|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#471 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Onamga
Qaro tunni to'zg'itib, Sochlarimni silagan. Meni, tunlari bedor, Beshikda allalagan. Oq yuvib, oppoq tarab, Hanuzam duo qilar, Bulut ustida osmon, Onam kaftiga qarar. Erkalang, bag'ringizda, Hali ham yosh bolaman. Onajon, shu xalqimga Sodiq farzand bo'laman... Sog' yursangiz, onajon, Manzilimda adashmam. Mehringiz chashmasini, Bihishtlarga alishmam. K. (c)
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#472 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Жфлолиддин Румий,
“Маснавий”даги илк ўн саккиз байт таржимаси بشنو اين نى چون حكايت مىكند از جدايىها شكايت مىكند Эшит найни не ҳикоятлар қилур, У айрилиқдин шикоятлар қилур. كز نيستان تا مرا ببريدهاند در نفيرم مرد و زن ناليدهاند Мени қамишликдин жудо қилдилар, Энди фарёдим ичинда қолдилар. سينه خواهم شرحه شرحه از فراق تا بگويم شرح درد اشتياق Пора-пора бўлса кўнгил фироқдин, Токи шарҳ айласам дард иштиёқдин. هر كسى كاو دور ماند از اصل خويش باز جويد روزگار وصل خويش Ҳар кишики, йироқ бўлди аслидин, Яна нишон излар ватан васлидин. من به هر جمعيتى نالان شدم جفت بد حالان و خوش حالان شدم Мен бу турфа жамийятда бор эдим, Яхши-ёмон ичра нолон, ёр эдим. هر كسى از ظن خود شد يار من از درون من نجست اسرار من Ҳар ким ўз йўлида бўлди ёр менга, Билмади лек ичда не асрор менга. سر من از نالهى من دور نيست ليك چشم و گوش را آن نور نيست Менинг сиррим эмас оҳимдин йироқ, Йўқ эрур кўзу қулоқда нур бироқ. تن ز جان و جان ز تن مستور نيست ليك كس را ديد جان دستور نيست Тан жондину, жон тандин пинҳон эмас, Кимсага жон кўрмаги фармон эмас. آتش است اين بانگ ناى و نيست باد هر كه اين آتش ندارد نيست باد Най овози бод эмас, оташ эрур, Кимда оташ йўқ эса, у тош эрур. آتش عشق است كاندر نى فتاد جوشش عشق است كاندر مىفتاد Найдаги оташ ҳам асли ишқ эрур, Майдаги жўшиш ҳам асли ишқ эрур. نى حريف هر كه از يارى بريد پردههايش پردههاى ما دريد Най навоси ғарибларга ёр эрур, Пардаси ҳар пардани абгор қилур. همچو نى زهرى و ترياقى كه ديد همچو نى دمساز و مشتاقى كه ديد Най каби оғую тарёқ бормикан, Най каби дамсозу муштоқ бормикан. نى حديث راه پر خون مىكند قصههاى عشق مجنون مىكند Тингла бу ишқ йўллари пурхун эрур, Бу йўлда ҳар кимсани мажнун қилур. محرم اين هوش جز بىهوش نيست مر زبان را مشترى جز گوش نيست Асло ножинсларни ўртоқ тутмагил, Андин эшитгувчи қулоқ кутмагил. در غم ما روزها بىگاه شد روزها با سوزها همراه شد Ғам ила ўтди кунлар кеча бўлди, Сўз ила куйгани ким неча бўлди. روزها گر رفت گو رو باك نيست تو بمان اى آن كه چون تو پاك نيست Кунлар ўтса агар айт: “Бок ўлмагай”, Сен қолгину, сен каби пок ўлмагай. هر كه جز ماهى ز آبش سير شد هر كه بىروزى است روزش دير شد Ким балиқ қонмаган сувларга қонди. Насиба олмаган, ризқидан тонди. درنيابد حال پخته هيچ خام پس سخن كوتاه بايد و السلام Етилганнинг ҳолини билгайму хом, Калта қилмоқ керак сўзни вассалом. Bir paytlar shu baytlarni tarjima qilishga harakat qilgandim. Endi bir oz tahrir qilib, xatolarimni bilib olishim uchun fikringizni bilmoqchi edim. She'r bo'lganligi uchun ham tarjimalarimni qayerga qo'yishni bilmay, shu yerga qo'ymoqdaman, uzr. K. (c) 2009
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#473 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Oy kezadi yolg’iz samoda, Shovullaydi daryo betinim. Derazamni chertar shaboda, O’tmoqdadir yana bir tunim. Qora bulut osmonni kezib, Yulduzlarga bermaganday tinch. Xayollarim har yoqqa to’zib, Yuragimdan qidirar ilinj. Behol qalbim, qaltiroq qalbim, Orziqadi seni o’ylasa. To’lqin, shamol bo’lar edi jim, Sabolardan salom yo’llasang. Kiprik qoqmay mayli kutaman, Tirqillagan oynaga qarab. Nafasimni ichga yutaman, Xudoyimdan baxtingni so’rab. Qayerdadir omon bo’lsang bas, Tinching bilsam menga yetadi. Tabassuming ichda qilib his, Xavotirim tarqab ketadi. Oy kezadi yolg’iz samoda, Shovullaydi daryo betinim. O’yga cho’mgan xorg’in dunyoda, Surmoqdasan sen ham xayol jim… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
![]() |
#474 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Bedorlikka oshino ko’ngil,
Tun qo’ynidan izlaydi shu’la. Topolmayin qiynaladi dil, Ko’ksim ezar mungli ashula… O’tiribman, Sassiz, sadosiz, Kutib, nogoh kelar ziyoni. Ichimdagi dardim – adosiz – Tor deb bilar shu keng dunyoni. Xo’rsinaman, Yog’duni istab, Xonam kezar zulmat sharpasi. Nur qidirgan xayolim qistab, Nola qilar yurak zarbasi. Sog’inchlarga to’lgan tanamni, Qo’yarimga joy bergin, Xudo. Quyoshlarga ko’mib olamni, Xislarimdan etmagin judo. Yorug’likka intilib o’sdim, Duolardan topib panohim. O’zim haq, deb, O’zgani to’sdim, Endi avfin kutar gunohim… Anglayapman qancha xatoim, Tongga qadam qo’yganim sari. Jaholatdan asra, Xudoyim, Bir beg’ubor go’dak singari. O’zing endi rost yo’lga boshla, Yo’liqtirmay g’amga, baloga. Ichlarimni to’ldirib tashla, Yorug’likka, nurga, ziyoga… ©
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
![]() |
#475 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Sizni boshqa xayol etmasin hech band,
Yolg'izlik qa’rining tubida yashang Xijron qilib olsin butkul zanjirband, Qalbingiz ustini bosib ketsin zang. Yomg’irlarlada qoling, titrang qorlarda, Alamga g’arq bo’ling kechalar bedor. Vaqtingiz o’tkazing ohu zorlarda, Yo’llarga ko’z tukib, intiq, intizor. Atrof yashillikka burkanganda ham, Dilingiz kuz kabi sarg’aysin, so’lsin. Halovatni bilmang hattoki bir dam, Ichingiz bo’zlasin, garchi lab kulsin... Chanqang, tashna bo’ling mehrli so’zga, Qon yuting zulmatning zah chekkasida. Do’stingiz bo’lmasin armondan o’zga, Kun ko’ring afsuslar iskanjasida... G’am sherik aylasin oylar va yillar, Fig’on chekish oddiy holga aylansin. Oromga begona bo’lib ko’ngillar, Yurak zo’rg’a-zo’rg’a urib qiynalsin... Men shunday yashadim, Sizni sog'inib... (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#476 |
TDIU
Talaba
Сообщений: 46
+ 25
23/14
– 0
3/1
![]() |
Childirmani savalab urib
Torlar chertib o`yin bo`layapti Bir qiz yig`lar qishloqda turib Kelmaysanmi, to`yim bo`lyapti Har saharda hovli supurib Har saharda quyun bo`lyapti Bir qiz yig`lar qishloqda turib Sensiz yashah qiyin bo`lyapti. (Uzr, she`rning esimda qolgan qismini yozdim) |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#477 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
![]() ![]() Шеър давомин ҳам ёзинг-да мундоқ, Уни тушуниш қийин бўляпти. Шеърдаги бош ғоя нима, эмасми "алдоқ", Қиз туйғуси "бир тийин" бўляпти |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#478 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Bu kuz o’ylarimni ulg’aytirmoqda,
Yaproqlar misoli to’kiladi dard. Yomg’irlar maydalab yoqqani chog’da, Yuvilib ketadi ko’nglimdagi gard. Bu kuz boshqacharoq, Har yilgidekmas, Najotga o’xshaydi xazonrezgisi. Havoning qovog’i kayfimga tegmas, Qushlarning nolasi -najot belgisi... Bu kuz hislarimda mo’tadillik bor, O’zimni qo’yarga topganman xona. Dilimda bor bari g’ussa-yu g’ubor O’rnini olganga o’xshar shukrona. Bu kuz halovatni tuhfalar etib, Go’yo meni sokin bag’riga chorlar. G’amlarga o’rangan tanam tark etib, Shamolga uchadi nadomat, zorlar... Bu kuz kunlarimni yutmas tortqilab , Tunlarim junjikib bedor o’tmaydi. Termulmay qo’yganman nuqtaga qarab, Tonglarim, azonsiz hecham otmaydi... Bu kuz sarg'arirman, ko'klam unaman, Tengi yo'q chechakni baxtimga taqib. Ko'rasiz, iqbolim gullaydi chaman, Umid chirog'ini quyoshdek yoqib... Bu kuz mana shundek o’zgarish biroz, Faqat sog’inchimni bilmaydi xolos... (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#479 |
net
net
Сообщений: 497
+ 612
393/230
– 41
22/22
![]() |
Bir paytlar she'r yozishga urunib ko'rgan ekanman, boya fayllarimni yig'ishtirib turganimda ko'zim tushib qoldi. Mana :-)
..... Qara, Yuzlarimga tushayotgan nur, ro’molimdir uning oppoq pardasi, har neki desam, chayqalsa boshing, men sendan nima deb gina qilayin?! She’r bitsam tushmasa na qofiyaga Cho’llab, qurib qolsa bahor gullarim, ko’nglingni choq etib ikki soniyaga, xatto eplolmasam malham so’zlarim.. men sendan nima deb gina qilayin?! Ishon, Seni uchratdimu, tanidim qalam Uchlari yo’nildi, so’yladi alam Sochilsa so’zu-baytingda siring, yig’ilib jam bo’lar butun hayoting. Men sendan nima deb gina qilayin?! Taqdir, yozilmish ham bir qalam ila, tushunmaydi uni odamzod sira, gohida ushatsa alvon nurini, ayamay ham otadi yaxtak muzini. Men sendan nima deb gina qilayin?! Qo’rqma, Taqdirimning tuhfa muzidan, Hayqirib qolmagin achchiq so’zimdan, Barchasi bitilimish avval O’zidan Men muzdek qotganman azal-azaldan Men sendan nima deb gina qilayin?! Visol, g’animatdir fursat-la har on nasib etmish balki, taqdir bearmon soya-salqin ko’rkam, fayzli bir oqshom, erib bo’lgan muzim, ginam, bir zamon… P.S.. hozir, oradan ancha yil o'tib o'qib chiqsam, rostan ham she'r she'rga o'xshamagan ekan.:-( |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#480 |
net
net
Сообщений: 497
+ 612
393/230
– 41
22/22
![]() |
Yillar o'tib, inson o'zini usitdan o'zi kular ekan..hayronman, nega unaqa telba-teskari she'rlarni yozibman...:-)
Iching endi qorong'i zulmat, Garchi mening oydindir tunim... Javobsizdir bitganing - hikmat... Endi she'rsiz o'tmagay kunim. Senda qoldi yo'nilgan qalam, Oppoq qog'oz menda muntazir. Izhor etmay qilasan alam... Men hayolga bo'lganman asir. Senda qoldi yagona fursat... Bir so'zingga mushtoqman, zorman... (Yo shunga ham kerakmi ruxsat?) Kuzdan keyin kelgan bahorman. Yuragingni ochma bir bora, Mayli ifor sochmasin gulim... Senda qoldi, uzrli, chora... Endi ishqsiz vayrondir dilim... P.S bu she'r tahriri bilan ekan... |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
|