|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#291 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Тулин ой
Юлдуз булса ёнида Ойнинг юзи ёришар, Ой мунча гузал дея Унга таъриф беришар. Юлдуз булса ёнида Ойнинг зи кулади. Ойга бокиб одамлар, Унга хавас килади. Юлдуз булса ёнида, Ойнинг кунгли яйрарйди. Шунда хамма севиниб, Ойга туйиб карайди. Юлдуз булса ёнида, Ой хаммадан бой булар. Ортар хусни чиройи, Шунда тулин ой булар. Рахимжон Рахмат |
|
Ответить |
![]() |
#292 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Baxt so'zi
Baxtiyorman degan birgina so'zni aytish uchun kerak qancha kuch, chidam, garchi baxt so'zlarning eng yoqimlisi, qarchi tursa hamki tilning uchida. Og'ir botmasmikin bu so'z kimgadir, tegib ketmasmikin oh-vohlariga, qandoq bardosh berib yashayman keyin baxtsiz kimsalarning nigohlariga. Avvalo, bu so'zni o'zgalar aytsin, aytsinlar ko'zlari quvonchga to'lib. Elning baxti uchun umrini tikkan shoirlar aytmasin birinchi bo'lib. Bu so'zni bir umr aytmay yashadi, har shodlik kelganda yurdim sekinroq. Ga'm so'zin elimdan avvalroq aytdim, Baxt so'zin aytaman eldan keyinroq. Shavkat Rahmon |
|
Ответить |
![]() |
#293 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Xirgoyi
Hammamiz quyoshda kuygan jizzamiz, qachon tiz cho'kuvdik, hamon izzamiz, sirqirab og'riydi pishgan tizzamiz, o'rindan ozgina tursak maylimi? O'tganlar bari bek, Qolgan javdirar, Gardinda ko'rinmas gullar shaldirar, Mehnatdan yorilgan qo'llar qaltirar, o'z bekim yerida yursak maylimi? Nasimlar gullamish ozod tog'larda Ozodlik mujdasi so'l-sog'larda, Bobolar qiynalib tikkan bog'larda ag'anab bir xayol sursak maylimi? Necha ming alloma, jo'mardlar o'lgan, tafakkur sasigan, ruhlari so'lgan, urug'lar aynigan tap-taqir cho'lda o'z bekim davlatin qursak maylimi? Yuz ellik yildirki, mana shu holat, hanuz davom etar makkor tijorat, bilmadim, qayerdan ushbu jaholat? Nega siz bo'lmaysiz sira xijolat? Nega men so'rayman sizdan ijozat? Shavkat Rahmon |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#294 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
O'git
Qo'rqoqning o'ziga tik qara doim, biror so'z demasdan uzoqroq qara, titroq yetib borsin nigohlaringdan yuzlab ajdodlarning jon-joni qadar. Yetsin, ajdodlari tirilsin qayta, tirilsin, so'ng yana qaytadan o'lsin, sening nigohlaringda ajdodlaringning keskin nigohlari jamuljam bo'lsin. Qo'rqoq, lozim bo'lsa, qadaming bo'lar, eng yaqin do'sting yo odaming bo'lar, qo'rqoqqa tik qara-odamiyatga bu sening eng zarur yordaming bo'lar. Qorqoq oylab, yillab, hatto bir umr ko'z-ko'zlab ming turlik suratlarini, eng nozik-eng ojhiz joyingni ko'zlar, ojiz joying esa kuraklaringdir. Shu yorug' dunyoda bo'lib orzumand, qoningdan baqirar qanchalab dohiy. Qo'rqoqqa ko'rsatma kuraklaringni, Ko'ziga tik qara, Tik qara doim. Shavkat Rahmon |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#295 |
![]() ![]() |
Do'stlik haqida
OLLOX dan so`radim bir savol : Nimaga mani omadim bor? OLLOXdan nido keldi.. Seni haqiqiy do`sting bor..! OLLOX ga yolvordim shu on , u bo`lsin men u-n hamisha omon..! Agar kimgaki dostlik bolsa yor, Unga xar soniya Olloh madadkor. Dostlik rishtasi qanday betakror, Sizdek insonni mendek dosti bor. Do'stlik o'zi bir shisha Sinsa aslo tuzalmas Do'stligimiz chin bo'lsa Uni hech kim buzolmas Agar bir inson senga bildirdi ishonch, Yoningda bo'ldi senga kelganda qayg'uyu quvonch, Kutmadi sendan boylik- taxt,tilasa sog'liq baxt. Seni aldamas qilmas hiyonat,g'iybat, Yoningda bo'ldi qilsalar tuhmat. Bermadi zarra dilingga ozor, Doim kutdi bo'lib ko'zlari humor, Demak, bu hislatni barisin bilgan do'st! Bilamagan esa shubhasiz dushman, Desa hamki men senga DO'STMAN!
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
![]() |
#296 |
Maktub
Sevgilim, Sevgilim, Og`riydi dilim. Jonim og`riyverar sizni o`ylasam. Gulday yuzinggizni silar endi kim, Meni eslarmisiz - yo`qmi o`shal dam... Bulutlar ko`k kezar kunda piyoda Ufqqa oftob botar qizil gulxanday. Armonim ekansiz yorug` dunyoda, Sizni o`ylamasdan yasharman qanday? Ko`nglim ayvonida kuz hushtak chalar, Ko`zimdan yosh bo`lib yog`adi yaproq. Do`stlarim - takabbur shoirvachchalar O`zlarin sevishar yoridan ko`proq. Kunlarning kaftida sevgi xanjari, Bag`rimda begunoh bir gul so`ladi. Toychoqqa aylanib goh kechalari, Tuproqqa ag`anab yotgim keladi!.. Sevgilim, Sevgilim, Og`riydi dilim. Jonim yomon og`rir sizni o`ylasam. Sunbul sochingizni silar endi kim, Meni eslaysizmi-yo`qmi o`shal dam. Bilmayman, Bilishni istamayman ham, Bilganim - menga baxt nasib etmadi. Yillar o`taverdi, ko`zim o`ngidan, Sizning oydek ruxsoringiz ketmadi... Dunyo omon bo`lsin, Siz bo`ling omon, Omadli bo`ling siz. Baxtli bo`ling siz. Lekin, Bilib qo`ying, bilib qo`ying hamon Sizni unutolmas Muhammadingiz! Muhammad Yusuf
__________________
http://futbol-klub.uz |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#297 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Bolalarning ko'zlari kerak,
Juda kerak hayratli cho'g'lar - Bu dunyoning bor go'zalligin Faqat so'zlar u qora ko'zlar. Bolalarning qo'llari kerak Daraxtlarga,yerga,maysaga, Bolalarning tillari kerak Dunyodagi har bir narsaga. Oftob chiqar bolalar uchun, Bolalar-chun yashaydi shamol. Dunyo turar bir bandi kabi, Ko'ksida g'am,ko'zida malol. Dunyo faqat bolalarniki: Hayot qilgan ularga tortiq. Faqat zo'rlik bilan dunyoni Bolalardan olmangiz tortib!.. Shavkat Rahmon |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#298 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Nahot she'rlar aytdim bo`shliqqa qarab,
Nahotki sovrildi olov so`zlarim, Nahotki rost bo`lsa el-u yurt asli, Quruq so`zlar degan gumroh do`stlarim. Nahot bekor o`tdi gulday umrimning Ming yilga tatgulik oltin choqlari?! Nahot bitta ruhni uyg`otolmadi Shoir yuragimning qaldiroqlari?! Nahotki birorta dilga yetolmay Behuda sarflanib qancha kuch-chidam, Kelib-ketaverar yorug` dunyoga Kelib-ketaverar menday kuychilar. Menga minbar emas, unvonlar emas, Latta chechaklaru ehsonlar emas, Olov bir sahroni yurtim xayoli Nurga gurkiragan sahro bering, bas. Erku muhabbatning muxtor elchisi - Yotmasman tuproqqa do`nib, tinchlanib. Jasadim tirikdir yorug` dunyoda Oyning sinig`iday chaqnar sinchlarim. Agar yetti qavat yerning qa'rida Yotsamda larzaga solib havoni, Elimning yuragin topar baribir Jismimni kuydirib uchgan ovozim. Shavkat Rahmon |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#299 |
![]()
Сообщений: 589
+ 1,042
486/242
– 0
0/0
![]() |
Izhori dil
Ko'hna tol beshikdan Boshlangan olam. Senga iddaolar Qilmay sevaman Bir kuni singlim deb Bir kuni onam- Vatan Kimligingni bilmay sevaman. To'zg'iydi to'ningdan Tortgan to'ralar, Kecha tuzingni yeb, Sotgan to'ralar. Endi pushaymonda Tuynuk mo'ralar Men sening yoningdan Jilmay sevaman. Menga yering suyuk Osmoning suyuk Boqsam teng To'rttala tomoning suyuk Tovonimga kirgan Tikoning suyuk Kaftdan zirapchang ham Olmay sevaman. Cho'ksang, Tur singlim deb Soching silayman So'ksang Opam deyman Umring tilayman Sendan ranjimayman Gina qilamyman Hoh ho'mray Hoh jilmay Birday sevaman Vatan- Yuragimning Olampanohi Bu dunyo bukri bir Jiydangning shohi! Ko'zim yoshi bilan Sog'orib gohi, Ko'ksimda o'stirgan Gulday sevaman. Bu yorug' jahonda Yo'g'u borimsan Tilimning ostida Novvot-zarimsan Sen mening yagona Payg'ambarimsan Men Bilol, Men Habash- Qulday sevaman!!! M.Yusuf |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#300 |
![]() ![]() |
MUHAMMAD YUSUF
Yomonga o‘lim yo‘q, yaxshiga kun yo‘q, Tomiringga qo‘shib olishar uzib. Bobur yo‘q, Cho‘lpon yo‘q, Majnun yo‘q, Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf. Bir qiz yig‘lab borar, soddagina qiz, Yig‘lar kitob bilan yuzini to‘sib. Balki sevgilingiz, balki singlingiz, Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf. Uydan mozorgacha yuz odimcha yo‘l, Aylanib kelamiz yurtlarni kezib. Kimga ko‘ngil berib, kimga esa qo‘l... Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf. Tirikka mehr yo‘q, marhumga qahr, Nima topding, aka, tuproqqa tushib? Uzala tushgancha bo‘zlaydi qabr, Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf. Qizg‘aldoq bosh egib turar bag‘ri qon, Shoir yuragidan chiqqanmi o‘sib? «Nega yig‘lamaysan, ahli Turkiston?» Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf. Iqbol Mirzo (2001)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео Последний раз редактировалось Behzod Sulaymonov; 11.07.2009 в 12:48. |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
|