|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#31 |
![]() ![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
"Маърифат" газетасида рукннинг навбатдаги маколаси 22 март куни чоп этилди. "Бепул сайт" сарлавхали маколада ZiyoNET да сайтлар очиш ва унинг ахамияти тушунтирилади. Макола билан шу ерда хам танишиш мумкин.
|
|
Ответить |
![]() |
#32 |
![]() ![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
ZiyoNET Ресурс Маркази томонидан утказилаётган "Планета" Интернет марафони хакида газетанинг 2 апрел сонида макола чоп этилди. Шунингдек, унда НР компанияси томонидан утказилаётган "Энг яхши мактаб сайти" танлови хакида хам хабар берилди.
|
|
Ответить |
![]() |
#33 |
![]() ![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
"Планета" Интернет марафони хакида махсус хабар тайёрланди ва Халк таълими вазирлиги худудий бошкармалари тасарруфидаги 14 та газета-журналларга етказилди. 1 сентябрга кадар ушбу нашрлар Интернет марафон юзасидан хабар ва маколаларни ўз сахифаларида бериб боришади.
|
|
Ответить |
![]() |
#34 |
![]() "Tex samara servis"
Директор
Сообщений: 59
+ 18
23/14
– 0
0/0
![]() |
ZiyoNET Ресурс Маркази томонидан утказилаётган "Планета" Интернет марафони хакида ва ZiyoNETнинг бошка янгиликлари хакидаги маълумотларни "Маърифат" газетасидан укиб боряпмиз. Мен уйлайманки, купчилик инсонлар мана шу янгиликларни укигандан сунг, интернетдан фойдаланаётганлар сони анчагина купайса керак...
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#36 |
![]() ![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
25 апрель. Жума. "Узбекистон" телерадиоканали.
"Ассалом Узбекистон" дам олиш курсатувининг тонгги ва такроран берилдаиган кундузги сонлари. "ZiyoNET" ва "Планета" марафони юзасидан Халк таълими вазирлигидаги булимдан тайёрланган тележурналист Азима Киёсованинг махсус лавхасини томоша килинг. |
|
Ответить |
![]() |
#37 |
![]() ![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
http://www.connect.uz/forum/index.php?showtopic=1193
Ушбу форумга 24 апрел куни 14.00 дан 16.00 га кадар ташриф буюринг ва "Планета" марафони юзасидан педагоглар иштирокидаги махсус мавзуда фаол катнашинг. |
|
Ответить |
![]() |
#39 |
![]() ![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
ZiyoNET нинг фаолияти, Узбекистондаги ахамиятини бир катор олимларимиз илмий тадкикотларида урганишни бошлаб юборишган. Бу албатта, кувонарли. Масалан, ёш тадкикотчи Дилмурод Шоумаров уз илмий ишларида ZiyoNEt фаолиятини хам тадкик килмокда. Унинг "Жамият" газетасидаги навбатдаги AXBOROT ASRIDA MA`NAVIY QADRIYATLAR номли маколасида тармок хакида хам суз кетади. Газета сахифасида макола матни остида Ziyonet логотипи хам фон сифатида жойлаштирилган.
Макола билан танишинг: Ma`lumki, XXI asr - axborotlashgan jamiyat asri, deya e`tirof etilmoqda. Axborotning tez va sifatli aylanishini ta`minlash mamlakatlar taraqqiyotining bosh mezoniga aylanib bormoqda. Mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish, jamiyat iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o'zgarishlar iqtisodiy islohotlarning muhim yo'nalishlaridan hisoblanadi. Sababi ushbu yo'nalish axborotlashgan jamiyat rivojida va mamlakat iqtisodini ko'tarishda o'ziga xos tarmoq rolini o'ynaydi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan milliy manfaatlarga zid bo'lgan g'oyalarni targ'ib qilish hamda kishilar ongini zaharlovchi vosita sifatida ham keng foydalanilayotgani sir emas. Bunday sharoitda aql-idrokka suyangan kuchli jamiyatgina yuksak ma`naviyatga erishishi mumkin. Axborot texnologiyalari taraqqiyoti mamlakat iqtisodiyotiga, shuningdek, xalqning milliy ma`naviyati shakllanishiga ham jiddiy ta`sir ko'rsatayotgan bir vaqtida, xalqning turmush tarzi va mentalitetiga yot bo'lgan axborotlarning haddan ortiq ko'p kirib kelishi, targ'ib qilinishi ham milliy ma`naviyatning tub ildizlariga zarar yetkazishi mumkinligini unutmaslik lozim. Ta`kidlash kerakki, axborot texnologiyalarining rivojlanishi, axborotlar tarqalish tezligi keskin oshishi mamlakatlar, jamiyatlar, ijtimoiy guruhlar orasida manfaatlar to'qnashuvini ham keltirib chiqarmoqda. Shu sababli, fuqarolarning ongi, avvalo, yoshlarning ma`naviyatiga salbiy ta`sir etadigan ma`lumotlardan saqlanish maqsadida, vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhidagi milliy axborot resurslarini shakllantirish tizimini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifani amalga oshirish borasida bugungi kunda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan "ZiyoNET" jamoat ta`lim axborot tarmog'i tashkil etildi va unda axborot resurslarini joylashtirish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Eng avvalo, mazkur tarmoqda ta`limga oid barcha turdagi axborot resurslari - ma`ruzalar, qo'llanmalar, ilmiy adabiyotlar, referatlar va boshqa turdagi materiallarning jamlanishi talaba va o'quvchilar orasida ushbu tarmoqqa qiziqishning kuchayishiga, bu esa, o'z navbatida yoshlar ongiga ba`zi noxolis xorijiy saytlar ta`siri kuchayishining oldini olmoqda. Mamlakatimiz maktablari, akademik litseylar, kollejlar, oliy ta`lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar hamda boshqa ilmiy-ta`lim va madaniy-ma`rifiy tashkilotlar - jami 12 000 ga yaqin muassasalarni xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan internet tarmog'iga ulash asosan "ZiyoNET" tarmog'i orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonlarni 2010 yilga qadar tugallash ko'zda tutilgan. Axborot resurslarini "ZiyoNET" tarmog'i resurs markazining texnologik maydonchasida joylashtirish, saqlash va qo'llab-quvvatlash, shuningdek, elektron pochta xizmatlari maktablar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o'quv yurtlari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar hamda boshqa ta`lim, ilmiy va madaniy-ma`rifiy muassasalardagi foydalanuvchilarga xizmati bepul ekanligi e`tirof eitsh lozim. Bu esa globallashuv sharoitida milliy g'oya va qadriyatlarimizni yoshlar ongiga va qalbiga singdirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Dilmurod SHOUMAROV, Tadqiqotchi Газетанинг 30 май сонидан. |
|
Ответить |
|