Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 09.08.2010 23:51   #451  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan

Majlisning some'lari(eshituvchilari) tuban kishi bo'lsa, tuban so'z so'zlamoqdan boshqa chora bo'lmaydi.

Zohirga yukunganlarning qiblasi ayol yuzidir.

Ranglarning asli rangsizlikdir, urushlarning asli yarashishdir.

Suvni dengizdan izlang, quruq soydan emas.

(Rumi)


Har bir libosning o'z sharti bor, agar shu shartlarga muvofiq yurmasang, odamlarga kulgu bo'lasan.

Hayo faqat jamiyat oldida emas, yolg'iz qolganingda ham kerakli narsadir.

Hammaning aybi ham, gunohi ham o'zi bilan. Sen ayb izlovchi bo'lma.

Mukammal bo'lish qiyin va abasdir. Ammo harakat qilish qiyin ish emas.

Ta'na - insonning ojizligidan dalolatdir.

Inson o'zi qanday bo'lsa, boshqalar haqida shunday fikrda yuradi.

Ayol faqat ma'shuqa emas, balki Haqning nuridir. (Rumi)
* * *
Alloh ayolni munislik va nafislik uchun yaratdi. (Rumi)
* * *
Oshiq ishq mamlakatida nima desa desinu, u doim ishqdan so'z ochadi.
* * *
Ayolning behayo bo'lishiga erkakning behayo gaplari sabab bo'ladi. Chunki bu gaplarni eshitaverib ayolning beti qotishi mumkin.
* * *
Kechira olmaslik - baxillik alomatidir (Sa'diy "Guliston va Bo'ston")
* * *
Podshohning joyi - taxti ravon, otning joyi esa oxurdir. (Rumi) (bandasan, urinma, Xudo bo'lishga degan ma'noga yaqin)
* * *
Agar shu qadar taqvoli bo'la olsang, o'zni mazlum qildirishdan ham saqlan.
* * *
U go'zalga o'z ko'zing bilan boqma! Istalganga istaganning ko'zi bilan boq! (Rumi)
* * *
Bilki, bu olam yenggan va yengilgandan iboratdir.

Оффтоп:

Hamma hikmatlarning ham muallifini yozib qo'ymagan ekanman. Sizlardan uzr so'rayman. Bu o'qigan kitoblarimdan menga yoqqan hikmatlar..
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 10.08.2010 в 09:11.
Ответить 
Старый 10.08.2010 00:13   #452  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Suhbatlarning afzali ahli ilm bilan emas, balki ahli odob bilan bo'ladigan suhbatdir!

Sukut, nodonlikni yashiradi. G'azabli onlarda sukutni chaqirish esa nafsni tarbiyalaydi. (Rumi)

Davlat ustida turgandan, hikmat ustida turishni niyat qil.

Mag'lublikda g'oliblik bor,
G'oliblikda esa mag'lublik.

Sen hirs va orzularingga ishq otini beribsan. Holbuki, hirsdan ishqqa borar yo'l juda uzoqdir. (Rumi)

Allohning bergan rizqi, har insonning martabasiga ko'ra hikmatdir. (Rumi)

Niyat - oqibatning onasidir.

Ma'rifatsiz qalb - chiroqsiz uyga o'xshaydi.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 10.08.2010 в 09:12.
Ответить 
Старый 10.08.2010 00:37   #453  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Odam bilan hayvonning farqi nutqda emas, axloqdadir.

Aqlli kishi odobsiz bo'la olmaganligi kabi aqlsiz ham odobli bo'la olmaydi.

Insonning ulug'ligi aqlu zakovat ustiga qurilgan xulqu odob bilan bo'ladi.

Yurganingda nigohingni qayoqqa qaratib yurishingga qarab, iymoningni darajasini aniqlash mumkin.

Shukrning darajasi - ne'matlarning bisyorligi va buyukligini anglash darajasiga bog'liq.


Ishqning yo'li ishqning darajasiga bog'liq. U qanchalik yuqori bo'lsa, yo'l shuncha qisqa bo'ladi.


Vasl tajalliy etishdir.

Sevmagan va sevilmaganga ishqdan gapirish harom,
Sevgan va sevilganga dunyodan gapirish haromdir.

Ma'rifatli insonning alomatlaridan biri - uning xomush yurishidir.

Ahmoqning sevgisi o'tkinchi va yolg'ondir. (Rumi)

Ahmoq bilan tortishma, sen ham ahmoq bo'lasan.

Shukrli bo'lishing, Uni sevishingga dalolatdir. (Rumi)

Tilingdan chiqayotgan so'z xolislikka tayansin, biron manfaatga emas.. (Mavlono Rumi "Hikmatlar"idan)

Оффтоп:

Bu yerdagi hikatlarning aksari Jaloliddin Rumi ijodiga tegishli, faqat ayrimlari, Sa'diy, Sheroziy, Bedillarga xos. Ularning aynan qaysi qay birlariniki ekanligi esimda yo'qligi uchun, xato yozib qo'ymay deya muallifini ochiq qoldirdim.

Hikmatlar mavzusi menga juda ham yoqdi. Anchagina shifalarni olib qo'yganim uchun uzr so'rayman.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 10.08.2010 в 09:12.
Ответить 
Старый 15.08.2010 00:18   #454  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Yo'lning chetidagi ishorat belgilarga to'liq amal qilgandangina yaxshi yo'lovchi chiqadi.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 25.08.2010 13:58   #455  
Аватар для Bobir Samadov
Оффлайн
Guliston Davlat Universiteti
o'qituvchisi
AKA:_-_ MASTER _-_
Сообщений: 727
+ 348  207/161
– 3  23/18

UzbekistanОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью ICQОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью YahooОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью Skype™Аккаунт на TwitterМой мирFacebook
Алданганлар орасида булсанг хам - Алдовчилар орасида булмагин!
__________________
Beshikdan Qabrgacha ilm o'rgan!
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 25.08.2010 14:08   #456  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от Bobir Samadov Посмотреть сообщение
Алданганлар орасида булсанг хам - Алдовчилар орасида булмагин!
Иложи бўлса икковиниям орасида бўлма ("Drafts даги битиклар"дан)
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 25.08.2010 22:10   #457  
Аватар для Bobir Samadov
Оффлайн
Guliston Davlat Universiteti
o'qituvchisi
AKA:_-_ MASTER _-_
Сообщений: 727
+ 348  207/161
– 3  23/18

UzbekistanОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью ICQОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью YahooОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью Skype™Аккаунт на TwitterМой мирFacebook
Инсонда Ишонч колмаса, Орзу колади. Орзу колмаса Умид колади, Умид колмаса Илинж колади, Илинж колмаса- хаммаси тамом булади!
Ответить 
2 "+" от:
Старый 28.08.2010 10:45   #458  
Аватар для Bobir Samadov
Оффлайн
Guliston Davlat Universiteti
o'qituvchisi
AKA:_-_ MASTER _-_
Сообщений: 727
+ 348  207/161
– 3  23/18

UzbekistanОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью ICQОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью YahooОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью Skype™Аккаунт на TwitterМой мирFacebook
ЭГО тилидан: "Мехмон кутишдан, мехмон булиш огиррок, Бунинг сабаби шуки, сен узингни кутаётган даражага лойикмисан-йукми, билиш осон иш эмас..."

Донишманд тилидан: "Хаётинигн маъносизлиги учун хар кимнинг узи айбдор,Хаётдан нолимай туриб, айбни узидан кидириш - донолик аломати..."

Дуст тилидан: "Одам уз дустининг хатоларини кечириб урганмаса, дустсиз колади, Дустингни ёнида туриб, узингни уйлайверсанг бу хам хато, икки уртада куринмас жарлик хосил булади. Бу жарлик эса одатда душманингга жуда-жуда кул келиши мумкин..."
Ответить 
"+" от:
Старый 31.08.2010 21:10   #459  
Аватар для Bobir Samadov
Оффлайн
Guliston Davlat Universiteti
o'qituvchisi
AKA:_-_ MASTER _-_
Сообщений: 727
+ 348  207/161
– 3  23/18

UzbekistanОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью ICQОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью YahooОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью Skype™Аккаунт на TwitterМой мирFacebook
Хар куни йулингизни пойлаб ётарлар,
Турли кимматбахо совга берарлар,
Охири зур маош таклиф этарлар,
Огох булинг! Улар - одамсотарлар!
Ответить 
Старый 31.08.2010 21:16   #460  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Bobir Samadov Посмотреть сообщение
Хар куни йулингизни пойлаб ётарлар,
Турли кимматбахо совга берарлар,
Охири зур маош таклиф этарлар,
Огох булинг! Улар - одамсотарлар!
She'r o'zingiznikimi? Yaxshi chiqibdi. Zamonga mos hikmat ekan.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх