Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 26.09.2009 00:01   #401  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение

Оффтоп:
Ajoyib qarg'ish. :-)
Оффтоп:
Judayam oshirib yuboribdilar-ku, shoira, qarg'ishni ham.... :-)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 26.09.2009 10:05   #402  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение

Оффтоп:
Ajoyib qarg'ish. :-)
Оффтоп:
Judayam oshirib yuboribdilar-ku, shoira, qarg'ishni ham.... :-)
Shoira Halima Ahmedovaning she'rlaridan birida bundan ham ajoyibi bor edi.
Цитата:
Qarg'ayman qiz sochidek uzun bo'lsin armoning,
Ko'z yoshimdek erisin meni sog'ingan joning...
Ushbu "qarg'ish" shoira Zulfiyaxonimning olqishiga sazovor bo'lgan ekan. Ular: "Shunaqa ham chiroyli qarg'ish bo'ladimi?" deb e'tirof etgan ekanlar.
Ответить 
"+" от:
Старый 27.09.2009 02:38   #403  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение

Shoira Halima Ahmedovaning she'rlaridan birida bundan ham ajoyibi bor edi.
Цитата:
Qarg'ayman qiz sochidek uzun bo'lsin armoning,
Ko'z yoshimdek erisin meni sog'ingan joning...
Ushbu "qarg'ish" shoira Zulfiyaxonimning olqishiga sazovor bo'lgan ekan. Ular: "Shunaqa ham chiroyli qarg'ish bo'ladimi?" deb e'tirof etgan ekanlar.
Erkin Vohidov bo'lsalar chiroyli tarzda bir go'zal qizga "ta'rif" berganlar

Ketishim shart edi, noiloj ketdim,
Yolg'izlik qa'riga qoldirib seni.
Shu qora ko'zlarga jo bo'lar endi,
Tun degan zulmatning bo'yi va eni.

Shunchalar go'zalsan, go'zalsan sanam,
Ta'rifing bitmoqqa ojizdir qalam.
Bir yigit hayotin obod etarding,
Aql ham berganda dunyo bokaram.
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 27.09.2009 11:40   #404  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Kahramon Jalilov
Оффлайн
Аналитик
админ ДСИ
AKA:designer
Сообщений: 1,104
+ 781  680/330
– 24  11/7

UzbekistanОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью YahooОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мир
Qaysidir kuni qarindoshlarim bilan birga bir o'zbek kinosini ko'rdik juda ta'surotli, hayotiy va juda ma'nili ishlangan nomi "Tovba". Shu kinoda bir jumlani yozib qoldiraman:

Tuproqqa egilgil, tuproqni o’pgil
Ko’zing ochig’ ekan gunohing yuvgil,
Qasrlar, gilamlar guldor koshinlar,
Kafil bo’lmas qo’shamoshin hotinlar.
Tepangda jahannam chaqqanda chaqmoq
Qabrda yostig’ing bo’lar tosh tuproq.
Ответить 
Старый 27.09.2009 14:58   #405  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Ko’zlarimni asta yumib olaman….

Nafas olishga ham xohishingiz yo’q,
Tirikka o’xshamas tuyg’ularingiz.
Bilmasdan, ko’zimga otayapsiz cho’g’:
Meni uyg’otmoqda uyqularingiz.

Uchib ketgan qushlar qaytib kelmaydi,
Yashashga kunlardan shartlar so’radim.
Mayda dardlar meni odam qilmaydi,
Umrimni eng buyuk g’amga o’radim.

O’tkinchi shamollar qo’rqitmay qo’ydi,
Daraxtlar bag’rida guvillayverdim.
Yuragimga tegib quyoshlar kuydi,
Qishlarga tan bermay lovullayverdim.

Yumuq ko’zlaringiz ochiq kelmoqda,
Men hozir o’zimni topib olaman.
Bir kuni sachrab siz uyg’ongan chog’da,
Ko’zlarimni asta yumib olaman…


Behzod Fazliddin
Ответить 
Старый 27.09.2009 15:01   #406  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Qayga ham boramiz?

Hayolning otida oyga boraman,
Qushlar yetolmagan joyga boraman.
Sal o’tmay, baribir tushgayman qulab,
Uchoqda dard bilan qayga boraman?

* * *
Yashashga joy bormi?

Lahzaga tengma-teng o’chib boraman,
O’zimdan, so’zimdan cho’chib boraman.
Zavol bilmaydigan manzilni ko’rsat,
Tomirlarim bilan ko’chib boraman.

Behzod Fazliddin
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 27.09.2009 15:11   #407  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Бинойидек юриш-туриши,
Суҳбати ҳам сермазмун жуда.
Гоҳи мафтун қилар кулиши,
Ром этади хатто уйқуда.
Киприкларин ёйи қалбингиз
Тўғри нишон олади бехос.
Кўнгли, - дейсиз - каттакон денгиз,
Дарёсидан қуйилади ноз.
Кокиллари мисли мажнунтол,
Қуёш янглиғ табассумлари.
Сўзидан чак-чак томади бол,
Гул баргида шабнам сингари.
Рўмолини қўймас бошидан,
Узун кўйлак қоматин безар.
Ўсма қўйиб етти ёшидан,
Буюк санъат асарин чизар.
Қултум сув-ла ютаман дейсиз,
Бунча гўзал бўлмаса, Худо!
Фақат битта айби бор, эсиз...
Унга юрак этмаган ато!


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 29.09.2009 10:06   #408  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Tulpor mingan chavandoz,
Kelbatlaring, bay-bay soz,
Izing to'la ishqiboz,
Qadamingni o'ylab bos-
Gar yigitning gulisan,
Ko'rgilikning qulisan.

Omad ketsa qo'lingdan,
Ilon chiqar qo'yningdan,
Qaytsa qaytdi shaytonlar,
Sen qaytmading yo'lingdan-
Gar yigitning gulisan,
Ko'rgilikning qulisan.

Nafsning tubi asli jar,
Bu jar faqat qon ichar,
Evoh, uni sharob deb
Kimlar senga jom tutar-
Gar yigitning gulisan,
Ko'rgilikning qulisan.

Jabr qilsang dildoshga,
Zahar tushar rizq, oshga,
Armon olsa yoqangdan
Peshonangni ur toshga-
Gar yigitning gulisan,
Ko'rgilikning qulisan.

Sotqin chiqsa hamdamlar,
Aldab ketsa sanamlar,
Unib chiqar ko'ksingdan
Kurtak otgan alamlar-
Gar yigitning gulisan,
Ko'rgilikning qulisan.

Boshing yetsa osmonga,
Salom qilgin ketmonga,
Seni malak tuqqanmas,
Ko'ylak ober onangga-
Gar yigitning gulisan,
Ko'rgilikning qulisan.

Farida Afro'z
Ответить 
Старый 29.09.2009 10:45   #409  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Sizsiz
yashamoqqa o'rgandim, mana,
Endi vujudimni tig'lamas firoq.
Kabutar xayollar uchmoqda, ana,
Sog'inchlar
Karvonday
Ketmoqda yiroq.

Yiroq
endi menga sumanso bog'lar,
Dilkusho diydorlar sarobdir, tushdir.
Yelkamda ayriliq - zalvorli tog'lar,
Yurak
Parvozini
Yo'qotgan qushdir.

Suydim,
suygularim sizni quchmadi.
Kuydim, kuygularim yondirmadi hech.
Muruvvat visoldan og'iz ochmadi,
Bir bora kelmadi.
Kelmang,
Endi kech!

Endi kech,
unutdim raftoringizni,
Qoshingiz, ko'zingiz - hammasi yolg'on.
Unutdim, jahonda yo'q, boringizni,
Endi siz
Qo'shiqsiz - ming yillik armon.

Farida Afro'z
Ответить 
Старый 30.09.2009 14:26   #410  
Аватар для Nilufar Xudoyberdiyeva
Оффлайн
Student
Сообщений: 2
+ 8  7/2
– 0  0/0

Uzbekistan
Bonu aytur olamda ki g’amsiz yurmadim hargiz,
Bu dunyo davrini shodmonu xandon surmadim hargiz.

Janohda yurdimu turdim necha chektim jafolarni
Jafosin ko’rdim, e do’stlar, vafosin ko’rmadim hargiz.

Ayo do’stlar, ki men yolg’uz, g’aribi benavo qulmen,
Topay ahl-ayol, atfol deyub qayg’urmadim hargiz.

Ki sakkiz yil bo’lur otam shikori Yorkent aylab,
Muborak yuzlarin ko’rub ko’zum to’ydurmadim hargiz.

Ki ko’rmakni quyub, e tan, bo’lak emdi talab qilg’il,
Sharrifim sari poyidin o’zum jo’kurmadim hargiz.

Jahonda har balo bo’lsa baham bo’ldi g’arib boshim,
Sitam birla alamlarni surub yondirmadim hargiz.

Samarbonu
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх