Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 04.05.2009 15:50   #231  
Аватар для khikmatilla
Оффлайн
Ташкентский фармацевтический институт
Проректор по учебной работе
Сообщений: 135
+ 111  81/47
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для khikmatilla с помощью ICQ
Цитата:
Сообщение от Ozoda Umarova Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от khikmatilla Посмотреть сообщение
Модеринаторлардан илтимос (128) юкоридаги сообщение кайта-кайта чоп этилиб кетибди. Интернет яхши ишламай кийнаган эди. Ортикчаларини ўчириб ташласангиз, илтимос
[MOD]Ортиқча постлар ўчириб ташланди[/MOD]
Сизларга катта минатдорлик билдираман, чунки бизларни мукобил ишлашга кўп хизмат килиб турасизлар. Бу хар доим сезилиб туради.
__________________
http://fitq.zn.uz/
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 08.05.2009 00:33   #232  
Аватар для Shoista Quchqorova
Оффлайн
"SM & ZiyoNet"
tinglovchi
Сообщений: 26
+ 18  26/12
– 0  0/0

Uzbekistan
Manimcha, reklamalarni bunchalik ko'p berilishi umuman noto'g'ri,bir tomondan ularni (reklama agentliklarini) asosiy biznesi shunda, lekin ular o'ta ko'p ko'rsatib iste'molchilarni ko'ynini ozdirayotgan bu mahsulot reklamasi, va o'zi zararga kirib ketib qolmasin.Chunki reklamasi joningizga tegib ketgan , hatto tush ko'rayotganingizda "рекламная пауза" chiqib qolaversa, kim o'sha mahsulotni xarid qilgisi keladi.To'g'ri emas-mi?
REKLAMA
Ответить 
Старый 09.05.2009 14:50   #233  
Аватар для Javohir Mahmudjonov
Оффлайн
"Sardorlar Maktabi" vs Ziyonet kurs
Sm&ZiyoNet
Сообщений: 235
+ 165  43/31
– 0  2/2

Uzbekistan
Men o'ylashimcha reklama uchun mahsus kanal ochish kerak. Kimga reklama kerak bo'lsa ko'raversin.
Ответить 
Старый 11.05.2009 08:44   #234  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Javohir Mahmudjonov Посмотреть сообщение
Men o'ylashimcha reklama uchun mahsus kanal ochish kerak. Kimga reklama kerak bo'lsa ko'raversin.
Кабристондаги "Хаййя алал фалах"га ухшатиб-а?
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 27.05.2009 17:04   #235  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Kuni kecha bundan to'rt yil avval yozilgan maqolani o'qib qoldim. Dono xalqimizda "Ko'z-ko'z qilmang-ko'z tegar" gapi qanchalik asosli ekanligiga amin bo'ldim. Qiziq, bundan to'rt yil oldin vaziyat qanday bo'lsa, hozir ham shunday. Hech narsa o'zgarmagan....
Цитата:
Ustoz Ozod Sharafiddinov gazetadagi bir maqolasida "Hadeb reklama ko'rsataversa, televizorni uriи sindirgim keladi" degan edi.
Men televizorimni sindirolmayman-ko'zim qiymaydi, yaxshisi , unga qaramay qo'ya qolaman. chunki bema'ni reklamalarga qarshi kurashib ko'rganman. Qo'limdan hech narsa kelmagan.
Bir muhokamada tamaki reklamasi xususida anchayin mulohaza bildirganimda "zamonaviy" akaxonlarimizdan biri dabdurustdan "Nima siz bozor iqtisodiyotiga qarshimisiz?" deb dag'dag'a qilgani yodimda.
Albatta, bu jahonshumul, mutaraqqiy tizimga qarshilik qilish befoyda. Kishini, nihoyati, reklama bahonasida sodir etilayotgan ayrim aldamchiliklar tashvishga soladi.
Bozorga mol chiqargan odam hech qachon uni yomon demaydi. Artib-surtadi. Ko'z-ko'zlaydi. Ta'rif-tavsif beradi. Oxir-oqibat qo'lingizga tutqazib, pulingizni olgachgina tinchiydi. haloli bo'lsin.
Bugungi reklamachilar esa pulingizni shilgandan keyin ham tinch qo'ymaydi. radio, televizor, gazeta-jurnal, simyog'ochu turli tuman peshtoq va devorlar- qayoqqa qaramang, goh molini, goh "ko'rsatadigan" xizmatini, goh o'zini ko'z-ko'z qilib turadi. Qochadigan joy topib ko'ring-chi!
Matohing shu qadar zo'r, oliysifat ekan, uni tiqishtirishga namuncha jon koyitasan, birodar, degingiz keladi. Bozor-da, bozor!
Gap shundaki, ko'pincha qing'ir yo'llar bilan kelgan yoki bozori kasodroq matoh ana shunday zo'r berib reklama qilinadi. Dod degudek bo'lsangiz, sotib olmagin edi, ko'rmagin, bormagin edi deydiganlar ham topiladi.
Eng bezor qilgani - dori-darmon reklamasi.
Qorin to'yg'izadigan noz-ne'matlar turib allanimabalo "mo'jizaviy" hapdorilar ta'rif-tavsif etiladi. Ichsa-o'lgan odam tirilib ketarmish, esa-munkillagan chol yosh yigitga aylanib qolarmish! Afsuski, chunday cho'pchaklarga laqqa tushadigan anoyi "o'lik"lar ham, yoshligini tush ko'rib yurgan xomxayol chollar ham kam emas. Sho'rlik, reklama qurbonlari!
Yoki, deylik, besh yuz so'mlik lotoreyaga bir emas, uchta(!!!) yengil mashina yutgan yigitcha ekranda bor-yo'g'i velosipedli bo'lgandek iljayibgina tursa... kim ishonardi bunga? Yolg'onni ham уздфыр kerak-da!
Reklamaga tushmagan nima qoldi? Insof, uyat, andisha emas, g'irromlik, qalloblik shiorga aylanib ketmadimi?
Nimaiki hadeb ko'z-ko'z qilinaversa, bilingki, yo bir illati, yo nozikroq bir sababi bor!
Yo'q, biz bozor munosabatlariga ham, uning zarur vositalaridan hisoblangan reklama siyosatiga ham qarshi emasmiz. aslo. Bu jarayonni tartibga soladigan, o'rni kelganda nazorat qiladigan maxsus tashkilotlar tuzilganidan ham xabardormiz. Ammo shular bahonasida surbetlik, g'irromligu qalloblik namoyishi avj olib ketishidan xavotirimiz borligini ta'kidlamoqchimiz, xolos...

Erkin A'zam, 2005-yil
Ответить 
"+" от:
Старый 11.06.2009 16:43   #236  
Аватар для Akbarjon
Оффлайн
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
talabasi
Сообщений: 17
+ 1  14/8
– 0  0/0

Uzbekistan
agar shunday uylasangiz

uzingiz uylab kuring reklama kanali bulsa uni kim ham korardi aniq qilib aytsak tv ni daromadi reklamadan
Ответить 
"+" от:
Старый 11.06.2009 17:18   #237  
Аватар для olim
Оффлайн
Сообщений: 259
+ 557  160/82
– 0  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для olim с помощью ICQОтправить сообщение для olim с помощью YahooLiveJournalМой мир
Цитата:
Сообщение от Akbarjon Посмотреть сообщение
uzingiz uylab kuring reklama kanali bulsa uni kim ham korardi aniq qilib aytsak tv ni daromadi reklamadan
To'gri siz aytgandek tvning daromadi reklamada lekin meyor talablaridan chiqmasa yahshi bo'ladi.
Ответить 
Старый 11.06.2009 17:23   #238  
Pre Open ID Group
Аватар для Abdusalim Nursaidov
Оффлайн
Toza havo
qarovul
AKA:boss
Сообщений: 967
+ 975  467/248
– 32  17/12

Uzbekistan
Baribir dori-darmonlarni reklamasiga qarshiman. Chunki dorilarni shifokor maslahati bilan ichish tavsiya etiladi. Chunki hali bu narsani tushunmaydigan "oddiy" kishilar juda ko`p.
__________________
Fikr va mulohazangiz uchun oldindan rahmat.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 11.06.2009 17:39   #239  
Аватар для olim
Оффлайн
Сообщений: 259
+ 557  160/82
– 0  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для olim с помощью ICQОтправить сообщение для olim с помощью YahooLiveJournalМой мир
Цитата:
Сообщение от gerta Посмотреть сообщение
Baribir dori-darmonlarni reklamasiga qarshiman. Chunki dorilarni shifokor maslahati bilan ichish tavsiya etiladi. Chunki hali bu narsani tushunmaydigan "oddiy" kishilar juda ko`p.
Shunday ekan vrach tavsiyasi(retsept) bilan dori- darmonlarni olish kerak, reklama qilinganlarinig barchasi xam ta'siri yuqori bo'lmaydiku?
Ответить 
Старый 19.06.2009 13:15   #240  
Real ID Group
Аватар для Muhayyo Turdialiyeva
Оффлайн
Сообщений: 380
+ 408  466/214
– 0  4/4

Uzbekistan
Eng qizig'i shundaki har bir vrach o'zi olgan bilim-ko'nikmalaridan kelib chiqib davolaydi. Yoningizda poliklinikadagi terapevt bergan dorilar ro'yhatini butun bir shahar bo'ylab aylanib qancha terapevtlar qabulida bo'lsangiz ham topolmaysiz. Qaysi yo'nalishda bo'lmasin barcha vrachlar o'zi to'g'ri deb hisoblagan dori-darmonlar bilan davolaydi. Qiziq ular ana shu bilimlarni qayerlardan olishar ekan. Bu yerda jabrlanuvchi faqatgina bemor agar vrachingiz malakali-bilimli bo'lsa yaxshi aksi bo'lsachi...
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх