Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 30.04.2009 13:15   #241  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Shu kunlarda bahorga zorman...

Zulfiya
Bahorga aslo zor bo'lma, dilim,
Qishning sovuq, qorli qahratonida,
Yozning jazirama saratonida,
Sen bahorni o'zingdan qidir...

Оффтоп:
Yuqoridagi she'rni o'qib ko'rgach, nimagadir quyidagi satrlar o'z-o'zidan quyilib keldi...
Ответить 
Старый 06.05.2009 13:25   #242  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Ba'zan o'quvchilarga rasmga qarab ijodiy ish berilganda ancha ta'sirli natijaga ham erishish mumkin bo'ladi. Ana shunday dildagi satrlardan biri...
Цитата:
"Allaga ovungan dunyo"
(J.Subhonning shu nomli kartinasiga boqib)

Odatdagidan vaqtliroq turib, deraza tomonga qarab yurdim. Tong o'z askarlari bilan bostirib kelardi. Derazani ochganimda esa tong elchisi sifatida yuborgan shabada meni kutib turgan ekan. U bu kunlarga shukronalar keltirishim kerakligini uqtirib, ushbu kunim xayrli o'tishini tilab, qulog'imga asta pichirladi va sochlarimni mayin erkalab xayrlashdi. Yana qalbimda allaqanday hislar junbushga keldi-yu, bu dunyo kalavasidan uzilgan insonlarni xotirlay boshladim. so'ngra osoyishtalik, quvonchli kunlarga yetkazganiga shukronalar aytdimu, menga mo'ltillab turgan radioning tugmasini bosdim. Undan mungli musiqa yangray boshladi. Aynan hozir g'ijjakning dard bilan yig'layotganini ko'proq his qilyapman. Ana unga nay ham qo'shilib nola chekyapti. Yo'q, qalbim, faqat sen bu faryodga qo'shilma, aks holda ko'zlarimni ijara olishga ko'zyoshlar tayyor turibdi. Shu payt xayol atalmish kemam tasavvur ummoniga g'arq bo'la boshladi. Shu ondayoq sinfimiz devorida osilib turgan ajoyib surat ko'z oldimga keldi. Allaga ovungan dunyo.
Shuncha yil yashab boylik to'plabdi-yu, kuz fasliga havas qilayotganini sezmapti. Balki, garovda turgan umrini yaproqlarga almashgisi yo'qdir. Lekin ular sarg'ayib, quriy boshlagan. Endi imkon atalgan ildiz unga yangi daraxt, meva yaratib berolmaydi. Kuzning-chi, unga rahmi kelmasmikan? Yo'q. Chunki, bu safar tashrif buyurgan kuz ogohlantirmagan va albatta qachondir kelishi shart bo'lgan fasl. Tarbiya bog'ida esa uchta meva yetishtiryapti. Shu farzandlaridan birigina kitob olamida yashashi bilan ajralib turadi. Bir vaqtlar shu o'g'li o'qib o'tirganida o'zi uning ustidan kulib, keraksiz narsalarga vaqt sarflamaslik kerakligini aytgandi. Hozir esa faqat ugina ro'zg'orini but qilib turibdi. Qolgan ikki farzandining qalbini boylik to'plash qutqusi qurt kabi hozirgacha kemirib kelmoqda. Ota bo'lib bugungi kunini zulmat og'ushida sezsa ham, birgina farzandi tufayli albatta yorug' kunlar tashrif buyurishini biladi. Lekin o'zining ota-onasi-chi? Ha, ular o'tmishining navqiron siymolari. Ular qo'llaridan kelgancha ajoyib tarbiya berdilaru, vaqti soati kelib, umid gullarini qo'llariga tutqazib, haqiqiy kulbalari bo'lmish qabrga jo'nadilar. darvoqe, oxirgi marta qachon qabrlarini ziyorat qilishga borgan edi. haqlariga-chi duo o'qish nima ekanligini unutib qo'ymaganmikan? Demak, xotirasining asosiy darvozalari buzulib bo'libdi-da! Endi farzandlaridan nimanidir kutish shart emas.
Bo'ldi-da axir, ey nay, nega sen qo'shilib yig'lashimni istayapsan? Shundog'am xotira bog'imda chang bosib ketayotgan nomsiz tuyg'u torimni chalinishiga sabab bo'lding. Shoshmay tur, ana taqdir ummonining ajal atalmish oppoq kemasi, qahramonimni kuzatib qolay. Ketdi... Mashhur asardagi oq kemada, o'sha bolaga o'xshab.

Bibi Robiya
Ответить 
"+" от:
Старый 08.05.2009 00:11   #243  
Аватар для Shoista Quchqorova
Оффлайн
"SM & ZiyoNet"
tinglovchi
Сообщений: 26
+ 18  26/12
– 0  0/0

Uzbekistan
Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdir.
Haqiqiy bandalik,sadoqat ham ibodatdir.
Tiriklikni qilolsang ma'rifat bog'i,
mashaqqatli ilm ahli, qiroat ham ibodatdir.
Otang birla onang qalbi o'tar Ka'ba tafovudin,
ular ko'nglin shod etsang ,shul xizmat ham ibodatdir.
Umringni etmayin isrof,o'zing ro'za vujuding sof,
agar pok holda uhlarsang,shul rohat ham ibodatdir.
Xabar oldingmi bemordan,qarindosh, do'st, musofirdan,
Birovni yo'qlasang dildan,ziyorat ham ibodatdir,
Mudom Alloh zikr etsang,halol boriga shukr etsang,
Qiyomat borini fikr etsang,tijorat ham ibodatdir,
Biror zolim, jafokorga, desang haq so'z,
Sukut qilsang, sukunat ham ibodatdur.
Ответить 
Старый 08.05.2009 00:17   #244  
Аватар для Shoista Quchqorova
Оффлайн
"SM & ZiyoNet"
tinglovchi
Сообщений: 26
+ 18  26/12
– 0  0/0

Uzbekistan
Do'stim, "do'stlikni" avaylab asrang,
Salom degan so'zning salmog'in oqlang,
O'lganida ko'p soat yig'lab turgandan,
Uni tirigida bir bora asrang !!!
Ответить 
Старый 08.05.2009 00:21   #245  
Аватар для Shoista Quchqorova
Оффлайн
"SM & ZiyoNet"
tinglovchi
Сообщений: 26
+ 18  26/12
– 0  0/0

Uzbekistan
Yorim yo'q deb yig'laydi inson,
Bilmaydi-mu Alloh unga yor,
Do'stim yo'q deb o'kinar inson,
Bilmaydi-mu joynamozdek vafodori bor,
Sirdoshim yo'q deb bo'zlar inson,
Bilmaydi-mu namoz-ku sirdosh,
Gar iymonla o'lsa dunyodan,
Islom unga bo'ladi quyosh.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 08.05.2009 11:22   #246  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Hurmatli Shoista Quchqorova!
She'r muallifini she'r so'ngidan so'ng ko'rsatib o'tish esingizdan chiqmasin. Bu ham tom ma'noda she'r muallifiga nisbatan hurmatni bildiradi.
Ответить 
Старый 08.05.2009 11:24   #247  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Shoista Quchqorova Посмотреть сообщение
Do'stim, "do'stlikni" avaylab asrang,
Salom degan so'zning salmog'in oqlang,
O'lganida ko'p soat yig'lab turgandan,
Uni tirigida bir bora asrang !!!
She'rning asl matni quyidagicha edi:

Do'stlar yaxshilarni avaylab-asrang,
Salom degan so'zning salmog'in oqlang.
O'lganda o'n soat yig'lab turmasdan,
Tirikligida bir soat yo'qlang.

To'rtlik muallifi Maqsud Shayxzoda
Ответить 
Старый 09.05.2009 14:45   #248  
Аватар для Javohir Mahmudjonov
Оффлайн
"Sardorlar Maktabi" vs Ziyonet kurs
Sm&ZiyoNet
Сообщений: 235
+ 165  43/31
– 0  2/2

Uzbekistan
Vatanni sev, sevmasang sen inson emassan,sen toshsan,jonsiz tosh.
...........Arastu...........
Ответить 
Старый 12.05.2009 11:13   #249  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Qo'rqmang,
Yo'lingizni to'sib chiqsa ham...
garchi bo'yingizga ohista bo'ylar,
Sizga yomonlikni ravo ko'rmaydi
Sodda pechak gullar, devona gullar...

Noraso dunyoning ishini ko'ring-
Na guldur va yoxud na maysadurlar.
Gul bo'lgisi kelar gulga o'ralib
Sodda pechak gullar, devona gullar...

Ko'nglida bir telba isyon bordayin,
Hatto daraxtlarga dil berar ular.
Sevgisi bejavob oshiqqa o'xshar
Sodda pechak gullar, devona gullar.

Osmonga talpingan ko'yi lol, hayron,
Kuzakning ko'ziga tikilib kular.
Ishq so'rab Xudoga bormoqchi balki
Sodda pechak gullar, devona gullar...

Halima Ahmad
Ответить 
Старый 12.05.2009 15:25   #250  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Juda go'lman,
Juda befahm-
Ishonaman, kim nima desa.
hatto daraxt bo'lishin aytib,
Aldab qo'yar
Kichkina maysa.
Muhabbatning ko'chalarida
Ming adashib, aldanganim rost.
Yupataman o'zimni goho:
"Aldanish ham oshiqlarga xos..."
G'animlardan shikoyatim yo'q,
Do'stlar meni aldadi yomon.
Garchi umid, orzularimni
Mehr bilan etgandim ehson...
Hayot esa qistaydi hamon:
"Yaxshi kun bor oldinda,
Yugur!.."
Ko'p aldanib charchagan ko'nglim
Ne uchundir
Bo'lar behuzur.
Men ham endi anoyi emas,
Hayot, meni aldama sen ham!
O'sha kunga yetib borguncha
O'lmaysan deb,
Avval ich qasam.

Halima Ahmad
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх