|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#282 | |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Цитата:
![]() Bu yerda, asosan, forumdoshlarning qalamlariga mansub she'rlar qo'yib boriladi. Sahifani yaxshilab o'qib chiqsangiz, Siz aytgan mavzudan boshqa mavzularda ham yozilganlarini topasiz... Sizning ham ijod namunlaringizni kutib qolamiz...
__________________
Мой ЖЖ |
|
|
Ответить |
"–" от:
|
![]() |
#283 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Hadik...
Sog’inch yuragimni vatan aylagan, Umid ko’kragimdan topgandir qo’nim. Mehrga tashna qalb hecham qonmagan, Tunlari yil sanab, otmagay kunim. Hafta xayolimda asrlarga teng, Oylar ming faslga tatuvchi fursat. Taqdir manglayimni etganmikan keng, Yo Rab, peshonamning yozig’in ko’rsat! Ko’rsat, Kimlarga men qilaman havas? Qayerda xasadga duchor bo’laman? Savobim gunohga kerlarmikan bas? Qay zamon gullayman, qachon so’laman? ... Javobsiz savollar hamxonam mening, Bilganim – umr bu imtihon-xatar. Garchi bugun olam g’amxonam mening, Ertam ziyolarga burkanib ketar. Behisob o’ylarim – so’ngsiz o’ylarim, Tuganmas yo’limdek siqar jonimni... Osmonlarga yetib ketar bo’ylarim, Haq butun etsa gar nim imonimni... Bilmam, ne sababdan tinchim egallab, Sog’inch yuragimni vatan aylagan... (c) Nottingham-London
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
"–" от:
|
![]() |
#285 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Bilmam nima, Sen tomonga xayolimni buradi, “topib ber -, deb – quvonchimni”, Ahvolingni so’radi. Bilmam nima, Hislarimni uyg’otishni boshladi, Kunim nursiz, Tunlarimni bedor qilib Tashladi. O’sha narsa Bir zumgina Nigohingni tutsaydi, O’yim bilan O’zimniyam birga olib ketsaydi… Bilmam nima, g’ijimlaydi Chap tarafim tinmasdan. Qaysar juda, Tinch qo’ymaydi, zorimgayam Ko’nmasdan… Bilmam nima, Orzu, havas, niyatlarni to’ldirar, Yuzimga dam g’am soladi, Dam beg’ubor kuldirar. Bilmam nima, bir umrga Mehrlaring qistaydi, Shu davrda seni faqat, Xursand ko’rmoq istaydi. Bilmam nima, Undamoqda she’r yozishga qalbimni. Nima qilay, Kerak so’zni Topolmasam - aybimmi? Bilmam nima, Xijronga yov – Visolga-chi, mushtarak. Zir yugurar, Lek joyidan, Siljimaydi bu yurak… Bilmam nima, Yolvormoqda, Poylarimga cho’kib zor, So’ng jimgina, Sen tarafga, Ko’z tikadi, Intizor… Bilmam nima – Sog’inchmikin? (c) 2010
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#286 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Bedorlikka oshino ko’ngil, Tun qo’ynidan izlaydi shu’la. Topolmayin qiynaladi dil, Ko’ksim ezar mungli ashula… O’tiribman, Sassiz, sadosiz, Kutib, nogoh kelar ziyoni. Ichimdagi dardim – adosiz – Tor deb bilar shu keng dunyoni. Xo’rsinaman, Yog’duni istab, Xonam kezar zulmat sharpasi. Nur qidirgan xayolim qistab, Nola qilar yurak zarbasi. Sog’inchlarga to’lgan tanamni, Qo’yarimga joy bergin, Xudo. Quyoshlarga ko’mib olamni, Xislarimdan etmagin judo. Yorug’likka intilib o’sdim, Duolardan topib panohim. O’zim haq, deb, O’zgani to’sdim, Endi avfin kutar gunohim… Anglayapman qancha xatoim, Tongga qadam qo’yganim sari. Jaholatdan asra, Xudoyim, Bir beg’ubor go’dak singari. O’zing endi rost yo’lga boshla, Yo’liqtirmay g’amga, baloga. Ichlarimni to’ldirib tashla, Yorug’likka, nurga, ziyoga… ©
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#287 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
O'zga yurtda kechgan o'ylar...
"O'zga yurtda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l" deb bejiz aytmagan xalqimiz... Ish, o'qish bilan yurtdan tashqarida bo'lishga to'gri keladi... Harakat qilamiz,intilamiz...o'qiymiz...ishlaymiz...lekin.. lekin baribir bir kun kelib ona yurtga qaytish kerakligini ich-ichimizdan xis qilsak-da, buni hammamiz ham tan olgimiz kelmaydi... Hayot esa...to'xtamaydi, o'tib boraveradi... Har o'tgan yil bizlarni tobora yurtga begonalashtirib, o'zga yurtga bog'lab boraveradi...Yaqinlarni, qon-qarindoshlarni, sinfdoshlarni, qadrdon do'stlarni eslab ich-ichimizdan g'alati sog'inch keladi-yu, kimga aytishni bilmaymiz... Yana o'zimizni ovutib yashayveramiz - "menga shu yerda yaxshi-ku.. Yaxshi o'qiyapman/ishlayapman..Yeganim oldimda, yemaganim ketimda" deb o'zimizni aldab yashayveramiz... soatlar, kunlar, haftalar esa o'tib boraveradi... Onajonimiz, buvijonimiz tizzalariga boshimizni qo'yib bir lahzaga bo'lsa-da, halovat topgimiz keladi... Ukamizga, akamizga yaqin bo'lib, yelkadosh bo'lib yashagimiz keladi... Onajonimiz, otajonimzga ertalab issiq non bilan qaymoq ko'tarib kirib, birga nonushta qilishdek orzuni, yetolmayotgan bo'lsak-da, qilaveramiz... oylar esa...o'taveradi, o'taveradi... Haftaning ma'lum kuni uyga, yaqinlarimizga telefon qilib, ko'ngillarini ovlagandek bo'lamiz... "Qachon kelasan?" degan savollariga o'qishni, ishni "bahona" qilib, "shularni tugatib olay, boraman" ,- deb va'dalar beramiz... Bilmaymiz-ki, onajonimiz deyarli har kuni, har soatda bizlarni kutib yashaydilar...yonlarida bo'lishimizni judayam-judayam xohlasalar-da, "Mayli, o'glim/qizim, qayerda bo'lsang ham, tinch bo'lsang bo'ldi", -deb (noiloj) javob qaytaradilar... Biz esa, bir qo'ng'iroq qilib ularni "ko'ngillarini olganimiz"dan xursand bo'lib yashashda davom etaveramiz... fasllar almashaveradi... Magazinda yoki ishxonada bizga g'alati ko'z bilan bilan "nonimni yarimta qilgan kelgindi" qabilida qaragan odamga yeb qo'ygudek bolib o'qrayib qaraymiz, lekin hech nima deyolmaymiz... O'zga yurtda baribir begonadek yashayotganimizni yana bir bor xis qilamiz... ertaga nasib qilsa, oilali bo'lsak, farzandimizni biz yashayotgan jamiyatda, o'zga yurt, o'zga xalq ichida katta bo'lib, tarbiya olishini umuman istamaymiz-u, lekin, nima ham qilardik, biz shu yerda yaxshi o'qiyapmiz/ishlayapmiz..." Shuning o'zi baxtli bo'lish uchun yetarli emasmi", - deb fikr qilamiz... Aslida esa, baxtning makoni ona yurtimizda, ona shahrimizda/qishlog'imizda, onajonimiz, buvijonimzning yonlarida ekani bilmaymiz... Ertalab nonushtaga olib kirilgan qaymoq uchun otamizning ko'ngli ko'tarilib, qilgan duolarida-yu, akamiz-ukamiz bilan yelkadosh bo'lib, kulib, yayrab yashashimizda, qarindoshlar, yaqin do'stlar, sinfdoshlar davrasida, oz bo'lsa-da, rizqimizni terib yurishimizda ekanini bilmaymiz... Umr esa... o'taveradi...o'taveradi...Shu kuyi yashab Olami Boqiyga safar vaqti yetganini ham bilmay qolamiz...Afsus... (c) Iyun... 2009 yil
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
"+" от:
|
"–" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#288 | ||
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Yana tun – dardimning yangi bosqichi,
Ko’kragimda sog’inch yana g’imirlar. Aqlning yurakka yetmaydi kuchi, So’ngsiz xayollarim tinmay shivirlar. Go’yo hayot to’xtab qolganday; sokin Kecha o’rnin bermas oppoq saharga, Ko’z yumaman, birpas olish uchun tin - O’ylar aylantirar soqov va karga… So’zsizman, so’zimning ummonlarida. Yorni uyg’otishga bormaydi qo’lim. Qaydadir, qalbimning tubsiz qa’rida Unga asrab kelgan - gullaydi – gulim. Mehrning suvini tamshanib ichgan, Gulg’uncha lovullar ko’nglim yoritib. Qanotsiz niyatlar ko’klarga uchgan, Hipqirgan jonimni bo’lmaydi yutib. Umid – zulmatlarda ilinjim yakkash, Ishonch – halovatim - yolg’iz murodim. Visol – maqsadlarga aylangan dardkash, Duo – Haqqa tinmay aytolgan dodim. Tongotarga hali uzoq bo’lsa-da, Ko’nglim yorishadi, gulg’uncha sabab... ©
__________________
Мой ЖЖ |
||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#289 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Мени “бевафо” деб,
Айблама, гулим, “Меҳрингиз қаттиқ”,-деб Солма юзимга. Тошга қиёслама тирик вужудим, Тўр солма ҳар куни босган изимга. Ширин ўйларингни Қилма дастурхон, Бу таом туюлар Мисоли заққум. Кўзларингга қараб Эзилади жон, Сен-ла қололмайман. Йўқ бунга ҳаққим! Виждоним йўл қўймас, Қалбим қийналар. Дардим қанчалигин Билмайсан, гулим. Пичоқсиз сўйилар, Тиғсиз тирналар, Ипсиз осилади Нотавон дилим. Бўлди. Кетаяпман. Умидингни уз! Бир нарса тўсиқдир Пок ниятингга: Кўксимда илк севгим Яшайди ҳануз. Мен лойиқ эмасман Муҳаббатингга. (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#290 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Qalb – Mendan yashirgan dil daftaringiz,
Ko’ngil - Siz qizg’angan sirli tuguncha… Ko’z yosh – yuragingiz g’arq etgan dengiz, Orzu – niyatlardan yaralgan g’uncha. Jimlik – Sizni jumboq aylagan asr, Tabassum – chehrangiz abad mehmoni Sabr – malikasi siz bo’lgan qasr, Sevgi – Siz tuymagan tuyg’u ummoni Subhidam – sizni ilk o’ylaganim vaqt, Oqshom – xiralashib qolgan bir xayol. Uyqu – men bilmagan o’zga halovat, Bedorlik – meni ko’p qiynagan savol… Nur – Sizdan taralgan ajib chin yog’du, Shabboda – sochingiz o’ynagan nasim… Mehr –so’zingizda yashirin jodu… Tundek ko’zingizga kelar havasim… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
|