Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 11.10.2010 16:26   #331  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
“Shunday bir kino bo‘lsaki, ko‘z uzmay tomosha qilsang, yig‘lasang, kulsang, iztirob chekib ham quvonsang”. Bu — ko‘pchilikning ko‘nglidan o‘tadigan gap. Umuman olganda, har qanday asar hayot haqiqatini o‘zida aks ettira olsagina, qalblarni larzaga soladi, boy taassurot beradi va uning ma’naviy olamini boyitadi. Hozir kinosaroylarga tushgan kishi o‘zbek kinolarining ham ko‘payayotganiga tan beradi. Kinoijodkorlarimiz yaratayotgan ekran asarlarida bugungi kun nafasi, zamondoshlarimiz qiyofasi ko‘rsatib berilmoqda.


...zamonaviy filmlarning ko‘pligi yomonmi, degan savol tug‘iladi. Afsuski, “O‘tov”, ”Chashma”, ”Vatan” kabi tomoshabinni o‘ylashga undaydigan filmlarimiz safi ko‘zni quvontirgudek uzun ro‘yxatni tashkil qilmaydi. Savol tug‘iladi: mukammal kino yaratish uchun puxta stsenariy yetishmayaptimi yoki aktyor va rejissyor mahorati?

Kinoshunos Hamidulla Akbarovning “Kino-teledramaturgiya: nazariya va amaliyot” kitobidan: “Stsenariy bo‘lajak filmning ekrandagi umri uzoq yoki qisqa bo‘lishini belgilab beradi. Bir yarim soat vaqt davom etadigan zaif filmni 500-600 ming tomoshabin ko‘rsa, qancha vaqt bekor ketganini hisoblab ko‘ring. Yetuk adiblarimiz bu holni hisobga olib, ijod etganlar yoki kinoni bir olam bilib, stsenariy yozish mas’uliyatini hamisha his etishgan. Ularning kinodagi faoliyati muayyan rejissiyor, aktyor, hatto rassom va operator bilan bog‘liq bo‘lgan.” Demak, kinoning mukammalligi bir kishiga emas, balki ko‘p kishining harakatiga bog‘liqdir.

Jahongir Qosimov, «O‘zbekkino» milliy agentligi direktor o‘rinbosari: — Bugungi kunda yaxshi stsenariyni topishning o‘zi muammo. Stsenariy mualliflari va rejissyorlarning mahorat maktabi ochilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Eng achinarlisi, aksariyat stsenariylar buyurtma asosida tezkorlik bilan yozil*yaptiki, shu bois ham umr*boqiy kinolar kamdek.

Sunnat Aznarov, «O‘zbekkino» milliy agentligi bosh muharriri: — 2008 yilda 25 ta badiiy film, 10 ta multfilmni suratga olish rejalashtirilgan edi. “Afyun girdobi”, “Telba” kabi film*larimiz tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olindi. Ko‘pchilik muxlislar xususiy kinostudiya bilan davlat kinostudiyasi mahsulotlarini almashtirib qo‘yyapti va natijada har qanday xulosa ikkalasiga ham tegishli bo‘lib qolyapti. Kinoni birinchi marta suratga olayotgan yosh re-jissyorni tushunish mumkin, axir bola ham birdan chopqillab ketmaydi. Lekin faoliyatini ancha avval boshlagan rejissyorlar ham ba’zan yengil-elpi kino ishlayotganini tushunolmayman.

Aslida, kino ham kishiga ma’naviy, ruhiy ozuqa berishi, fikrlashga, izlanish va yaxshilikka intilishga undashi bilan qadrli bo‘lishi lozim emasmi?!



Yuqorida ajratib ko'rsatilgan savollarga javob berasizlar, degan umiddaman, qadrli Forumdoshlar!
Salom Forumdoshlar!
Kinoning ma'naviyat boyitilishidagi xissasi juda katta bo'lishi va shu jarayonda muhim o'rin egalla olishi mumkin.

Albatta, har qayerda bo'lganidek, kinematografiyada ham uning moliyaviy sharoiti kino sifatiga ta'sir etadi, uning sifati esa, aksincha, uning moliyaviy sharoitiga ta'sir etadi.

O'zbekistonda yahshi rejissyor, stsenariy mualliflari, aktyorlar, umuman iste'dodli insonlar kam desak adashamiz, menimcha. Yagona muammo: ular hayot davomida hohlab-hohlamay boshqa sohalarga kirib ketishligidadir. Misol uchun, ikkitadan diplomi bor haqiqiy ziyoli insonlar, matematik-fiziklar, adabiyotchi, tarixchilarimiz, buyuk iste'dodlarimiz g'ish terish, suvoq ishlari, chorvachilik, dehqonchilik, bozorlarda savdo-sotiq (aynan shu sohada aktyorlikka iste'dodi yuqori insonlarni ko'p uchratganman) bilan shug'ullanayotganlarini guvohi bo'lamiz. Aytib o'tay, yuqorida keltirgan sohalarni yerga urayotganim yo'q, balki inson o'zi o'rgangan, o'qigan sohasida emas, boshqa sohalarda faoliyat ko'rsatayotganligiga urg'u berilmoqda. Ishlayotgan sohasining "S" harfini tushunmaydigan insonlarni korhona yoki tashkilot direktorlari bo'lib o'rnashib olganlarini ham ko'p ko'rganmiz. Menimcha, iste'dodlarimizni olamondan ajratib olishimiz ichun oddiy halq orasida ko'proq turli xil musobaqa-konkurslar o'tkazishimiz lozim.


Bugungi kunda, o'zimiz guvohi bo'lyapmiz, ko'pincha o'zbek kinematografiyasida homiylik qilayotgan guruhlar rejissorning yoki stsenariyning tanlanishiga, unga o'zgartirishlar kiritilishiga ta'sir ko'rsatadilar. Aktyorlikka, bosh rollarga o'z nomzodlari (odatda, qarindosh-urug'lar) ni qo'yishga harakat qiladilar. Iste'dodi bo'lsa-ku bunga qarshilik yo'q. Ammo menimcha, qo'pol qilib aytganda, kino sohasidagi 80% ishtirokchilar unga professional yondoshmaydilar. Albatta, qo'l ostida boridan foydalanishga majbur. Natijada, o'sha toz, o'sha tog'ora.

Kinoning sifati oshishida faqatgina rejissor emas, balki stsenariy muallifining, aktyor tanlashning (kasting), mablag'ning (homiylar) o'rni juda katta deb o'ylayman.

Shuning uchunmi, bilmadim, chet mamlakatlarda ishlangan filmlarni o'zbek tiliga tarjima qilish, o'girish kengroq tus olgan.

Последний раз редактировалось Abdulaziz Muhammad; 11.10.2010 в 16:49.
Ответить 
"+" от:
Старый 12.10.2010 08:19   #332  
Аватар для axmedovshuhrat
Оффлайн
Сообщений: 265
+ 25  96/69
– 1  19/10

Uzbekistan
ўзбек киноларида ўпишиш сценалари олдинлари яхши йўлга қўйилган эди, масалан, "Ўткан кунлар"да Отабек ва Кумуш учрашуви, "Тўйлар муборак"да куёв ва келин. Умуман бизда нега ҳозирги кунда бундай сценалар қўйилмай кетди?
Ответить 
Старый 12.10.2010 10:05   #333  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Lutfillo Tursunov
Оффлайн
Xabar
Сообщений: 1,597
+ 745  1,505/647
– 2  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от axmedovshuhrat Посмотреть сообщение
Умуман бизда нега ҳозирги кунда бундай сценалар қўйилмай кетди?
Ўзи ҳозирги киноларимизга битта шу саҳна етишмай турувди!
Кимдир бошлаб берса, роса урф бўлиб кетса керак.
__________________

Ответить 
"+" от:
Старый 12.10.2010 10:08   #334  
Аватар для starter
Оффлайн
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123  44/21
– 10  9/8

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от axmedovshuhrat Посмотреть сообщение
ўзбек киноларида ўпишиш сценалари олдинлари яхши йўлга қўйилган эди, масалан, "Ўткан кунлар"да Отабек ва Кумуш учрашуви, "Тўйлар муборак"да куёв ва келин. Умуман бизда нега ҳозирги кунда бундай сценалар қўйилмай кетди?
Оффтоп:
Tovba...
Paxtani nojo'ya ta'sirimi bu?
Ответить 
3 "+" от:
Старый 12.10.2010 11:28   #335  
Known ID Group
Аватар для JUS
Оффлайн
Сообщений: 1,829
+ 814  1,598/765
– 60  19/16

Saudi Arabia
Цитата:
Сообщение от axmedovshuhrat Посмотреть сообщение
ўзбек киноларида ўпишиш сценалари олдинлари яхши йўлга қўйилган эди, масалан, "Ўткан кунлар"да Отабек ва Кумуш учрашуви, "Тўйлар муборак"да куёв ва келин. Умуман бизда нега ҳозирги кунда бундай сценалар қўйилмай кетди?
Оффтоп:
Ўзбекчасини кўргингиз келиб қолдими...?
Ответить 
"+" от:
Старый 13.10.2010 21:42   #336  
Аватар для axmedovshuhrat
Оффлайн
Сообщений: 265
+ 25  96/69
– 1  19/10

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от JasurBek Urinboev Посмотреть сообщение
Ўзбекчасини кўргингиз келиб қолдими...?
Оффтоп:
Иложи борми?
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 14.10.2010 06:51   #337  
Аватар для starter
Оффлайн
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123  44/21
– 10  9/8

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от axmedovshuhrat Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от JasurBek Urinboev Посмотреть сообщение
Ўзбекчасини кўргингиз келиб қолдими...?
Оффтоп:
Иложи борми?
Faqat 2-3 yil oldin ishlangan eskilaridan bor.
Ответить 
Старый 14.10.2010 10:19   #338  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
- Сизга театр ёқадими, киноми?-деди мухбир.
-Сизга одам ёқадими ё унинг сояси?ғдеди адиб.
- ... Баъзи одамлар бўладики, ўзидан сояси тузук, - деб ҳазил қилди мухбир ҳам.
Кулдилар.

Асқад Мухторнинг "Тундалик"ларидан
Театрга оид ушбу долзарб фикрларни кино соҳасига ҳам оид деб ўйлайман.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 15.10.2010 00:42   #339  
Аватар для SanjaR
Оффлайн
Сообщений: 24
+ 15  11/9
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от axmedovshuhrat Посмотреть сообщение
ўзбек киноларида ўпишиш сценалари олдинлари яхши йўлга қўйилган эди, масалан, "Ўткан кунлар"да Отабек ва Кумуш учрашуви, "Тўйлар муборак"да куёв ва келин. Умуман бизда нега ҳозирги кунда бундай сценалар қўйилмай кетди?
Кинони упишадиган сценалари бумаса кино кизикмас демокчимисиз....хеч хам керакмас....усиз хам яхши кино олса булади.....тугри келмайди узбекчиликка.
Ответить 
Старый 15.10.2010 05:35   #340  
Аватар для axmedovshuhrat
Оффлайн
Сообщений: 265
+ 25  96/69
– 1  19/10

Uzbekistan
Ким "Илова P.S." фильмини кўрган?
Қандай фильм у қисқача тушунча бериб юборсангиз.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх