|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#341 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Она айтганин килган - юртда асло кам булмас, Дуо олган кунгилда хафачилик-гам булмас. Афсусланманг, Гулингиз газалин укиб олинг, Не демокчилигин Сизга кузидан билиб олинг. Барча гулнинг ифори узига ярашадир, Хар бир инсоннинг БАХТИ сузига ярашадур. Н.У. |
|
|
Ответить |
7 "+" от:
|
![]() |
#342 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Istiqlol muborak
Shukronalar aytay Robbimga ming bor, Bu go’zal yurtimninghar fasli bahor. Chunki bu mehrdan yaralgan diyor, Istiqlol muborak O’zbekistonim! Osmonday musaffo iymoning sening, Nomardlik qilmaydi o’g’loning sening. Axir boshingda bor Isloming sening, Istiqlol muborak O’zbekistonim! Har bir giyohingda aks etgan tinchlik, Shioringa aylandi bugun ahillik. Alloh senga nasib etdi mustaqillik, Istiqlol muborak O’zbekistonim! Anoraxon |
|
Ответить |
![]() |
#343 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Vatanim
Alloh tuhfa qilgan shunday bo’stonni , Navoiy, Boburlar bitgan dostonni, Avaylab –asraylik o’zbekistonni, Mo’tabar, muqaddas aziz Vatanim! Onamdek go’zalsan, otamdek aziz, Doim hamrohimsan she’rimdek laziz, Bayrog’ing yuksakdan tushmagay hargiz, Mo’tabar, muqaddas aziz Vatanim. Bir siqim tuprog’ing tillolarga teng, Qizing yoqa bo’lsa, o’g’lonlaring yeng, Barcha o’lkalardan go’zaldirsan eng , Mo’tabar, muqaddas aziz Vatanim. Navoiy, Boburlar bosgan iziman, Kelajagi porloq bir yulduziman, Islom boboimning shoir qiziman, Mo’tabar, muqaddas aziz Vatanim. Anoraxon Последний раз редактировалось Umida Shodiyeva; 01.09.2009 в 00:08. |
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#344 |
![]() ![]() |
KO'Z QORASI
Ko‘z qorasi – yurakdagi dog‘lardan, Soch qirovi o‘tli-o‘tli ohlardan. Men do‘stimni alqab so‘z aytay desam, Alpomishlar bo‘zlab chiqar chohlardan. Qancha gunoh oldimda-yu izimda, Netay, hatto o‘zim yo‘qman izmimda: Ruh siltanib, chiqib ketar tizgindan – Sharob hidi kelsa kuzgi bog‘lardan. Do‘stim, bizlar boshqa-boshqa taqdirmiz, O‘zimizcha to‘g‘ridirmiz, haqdirmiz. Balki kurtakdirmiz, balki bargdirmiz, Lekin meva tilamasmiz shohlardan. Oshiq ahli yo telba yo mast kelgan, Suvdan sokin, maysadan ham past kelgan. Men bilganlar bari dilshikast kelgan, Ko‘ngil so‘rab ko‘rmaganman sog‘lardan. Dilga kulrang soya tushar zog‘lardan, Yo tosh ko‘char, yo sel kelar tog‘lardan. G‘amli she’rlar yozmas edim, na qilay – Hanuz sado kelmas Qo‘qon yoqlardan. 2001(I. Mirzo)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#345 |
![]() ![]() |
SEVGI DEGANLARI
Nazokatni qaydan olgan kapalak, G‘uvillab, nimadan so‘ylaydi kaptar? Nimaning tasviri, ayting, kamalak? Sevgi deganlari yo‘q bo‘lsa agar. Ne bois qizarib ketdi atirgul, Nasimlar nelardan keltirdi xabar? Kimning qiynog‘ida to‘lg‘onar sunbul? Sevgi deganlari yo‘q bo‘lsa agar. Kimni kutib chatnab ketar harsangtosh, Momogulduraklar nahot besamar? Qanday qudrat bilan aylanar quyosh? Sevgi deganlari yo‘q bo‘lsa agar. Ilon ham qovushar, garchi zahri bor, Chayon o‘z juftiga tutadi shakkar. Ko‘ngilning yurakdan nima farqi bor – Sevgi deganlari yo‘q bo‘lsa agar. 1997(I. Mirzo)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#346 |
![]()
Сообщений: 589
+ 1,042
486/242
– 0
0/0
![]() |
Мен хайкал тикладим
Қўл билан тиклаб бўлмас ҳайкал қўйдим ўзимга. Халқнинг келар йўлини майса-ўтлар қилмас банд: У магрур қад кўтарди бош эгмасдан таъзимга. Александр қуббасидан ҳам баланд. Йўқ, бутунлай ўлмайман — қалбим яшар лирамда, Тупроғим-ла чиримай, яшайди у то абад. То бирон шоир-поир қолар экан оламда, Мени сира тарк этмайди шон-шуҳрат. Овозим-ла чулғанур поёни йўқ улуғ Русь, Ундаги барча эллар мени ёдлайди ҳар дам. Магрур славян насли, бугунги авом тунгус, Фин халқию даштлар дўсти қалмоқ ҳам. Узоқ замон халқ меҳрига бўлажакман мушарраф, Чунки, рубобим билан эзгу ҳислар туғдирдим. Шу ёвуз замонамда куйладим эркни мақтаб, Хор-зорларга ачинмоққа чақирдим. Тангри ҳукмидан чиқма. эй илҳомим париси, Ранжида хотир бўлма, тожу гулчамбардан кеч, Лоқайд қабул эта бер мадҳу туҳмат барисин. Аҳмоқ билан эса ўчакишма ҳеч. А. С. Пушкин |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#347 |
![]() ![]() |
KUZNI BELGILAMAS
Kuzni belgilamas bittagina qush, Qayg‘urmang bir dona yaproq sarg‘aysa. Hali bog‘ingizda kurtak otar nish, Yerning hovuridek chayqalar maysa. Tasodif deb biling ranjitgan bo‘lsam, Payqamasdan yangi ko‘ylagingizni. Ehtimol xayolga cho‘mganman bir dam, Sog‘inib bahoriy bo‘ylaringizni. Esingizda bormi? Hech kim yo‘q edi, Hech narsa yo‘q edi sevgidan bo‘lak. Qornimiz muhabbat bilan to‘q edi, Sevgimiz – boshpana, sevgimiz – ko‘ylak. To‘pidan ertaroq uchar tentakqush, Ertaroq sarg‘ayar eng zaif yaproq. Fojia emasdir yolg‘iz xo‘rsinish, Ishq sha’min o‘chirmas bittagina oh. Ammo eslaysizmi? Qo‘qon shamoli Sochingizni hamroh aylagan payti Yuzingizni ikki kaftimga olib, Ilk bor ismingizni boshqacha aytdim. Eslolmaysiz. Mayli, kuyunmang zinhor, Jovdirab osmonga, bog‘larga boqmang. Yodimda, o‘shanda boshlangan bahor Bitta so‘z, bitta qush, bitta yaproqdan. 1997(I. Mirzo)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#348 |
![]() ![]() |
XAZON SOKIN QUYILARDI
Xazon sokin quyilardi – kech kuz edi, Ko‘nglim kuzdan abgor edi – muz-muz edi. Nigohimdan diydiragan hashoratlar Kechagina parpiragan yulduz edi. Ostonadan oyoq uzib chiqib ketdim, U ostona emas, balki ildiz edi. Afsun tekkan kabi barcha yaqinlarim, Qancha yaqin borsam shuncha olis edi. Butun dunyo qarshi edi menga, ruhim – Qilichmonand yalang‘och va yolg‘iz edi. Zahar ichib so‘ng pushaymon bo‘lgan kabi Bu olamdan ko‘nglim to‘la afsus edi. 1996(I. Mirzo)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#349 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Zulfiyaxonim qizimiz
Vatanning umidi ulkan bizlardan, Shu chanqoq mehrga to’la ko’zlardan Ko’ngillar quvonsin maqtov so’zlardan Bizlar O’zbekiston yorug’ yuzimiz, Zulfiyaxonimning shogirdlarimiz. Maqsadimiz bo’lish millatning faxri Ufurar har dilda do’stlikning sehri. Chunki bu ahillik, inoqlik shahri Bu yurtning chaqnagan hur yulduzimiz, Zulfiyaxonimning shogirdlarimiz. Anoraxon |
|
Ответить |
![]() |
#350 |
![]() ![]() |
Yurt sog`inchi
Sog`indim-ku o`zbegimning navolarin Bobo Quyosh, mo'tadil ob-havolarin, Tongda esgan mayin - mayin sabolarin, Bo`z to`rg`aylar sayrashi-yu bulbullarin sadolarin. Maroqlidir qo`y- echkilar ma'rashi ham, To`r qovoqda bedanalar sayrashi ham, Cho`pon nayin nag`ma-navo aylashi ham Oqibatninig mehr inin boylashi ham. Farishtali, nurli yuzlarni sog`indim, Mehr nuri balqqan ko`zlarni sog`indim, Shakarguftor, shirin so`zlarni sog`indim, Latofatli, go`zal yuzlarni sog`indim. Jamila Ubaydullayeva (06.03.2009)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
|