Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 19.06.2009 17:54   #281  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Ko'ngil

Ko'ngil, sen bunchalar nega
Kishanlar birla do'stlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?

Haqorat dilni og'ritmas,
Tubanlik mangu ketmasmi?
Kishanlar parchalanmasmi?
Qilichlar endi sinmasmi?

Tiriksan, o'lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsen,
Kishan kiyma,
Bo'yin egmas,
Ki sen ham hur tug'ilgansen!
Toshkent, 1922
Cho'lpon
__________________
http://futbol-klub.uz

Последний раз редактировалось Abror Qodirov; 19.06.2009 в 18:23.
Ответить 
"+" от:
Старый 19.06.2009 17:58   #282  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Abror Qodirov Посмотреть сообщение
Ko'ngil

Ko'ngil, sen bunchalar nega
Kishanlar birla do'stlashding?
Na faryoding, na dodong bor,
Nechun sen muncha sustlashding?
Abrorjon!
She'rdagi satrda so'z "doding" edi, shekilli?
Ответить 
"+" от:
Старый 19.06.2009 18:19   #283  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
She'rdagi satrda so'z "doding" edi, shekilli?
Darhaqiqat. E'tiborliroq bo'laman endi! Uzr! "i" va "o" klaviaturada yonma yon joylashganiga shunaqa bo'lgandir...

P.S. tog'rilab qo'ydim. Raxmat Nigora opa!
__________________
http://futbol-klub.uz

Последний раз редактировалось Abror Qodirov; 19.06.2009 в 18:25.
Ответить 
Старый 19.06.2009 18:45   #284  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Yetar, bas, chekdan oshgandir,
Bu qarg'ish, bu haqoratlar!
To'liqdir, balki toshgandir
Tubanlik ham safolatlar!

Qo'limda so'nggi tosh qoldi,
Ko'ngilda so'nggi intilmak,
Ko'zimda so'nggi yosh qoldi,
Kuchimda so'nggi talpinmak.

Bu qarg'ish, bu haqoratlar
Kuchimni tortmoq istaydir.
Tubanli8k ham safolatlar
O'zimni yutmoq istaydir!

Ko'ngilda so'nggi intilmak,
Shu holda ketmak istarman.
Ku8chimda so'nggi talpinmoq,
Amalga yetmak istarman!

Qo'limda so'nggi tosh qoldi,
Yovimga otmoq istarman!
Ko'zimda so'nggi yosh qoldi,
Amalga yetmak istarman!..

Cho'lpon
Ответить 
Старый 19.06.2009 18:47   #285  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Laylo
Balki o'chgan edim yodingdan,
Shirin xayolingni buzdimmi?
Laylo, Laylo, sening yoningda
Yaproq kabi ko'rdim o'zimni,
Shirin xayolingni buzdimmi?

Seni o'ylab kelmaydir uyqu -
Qora tunning o'zga sehri bor.
Tushlarimda topay deb gulro'
Man uxlarman mangu ehtimol.
Go'zal tushlar tilayman, Laylo...

Yana paydo bo'lding yo'limda,
Yana yo'llaringda bo'zladim.
Bechora qalb sening qo'lingda,
Ko'zlaringda mening ko'zlarim.
Nechun paydo bo'lding yo'limda?..

Rauf Parfi
__________________
http://futbol-klub.uz
Ответить 
Старый 19.06.2009 19:00   #286  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Seni menga betob dedilar,
Bu so'z yomon, bu so'z ko'p og'ir.
Seni menga betob dedilar,
Oqdi yoshim misoli yomg'ir.

Seni menga betob dedilar,
Menga dunyo hazin tuyuldi.
Bulutlarga to'ldi osmon-
Achchiq-achchiq yoshi quyildi.

Seni menga betob dedilar...
Lekin kelding, kelding sen o'zing.
Qora bulut tamom yo'qoldi.
Holbuki men... Yig'laydi ko'zim.

Rauf Parfi
Ответить 
Старый 19.06.2009 19:09   #287  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Xayr senga, yaxshi qol endi,
Faryod chekar ko'zingda sevinch.
Xayollarga bir dam tol endi
Huzuringga men qaytmasman hech.

Seni o'rtar achchiq pushaymon,
Ayrilmoqdan qo'rqmaysan mendan.
Sevgi uyi uzlatda vayron-
Bir tasalli tilama sendan.

Bir kun ko'rib meni ko'chada,
Ana u, deb qo'lingni cho'zgin.
Yodgorlikdek songgi kechadan
Yo'l ustida to'xtagin bir zum.

Boshing egib kelma menb tomon,
Sen ketaver... yonimga qaytma...
Ko'rib qolsang undan ham yomon,
Yo'q, yo'q, "Meni kechir", deb aytma.

Xayr senga, ketar bo'ldim men,
Ketar bo'dim shu qop-qora kech.
Qaytmasam-da muhabbatimdan,
Huzuringga men qaytmasman hech.

Rauf Parfi
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 25.06.2009 21:16   #288  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Uyg'on, ey malagim
Uyg'on, ey malagim, tur o'rningdan, tur,
Otashin muzlarda isinaylik, yur.

Yong'inli daryoda quloch otaylik,
Bu yerdan ketaylik, faqat ketaylik.

Undan ham olisroq ketarmiz hali,
Undan ham olisroq, mening go'zalim.

Qaragil, eng yorqin bir yulduz yonar,
Yorug' bir chaman bu… ketarmiz yana.

Bugun shoh erurman, tilak tilagil,
Bugun men gadoman, tingla, malagim.

Rauf Parfi
__________________
http://futbol-klub.uz
Ответить 
"+" от:
Старый 28.06.2009 21:41   #289  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
O'zga yurtda kechgan o'ylar...

"O'zga yurtda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l" deb bejiz aytmagan xalqimiz... Ish, o'qish bilan yurtdan tashqarida bo'lishga to'gri keladi... Harakat qilamiz,intilamiz...o'qiymiz...ishlaymiz...lekin.. lekin baribir bir kun kelib ona yurtga qaytish kerakligini ich-ichimizdan xis qilsak-da, buni hammamiz ham tan olgimiz kelmaydi... Hayot esa...to'xtamaydi, o'tib boraveradi... Har o'tgan yil bizlarni tobora yurtga begonalashtirib, o'zga yurtga bog'lab boraveradi...
Yaqinlarni, qon-qarindoshlarni, sinfdoshlarni, qadrdon do'stlarni eslab ich-ichimizdan g'alati sog'ih keladi-yu, kimga aytishni bilmaymiz... Yana o'zimizni ovutib yashayveramiz - "menga shu yerda yaxshi-ku.. Yaxshi o'qiyapman/ishlayapman..Yeganim oldimda, yemaganim ketimda" deb o'zimizni aldab yashayveramiz... soatlar, kunlar, haftalar esa o'tib boraveradi... Onajonimiz, buvijonimiz tizzalariga boshimizni qo'yib bir lahzaga bo'lsa-da, halovat topgimiz keladi... Ukamizga, akamizga yaqin bo'lib, yelkadosh bo'lib yashagimiz keladi... Onajonimiz, otajonimzga ertalab issiq non bilan qaymoq ko'tarib kirib, birga nonushta qilishdek orzuni, yetolmayotgan bo'lsak-da, qilaveramiz... oylar esa...o'taveradi, o'taveradi...
Haftaning ma'lum kuni uyga, yaqinlarimizga telefon qilib, ko'ngillarini ovlagandek bo'lamiz... "Qachon kelasan?" degan savollariga o'qishni, ishni "bahona" qilib, "shularni tugatib olay, boraman" ,- deb va'dalar beramiz... Bilmaymiz-ki, onajonimiz deyarli har kuni, har soatda bizlarni kutib yashaydilar...yonlarida bo'lishimizni judayam-judayam xohlasalar-da, "Mayli, o'glim/qizim, qayerda bo'lsang ham, tinch bo'lsang bo'ldi", -deb (noiloj) javob qaytaradilar... Biz esa, bir qo'ng'iroq qilib ularni "ko'ngillarini olganimiz"dan xursand bo'lib yashashda davom etaveramiz... fasllar almashaveradi...
Magazinda yoki ishxonada bizga g'alati ko'z bilan "nonimni yarimta qilgan kelgindi" qabilida qaragan odamga yeb qo'ygudek bolib o'qrayib qaraymiz, lekin hech nima deyolmaymiz... O'zga yurtda baribir begonadek yashayotganimizni yana bir bor xis qilamiz... ertaga nasib qilsa, oilali bo'lsak, farzandimizni biz yashayotgan jamiyatda, o'zga yurt, o'zga xalq ichida katta bo'lib, tarbiya olishini umuman istamaymiz-u, lekin, nima ham qilardik, biz shu yerda yaxshi o'qiyapmiz/ishlayapmiz..." Shuning o'zi baxtli bo'lish uchun yetarli emasmi", - deb fikr qilamiz... Aslida esa, baxtning makoni ona yurtimizda, ona shahrimizda/qishlog'imizda, onajonimiz, buvijonimzning yonlarida ekani bilmaymiz... Ertalab nonushtaga olib kirilgan qaymoq uchun otamizning ko'ngli ko'tarilib, qilgan duolarida-yu, akamiz-ukamiz bilan yelkadosh bo'lib, kulib, yayrab yashashimizda, qarindoshlar, yaqin do'stlar, sinfdoshlar davrasida, oz bo'lsa-da, rizqimizni terib yurishimizda ekanini bilmaymiz... Umr esa... o'taveradi...o'taveradi...Shu kuyi yashab Olami Boqiyga safar vaqti yetganini ham bilmay qolamiz...Afsus...

(c)... Iyun... 2009 yil
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 28.06.2009 в 21:56.
Ответить 
Старый 28.06.2009 22:11   #290  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
O'zbek qizlari
Bu Momo Havodan ularga odat:
Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin
O`psa faqat shamol o`par yuzlarin.

Bu Momo Havodan ularga odat:
Nozik belda qirqta kokili qavat,
Silasa yomg`irlar silaydi faqat,
Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin -
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.

Jilmaysa nur yog`ar gul yanoqlardan,
Sir yashirar hatto qizg`aldoqlardan.
Oftob botgandan so`ng xilvat bog`lardan,
Behuda izlamang sira izlarin -
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.

Ko`ngli daryoday keng, mehri ulug`vor,
Dugonasi Hayo, dugonasi Or.
Ayting, farishtadan nima farqi bor,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin?..

Bardoshi oldida tog` - oddiy tuproq,
Ular etagidan jannat bir qadam.
Beayb Parvardigor, degandek biroq,
Yoq emas kichkina kamchiligi ham.

Sevadi,
Kuyadi,
Qiladi alam,
Dorga osing, ammo aytmas birovga.
Aytmay sevishini sevganiga ham,
Tegib ketaverar boshqa kuyovga!

Muhammad Yusuf
__________________
http://futbol-klub.uz
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх