Alixonto`ra Sog`uniyning hayoti va faoliyati
|
|
Hurmatli forumdoshlar. Ko'pchilikka ma'lum bo'lgan shaxs Alihonto'ra Sog'uniy haqida, u kishining ko'pchilikka noma'lum hayot va ijodi haqida fikr yuritiladigan mavzuga hush kelibsizlar.
Kiril harflarida ushbu mavzuni olib borsam qiziqadiganlarni soni ancha oshishi mumkunligini bilgan holda baribir o'z ona tilimizni lotin alifbosidagi ko'rinishda olib bormoqchiman. Chunki o'sib kelayotgan avlod kiril alifbosini deyarli tushunmaydi i shunisiyam yaxshidir, balkim.
Mavzu avvalidan o'zimni shu kishiga nisbatimni aytib qo'yay. men Alihonto'ramning abiralari bo'laman.(yani nevaradan keyingisi). Faqat bu kisini ijodi va hayot yo'lini izlanishida aqrabolik mutaassibligiga yo'l qo'ymayman, yani harakat qilaman. Chunki bu kishini hayot maqsadi, huddi Amur Temur bobomiz aytganlaridak "Kuch - adolatdadir" shiori ostida bo'lib o'tgandir. Mutaassiblikka berilish, nafaqat u kishiga balki Adolatga hiyonat qilgan bo'laman. Chunki adolatni na dini va na millati bor. Adolat oldida hamma barabardir.
|