|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#291 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
O’tdi qancha adoqsiz oylar,
Baxt ortidan g’amlar ergashib. Boshlarimni tinch qo’ymas o’ylar - Tushlarimda, xatto, tergashib. O’tdi fasl: ko’klamlar xazon, Barg o’rnida yastanadi qor. Xijronlarni tortolmas mezon, So’zim tanqis, she’rlarim bekor. O’tdi yil ham, tortib komiga, Alamlarga to’lgan bir yoshim. Qalbim tushib hislar domiga Erib ketdi metin bardoshim… O’tmoqdadir olib ming shiddat, Asrlarga o’rangan sabot. Ikki eshik o’lchovchi muddat Oddiy qilib, atalar “hayot”… O’tdi qancha gaplar o’rtada, Barisini ichimga yutdim. Garchi dardim eski bo’lsa-da, Hamma narsa o’zgarib ketdi.. O’zgarmadi faqat masofa… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#292 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Мени зор айлаган хижрон ҳамон қалбим муаммоси,
Кетар зое юракимнинг илтижо-ю, таваллоси. Ўзим ҳайрон, нетай вайрон бўлиб битди базўр қурган, Муҳаббатни макон этган ошуфта кўнглим маъвоси. Туриб бедор, қолмай мадор, озиб-ёзиб кўзим кетса, Тушларимда аён эрмиш тузалмас дардим давоси. Куйиб жоним, хонумоним, ёниб битди, адо бўлди, Магар дилдор назар қилмас, келмас бўлди ҳеч парвоси Рутубатдан, уқубатдан заҳга босган кўксим узра, Пайкон мисол қадалмишдир карам, ишва, таманноси Тиқиб бошим, тўкиб ёшим, ёруғ чеҳрам қаройир, воҳ, Недан менга керак эрди, ажаб, ишқнинг бу ғавғоси? Ўтар кечмиш, бўлар ўтмиш, умид масъуд замонимдин, Вале чиқмас хаёлимдин ҳаловатим шум яғмоси. (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#293 | ||
Ishonch, umid mehr bari bir bo'lib,
Meni bu yo'llardan sen tomon boshlar. Hamma yahshi niyyatlar bugun yeg'ilib, Ikkimizni muhabbatning domiga tashlar. Yo'lingizni yoritajak qalbimdagi nur. Baxt ila taxt kelsin doim talashib, Yetaklasin doim bizni tafakkur, shuu'r... Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 29.07.2010 в 11:42. |
|||
|
Ответить |
![]() |
#295 | ||
Hamma shirin narsa eslatar seni,
Omonmisan yoku yo'q endi bilmayman. Balki sen ham intizorim eslarsan meni, O'shal baxtli lahzalarni yig'lab eslayman. Ketma-ket seningsiz kunlarim o'tti, Yana sensiz kulamanmi endi bilmayman, Armon holim ko'rib mani alamlar yutti, O'sha baxtli lahzalarni hamon qumsayman. Endi baxtni izlamayman sening izingdan, Endi ko'zlaringda aslo ma'no ko'rmayman. Endi izla o'z baxting asalgina qizingdan, Endi ko'changizga qaytib bormayman... Sani sevgan usha bola endi boshqa, Kutma qo'ng'irog'im endi qilmayman. Boshingni urma endi achinib toshga, Endi men ham hajringda yurak tilmayman. ![]() Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 29.07.2010 в 11:47. |
|||
|
Ответить |
![]() |
#296 |
Agent, qizla, tanishuv, boshida o'yin kulgi,
O'ylamasdan bosiladi asta bir ikki qadam. Nimayam bo'lardi, gullar, komplement, ohiri sevgi, Bir oygina munosabat va yana bitta qizga dam. U sezmaydi vaqtida ajoyib muhabbatin, Ustidan kuldi rosa, qiz esa ko'ngli vayron. Oradan vaqtlar o'tib qidirib qoldi baxtin, Qiz endi boshqa edi, yigit ham ko'rib hayron. "Iltimos qaytgin" dedi, yigit yolvordi ancha, Foydasiz edi ammo hamma-hamma aytgani. Qiz bundan rohatlandi, yolvorgan sari shuncha, Endi yo'llari boshqa, sabab yo'qdur qaytgani. Yigit tushunib yetmadi, yana topdi bir malak, Endi esa o'zga qizl, so'zlar o'zgarmas sira. "Men seni sevib qoldim", yugurar joni halak, Mahliyo bo'lgan edi kipriklaru, qora ko'z.... ![]() |
|
|
Ответить |
![]() |
#297 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Shukrona
Tungi osmonimni bezar yangi oy, Ichim to’lib ketgan yaxshi niyatga. Orzu-havaslardan qidirib chiroy, Ruhim talpinadi abadiyatga. Shukr, imonimdan ishtiboh yiroq, Gunohning zalvori tortmas oyoqdan. Har tong duo aytib, olaman maroq Uzoqda charaqlab turgan mayoqdan. Peshonam yulduzi hiloldek go’zal, Yaratgan manglayim yorug’ yaratgan. Tashakkur, munavvar taqidiri azal Yuzimni tuganmas nurga qaratgan… Gumroh xayollarim ketgan tark etib, Tabarruk maqsadlar bezar qalbimni. Yorug’lik dilimning tubiga yetib, Himmat tuyg’ulari kezar qalbimni. Konglimga ezgulik murodin o’rab, Suv kelsa simirib, tog’ni yoraman. Qilgan xatolar chun Haqdan avf so’rab, Mangulikka qadam bosib boraman… Tunggi osmonda-chi, kular yangi oy, Beqiyos jamolin zo’rg’a ko’rsatib… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#300 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Men Seni baxtiyor ko'rmoq istayman,
Quvonchdan kulishing, yayrashing chindan. Dilimda borini bermoq istayman, Ezgu niyatlarim aytib ko'ngildan. Musaffo osmonning moviy rangini, Va tunning malagi oyning - yangini, Tog'lar shalolasin sho'x jarangini, Senda mujassamligin tuymoq istayman. Ko'ngil ko'chalarim, yo'lim shahrimni, Bag'ishlab dilimda bori sehrimni, Bir inson bergancha berib mehrimni, Yaqin insonimdek suymoq istayman. Hayotning mushkulin yengib hamnafas, Noumid o'ylarga qo'yib men qafas, Baxtli insonlarga qilib chin havas, Sen birla bir yoldan yurmoq istayman. Doimo mast bo'lib baht sururidan, Ajratib joy Senga yurak to'ridan, Quyoshning eng aziz, yorqin nuridan, Qalbingda jannatni qurmoq istayman. Men Seni baxtiyor ko'rmoq istayman... (c) 2004
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
"+" от:
|
|