|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#241 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Ёлғизлик фалсафаси Сенсиз ҳам баҳорни кутиб олдим шод, Завқ берар ранго-ранг кўклам гуллари. Махзун ишқ чечагин этмай қўйдим ёд, Умр чаманзорин кезган кунларим. Сенсиз туйғуларим ҳали ўлмади, Ёки ўз жонимга қилмадим-ку қасд. Сабр косаси ҳам ҳали тўлмади, Ё ичиб бир он ҳам бўлмадим сармаст. Сенсиз, ўйловдимки, яшашим мушкул, Дегандим қўлим ҳам бормайди ишга. Ҳаёт мажбур қилиб қўяркан буткул, Дардни дардсизликка алмаштиришга. Сенсиз қадам босиш секин ўргандим, Тетапоя қилган гўдак сингари. Юрдим... йиқилдим, сўнг тик туриб қолдим. Энди қалбим мағрур, қайғудан нари. Сенсиз бахтлиликка бўлдим даъвогар, Ёлвориб сўрмадим ортга қайтишни. Чўлдек қақраб ётган қонсиз юракка, Меҳрга йўғрилган бир сўз айтишни. Ҳаёт тугамаган ғалат фалсафа, Нолимам, экан, - деб – бевафо дунё. Ишқсиз кун кечириш мушкул-ку, лекин, Ёлғиз яшашда ҳам бор экан маъно! Firdavs...
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#242 |
159 maktab
o`quvchi
Сообщений: 79
+ 22
30/23
– 0
0/0
![]() |
Oh, qachon aldashga o'rganasan sen,
Yuzingda kulgiyu, labingda titroq. Men uchun o'rtanmay, o'rtanasan sen... Qo'rqma! Tillarimda qolmadi so'roq. Ne qilay? Yurakdan bo'shadi tanim, Najot - ko'nishdami, najot - o'lishda?.. Azizim, azizim, azizim manim, Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga? |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#244 |
Inson umri go'ya charxpalak,
Tun-u kun tinimsiz aylanar. Kecha tepasida yurgan odamlar, Bugun endi pastda yo'rg'alar. Bu dunyo yolg'ondir, bu dunyo g'aflat, Sen o'zingni kerakli inson deb bilgin. Qo'lingdan kelgancha qilma yomonlik, Bu besh kunlik umringda yaxshilik qilgin... Aziza To'lqin qizi |
|
|
Ответить |
![]() |
#245 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
...Nomingizga qo’shilib o’sdim,
Har kun, Har tun mahrum va badar. Men Sizniki bo’lib yashadim, Bilsangiz, to shu kunga qadar! Ammo bildim. Siz butkul boshqa! Buloqdirsiz – sokin va beg’am. Anglamaysiz, bir kuni aytmay, Poyingizda suvsab o’lsam ham. Yo’q, bu ishqni ko’tarolmaysiz, Sizni ezar tahqir va ta’qiq. Bu dunyoda eng go’zal sevgi, Hamisha xor, mahkum, mustahiq! Keting, Sizga ehtiyojim yo’q! Sevsam endi sevgum O’limni. Yana ming yil yashasangiz ham Tushunmaysiz, afsus, ko’nglimni… Zebo Mirzo |
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#246 |
![]() "Tex samara servis"
Директор
Сообщений: 59
+ 18
23/14
– 0
0/0
![]() |
Ichkilik kekkaygan boshni qilur xam
Maydan yechilmagan biror tugun kam. Bir qultum may ichgan bo'lsaydi shayton, Ming sajda qilardi odamga ul ham. Biror kishi chiqib har zamon, mana Men, deydi, Molu siymu zari bor chunon, mana Men, deydi. Ishi rivoj topib turganda, bir kuni ajal, Pistirmadan chiqib nogahon, mana, men deydi. Kelolmagach qaytib ushbu olamga, Qo'rqamen, yetmasmiz yoru hamdamga. Bu damni g'animat hisob etaylik, Balki yetolmasmiz hatto shu damga. Jonimiz bu tanni tark etib ketar, Ikki g'isht go'rimiz ko'zin berkitar, Keyin boshqa go'rga g'isht qo'ymoq uchun, Bizning tuproqlarni ezib loy etar. Umar Hayyom |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#248 |
Ishq ila men xastaman,bu dardima davo yo'qdur,
Qora qismat bitilmishdir,visoldan hech vido yo'qdur. Vasl yo'qdur,faqat bordur alam,hasrat ila kulfat, Tovushingni kutarman zor,biroq sandan sado yo'qdur. Asir qushman - go'dak panji g'ijimlaydi berib ozor, O'lim yordur vujudima,xudoyimdan panoh yo'qdur. Bola dastida giryona - qanoti qonolud qushman, Qutilmoqqa biror chora,azoblarga ado yo'qdur. Axir,man qush emasman,yor,qutilmoqqa yo'lim bisyor, Biroq ishqqa chalingan dil uchun erkin samo yo'qdur. MAJNUN (arab mumtoz shoiri)
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic: |
|
|
Ответить |
![]() |
#249 |
![]() |
Roziman buyurgin quling bo'loyin
Armonim ko'ksida yongan yulduzim Hohlasang oltinu zarga o'royin Orzuli hayotda yo'qolmas izim, Orzularim shu bo'lsa mayli Mayli meni yillar sog'intir Mayli ishqning o'tida yondir Men kutarman seni baribir. Maylimi oy chiqqan oydin shu kecha Nafas olaversam yutinib hursand Maylimi dunyoning bitta burchida Men ham vaslingizni kutib o'tirsam... Maylimi sog'insam va toshsa ko'nglim Yig'lasam maylimi maylimi kulsam O'ksitmasmikinman sizni sevgilim Shu kecha hajringizda behosdan o'lsam... |
|
Ответить |
|