|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#461 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Umrimni yo'llarga sochib boraman,
Unib chiqmas bo'lib qolar onlarim. O'zim o'zligimni ochib boraman, Shod-xafa qilgancha qadrdonlarim... Umrimni kunlarga sochib boraman, Subhdan to shomgacha oqar qum soat. O'zimcha, taqdirdan qochib boraman, Va nafsim hukmiga etib itoat... Umrimni tunlarga sochib boraman, Yulduz bo'lib uchar har bitta dardim. Zulmatni she'rlarim bilan yoraman, Shabnam yuvib ketar qalbdagi gardim... Umrimni satrga sochib boraman, Ko’nglim chekkan ohga topib qofiya. Yurak nimta-nimta, dili poraman. Bedorlik – xastalik, Ijod – ofiyat, Umrim insonlarga sochib boraman Garchi ortda bo’lsam hamki zamondan. Goh ma’sum, Gohida yuzi qoraman, Yaxshidan dars olib, ibrat yomondan… Umrimni yo'llarga sochib boraman, Taqdir so’qmog’imni yorit, xudoyim! (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#462 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Неча замон кўрдинг,
неча хон кўрдинг, Қанча инсонларга бердинг бошпана. Ўзинг ҳоким юртда, ўзгадан сўрдинг Қандай бўлишингни; секин, иймана. Қанча заққум ютдинг, индамай, чидаб, Пайконлар танангни тилиб ташлади. Соқов бўлдинг атай, кар бўлдинг; ажаб, Икки дарёнг кўзинг зўрға ёшлади. ...Бугунчи, турибсан, яна хомушсан, Яна дардинг айтмай, ичга ютасан. Гўё қанотлари кесилган қушсан, Эртани умидлар билан кутасан. Ёшларинг зиёдан кетишди йироқ, Имон зардафтари эмас қўлланма. Қарони тап тортмай дейишади оқ, Олдига қўймаган аниқ йўлланма. Қалбида учқун йўқ, буруқсар тутун, Ватан туйғусидан йўқдир нишона Афсус этмасмикин, ўшалар бир кун, Деворга тақ тегиб кетса пешона. Ватангадоликдан асрасин Худо, Сенсиз қуёш хатто дилга татимас, Севувчи авлодлар айлар жон фидо, Сени севмаганлар сеники эмас! 2008
__________________
Мой ЖЖ |
|
|
Ответить |
|
3 "+" от:
|
| Реклама и уведомления | |
|
|
#463 | |
![]() |
Цитата:
Эй Худо, Ватандан этмагин жудо. Ватандин айриликка чидай олмасман, Уни севмоқликдан асло қолмасман, Иймоним ул, виждоним ул, улдир маконим, Суянгувчи, таянгувчи, ул онажоним. Қувват берар, куч берар ҳар бир ишимда, Хурсанд кунларимда, гоҳ ташвишимда... Оффтоп: Юқоридаги шеърни ўқиб ўз -ўзидан мисралар келиб қолди. |
|
|
|
Ответить |
|
4 "+" от:
|
|
|
#464 |
|
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
O'z-o'zidan kep qolgan misralarda ilhom parilari bo'ladi.. Ilhom parilari yordamida yozilgan she'r esa chiroyli she'r bo'ladi.
Nigora opa, yana she'rlaringiz bo'lsa qo'yib boring.. Balki menga ham ilhom kelib qolar
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
|
Ответить |
|
|
#465 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Dilda havas nishi ursa,
Siz tarafga yo’lim bursam, Eshiklarim ochiq tursa, Yuragimga kelasizmi? Bahor qilib xazon kuzni, Olib qochib asta o’zni, Bilintirmay, burib yuzni Xiyolgina kulasizmi? Qorda yaxlab qahratonda, Ko’klam shabnam bo’lib tongda, Qovjirasam saratonda, Siz ham birga so’lasizmi? Qarashlar-la o’yib-o’yib, Kipriklarda tig’siz so’yib, Rad javobin berib qo’yib, Keyin o’yga tolasizmi? Esmasa gar sabolarim, Yetmas ersa nidolarim, Esdan chiqib sadolarim, O’zga kuyni chalasizmi? Charchab ketdim kutub-kutib, Umid emas, g’amni yutib. Yonginamdan o’tib ketib, So’ngra baxtga to’lasizmi? Qo’shig’ingiz sozi uchun, Ko’nglingizning rozi uchun, Karam, ishva, nozi uchun, Qalbim bersam olasizmi? Visolda ham, firoqdayam Alam-qayg’u, maroqdayam, Yaqin hamda yiroqdayam, Chidab birga qolasizmi? Eshiklarim ochiq tursa, Yuragimga kelasizmi? (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
#466 | ||
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Bitmas o’ylarimga yomg’ir choh qazir, Uzoqlarga ketib qolar xayolim. Bulutlar ziyoni qilishgan asir, Mayda tomchilarga aylanar jonim. Har bir donasiga xijron qo’shilgan – Visol umidini tashlab ketmagan. Har bir donasiga armon qo’shilgan – Azaldan orzuga inson yetmagan… Bir ulkan sharshara – judayam ajib - Sabrning sohili haddan oshmoqda. Barcha g’uborlar-u, changni opichib, Osmonning chashmasi yerga tushmoqda… Keyin… Sog’inchlar ham yoshga aylanib, Yog’inga hamohang tomchilar bir-bir. Nozik hislarimni tanimay-tanib, Qancha suvlar kechdi bechora taqdir… Falak va zaminni bog’lasa suvlar, Diydorga qalbimning keladi rashki. Ko'z tutib charchagan dilim huvillar, Yomg’irlar – sog’ingan yuragim ashki… (c)
__________________
Мой ЖЖ Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 03.10.2010 в 15:35. |
||
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#467 | ||
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Garchi zulmat-qora tundayam,
O'sma, surma qo'ymang- shundayam, Yuming mayli, yopilgandayam, Ko'zlaringiz chiroyli ekan... Nigohingiz mayli opqoching, Mayli kunda bir bora oching, Mayliga, xo’p, zahringiz soching, Ko'zlaringiz chiroyli ekan. Qoqilmasin mujgonlar bir dam, Rozidirman, aytmangiz so'z ham, Ana, qarang oynaga siz ham Ko'zlaringiz chiroyli ekan. Go’zallikdir dillarga armon, Qarab qo’yish Sizga muammo, Negaligin bilmadim, ammo Ko’zlaringiz chiroyli ekan. Aytmaysizmi chashmingiz sirin? Tashlamaysiz hattoki qirin, Ortda qolar Layli-yu, Shirin, Ko’zlaringiz chiroyli ekan Azoblash-u Sizga oddiy hol, Xatto, hazil keladi malol, Qoshingiz-chi, ko'kdagi hilol, Ko'zlaringiz chiroyli ekan. Tushib ketsam, qaniydi, koshki, Charosning ham keladi rashki, To’kilmasin behuda ashki. Ko’zlaringiz chiroyli ekan. Mabodo dur yig'maganmisiz? Kiprigingiz tig'laganmisiz? Yoshlikda ko'p yig'laganmisiz? Ko'zlaringiz chiroyli ekan Ko'ngil sizdan olar ekan nur, Qanot yetmay yerda qolgan hur. Yaratganga so'ngsiz tashakkur, Ko'zlaringiz chiroyli ekan Samimiylik topmasin oxir, Botin misol zebodir zohir, Ming rahmatga loyiqsiz axir, Ko'zlaringiz chiroyli ekan. (c)
__________________
Мой ЖЖ Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 04.10.2010 в 00:03. |
||
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|