|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#271 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
,,, Агар сен хабарсиз бир ерга борсанг,
Хурматин айлагин утирсанг, турсанг. Бир насихат берай, пндимни олсанг, Киши ошининг тузин тотувчи булма. Чакирган ерга бор, утир-да, турма, Чакирмаган ерга борма, утирма. Уятсиз одамдек суйканиб юрма, Буюрилмаган ишни этувчи булма. Агар булсанг ипак каби мулойим, Мулойим сен булсанг, кулинг булойин. Кулогимга берган пандинг олойин, Кишига каттик суз айтувчи булма... Махтумкули |
|
Ответить |
![]() |
#272 |
![]() |
SHOIRONA TABASSUM
Azob berish suygan kasbingiz Kulavering, yig'lasam yum-yum. Menga qolsa sizning haqqingiz Shoirona bitta tabassum. Bir bo'salik qudratingiz bor Kimligingiz, kimligim ma'lum Keyin qilaveradi xumor Shoirona bitta tabassum. Ko'nglingizdan izladim najot Ko'zlarimga sochmadingiz qum. Meni tushunsangiz na hojat Shoirona bitta tabassum. Kurashaylik, bo'ling g'animim, Yovlik bo'lsin biz uchun udum. G'azab qiling, doim javobim Shoirona bitta tabassum. |
|
Ответить |
![]() |
#273 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Men falakka o't qo'yarman dildagi ohim bilan,
Ko'nguldan hech ketmagan dard - o'sha mohim bilan. Bas, meni yig'latdilar, o'ksitdilar, kamsitdilar, Boshin qo'ygan ul makon - dil sajdagohim bilan. Hech kima aytmam sirim, yorilmasaman yorilsa tosh, Ketsa bosh mayliga ketsin qon bo'lgan har yog'im bilan. Sen kimu, men senga kim? - bilmagaydir hech kim, Bir senu bir men bilgum yolg'iz Ollohim bilan. Qismating, ko'nglim, aniq, qismating - gulxan yoniq, Bir kuni men ham o'charman dildagi oh-vohim bilan. Ulug'bek Hamdam |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#274 |
Telecom
Ведущий специалист
Сообщений: 3
+ 2
0/0
– 0
0/0
![]() |
Omonat dunyo bu bari omonat,
Dard ham omonatdir,baxt ham omonat, G'amu-anduhinga sherikman deya Yelkasin tutguvchi do'st ham omonat Omonatdir chekkan ohu-zoring ham, Omonatdir jondan sevgan yoring ham ey dost dilingni bosmasin g'aflat, Otang omonatdir, onang omonat Omonat bu-sixat sog'lik omonat, Omonat bu-shavkat shonlik omonat Ey do’stim insonsan shuni unutma faqat Yurakda titragan joning omonat.
__________________
:KidRock_02: |
|
Ответить |
![]() |
#275 |
Telecom
Ведущий специалист
Сообщений: 3
+ 2
0/0
– 0
0/0
![]() |
Dunyoda nima go'zal? BAHOR yoki GUL?
Dunyoda kim go'zal? ONA yoki YOR? Qancha go'zal bo'lmasin GULLAR, Uni go'zal BAHOR yaratur. Qancha go'zal bo'lmasin YORING, Uni go'zal qalb ONA yaratur!
__________________
:KidRock_02: |
|
Ответить |
![]() |
#276 |
Telecom
Ведущий специалист
Сообщений: 3
+ 2
0/0
– 0
0/0
![]() |
Ey olloh asragin ishqdan tonishdan,
Sevgi otashida unsiz yonishdan Sevilib yashasam bahtliman, ammo Men juda qo'rqaman sevib qolishdan! Эй тангрим нигохига айлама ошик, Эхтиётла кузларига бокиб колишдан. Севсам майли севайин аммо, Узинг асрагин ундан айрилиб колишдан.
__________________
:KidRock_02: |
|
Ответить |
![]() |
#277 |
![]() "Tex samara servis"
Директор
Сообщений: 59
+ 18
23/14
– 0
0/0
![]() |
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas. Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a, Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no'shxand etmas. Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin, Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas. Kerak o'z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim, Buzug' ko'nglumdin o'zga yerga javloni samand etmas. Ko'ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir Ajal sarrishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas. Ul oy o'tlug' yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko'z, Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas. Mir Alisher Navoiy |
|
Ответить |
![]() |
#278 |
![]() ![]() |
Muhabbat misli bir kapalak,
Qo'rqaman sho'rlikni tutgani. Kapalakni quvganim yodimda, Yodimda yo'q amma yetganim.
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
![]() |
#279 |
![]() ![]() |
Kulganimga ishonmang
Kulganimga ishonmang, dilda qayg'u bir talay. kulib-kulib yengarman, dardlarimni har qalay. Kulganimga ishonmang, g'amni aldab yuraman. Garchi holim neligin, o'zim yaxshi bilaman. Kulganimga ishonmang, kuldim dunyo ishidan. Tosh chiqadi boy bergan, kambaga'lning oshidan. Kulganimga ishonmang, alamlarga to'laman. Xudo xoxlagan kuni, kulib-kulib o'laman.
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео Последний раз редактировалось Behzod Sulaymonov; 12.06.2008 в 14:29. |
|
Ответить |
![]() |
#280 |
![]() ![]() |
Ayting qanday kelin bo’lay akajon...???
Bu yil ostonamda yor-yor aytilar Boshimdan eng baland dorlar qaytilar So’ng bitta so’zimga zorlar qaytdilar Ayting qanday kelin bo’lay akajon Mexrim bugun mingga bo’linib ketdi Ko’z yoshim ko’zimga zeb bo’lib ketdi She'rlarim sandiqga sep bo’lib ketdi Ayting qanday kelin bo’lay akajon Tortib borayotir ro’zg’or degan g’or Shu g’am sochlarimga tushirarmikan oq Ayro yo’lda sizga shul so’rovim bor Ayting qanday kelin bo’lay akajon Qayga desalar uchib ketarman Quvonch yomg’irlarin quchib ketarman Xammaga ko’nglimni ochib ketarman Ayting qanday kelin bo’lay akajon Anxor bo’lsam, tinch soy bo’lmasam netay Bu tor dunyoda joy bo’lmasa netay Siz aytgan o’sha oy bo’lmasam netay Ayting qanday kelin bo’lay akajon Alvido aytaymi bori zorimga Asira bo’laymi g’amga alamga O’t qo’yaman ko’ngil degan olamga Ayting qanday kelin bo’lay akajon Muallifi...
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео Последний раз редактировалось Behzod Sulaymonov; 12.06.2008 в 14:29. |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
|