|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#411 |
![]()
Сообщений: 589
+ 1,042
486/242
– 0
0/0
![]() |
Tog' bo'lsa baland, chiqolmasang - kimda gunoh?
Yor bo'lsa yiroq ko'rolmasang- kimda gunoh? Sabr ayla uzoqdan-da ko'rishga, yo'qsa, Tadbiri o'lim o'lolmasang- kimda gunoh? Kaptarmiz u, ma'vomiz erur ko'hi kamar Bizlar ketamizu, do'stimiz behabar. Ey do'st meni do'zax havfidan qo'rqitma Ko'nglimdagi havf do'zax havfidan battar! Rahmim keladi sangayu o'rtoqmasman Sevsangda meni, men senga hech boqmasman. Sen misli tariq ildiz otarsan har yon Bo'lsamda bulut, ustingga men yog'masman. Tojik xalq ruboiylari |
|
Ответить |
![]() |
#412 |
![]() |
Дунёда диёнат ҳали мавжуддир,
Ҳали мард йигитлар яшаб юрибди. Оналар оқ сути ҳамон оқ сутдир, Қуёш ҳам фалакда порлаб турибди. Ҳали қай дилларда яшар тангри ҳам, Ҳали афсоналар ўлиб кетмаган. Ҳали соф туйғулар топмаган барҳам, Инсон орзусига ҳали етмаган. А. Арипов Последний раз редактировалось AbuMuslim; 02.10.2009 в 19:28. |
|
Ответить |
![]() |
#413 |
![]() Миробод ТХТМФМТТЭ бўлими
методист
Сообщений: 258
+ 212
189/96
– 0
1/1
![]() |
Нигохингизни излайман атрофимдан,
Кузларингизни, Овозингиз,сузларингизни. Нурлар орасидан кидираман, Кидираман ёмгир ёкканда… топмадим… сизни… Китоблар мисраларидан, Гуллардан, парвозланган кушлар орасидан… Кидираман… Кайлардасиз? Евгения Данилова Последний раз редактировалось Feruza Husnitdinova; 02.10.2009 в 22:16. |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#414 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Ниманингдир олдида тош бор,
Нимадир бор тошнинг ортида. Тошнинг кузларида ёш бор, Ёшнинг сирти таранг тортилган. Ниманингдир олдида ёш бор, Нимадир бор ёшнинг ортида. Ёшнинг кузларида тош бор. Тошнинг сирти таранг тортилган. Тош-насиба, ёш-шурлик кисмат: Ёш йигланар, тошлар терилар. Умр-Ердаги тошни мисколлаб Йигнамокка кукдан берилар. Рух, таранглик-каргиш, деб айтар, Майсалардай ям-яшил каргиш. Биздан эмас, Худодан кайтар, Кайтар булса, мабодо, хар иш. Каргиш гунохларни унутмас, Айникса, тош терилмаганда. Тошнинг улигини ер ютмас Унга улим берилмагандай. Фахриёр |
|
Ответить |
![]() |
#416 |
Oddiy tilaklar
Ko'ngillarga safo bergil, Soflik beru oqlik ber. Muhabbat ber, muruvvat ham Mehr ber, mushtoqlik ber. Otalarga farog'at ber, Va rohat ber bus-butun, Onalarga saodat ber, Umr beru sog'lik ber. O'g'lonlarga iqbol bergil, Iymon bergil salomat, Shijoat ber, oru nomus, Doim ko'ksi tog'lik ber. Latofat ber qizlarga ham, Malohat ber, sadoqat, Yana husnu chiroyiga Baxtini ham bog'liq ber. Yor ko'ksidan panoh bergil Sevib sevilganlarga. Sevganlarga yor zulfidan Dorlik ber, sirtmog'lik ber. Ayvonlarga munavvarlik Oy va quyosh mehridan, Har bir uyga beshiklik ber, Allalik, uyg'oqlik ber. Kim bo'lmasin, to'kis ayla Rizqu nasibasini, Chekkan ranju zahmatidan Har on vaqtichog'lik ber. Do'stlar safin mastahkam et, Ahil etgil, ittifoq. Dushmanlarning qatoriga Toqlik ber, tarqoqlik ber. Havolanmoq nechun axir, Insonmiz-ku hammamiz, Har kimga ham insof bergil, O'zingdan qo'rqmoqlik ber. Jilg'alarga javlon bergil, Chopsin qo'zichoqlarday, Cho'qqilarga zalvor bergil, Qorlik ber, viqorlik ber. Sen qo'llading,keldi oxir Chechaklarga bul Vatan, Endi ketmas haqiqatga Elimga dilxohlik ber. Endi aytmoq uchun uning Dunyoda borligini, Mening shoir dillarimga Dardkashlik ber, dog'lik ber. Sirojiddin Sayid 1998 |
|
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#417 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Suyunchi
Osmonda yig’lab keldim – Dardlarim maysa bo’ldi. Yerda bitta bo’lsa ham Baxtsiz kamaysa bo’ldi. Garchi yig’lab har kecha Tunlarimni qon qildim, Tongda guldan toshgacha Tabassum ehson qildim. Azoblaring – muhtaram, Men dardingga xaridor. Tovonimni o’psa ham, Tikanlarning haqqi bor. Yuragimni uyg’otgan G’amlar uchun ming shukr. Gardlarimni yo’qotgan Damlar uchun tashakkur! Behzod Fazliddin. |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#418 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Oyga tegmang
Nima qilsam, oyni boshqa yig’latmaysiz, Nima qilsam, tinch qo’yasiz osmonlarni? Nima qilsam, yulduzlarga tosh otmaysiz, Nima qilsam, o’ldirmaysiz jayronlarni? Birga olis manzillarga boradi deb, Qaldirg’ochlar qo’llarimdan tutib olgan. Hech bo’lmasa panoh so’rab beradi deb, Yo’lim uzra kiyikchalar yotib olgan… Yomonlarga pastlagim yo’q asli, lekin, Giyohlarning nomlaridan nur so’rayman. Hali kechmas, hali yana sevish mumkin, Men gullarning ko’ngli uchun yo’l so’rayman. Nurga qayting – ro’yolarni ketkazasiz, Yeru ko’kni tinchi uchun boshlandi jang. Bu ketishda umringizni yutkazasiz, O’zingizga shavqat qiling – oyga tegmang. Behzod Fazliddin. |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#420 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Ko’ngil ko’zgusiga boqsam…
Ko’ngil ko’zgusiga boqsam, necha ramzu ishoratlar, Ochilgaydir masofatlar, ko’ringaydir imoratlar. Ko’ngil ko’zgusiga boqsam, falaklar bo’lgusi paydo, Falaklar qo’ynida ko’rgum, ajab husnu latofatlar. Samovatlarga chek yo’qdir,maqomotlarga ham poyon, Qayon boqsam, tamomat yo’q, davomatlar,davomatlar… Ayo ko’nglim, shu olam ichra chin olam o’zingdirsan, Ki senga ikki olamdin kelur sirru sinoatlar. Tiriklik ne emishdir, hay, bu zulmat, bu ziyo ichra? Riyozatlarda toatlar, mashaqqatlarga toqatlar. Qo’yib yerni, gohi avji falakka chirmashur ohim, Tushim jonimga otashlar, yetib ruhimga holatlar. Netarsen bu jahonni, ey ko’ngil, bu yeru osmonni, Ketar bo’lsa adolatlar, qolar bo’lsa nadomatlar? Jamol KAMOL |
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
|