|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#391 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
* * *
Сенинг бу нигоҳинг Ўзгача дунё. У менинг қалбимга, Ўхшамас сира. Кўз очиб кўрганинг Дунёи рўё, Дилим меҳробининг Нуридан хира... * * * Само ҳаририн, шамол тебратса гар сирлар тўкилган... Яратмиш ишларидин не синоат сирлар тўқилгай... Мен ки банда, ғайбинг асроридин лолман... Ожизлигим айтаверсам, фалак бағри чок-чок сўкилгай... Х.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#392 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Бу кеч...
(А.С.Чўлпоннинг "Гўзал" шеъри таъсирида ёзилган) Самога боқмадим, шунчаки бу кеч, Оразинг изладим тун оймомодан. Ойдан ҳам тополмай, нигоҳинг бу кеч, Бу кеча ялиндим, нурли самодан. Топиб бер малагим сиймосини кўк, У айтди: "Малагинг кўролмадим ҳеч". Ҳеч ким соғинмайди ани менча, кўк. Кўк деди: "Адашдинг, уни йўқлаб кеч". Бир оз хира тортган юлдузга қараб, Сўрайман: "Қайдадир, айтгин юлдузим?" Жавоб берар у ҳам ҳассасин қадаб: "Мен қариб қолдим-да, ўтмагай кўзим". Булутлар тинмади, кўзга ёш олиб, Ёшланиб-ёшланиб ўтди бир оқшом. Барчанинг қалбига сирли ишқ солиб, Билсамки, кетибди, у ўтган оқшом... К. 2003
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#393 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Ko’ngil yashillikka intiqqan chunon,
Yuring, bahorlarni kutaylik birga. Ziyoga talpinib tipirlaydi jon, Orzular yurtiga ketaylik birga… U yerda asrdek chozilmaydi tun, Kutish onlari ham bundan boshqacha. U joyda har juftning yuragi butun, Quyosh ham charaqlar shomdan tonggacha. U yurtda sarobga aylanmagay ishq, Vafo o’z manosin to’liq oqlaydi. Fano hech kimsaga bo’lmaydi tashvish, Hech kim xasad bilan ortdan boqmaydi. G’amdan forig’ go’zal o’shal zaminda, Armon, degan yovga qo’yishgan tuzoq. Ishonch va sadoqat gurkirar unda - Xijron azoblari judayam uzoq… Oqibat bezaydi barcha shaharin, Mehrdan yaralgan har bitta qishloq. Azon boshlab berar erta saharin, Insonlar qalblari qor misol oppoq… Yuring, o’sha yoqqa ketaqolaylik... Mavhum dunyolarda nima qilasiz? (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#394 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Қадрли форумдошлар, ушбу форум ва ундаги қайноқ, теран фикрлар менга ҳамиша илҳом бахш этади...
Ушбу шеърда аёл зоти ҳақидаги тасаввурларим ифодаланган. Дунёда аёл - мунислик ва нафислик учун яратилган экан. Зеро, ҳаётда шундай аёлларни учратдим-ки, уларнинг фақатгина сурати аёл деб ўйлайсиз. Ичда улар музаккардир. (Тарихда) Робия ал-Адавия (валия) зотни ана ўшандай аёллар қаторида кўриш мумкин эди... Шу сабаб бу шеърни оламдаги барча азиз ва мукаррам бўлган аёллар учун тақдим этаман! Яхшилик умиди ила... Аёл асли Аёл кимдир? Аёл - ожиза. Сўзларида турмаган - аёл. Аёл кимдир? Аёл - покиза. Ғанимга юз бурмаган - аёл. Аёл эди, Мавлавийнинг Онаси, Аёл эди, бу дунёнинг Ойнаси. Аёл эди, журъатсиз дил Хонаси, Бу оламни ушлаб турган Муҳаббатнинг Сояси... Аёл кимдир? Аёл - ожиза... Ғийбатлардан чиқмаган - аёл. Аёл кимдир? Аёл - мўъжиза, Дунёларга сиғмаган - аёл. Аёл кимдир? Йиғлатган - аёл... Кўксидаги ягона ишқни Фоний ҳисга Тиғлатган - аёл. Аёл кимдир? Кимларнидир, Йиғлатган - аёл. Ҳам йиғлатган, йиғлаган - аёл. Аёл кимдир? Кимларнидир, Кулдирган - аёл. Ҳам кулдирган, кулган ҳам - аёл. Аёл кимдир, айтай дўстларим: Асли - аёл, жони - аёлмас. Аёл кимдир, бу дунёда: Асли - эркак, жони - муаннас... К. 2010 (с)
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy Последний раз редактировалось Kavsar; 28.08.2010 в 16:40. |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
![]() |
#395 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Yana tunim o’tar bedor, behuzur Yana xayolimda ziyo ilinji. Xatto dardlar uchun qilib ming shukr, Qarolik ichidan izlayman inju... To’lin oy osmonda xira ko’rinar, Zulmat darpardasi to’sar nurini. Qaydandir ichimga to’lib ketar zar, Iymon yoritadi qalbim qo’rini... Shubhalar yolg’onchi, Shubha noxolis, Qalbimni ming turli kuyga soladi. Ruhim osoyishdan yurganda olis, Bulut qamar yuzin to’sib oladi... Jimjitlik o’ylarim ketkazar uzoq – Yetti qavat osmon qatlari qayda? Nechun dunyolarga to’lgan ishtiboh, E’tiqodning joni mayda va mayda? Kechalar shu’lani izlab, intiqib, Niyatimda Firdavs bog’iga yetdim. Bitmas qorong’ulik bag’rimni siqib, Subhidam shamolin sog’inib ketdim... Tunim-chi o’tmoqda, bedor, behuzur... (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#396 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Nigohlaring bunchalar mungli, Nigohlaring yoradi toshni, O’rtantirib jonsarak ko’nglim Sinaysanmi sabru bardoshni? Nigohlaring qat’iy va sergak, Kipriklaring – chegarachilar. Kamon otib sarhadim tergab, Paykonlari bag’rimni tilar. Nigohlaring o’ychan, parishon, Bir nuqtaga termulasan jim. Tez orada shubhasiz, ishon, Shu nuqtaga aylanib qolgum... Nigohlaring bu qadar ma’sum – Shabnamlardan olganmisan yo? Yo ko’zdagi yoshmi u yum-yum, Javob bergin, ey, mehridaryo... Nigohlaring shodon, beg’ubor, Bola kabi hayron boqasan. Va bolajon qalbimga dildor, Shu sababmi, juda yoqasan... Nigohlaring taftlari quyosh, Kunduz nuri bilan siylaydi. So’ngra ko’nglim sirin etib fosh, Tunlar sog’intirib qiynaydi... Nigohlaring to’la istara, Isinaman, Tashakkur aytib. Muzliklarga ketgandim, mana, Keldim yana yoningga qaytib... Nigohlaring olar jonimni, Aylantirar tezroq qonimni, Imkon bo’lsa, unga almashgum, Chinu Mochin va Jurjonimni... Shu nigohdan joy ber, iltimos... (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#397 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
* * *
Ko'chalar, daraxtlar Chang. G'ubor bosgan Bir on ezilib, Qor yog'sa edi... Osmonni xiralik, Tumonat bosgan, Yomg'ir-da suzilib Bir yog'sa edi... Balki soyabonim Uyda qoldirib, Boshyalang dalaga Chiqardim, balki... Temur xiyobinin Ortda qoldirib, Toshkentni aylanib Chiqardim, balki... Chiroqlar, chiroqlar, Yashil chiroqlar... Yo'l bering, yo'llarda Yurayin yayov. Chiroqlar, chiroqlar, Katta so'roqlar: "Bu katta yo'llarda Nechun siz yayov?" Ko'chalar, daraxtlar Chang bosgan, xiyol Bir dam ezilib Qor yog'sa edi... Shoirni karaxtlar - Tun bosgan xayol, Yomg'ir ham suzilib Bir yog'sa edi... K. (c) 2010
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#398 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Kuz fasli – ichimning yakkash zaboni –
Yana mehmonimdek kelar uyimga. Armonlar yetalab kelar saboni, Maxzunlik jo’r bo’lar yurak kuyimga... Kuz fasli – dilimda g’alat kayfiyat, Sarhisob aylayman o’tganim – yo’lim Ertam uchun ezgu qilgancha niyat, Xotiram varaqlab ko’rmoqdaman jim... Kuz fasli dardlarim yangilanar-u, Xatolardan asta qochib boraman... O’zligim haddidan oshganim sari Ayblarim bir boshdan ochib boraman... Kuz fasli men bilan uyg’unlashadi – Anduh yaproq yang’lig’ to’kilar bir-bir. Qat-qat bo’lib ketgan ko’ngil bo’shadi, Yolg’iz so’qmoqlarda kezadi taqdir... Kuz fasli – ilinjim ushlab turgan tor, Orzu-chi, qush kabi ketmoqda uchib... Har o’tgan faslda bir alamim bor – Har gal iqbolimni olmadim quchib... Kuz fasli – tabiat xazonrezgisi – Ishqimdek qovjirab borayotgan vaqt – Sokinlik – ertangi portlash belgisi, Va... meni intiqib kutayotgan baxt – kuz fasli (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#399 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Umr sarhisobi - bu mening faslim, Mahzunlik - ko'nglimning ikkinchi nomi. Yaproqlar - bu hayot-o'tkinchi asli, Kuz - hassos qalbimning bitmas ilhomi. Umrim daftarini bir-bir varaqlab, Chuqur xayollarga cho’mgan onimda Orzular manzilin tinmay so’roqlab Armonim noumid turar yonimda... Mahzun kayfiyatning ijrochisiman, Ko’nglim kuyin chalar. Dilda iztirob. Ichimga qaydandir to’lgandir tuman, Mavhumlik qiynoqdir, Mavhumlik azob. Barglar to’kiladi darddek sarg’ayib, Har tushgan yaproqda bitta kunim bor. Daraxtlar yalang’och qolar mung’ayib, Beshafqat bu vaqtdan olar xunim bor... Qadrim ba’zan qimmat, Ba’zida arzon, Oqar suvdek o’tar vujudimda qon... Bu fasl – imonim solingan mezon, Bu fasl – oxirat uchun imtihon... (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#400 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Sog’inchdan sarg’aygan vayrona dilim,
Xazon barg singari bormoqda qurib. Faqat...umid ortdan ergashmoqda jim, Tetapoya qilib, emaklab, yurib... Tilka-pora bo’lgan hislar bo’zlaydi, Yo’lini yo’qotgan ko’zi ko’r xijron. Imon jaholatdan ziyo izlaydi, Bechora tanamni tark etolmas jon. Intiqib, yo’l qarab charchagan ilinj, Halovatni dushman tutmoqda asta. Go’zallikni sevgan tuyg’ular notinch, Yuragim holsizdir, yuragim xasta... Chap ko’ksim o’rtanar, yonar beolov. Mushtdek qalb qafasi shunchalar tormi? Gunohlar uchunmi, yoki bu siylov? E, voh, dardlarimga davolar bormi? Javob topolmayin, ichim kemirar Azobim, qiynog’im, ga’mim, anduhim... O’tgan har bir kunim umrim yemirar Osoyishta makon qidirar ruhim... Tilab, yolvorganim, so’rab tolganim – Umidimdan hargiz ayirib qo’yma... (c)
__________________
Мой ЖЖ Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 05.09.2010 в 15:56. |
|
Ответить |
"+" от:
|
|