|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#352 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Vujudim xayolga aylansa edi,
Xayoldek uchishga bo'lsaydim qodir. Biк zumda bosardim masofalarni, Sening huzuringda bo'lardim hozir. Qancha yiroq bo'lma, qanchalar olis, oshib ummonlardan sarhadma-sarhad, Uchardim go'yoki falakda yulduz, Sening manzilingga yetardim, albat. Ammo, hayhot, meni o'ldirar bu dam, Men xayol emasman, degan bir xayol. Men-tuproq va suvdan yaralgan odam, Uchmoqqa qaydanam topardim majol? Tuproqman, tuproqqa qo'yib boshimni, Suvdek oqizaman ko'zdan yoshimni... Wil'yem Shekspir |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#353 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Ўйлаймангки, унинг қалби йўқ-
Кўпни севар, кўпни кўзлайди. Ҳамма билан бўлса ҳам дўст, шўх- У бир дардкаш қалбни излайди. Ҳаёт такрор учраштираркан, Кимни „сен“лаб, кимни „сиз“лайди. Йўқ, уларга бермайди у тан- У бир дардкаш қалбни излайди. Дерсиз „ошиқ“лари эмас кам, Ў, қанчаси унга сўзлайди“. Дил розларин тинглаб туриб ҳам- У бир дардкаш қалбни излайди. Ёки деманг „қиш совуғидай,- Унга яқин юрган музлайди“. Ўзгаларга ҳарорат бермай- У бир дардкаш қалбни излайди. Деманг, маюс тортиб қолган дам- „Унутган ошиғин эслайди“. Ишончини ҳамон қилмай кам, У бир дардкаш қалбни излайди. Ҳалима Худойбердиева
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#354 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Sirlar sabablari sir
Yetti o’lcha, bu hayoting Oddiy keldi-kettimas, Osmon, zamin qati va rang Soni bejiz yettimas. Sir ko’p sirli bu olamda Sirlar ongda uyular, Biz bilmagan barcha narsa Mo’jizaviy tuyular. Son-sanoqsiz sayyoralar Aylabon sokin sayr, Pat-qanotsiz hamda unsiz Uchsalar misli tayr… Bir jismni bir bo’shliqda Sen muallaq qotir-chi! Eplolmassan… Nega debon Miyang o’yga botirchi. Pul behisob jismlarni Tergan ma’lum tizmiga, Barchasini, shak-shubhasiz, Bo’ysundirgan izmiga- Bu ne xilqat, bu ne kuchdir, Nega hayron qolmassan? Atrof to’la tirik misol, Nega ibrat olmassan?! Maysa-yashil, ko’mir-qora, Qor va paxta nega oq? Bilmagaylar hanuz sirin, Bekor boqma, o’ylab boq! Bir muddatga yashil bo’lib Yashnagan har bir yaproq, Tus yo’qotgay jon taslimda, Xazon fasli kelgan chog’… Abdug'ofur Sobir Mirzo |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#355 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Hozirgi holat haqinda
Shaharlaring suv bosmoqda, O’rmonlaring yonadir, Bul barchasi, balki yaqin Jazodan nishonadir?! Yerning qay bir nuqtasida Tinmas to’fon, dovullar, Qayda bilmam, qahatchilik, Qayda olob lovullar. “Yutuq”laring tutunlari To’lmoqda shaharlarga, Sof havolar o’z o’rnini Topshirar zaharlarga. Ekinlaring suvga zordir, Dengizlaring suv so’rar, Borliq bu hol sababini Sening fe’lingdan ko’rar. Zaminga ayt endi uzring, Unutmagil jazoni, Tavba qilgil, tazarru qil, Tinch qo’y endi fazoni! Otish, titish va qo’porish Bilan yer bag’rin o’yding, Bu ham kamday, kimyo ila Giyohvand qilib qo’yding. Yer bag’rini o’yma bu choh- O’z halokat chohingdir, Zamin senga Vatan, axir, Beshik – qarorgohingdir. Ona yerdan rizq topib sen Yegaydursan, kiyarsan, Unga ozor orttirishdan O’zni qachon tiyarsan?... Abdug’ofur Sobir Mirzo |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#357 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Kuz yomg'iri
Xazonlar ergashdi armon xayliga, Kuz vido istadi ko'ngil mayliga, Yomg'irlar yog'adi hijron saylida, Kuz yomg'iri, hijron yomg'iri. Na ko'z - tikarga, na umid - bog'larga, Na so'z - aytarga, na dimog' - chog'larga, Na gul - sevarga, na ko'ngil - dog'larga, Kuz yomg'iri, hijron yomg'iri. Ilinj sahrosida bir juft so'z sag'ir, Suymog'ing osondir, kuymog'ing og'ir, Qantarday umid ham bormoqda og'ib, Kuz yomg'iri, hijron yomg'iri. Armon ajr bo'ldi, fajr bo'lmadi, Ko'ngil qaqnus bo'ldi, g'ajir bo'lmadi, Na suygu, na kuygu vojib bo'lmadi. Kuz yomg'iri, hijron yomg'iri. Ko'ngil yog'ar, shivillaydi maydalab, Bir kuy bo'lib, ostonangdan haydalar, Egam, egam, ne dardingki, qaytalar? Kuz yomg'iri, hijron yomg'iri. Faxriyor |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#358 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
O'tmish og'rir
A. Voznesenskiy O'tmishning issig'in o'lchamoq uchun kamlik qilar simob zahiralari. Yuzidan qon qochar, rang borar o'chib- sarg'armoqda kitob sahifalari. O'tmish tildan qolgan. Dardini esa yozib ko'rsatadi eski yozuvda. Biz o'qiy olmaymiz. o'rgatgin, desak, Muallim harflarni yozadi suvga. Faxriyor, 1986-yil |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#359 |
![]()
Сообщений: 589
+ 1,042
486/242
– 0
0/0
![]() |
Умримни уткинчи сабога бердим.
Энг сунгги чакамни гадога бердим. Бу телба рухимни Худога бердим... Сабо олиб борди - гадога берди, Гадо йиглаб борди - Худога берди. Худо мени сенга хатога берди. Сен мени кимларга бердинг азизим?! Зебо. Мирзо Последний раз редактировалось Gulnora Voisova; 09.09.2009 в 16:19. |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#360 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Бу шеър "Дилдаги сатрлар"мавзусида олдинги сахифаларда бор эди-ку. |
|
|
Ответить |
|