|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#381 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Нечун сен ёзмайсан инжа канотинг, Яна тортмакдами ушал мудхиш тун, Уфкда учдими, эй, куёш, отинг. Очгил кузларингни. Нашъа соч. Борлик Ок эркин ичрадир. Хар нарса ок. Ок. Севгилим, бу сенинг кузингга боглик, Шодлик. Нур тошкини. Бу чаман. Бир бог... Булар бари сузлар-ку, ахир сузлар. Кайларга йикилар бир кун, беомон Кузинг осмонидан учган юлдузлар?! Кузингнинг каърида юкинар, излар, Ёруг сохилларни асрдийда жон... Мангулик осмони-бу теран кузлар. Рауф Парфи |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#382 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Rubobiy she'r yozsam...
qaytsam bir nafas... hamisha musaffo chashmani ko`rsam, qoraygan cho`qqilar qoriga qarab, bir nafas xayolchan o`snirga do`nsam. Voh, o`shal lahzalar... o`tdimi butkul gunafsha atirli tansiq tuyg`ular, sahargi bog`larni uyg`otgan bulbul, oylarning nurlarin elagan suvlar. Yashil shajar edim... Qandoq sog`indim... ko`zimni yashnatsa rubobiy ranglar. Qaysi bir dunyoga buncha og`rindim, dilimni qaritdi besamar janglar. Men jangchi emasdim, men shoir edim, nihoyat shoirdan ko`ra zobitman, har nafas musulmon millatim dedim. nafsiga kuyganlar keldi oqibat. Haromni xush ko`rgan malakfurushlar zig`irday himmatin qilganda minnat, yaproqday sarg`ordim buyuk urushda musulmon yo`q edi, yo`q edi millat. Bas, qushlar sayroqi, yaproqlari mo`l yashil shajar kabi turay mushakkal, ilhomim haqida so`ylasinlar xo`b, zaharli tilimdan to`kilsin shakkar. Rubobiy sabolar ruhimdan esing, qaytadan uyg`onsin ilohiy tug`yon. Voh, yalang shoxlarim qilichday keskir, bir yaproq qolmaptir shivirlayturg`on. Shavkat Rahmon.."Iqror"
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#383 | |
Цитата:
G'ariblik shahrida o'lsam, meni yo'qlar kishim bormu? Qani qavmu qarindoshim, bu yo'lda bo'lsa yo'ldoshim, Ko'zumdin oqizib yoshim, meni yo'qlar kishim bormu? Muhabbat sharbatin ichtim, qazondek qaynabon toshtim, Bu foniy dunyodin kechtim, meni yo'qlar kishim bormu? Tushubdur boshima savdo, ramuzu ishqdin g'avg'o, O'ziga ayladi shaydo, meni yo'qlar kishim bormu? Turarga toqatim yo'qtur, yurarga holatim yo'qtur, Yurakda ishq o'ti cho'qdur, meni yo'qlar kishim bormu? Qarorim yo'q turay desam, Namangonda yuray desam, Jahonni sayr etib kezsam, meni yo'qlar kishim bormu? Bu miskin zor Mashrabni kishi holini bilmaydur, Bu yerdin bosh olib ketsam, meni yo'qlar kishim bormu? Boborahim Mashrab - Meni yo'qlar kishim bormu |
||
|
Ответить |
![]() |
#384 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Ul xasta vujudimni meni o'rtadi butkul,
Ul zulfi parishon, Ul gul yuzining ishqida men volai bulbul, Ul g'unchai xandon. Bir rahm qilib so'rmadi holimni nechuk deb, Ul orazi gulgun, Yuz va'da qilib birga vafo qilmadi bir yo'l, Ul va'dasi yolg'on. Boborahim Mashrab Последний раз редактировалось Ozoda Umarova; 18.11.2008 в 11:10. |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#385 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Nafis chayqladi bir tup na'matak
Yuksakda, shamolning belanchagida, Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul, Viqor-la o'shshaygan qoya labida, Nafis chayqaladi bir tup na'matak... Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil, Vahshiy toshlarga ham u berar fusun. So'nmaydi yuzida yorqin tabassum, Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun Quyoshga tutadi bir savat oq gul! Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum... Nafis chayqaladi bir tup na'matak... Shamol injularini separ chashmadak, Boshida bir savat oq yulduz-chechak, Nozik salomlari naqadar ma'sum. Tog'lar havosining feruzasidan Mayin tovlanadi butun niholi, Vahshiy qoyalarning ajib ijodi: Yuksakda raqs etar bir tup na'matak, Quyoshga bir savat gul tutib xursand! Oybek..."Na'matak"
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#387 |
Nahot, she’rlar aytdim
bo`shliqqa qarab, nahotki, sovrildi olov so`zlarim, nahotki haq bo`lsa, el-u yurt asli, quruq so`zlar degan gumroh do`stlarim?! Nahot, bekor o`tdi gulday umrimning ming yilga tatirlik oltin choqlari, nahot biror ruhni uyg`otolmadi shoir yuragimning qaldiroqlari?! Nahotki, birorta dilga yetolmay, behuda sarflanib qancha kuch-chidam, kelib ketaverar yorug` dunyoga, kelib ketaverar menday kuychilar?! Menga minbar emas, unvonlar emas, latta chechaklaru ehsonlar emas, olov bir sahroni, yurtim xayoli nurga gurkiragan sahro bering, bas. Erku muhabbatning muxtor elchisi — yotmasman tuproqqa do`nib, tinchlanib, jasadim tirikdir yorug` dunyoda, oyning sinig`iday chaqnar sinchlarim. Agar yetti qavat yerning qa’rida yotsam-da larzaga solib havoni, elimning yuragin topar baribir jismimni kuydirib uchgan ovozim. Shavkat Rahmon - Ovozim |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#388 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Ma'yus edi sening ko'zlaring g'oyat,
Go'yo yolg'iz o'rmon barglarin to'kib. Qora yorqinlikka shivirlar oyat, Ko'zlaringni tinglayapman entikib. Ayricha ko'ringay har kasga dunyo, Borliqning savdoli ishlarin o'ylar. Parpirab yonardi yulduzlar go'yo, Ruhning manguligin yondirar ular... Zanjirmi Sharq qizining qo'llarinda, Bir kuch topilmasmi, kishan sinmasmi, Sharq qizi, Sharq qizi, endi kulmasmi? Malomat tutqunlik mangu o'lmasmi? Bir sovuq mozormi yo'llarida, Erkinlikning porloq nuri inmasmi? Rauf Parfi |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#390 | ||
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Хазажи мусаммани ахраби макфуфи махзуф куйидагича рукнларга ажратилади. Мисраларни рукнга солиб куринг: Цитата:
Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 14.11.2008 в 09:27. |
||
|
Ответить |
3 "+" от:
|
|