Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 31.08.2010 21:18   #461  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Bir lahza nodon suhbatida bo'lmoqdan ellik yil zindonda turmoq afzal.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
"+" от:
Старый 01.09.2010 17:34   #462  
Real ID Group uParty Member Ultimate
Аватар для Shokir Dolimov
Оффлайн
Ҳарбий пенсионер
Сообщений: 3,959
+ 6,220  7,278/2,050
– 77  332/176

UzbekistanFacebook
Юракда талпинса ғолиблик қони,
Душманинг жасади бошида туриб,
Хаётинг йўлига тўғаноқ бўлган
Мағлуб рақибнинг аҳволин кўриб,
Билгинки, эй банда, бу улуғ неъмат !
Оллоҳнинг кўрсатган сенга карами,
Идрокинг бўлмасин асло разолат
Адолат ёзгандир Ҳадис қалами

Д
__________________
Тилга эътибор - элга эътибор! http://dolimov.zn.uz/ - ЧҚБТ фани ўқитувчисига
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 03.09.2010 16:16   #463  
Аватар для Bobir Samadov
Оффлайн
Guliston Davlat Universiteti
o'qituvchisi
AKA:_-_ MASTER _-_
Сообщений: 727
+ 348  207/161
– 3  23/18

UzbekistanОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью ICQОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью YahooОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью Skype™Аккаунт на TwitterМой мирFacebook
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
She'r o'zingiznikimi? Yaxshi chiqibdi. Zamonga mos hikmat ekan.
Шеър узимники эмас, Аммо ута долзарблиги учун хам ёздим )
Ответить 
Старый 03.09.2010 16:46   #464  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Бир куни машҳур бастакорга бир манман мусиқачи ўзининг янги асарини олиб келиб кўриб чиқишини сўрабди. Бастакор мусиқачига "Асарингизда жуда кўп гўзалликлар ва янгиликлар бор" дебди. Мусиқачи хурсанд бўлиб "Асаримга шундай юксак баҳо бердингизми" деса бастакор "Ҳа. Лекин асарингиздаги янгиликлар гўзал эмас, гўзалликлар янгилик эмас" деб жавоб берган экан.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 04.09.2010 16:44   #465  
Аватар для Bobir Samadov
Оффлайн
Guliston Davlat Universiteti
o'qituvchisi
AKA:_-_ MASTER _-_
Сообщений: 727
+ 348  207/161
– 3  23/18

UzbekistanОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью ICQОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью YahooОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью Skype™Аккаунт на TwitterМой мирFacebook
Не жалуйтесь на судьбу. Ей, может быть, с вами тоже не очень приятно.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 07.09.2010 10:58   #466  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Yaralmishlarni sevish orqali Yaratuvchiga boriladigan muhabbatdan, Yaratuvchini sevish orqali yaralmishlarga muhabbat ming chandon ulug' va haqiqiy ishqdir.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 07.09.2010 10:58   #467  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Zamonni yomonlamang, zamonning egasi Haqdir.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
2 "+" от:
Старый 17.09.2010 11:37   #468  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Танингда филнинг кучи, чумолининг ғайрати бўлсин.

****
Ғунча гулдан ҳам гўзалроқ. Чунки унинг бағрида икки ҳаёт-ўз ҳаёти ва яна гул ҳаёти бор.

Абдулла Қаҳҳор
(Бугун 17 сентябрь ёзувчи Абдулла Қаҳҳор туғилган кун)
Ответить 
4 "+" от:
Старый 18.09.2010 01:49   #469  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
* * *
Qo'rqoq bo'lib yashagandan ko'ra mardona o'lim afzal.

* * *

Insonning mardligi bilagida kuchi borligi bilan emas, g'azab kelganda ichga yutib sukut qila olgani bilan o'lchanadi.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 18.09.2010 02:20   #470  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
hikmatlarga ilova

* * *
Mard insonning alomati uning og'irroq bo'la olishida ko'rinadi.

* * *
Gul qancha sirli bo'lsa, u shuncha yoqimlidir.

* * *
Birovga aytgan shirin so'zing ham ehson. Sen ehsonni insonlarning qalbiga qilishdan boshla.

* * *
Shohning o'n dinor qilgan ehsonidan, gadoning 1 tanga qilgan ehsoni ulug'roq turadi. Chunki shoh davlatidan atigi o'n dinorini sarf etgan bo'lsa, gado bisotidagi jamiiyki boyligi bo'lgan shu 1 tangani sarf etgandir. Shu sabab gadoniki bu o'rinda ulug'roq.

* * *
Qo'lingdan ish kelishini gapda emas, amalda isbot qil. Amaling bo'lmasa gapirib o'tirma, foydasi yo'q. Chunki amalsiz aytilgan gap ta'sir kuchiga ega emas.

* * *
Hazil qilsang ham, rost gapni topib hazil qil, osmondan olma.

* * *
Dardlaringni shu dunyoda qoldirib ket. Hamma bilan shu dunyoda hisob-kitob qilib ol. U dunyoga yuk ko'tarib yurma, og'irlik qiladi.

* * *
Hikmat izlasang, hamma narsada (hatto bir yomonda ham) hikmat ko'rasan. Illat izlasang, yaxshida ham illat ko'raverasan.

* * *
Mo'min mo'minning ko'zgusidir. Sen ko'zgudan o'pkalama.

* * *
Birov seni ranjitsa, og'rinma, Xudodan gunohini so'rab ol, zora insof bersa. Senga savob yoziladi, undan esa, senga mehr tushadi.

* * *
Yuragingda kek saqlama, g'aming ortadi.

* * *
Gunohning kattasi ham, kichigi ham gunohdir. Xoh uni tilda bajarding, xoh amalda, farqi yo'q.

* * *
Har bir ezgu ishni xolis Rabbing yo'lida bajar, shunda riyodan yiroq bo'lishingga umid qilsa bo'lar.

* * *
Xayrli ishning yaxshisi, uning pinhona, beminnat va riyo uchun emas, Alloh yo'lida qilinganidir.

* * *
Qilgan ehsoningni qabul bo'lish bo'lmasligi sen berayotgan ehsonning halol yoki haromligiga borib taqaladi. Shunday ekan, halolidan ber.

* * *
Sen bir bandani najotkor deb bilma, chunki u ham sendek yaralmishdir. Najotkoring esa Yaratuvchidir. Sen faqat O'zidan so'ra, chunki sabablarni u hosil qiladi. Bandasi bir sabab bo'ladi, Sababchi (Sababni yaratuvchi, bir bandasiga yordam berishi uchun boshqa bir bandasining ko'nglini yumshatuvchi, uni bunga duch qildirib qo'yuvchi) esa Allohdir.

* * *
Oila bu - to oxiratga qadar ahdlashilgan, Alloh rizoligi yo'lida hosil bo'lgan do'stlikdir. Sen oilani farovon hayot deb bilma. Unda turli yo'llar uchraydi, muhimi ulardan adashmay, do'stlikka xiyonat qilmay manzilga yetib borishingdadir.

* * *
Agar do'stliging Alloh yo'lida bo'lmasa, unday do'stlikning keragi yo'q.

* * *
Molu davlatni Alloh suygan va suymagan bandalariga ham beraverarkan, lekin dinni (go'zal xulq va iymon-e'tiqod, ixlosni) esa faqat suygan bandalariga berarkan.

* * *
Sening kimliging, Alloh oldidagi darajang, xulqu-odobing bilan o'lchanadi.

* * *
Bu hayotda hammaga ham yoqavermaysan, shuning uchun sen odamlarga emas, O'zigagina yoqimli bo'lishga intil.

Kavsarning o'qiganlari, eshitganlari va ko'rganlari asosida chiqargan arzimas xulosalari. Hikmat deb atashga da'vosi yo'q.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy

Последний раз редактировалось Kavsar; 18.09.2010 в 02:24.
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх