|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#391 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Litseyimizning sobiq o’quvchisi Saidakbarning maxsus bayram tadbirimiz uchun yozgan, “Antiqa sevgi izhori”.
Men sizni sevaman jonimdan keyin, Sevaman sizga men bermay yuragim. Sizsiz yashay olsam kerak albatta, Siz ham meni seving shudir tilagim. Sizga boqmayman men kun bo’yi aslo, Oyga o’xshatmayman yuzingizni ham. Siz men uchun sevgan yagona inson, Lek yurak dardiga bo’lmaysiz malham. Sizga berolmayman ikki jahonni, Poyingizga tiz ham cho’kolmasman men. Men sizni sevaman, sevaman albat, Lek boqmayman oyga uxlaganda men. Sizning ko’nglingizga zor bo’lmasman men, Sizga borbudimni bermasman aslo, Sevaman, bergayman sevgimni sizga, Yulduz marjonlarin osmay bo’ynizga. Sizsiz men kunimni tasavvur qilgum, Bordir menga sizsiz hayot qizig’i. Sizsiz ham ko’rinur dunyo menga keng, Sizsiz harob emas xijronning tig’i. Chunki sevaman men sizni sevgilim, Sevaman, sevgiga bo’lib sazovor. Sevgimga sodiqman siz bo’ling axdim, Axdga vafosizdan qilgum men xazar. |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#392 |
![]() ![]() |
Vir va Zara filmidan monolog:
"Unday go'zal qizni umrim bino bo'lib ko'rmagandim, go'yo sehrlab qo'yilgandek uning jamolidan ko'zlarimni uzolmasdim, u hayodan ko'zlarini yerga tikkancha qimir etmasdi, qattiq qo'rqib ketganidan bo'lsa kerak tez-tez nafas olardi, tutam sochi ko'zlariga tushib g'ashini keltirar, shamol esa huddi o'chakishganiday sochlarini battar tozg'itardi, men uning sochlarini asta yig'ib qo'ydim, u menga minnadorchilik bildirganday asta nigoh tashladi, shunda ko'zlarimiz ilk bo'r to'qnashdi..." |
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#393 | ||
![]() ![]() ![]() ![]() |
Хаёлимда бир гузал яшар,
Умр буйи яшайди шунда. Уша мени хаётга бошлар Уша хаёл тугилган кундан. Ул яшайди менинг бахтимда, Дардларимда яшайди уша. Вужудимда бир ут ёкканда, Сунгра ташлаб кетган оташга. Мен билмайман нечада ёшим, Мен билмайман умрим нечадир. Юракдаги огир кургошин Кукларда пат каби учадир. Менга тегиш булган хаётим, Уша хаёл билан йул ошар. Хам ширин, хам аччик бисотим- Хаёлимда бир гузал яшар. Рауф Парфи, 1966 йил |
||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#394 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Армон билан карардим сенга,
Менки Мажнун, сен эмас Лайло... Сен гавхар булдингу кузимга, Кузларимдан чекилди дунё. Сен бу кун кайдасан, бехуда Хасрат билан куйингда ёндим, Ёлгиз сенинг мехрингдан жудо Кон ютилган сахрода колдим... Такдиримда йук экан чоги, Лайло, Лайло, яна учрашмок. Эх, кандай кутарай фирокни, Ахир ёшлик йилларим адок. Эй, бугзимда котган сузларим, Сочилинг, самога сочилинг! Мана тонг. Тонгларнинг гузали, Тонг окарди ва сочим менинг... Рауф Парфи |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#395 |
![]() ![]() |
ILTIJO
Bu dunyoda qo‘llasin maqsad, Dilingizda bo‘lmasin nafrat. Kamtarlik bu yaxshi fazilat, Adolatsiz bo‘lmang, odamlar. Ig‘vo qilib yurar ba’zilar, Yolg‘onligi shundoq sezilar. Aldanganlar dildan ezilar, Adolatsiz bo‘lmang, odamlar. Haqiqatga tik boqmoq kerak, Tilang, doim pok ezgu tilak. Nohaqlikka shimaring bilak, Adolatsiz bo‘lmang, odamlar. Yurtimizning qalqoni bo‘ling, Rostgo‘ylikning posboni bo‘ling. Mayli, quvnang, o‘ynang-u kuling, Adolatsiz bo‘lmang, odamlar. Do‘stni do‘stdan ayirmoq gunoh, Qiynalganga bo‘lingiz panoh. Gar qo‘llasin desangiz Olloh, Adolatsiz bo‘lmang, odamlar. (avtori kimligini bimayman, ko'chirgan joyimda Shahnoza ADHAM qizi deb yozilgan) |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#396 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Menga baxsh et o'zingni, sanam,
Ko'ksim uzra qo'ygil boshingni, Abadiyatga eltay men ham O'n to'qqiz yoshingni. Quyosh kabi bo'lib qarshimda, Shu'lalarda mayli yondir sen. Faqat doim yashab arshimda, Sevilganimga inondir sen. Qo'shiqlar ayt shodmon yo mungli, Hayajonga solgil yurakni. Sen tonggacha so'yla, men tinglay, Buyuk sevgi otli ertakni. Nima qilgum, orzu ushalsa, Sevinchlarga to'lib yuragim, Sig'dirolmay va nochor qolsa Shunday katta baxtni, malagim?! Menga baxsh et o'zingni, sanam, Ko'ksim uzra qo'ygil boshingni, Abadiyatga eltay men ham O'n to'qqiz yoshingni... Rauf Parfi |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#398 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Shudir ishq deganlari balki,
Lol qolaman sening yonigda. Ketib qolsang yiroqqa lekin Dod solaman butun dunyoga. Ko'zim so'zlar, jon ichida jon, So'zlar senga qo'lim, vujudim. Biroq birga qolsang nogahon "Ishq" so'zidek o'ltiraman jim. Sen shundayin sof muhabbatni Soqov deya tashlab ketmagin. Qabul ayla shu sukunatni Muqaddas deb, toza malagim. Rauf Parfi |
|
Ответить |
![]() |
#399 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Sevsang,
Osmonga chiq, oyni olib kel, Tonglar vodiysini to'sha yo'limga! Somon yo'llaridan chechaklar terib, Baxtning shodasiday tutgil qo'limga! Sevsang! "Yoriltosh"dan chiqib kel, ozod! Qanotlari bo'lsin otingning. Moviy yog'dulardan go'shanga bezab, Ostonamga kelib o'tingil... So'ngra, Borsa kelmasga borgil, Devning changalidan olgil uzukni. Bo'ronlarni yutib, Tog'lardan o'tib, Bosib kel adashgan xato yozuqni. Yuragimga borar yorug' yo'llarda Ichingdagi yovni mahv etgil, g'olib! Tiriklik cho'qqisin yashil tog'idan Havo tikkan tug'ni kel olib! Sevsang... Ozoda Bekmurodova |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#400 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Uzatsang, yetmas qo'llaring,
Chorlasang, kelmasin sellaring, Chaqmoqday uyg'onsang, Bo'ronday yelsang, Yo'llaring yetmasin, yo'llaring. Mensiz yashnamasin cho'llaring, G'unchasin ochmasin gullaring. Kechmasin telbavash onlaring, Nurafshon otmasin tonglaring. Mensiz... To'xtab qolsin soat millaring... Ozoda Bekmurodova Оффтоп: Ajoyib qarg'ish. :-) |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
|