ko’zdan chaqnagan cho’g’ni,
Siypalab-siypalab o’chirdi yomg’ir.
Kulidan kechirim so’radi shamol,
Zamin oppoq qorga qoplandi, oxir.


Bahodir Bahrom (O'zMU)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
Старый 29.10.2009 21:52   #476  
Аватар для Xurshida
Оффлайн
studentka
AKA:Xurshida
Сообщений: 9
+ 35  15/5
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Xurshida с помощью YahooМой мир
Kelinchak

Orzulardan oppoq ko'ylak kiydirdi onang,
Oppoq harir ro'molingda nafis oq chechak,
Oq poyondoz, turfa gulga to'ldi ostonang
Bu dunyoning oq niyati sensan KELINCHAK!!!
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 29.10.2009 22:12   #477  
Аватар для Xurshida
Оффлайн
studentka
AKA:Xurshida
Сообщений: 9
+ 35  15/5
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Xurshida с помощью YahooМой мир
Yurakka g'ulg'ula soldingu ketding,
Aqlimni bir zumga oldingu ketding.
Hayot sitamlaridan shikoyat qilsam
Yorimdan mosuvo qildingu ketding.

Ko'zlaring mastona soching shalola
Husnda ne turfa bo'ldingu ketding.
Armonga to'liqdir sevgi dostoni
O'qib hyratda lol qoldingu ketding

Ranglarga ko'milgan borliq aro sen
Bizlarni ne ko'yga soldingu ketding.
Sen o'zing emasmi fasli bahordek,
Shodlik taronasin chaldingu ketding...

Yurakka g'ulg'ula soldingu ketding,
Aqlimni bir zumga oldingu ketding...

************************

Yig'latding, yig'ladim , tinmas ko'z yoshim
Izn ber poyinga qo'yayin boshim,
Bir so'zni dam-badam takrorlar qalbim
Seni men uchun yaratgan Tangrim.

"Umrao jan" filmidan
Ответить 
Старый 03.11.2009 10:58   #478  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Kahramon Jalilov
Оффлайн
Аналитик
админ ДСИ
AKA:designer
Сообщений: 1,104
+ 781  680/330
– 24  11/7

UzbekistanОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью YahooОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мир
Dardkash do'stimning eng sara qo'shiqlarning she'rlari daftaridan:
O.Nazarbekov "Jiyda gulim"

Jiyda gulim, jiyda gulim
Jilvalari mayda gulim,
Onam bag'rim sog'indim men
Onamdayin suyda gulim.

Yo'limga ko'z tikar edi,
Poyimga gul to'kar edi. (Poyimga dil to'shar edi)
Onam rayhon ekar edi,
Ko'nglim o'shal o'yda gulim.

Ko'nglim cho'ksa hozir edi
Erkalashi huzur edi,
Ona desam jon der edi
Endi jondan qayda gulim

Kuyikligim kuyda edi
Bir oh desam shunda edi
Onam dardi manda edi
Maning dardim kimda gulim

Jiyda gulim, jiyda gulim
Jilvalari mayda gulim,
Onam bag'rim sog'indim men
Onamdayin suyda gulim.
Оффтоп:
Shu bolani onasi yo'q edi, to'ylada shu qo'shiqni juda maromiga yetkazib, ko'zida yoshlar bilan kuylar edi, she'rni yozgan shoir juda ta'sirli yozgan

Последний раз редактировалось Kahramon Jalilov; 03.11.2009 в 11:10.
Ответить 
"+" от:
Старый 05.11.2009 23:31   #479  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Дилдаги гаплар шеърий сатрларга уланиши канчалик марокли эканидан дилим равшан тортди!
Ответить 
Старый 09.11.2009 22:25   #480  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Uyatchanlik.
Bu qaltis dard,
Ziyrak bo’ling,
Belgilari ayondir:
Bosh sal egik, qo’l ko’krakda,
Til chuchuk, yuz alvondir.

Ularga ko’p duch kelganman,
Ko’nglim darhol sezadi.
Uyatchanlar odob bilan
Yuragimni ezadi.

Mana, unga qarang!
Xushro’y ,
Mo’mingina boladir.
Poraxo’rmas, qo’lingizni
Qaytarolmay oladir.

Do’kondor ham ko’p uyatchan,
Qizil qog’oz qasdida
Bosh ko’tarmas.
Ikki ko’zi
Peshtaxtaning ostida.

Bu – odatdir,
Aslida u
Otalikka yarolmas.
Dada, deya chopib kelgan
Bolasiga qarolmas.

Hamkasbim bor –
Sohib ziyo,
El dardini tuyolgan.
Lekin haq so’z aytmoqqa u
Kattalardan uyalgan.

Bu amaldor ko’tarilgan
Kimlargadir suyalib.
Tramvayda yurmaydi hech
Xaloyiqdan uyalib.

Unga sira ish tushmasin,
Bag’ring qonga bo’yalar.
“Xo’p” degani tortinadi,
“ Yo’q” degani uyalar.

Muloyim zot sehrgardir,
Naqd qurboni bo’lasiz.
Kulib turib pichoq ursa
Rahmat aytib o’lasiz.

Uyatchanlik ega shundoq
Kishi bo’lmas quvvatga.
Bir uyatchan butun elni
Qo’yaolar uyatga.

Biz ulardan kulsak, ichda
Ular bizdan kuladi.
Bu kasalni yo’q qilmasak,
Juda uyat bo’ladi.

(“Umrim daryosi” . Saylanma)
Erkin Vohidov

Последний раз редактировалось Umida Shodiyeva; 09.11.2009 в 22:27.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх