|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#241 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Quyosh xonangizga mo’ralab boqib,
Yuzingiz qitiqlab uyg’otgani dam, Ko’z yoshi – shabnamdan kiprigin qoqib, Kelgan tong muborak bo’lsin, azizam… Qalbingiz poklikka burkansin behad, Qayg’u ne, bilmasin kulgan yuzingiz. Baxtni chin dugona aylang toabad, Mehringiz chashmasi to’ldirsin dengiz. Umr, deb atalmish ko’rkam daftarni, Shodlik nomasiga to’ldirib tashlang. Tole gullariga to’latib barni, Ko’nglingiz gurkirab, ochilib, yashnang Iqboldan toj yasab, orzu-havas-la, Aziz boshingizga qo’yay kiydirib. Ich-chdan his qilib saodat vaslin, Nasib etsin yashash –suyib, suydirib… Men mushtoq, Siz intiq, Dillar intizor, Mahtal yuraklarga nomalar dalda… Istagim, tabassum etingiz bir bor, Chuqur xayollarga cho’mgan mahalda… …Quyosh xonangizga mo’ralab boqib, Kelgan tong muborak bo’lsin, azizam… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
"–" от:
|
![]() |
#242 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Yana keldim osha xiyobon tomon,
Ko’nglim bilan birga sayr qilgani. Yashillik qalbimga kelar ne zamon, Qachon taqdirda tong otar, bilgani. Qushlar atrofimda girdikapalak, Subhidam tilida so’zlashmoqdalar. Sahardan nimaga jonlari halak? Balki tolelarin izlashmoqdalar. Siydam bulutlar-chi, parishon mendek, Ochmaydi dardlardan to’ygan qalbini. Zulmat kechalarda kutilgan kundek, Menimcha, oshirmoq istar qadrini… Maysalar yomg’irning visolin qo’msar – Ular ham men kabi intiq intizor, Sarg’ayib, qovjirab, so’lib, on sanab, Bahorga qanchalar bo’lishgandi zor… Qushlar – ilinjlarim ajib sadosi, Bulut – tarqayotgan mujmal xijillik. Maysa – ko’klamlarga jonim fidosi, Subh-chi, ko’z tikkanim – orzum ming yillik… O’chgandek bo’ladi yuragimda dog’, Ko’nglim ko’chalari emas biyobon. Yana xayollarim elitib uzoq, Yana umidimga to’lar xiyobon… Sahar… Siydam bulut… Ko’rkam xiyobon… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#243 | |
![]() поэтесса
Сообщений: 14
+ 62
67/11
– 0
0/0
![]() |
Цитата:
Мен Масъуджонни мен кабиларга манзур бўладиган шеърияти билан табриклайман. Унинг ёзганларида САНЪАТ бор. Шеърият бир бино бўлса, эшик, дераза ва томи мукаммалдир. Бирор ғишти кўчса, меъморлигига путур етади. Меъмор шоир, бедор шоир, бетакрор шоир Масъуджон соғинчлар аро қоврилиб тўкис-тугал ўз шеъриятини яратсин, маҳоратини оширсин. Ана шунда шоирман деб маъно топса эшик -деразаси йўқ, бири боғдан, бири тоғдан келувчи қофия ва туроқ билмаган "ижодкорлар"га ўрнак бўлади, ўзини кўрсатади. Биз нима учун мумтоз шеъриятга (Навоий, Бобур, Машраб) мурожаат қилаверамиз? Чунки улар чинакам САНЪАТКОРЛАР!!! Фикримга фикр билдирувчилар учун электрон почтам umida_0178@mail.ru |
|
|
Ответить |
5 "+" от:
|
![]() |
#244 | |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Цитата:
Tashakkur, Umida opa! Sizning bu qadar maqtovlaringizga arzimas bo'lsa-da, she'rlarim uchun bildirgan iliq fikrlaringiz uchun xursandman. Opajon, kelgusida ushbu sahifada Sizning ham she'rlaringizdan bahramand bo'lamiz, deb umid qilaman. Qolaversa, shu yerda qo'yilayotgan she'rlarga o'z fikrlaringizni bildirib borishingizga ishonaman. Avval ham aytganimdek, shoirlikka da'vo qilmayman, yozganlarim ko'ngil so'zlarining qatorga solingan shakli xolos... Ulardan kimdir qanchadir bo'lsa-da ma'naviy ozuqa olsa - o'zimni maqsadga erishgan hisoblayman. Mumtoz she'riyat haqidagi fikringizga qo'shilaman. Ularni o'qiganda kishi boshqacha bir zavq tuyadi, rohatlanadi. Ishdan, o'qishdan charchab kelib ularni mutoalla qilib inson ruhiyati dam oladi. Afsuslarkim, oxirgi paytlarda adiblarimiz aruzdan yiroqlashib bormoqdalar; g'azallar yozishmay qo'yishdi... Haqiqiy she'r zamon va makon tanlamaydi, xuddi shunday ma'nisiz she'rlar vaqt o'tishi bilan yo'qolib ketadi. Ma'nosiz yozishdan Yaratganning o'zi asrasin...
__________________
Мой ЖЖ Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 29.04.2010 в 21:32. |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#245 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Dil notinch…
Uyqu yoq sog’inch komida, Xayol girdobiga tushib ketaman… Oydin shu kechaning har bir onida, Sening suhbatingni intiq kutaman. Kutaman, tiz cho’kib tuyg’ularimga, Mehrim g’unchasidan yasab guldasta, Ilinj-la, ko’z qoqmay, mayliga zumga, Ismingni tilimga etib payvasta… Gohida ko’nglim g’ash, gohi bo’lib shod Gohda-chi, pichirlab, goh aylagum dod, Umidlar ko’chasin etiblar obod, Faqat uzun tunlar emas, umrbod, Kutaveraman… Xijron halovatim tortqilar tinmay, Visol uzoqlashib boradi go’yo. Peshonam yozig’in bilibmi, bilmay, Meni tashlaydimi o’tlarga dunyo? Otashi kuydirmas, kul qilar xolos, Pichoqsiz so’ymas-u, ming tilar xolos, Yuragim uzoqdan qo’lga olvolib, So’z demay, indamay, jim silar xolos… Sog’inib yashashga yashringan hikmat - Ko’rgim kelaverar o’ylagan sari… Hislarim majmui – ajoyib hilqat, Baxtimga salomat-sog’ bo’l, dilbarim… (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#246 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Anchadan beri ushbu she'rni tugatolmay yurgandim, kecha kechqurun tugallab, bugun forumga qo'yish nasib qildi...
Ўсма суви кириб кўз ачишмаган, улолари район висолига зор. Сочини орага майда сочмаган, Сурмани сурмаган, билмаганлар бор. Улар нени ўйлар, нималар излар? - оши ораймасдан бўянган излар. Кўзгавар тик араб, файзин йўотган, Билмайсиз, бормикин юзда кулгучи. Гулзорда жилмайиб, очилиб ётган Гулларни кўрса ам, олмайди учиб. Юзига истара тафти бегона, Аслий гўзаллиги йилаган излар. Овози йигитлар овозин тутар, Шаралаб кулишар жамоат жойда. Ўзидан бошани буткул унутар, Гўё санайдилар ўзларин ойда. Барчага ер макон, бўлинг хокисор, Кўкларга саёат айлаган излар. Миллийлик жудаям ноёб топилма, ар битта гапида бўзлайди тили. Ибо арорати еч таъсир илмас, Зоири рангидек эмас ботиHи. Диллари заъфарон, алблари ашшо, Болдек бахтларини болаган излар... Йў-ку, районингиз улоингизда, Ўзбегим урлари, аердасизлар? Тушдингизми ёки замон изидан Атлас жилосини унутган излар! (c) Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 30.04.2010 в 21:17. |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
![]() |
#247 | ||
![]() ![]() ![]() програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743
5,086/2,116
– 69
99/68
![]() |
Цитата:
Цитата:
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер. |
||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#249 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Yaxshiyam xijron bor,
Visolning qadri, Quyosh misol aziz, tog' qadar baland. Yaxshiyam intiqqan yuraklar satri, Ketmaydi dillardan, o'chirmang harchand. Yaxshiyam, dardkashim qog'oz va qalam, Sog'inch kalomini she'rga solaman. Agar bir zumgina sog'inmay qolsam, Shubhasiz, men soqov bo'lib qolaman. Yaxshiyam, xayolim Siz bilan birga, Soyadek, izingiz quvlab yuradi. Har onda shukrona aytib taqdirga, O'ychan ko'zingizga boqib turadi. Yaxshiyam, tun holim eshitguvchidir, Garchand bedorlikka mahkumdir ko'zim. Tole' ana shudir, iqbolim shudir, Oyingiz ham o'zim, Yulduz ham o'zim. Yaxshiyamki, borsiz - hayotim xursand, Axir bu kunlarni qanchalar kutdim. Sabodek mayin, ham navodek sho'xchan, Ovozingiz juda sog'inib ketdim... (c) |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#250 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Meni zor aylagan xijron hamon qalbim muammosi,
Ketar zoe yurakimning iltijo-yu, tavallosi. O'zim hayron, netay vayron bo'lib bitdi baz'or qurgan, Muhabbatni makon etgan oshufta ko'nglim ma'vosi. Turib bedor,qolmay mador, ozib yozib ko'zim ketsa, Tushlarimda ayon ermish tuzalmas dardim davosi. Kuyib jonim, xonumonim kuyib bitdi, ado bo'ldi, Magar dildor nazar qilmas, kelmas bo'ldi hech parvosi. Rutubatdan, uqubatdan zahga bosgan ko'ksim uzra, Paykon misol qadalmishdir, karam, ishva, tamannosi. Tiqib boshim, to'kib yoshim, yorug' chehram qaroyir, voh, Nedan menga kerak erdi, ajab, ishqning bu g'avg'osi? O'tar kechmish, bo'lar o'tmish, umid mas'ud zamonimdin, Vale chiqmas xayolimdin halovotim shum yag'mosi. (c) Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 02.05.2010 в 11:07. |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
|