|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#271 | |
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123
44/21
– 10
9/8
![]() |
Цитата:
"Shaytanat" -- kriminal, mafiyalar haqidagi oldi-qochdi film. Bunaqa filmlarning bozori chaqqon bo'ladi. Ko'pgina umrida tayinli badiiy asar o'qimagan odamlar "Shaytanat" ning kitobini o'qigan. "Shaytanat" ni o'qiydigan odamlarni asarning tarbiyaviy mazmuni aslo qiziqtirmaydi. Asardagi Qur'ondan keltirib sharhlangan nasihatomuz fikrlar, ma'joziy misollar, asar qahramonlarining ichki kechinmalari tasvirlangan "zerikarli" betlarni kop'chilik o'qimasdan tashlab ketadi. "Shaytanat" filmini "Brigada" seriali bilan o'xshash tomonlari bor deb o'ylayman. |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#272 | ||||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
![]() |
Цитата:
![]() ![]() Цитата:
![]() Bu gapingizga 101% qo'shilaman. ![]()
__________________
Nur bor joyda soya bor. |
||||
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#273 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
qo'shilaman, A. Temur haqida umuman zo'r kino qilish mumkin edi. Jang tasvirlari o'xshamay qolgan, menimcha.
Yo'q bu filmni hali ko'rmagan ekanman. Menga yana o'zbek filmlaridan Sh. Abbosov (rejissori bo'lsa kerak) "Otamdan qolgan dalalar" yoqadi.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#274 | |||
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Цитата:
Tijoriy filmlarni yoqlamoqchi emasman, lekin ular orasida "Telba" yomon film emas nazarimda. Filmda faqatgina ikki yoshning munosabatiga emas, boshqa jihatlariga ham e'tibor berib ko'ring. Bolaning g'arib ahvoli, Onasini ko'rgani kelganida: "G'ururimni sotdim" deydi. Pul topish uchun g'ururini sotishga majbur bo'lishi, tirikchilik uchun egri yo'lda yurmasdan, faqat "xonim" (taom) sotib kun ko'rishi, singlisiga bo'lgan akalarcha mehri. Qizning muhabbatini suiste'mol qilmay, yaqinlariga qaytarib bera olishi, nahot bema'nigarchilik bo'lib ko'rinsa... (Lekin bu xulosalarni faqatgina filmning oxiridan ko'rib qolgan holda aytyapman) Har qanday be'mani filmdan ham foyda topaman degan kishi foyda topadi. U har qancha ibratli kino bo'lmasin, o'ziga bir narsa olishni istamagan kishi esa hech narsa ola olmaydi deb o'ylayman. <"Shaytanat" -- kriminal, mafiyalar haqidagi oldi-qochdi film. Bunaqa filmlarning bozori chaqqon bo'ladi. Ko'pgina umrida tayinli badiiy asar o'qimagan odamlar "Shaytanat" ning kitobini o'qigan. "Shaytanat" ni o'qiydigan odamlarni asarning tarbiyaviy mazmuni aslo qiziqtirmaydi. Asardagi Qur'ondan keltirib sharhlangan nasihatomuz fikrlar, ma'joziy misollar, asar qahramonlarining ichki kechinmalari tasvirlangan "zerikarli" betlarni kop'chilik o'qimasdan tashlab ketadi. "Shaytanat" filmini "Brigada" seriali bilan o'xshash tomonlari bor deb o'ylayman.> "Shaytanat"ni ruslar tarjima qilib Ort1 TV da berganlarini ko'rganmisiz? Yoqmaganida uni boshqa tilga tarjima qilib qo'yisharmidi? "Shaytanat"ni ham, "Brigada"ni ham faqat 1-2 seriya ko'ra oldim. U yerda o'xshaydigan tomon shuki (meni bilganim) "Brigada"dagi bosh qahramon, "Shaytanat"dagi Asadbekka ko'proq taqlid qilgan ko'rinadi. (Uzr, filmlarni qaysi biri qachon oldin ishlanganligini bilmayman, lekin) Talabalar bilan Y. Sa'diyev o'rtasida uchrashuv bo'lgan edi. Shunda u kishi shunday degan edilar: "Filmda oddiy kasb egalaridan (ya'ni kino aktyor bo'lmagan) ham rol ijro etganligini ko'rasiz. Hatto bitta qahramonga mos odam topilguncha hamma joyni izlab chiqqanmiz. Keyin film TV da berilayotganda oylab cho'ntagimda reklamalar yurdi, lekin ularni film orasida qo'yishlariga rozi bo'lmadim. Chunki, Asadbek Hosilni to'pponcha bilan otyapti-da, bu yerda odamlarni e'tiborini sindirib reklama chiqib tursa. Tomoshabin bahalovat filmni ko'rishini istadim. Film tomoshabin uchun yaratiladi, bir savobli ishni qilgandan keyin, oxirigacha qilish kerak..." (so'zlarini aynan esimda qolganlarini iqtibos sifatida keltirdim). Y. Sa'diyev ham rejissor, ham aktyor sifatida e'tiborga molik deb qarayman. "Shogirdlarimga aytaman, hadeb filmga tushavermagin, odamlarni o'zingdan sovutib qo'yasan. Bitta rolni o'ynasang ham yaxshi filmda ishtirok et deyman..." (Y. Sa'diyev) Tohir Malik domla aytgan edilar: " "Shaytanat"dagi Asadbek aslida salbiy obraz"; lekin filmda bu rolni Y. Sa'diyev ijro etgani uchun hammaga ijobiydek ko'rinadi. "Shaytanat" menimcha oldi-qochdi film ham, asar ham emas. Unda tarixda bo'lgan real faktlar ham berilgan (agar e'tibor bergan bo'lsangiz), tarixiy shaxslarning ismi ham keltirilgan ba'zi o'rinda. Hamma obrazlari to'qima emas deb o'ylayman. Tohir Malik domla shunday yozuvchiki, qalamlarini behuda narsaga tebratavermaydilar. Agar o'sha asar kerak bo'lmaganida yozmay qo'ya qolgan bo'lar edilar, janob Starter! Hali uni yomonlasak, hali buni yomonlasak, adabiyotimizda nima qoladi, o'zi? Keling, yaxshisi siz yoza qoling hammaga ma'qul keladigan asarlarni. ![]() Y. Sa'diyevni yana bir gaplarini keltiraman : "Yaxshimizmi, yomonmizmi, baribir siznikimiz. Biz xalq ichida, xalq bilan birgamiz". T. Malik domlani hamma asarlari menga yoqadi, ayniqsa pand-nasihat tarzidagilari.. Agar shu gaplarni real hayotga bir yozuvchi olib chiqayotgan ekan, ayting-chi qanday quvonmasligimiz mumkin? "Asardagi Qur'ondan keltirib sharhlangan nasihatomuz fikrlar, ma'joziy misollar, asar qahramonlarining ichki kechinmalari tasvirlangan "zerikarli" betlarni kop'chilik o'qimasdan tashlab ketadi" Balki kimdir haqiqatan tashlab ketar, lekin men tashlab ketmaganman. Chunki o'sha sahifalar, tunda miltillab tursa-da, yulduzlar borligini; inson har qancha yovuzlashmasin, qalbining bir chetida yorug'lik shu'la qilishini aytmoqchi bo'lganlar. Bu real haqiqat.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy Последний раз редактировалось Kavsar; 12.09.2010 в 22:56. |
|||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#275 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Umuman, kino yoki musiqa bilan inson qalbiga tez yo'l topish mumkin. Chunki bu ularning his-tuyg'ulariga ta'sir etadi. Shunday ekan, san'at olamiga befarq bo'lmasak yaxshiroq bo'lardi. Insonni yo'ldan ozdiruvchi emas, balki to'g'ri yo'lga boshlovchi filmlar ishlansagina (ya'ni har bir filmning bosh maqsadi shu g'oya bo'lsa) maqsadga muvofiq bo'lar edi.
To'g'ri, bitta kinoni suratga olishning o'zi bo'lmaydi, lekin shuncha mehnat, mablag' sarflanayotgan ekan, bu mehnatni ma'naviy jihatdan yuqori bo'lgan, yaxshi ssenariylarga bag'ishlash kerak bo'ladi.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
![]() |
#277 | |
![]() ![]() Xabar
Сообщений: 1,597
+ 745
1,505/647
– 2
1/1
![]() |
Цитата:
Аммо қойил қоламан, қандай улгуряпти?! Ҳар ой 4-5та кино чиқса, шундан камида иккитаси Ғиёсова сценарийси асосида... Демак, бир ҳафтада битта сценарий ес! |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#279 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Men uni katta ekranda ko'rgan edim. Qayta ko'rishga arziydigan kino. O'zbeklarning hayoti... Asarni o'zi ham yaxshi yozilgan-da shunga balki film ham chiroyli chiqqan. Lekin ko'p o'rinda baribir rejissor mahoratiga bog'liq filmning qanday chiqishi..
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
![]() |
#280 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
O'zi E. Komilov mahoratli aktyor. Rollari o'ziga yarashadi. G. Jamilova ham menga yoqadi aktrisa sifatida. "O'tgan kunlar"ning yangi filmida Kumush rolini bu aktrisadek o'ynay olishmadi. Menga eski filmi yoqardi. Bitta filmni yangi talqinini qilgan yaxshi, faqat oldingisidan o'tkaza olsagina. Agar, oldingisiga o'xshamay qolsa, bu tomoshabinni e'tiboriga tushmaydi menimcha.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy Последний раз редактировалось Kavsar; 13.09.2010 в 11:50. |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
|