Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 09.10.2009 14:54   #431  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Nimaga sevdirding uni, Xudoyim,
Sevgini bilmagan insonni?
Qiynamoq uchun soldingmi,
Ichimga bu olov tug’yonni?..

.. Hammani yo’qotib,
topgandim seni…
Nahot yana azob-nasibam?
Nahotki, hayot yo’q hayotda?
O’zimdan xavfdaman,
O’zimdan, Egam!..

Kimni ko’proq sevding…
Meni yo uni?
Ne bo’lardi, sevsang ikkimizni ham!
Sevgingni sevaman,
Xudoyim , ammo
Nahot menga qismat –
Sevgisiz odam?

Hammani yo’qotib,
topgandim seni…

Zebo Mirzo
Ответить 
Старый 09.10.2009 15:10   #432  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Xazin kuz,
Xasta kuz.
Xotirotim kuz.
Daraxt vujudimda yig'layotgan ko'z.
Chorladim har bitta yaprog'im bilan,
Lek uning tilida aytolmadim so'z...
Bo'ylasam,
Eng yorug' osmon edi u.
Qo'limda qo'llarin tafti, hovuri,
Bir yashil bog' bo'lib yashnagan edim.
Lahzada sarg'aytdi yodin shovuri.
Xazin kuz,
Xasta kuz,
Xotirotim kuz.
Yuragimni yengdi tunlar qafasi.
Ayt,
kimning ko'ksida tosh qotdiykin u.
Uyg'otay deyman-u
yetmas nafasim...
Sochlari yoyilgan hurga aylanib
Tushimda ortidan yig'lab yugurdim...
Bahor bo'lmoqchiydim uning bag'rida
Nahot xazonrezgi bo'lib ulgurdim?
Xazin kuz,
Xasta kuz,
Xotirotim kuz.
Ma'yus yuragimda ocharmisan ko'z?
Ovozin...
Ovozin eslab sog'indim,
Dilni ezayotgan sog'inchmi, afsus?
Har bir bargim bilan uniki edim,
Yomg'irlar qo'lida o'qildim, essiz...
Men odam shaklida yashay bilmadim,
Yashay oldimikin u...
Meningsiz!...

Zebo Mirzo
Ответить 
Старый 10.10.2009 01:53   #433  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
Борми сенда бизим каби инсонлар,
Икки юзли ишбузарлар, шайтонлар.
Ўртоқ қонини қонмай ичган зулуклар,
Қардош этин тўймай еган қоплонлар?
Борми сенда ўксус, йўқсулнинг қонин —
Гурунглашиб — чоғир каби ичганлар?
Борми сенда бутун дунё тузугин
Ўз қопчиғин тўлдиргани бузганлар?
Борми сенда бир ўлкани ёндириб,
Ўз қозонин қайнатгувчи ҳоқонлар?
Борми сенда қорин, қурсоқ йўлида,
Элин, юртин, борин-йўғин сотганлар?

Фитрат
Ответить 
Старый 10.10.2009 09:04   #434  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Ko’p ezgu so’zim, ammo amal yo’q menda,
Bu holimdan or loaqal yo’q menda.
Oson gapirish mudom, qilish mushkuldir,
Oson ko’pu mushkul-chi azal yo’q menda.

* * *

Ahvoli g’aribni betayin bilgaymi?
Dard lazzatin bedard his qilgaymi?
Mard kishining qimmatini mard biladi,
Nomard nazariga mardni hech ilgaymi?

Abusaid Abulxayr
Ответить 
3 "+" от:
Реклама и уведомления
Старый 10.10.2009 09:05   #435  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
To bor ersa g’ayrating, yana bo’lsang mard,
Uy ichra ayoling asra yuqtirmay gard.
Gar mevali shox devordan oshsa ne dard
Tama qilar undan hamma – mardu nomard.

* * *

O’z nafsiga kim bo’lsa amir uldir mard,
Hech kimsaga bo’lmasa asir uldir mard,
O’tmak sira mag’lubni tepib mardlik emas,
Tutsa qo’lidan zabunni er, uldir mard.

Pahlavon Mahmud
Ответить 
Старый 11.10.2009 20:06   #436  
Аватар для Xurshida
Оффлайн
studentka
AKA:Xurshida
Сообщений: 9
+ 35  15/5
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Xurshida с помощью YahooМой мир
HIJRON

Vaslingga umidvor bo'lib tashna dil
Hayollarga cho'mib oladi huzur
Hijron azobida bezovta ko'ngil
Yo yurak yorilib ketmaydi shukur
Qaniydi aylanib qolsam hilolga
Tunlar derazangdan termulib mushtoq
Seni o'ragancha nurli hayolga
Qalbingga ishq o'tin yoqardim shu choq
Mayli shamol bo'lsam va yo shaboda
Sochlaring to'zgatib , silab yuzlaring
Bulutlarga so'ylar edim samoda
Sening hayolingda bo'lgan kezlarim
Mayli ayoz bo'lay, mayli yoz bo'lay
Faqat visolingdan so'z ochgin gulim
Lablaringda qotib qolgan roz bo'lay
Sen bo'lsang yonimda yengolmas o'lim
O'lim nima o'zi? Ko'z yummoq halos
Huzurli hayoling shirin va maxzun
Senga yetmoq uchun umrim buncha oz
Sening hijronlaring umrimdan uzun!
Ответить 
Старый 11.10.2009 22:41   #437  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Xurshida Посмотреть сообщение
Vaslingga umidvor bo'lib tashna dil
Hayollarga cho'mib oladi huzur
Hijron azobida bezovta ko'ngil
Yo yurak yorilib ketmaydi shukur...
Juda chiroyli sh'er yozibsiz, Rahmat... She'ringizni o'qib esimga tushib ketdi, studentlik paytlarimiz yozilgan she'r bor edi... :-)

Qani endi tulin oy bo'lsam,
Nurlarimni senga sochardim.
Sochlaringga yulduzlar taqib,
Muhabbatga keng yo'l ochardim.

Qani endi, shabboda bolsam,
Sochlaringni o'ynardim suyib.
Qani endi zilol suv bolsam,
Jamolingga qarardim to'yib.

Qani endi ko'z yoshing bolsam,
Kiprigingga qo'nardim asta.
Yuzlaringdan sekin o'rmalab,
Aylar edim dilingni xasta.

Qani endi kamaring bo'lsam,
Bellaringdan mahkam quchardim.
Ertakdagi humo qush misol,
Sening bilan ko'kka uchardim.

Qani endi dugonang bo'lsam,
Yuzlaringdan o'pib olardim.
"Shu yigitga qaray qol"- deya,
Aldab seni yo'lga solardim.

Bo'lsam edim sening yulduzing,
Charaqlardim senga kunlari.
Kitob bo'lib qolsam sen sevgan,
Uxlatmasdim seni tunlari.

Qani endi bo'lsam quyoshing,
Porlar edim umrbod sen chun.
Gulim, senga shudir tilagim:
Yashnab yurgin har qachon gulgun.


(c)... 1999 yil
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 11.10.2009 23:15   #438  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Yashil daraxt

Yaxshi odam – bir yashil daraxt,
Shoxlarida gurkirar iymon.
Yaprog’ida shovullaydi baxt,
Atrofida gurkirar osmon.

Suyib yelar shabbodalar ham,
Unga tashna cho’llagan damlar.
Ajab uning saxiy bag’rida
Qumursqaga, qurtga-da joy bor.

U yozg’irmas, nolalar qilmas,
Sabolarni kutib yashaydi.
Ahli hilol ahdi ila mast,
Sadolarni kutib yashaydi.

U ingramas, qilmas nolalar,
Kemirsa-da, qurtlar bag’rini.
Jonni omon qilib tursa bas,
Rizqmi? Rizqdan bo’lmas og’rinib…

Yaxshi odam – bir yashil daraxt,
Soyasida salqinlar osmon…
Shoxlarida shovullaydi baxt,
Barglarida yayraydi iymon.

Abdunabi Boyqo’ziyev
Ответить 
"+" от:
Старый 12.10.2009 18:08   #439  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Xavotir

Qullik ham qaramlik palla yo'qoldi,
Oqu sariq, qizil, malla yo'qoldi.
Jallodlar o'q otgan edi bir paytlar,
Sallalar yo'qolgan edi bir paytlar.
Qancha selu yomg'ir, jala yo'qoldi,
Sallalar keldiyu-kalla yo'qoldi.

Ya'ni masjidlaring bosgan xazonlar
To'zdi ketdi bari-qaytdi azonlar,
Juma namozlaring to'la ayvonlar.
Lekin qanday qilib, aytgin, insonlar,
Shuncha ulug' nurdan tola yo'qoldi-
Egri yo'llar aro bola yo'qoldi?

Fojiamas agar g'alla yo'qoldi,
Qo'yu qo'zi echki-gal yo'qoldi.
O'zbek, aylanayin nomingdan sening,
Qurgan baland-baland tomingdan sening,
Qasringni boshingga ko'tarib dod sol,
Axir Hayo degan qal'a yo'qoldi.

Sening uchun ozod bo'ldi-ku o'lkam,
Omading ko'rkamdir,
Qomating ko'rkam,
Senga havas qilib yashayman, ukam,
Zamon parvoziga ulgur, intil, yet,
Senga qanot bo'lur uchqur internet.
Faqat qalbing aro lola yo'qoldi,
Kitob degan yashil dala yo'qoldi.

Taraq-turuqlaru
Darang-durunglar,
Qayga borsang faqat puldan gurunglar.
Uzoq yashanglar-o',
Uzoq turinglar,
O'zbek bolalari sergak yuringlar:
Bugun eng qadimiy yalla yo'qoldi,
Ko'ngil beshigidan alla yo'qoldi.

Sirojiddin Sayyid
Ответить 
Старый 13.10.2009 07:55   #440  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Seni do’st tutdim

Yaqin bo’ldi osmonlar,
Yer yumshoq, tutsam bag’ir,
Zaif tortdi armonlar,
Seni do’st tutdim, sabr.

Yuragim bir kosadir,
Ko’zyosh o’tni bosadir,
Shayton o’zin osadir,
Seni do’st tutdim, sabr.

Kuydim kimni do’st aytsam,
Hikmat bo’ldi so’z aytsam,
Yuz burmassan yuz aytsam,
Seni do’st tutdim, sabr.

Tutgan kunim qo’lingdan,
Chiqdim dunyo to’rindan.
Ko’nglim omon o’limdan,
Seni do’st tutdim,sabr.

Dilorom Ergasheva
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх