| 
 | 
		
			
  | 
		
		
		|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) | 
| Ответить | 
	
	
| 
		 | 
	Опции темы | Опции просмотра | 
| 		
			
			 | 
		#222 | 
			
                        ![]() Freelancer 
consultant 
					Сообщений: 1,749
				 
 
	+ 4,053 
	
		
			
				3,248/1,245
			
		
	 
 
	– 266 
		
			
				151/145
			
		
	 
                                
				
	![]()  | 
	
    
    
			
						
		
 
            
            Tinchlik istamaydi jonsarak qalbim, 
		
	
		
		
        
 
        
		
			Mudom emas tanda bir hil harorat. Hayol tinim bilmas, turolmaydi jim, Yurak ham topolmas to‘zim-halovat. Kechikkan yoshlikning dardini tuyib, Mo‘jaz dunyoimni bezaydi hazon. Hayot sharobidan icholmay to‘yib, Tarqatdim yo sotdim suvdan-da arzon. Lablarda tabassum, o‘zgalar hursand, Baxtini topishgan allaqachonlar. Ularning yuzida quvonchni ko‘rsam, Bahrim ochiladi, yayraydi jonlar. Biridan olganman zavqlanish hissin, Yana boshqasidan jindekkina g‘am. Kimdir taqdim etgan hurlik nafasin, Shundan, mana, tirik vujudim, tanam. Taqdirim juda ham mohir tikuvchi, Undagi Odamlar barcha-barchasi. Bir butun matoni tashkil etuvchi, Sermazmun umrimning bitta parchasi. Firdavs 
				__________________ 
		
		
		
		
	
	Мой ЖЖ  | 
| 
 | 
	
	Ответить | 
| 		
			
			 | 
		#224 | 
| 
    
			
						
		
 
            
            Majnuntol tagiga o'tqazing meni, 
		
	
		
		
        
 
        
		
		
	
	Qovrilmay g'ashlik alangasida, Majnuntol tagiga o'tqazing meni, Nafasimni rostlay ko'lankasida. Majnuntol tagiga o'tqazing meni, Qushlar ovoziga quloq solayin. Majnuntol tagiga o'tqazing meni, Xayol og'ushida orom olayin. Majnuntol tagiga o'tqazing meni, Shu kungacha o'zni men cheklab bo'ldim. Majnuntol tagiga o'tqazing meni, Men uchun yig'lasin men yig'lab bo'ldim.  | 
|
| 
 | 
	
	Ответить | 
| Реклама и уведомления | |
| 		
			
			 | 
		#225 | 
			
                              ![]()  | 
	
    
    
			
						
		
 
            
            Meni men istagan suhbatig'a arjumand etmas, 
		
	
		
		
        
 
        
		
		
	
	Meni istar kishining suhbatim pisand etmas. Ne bahra topqamen ondinki, mendin istagay bahra, Chu ulkim, bahraye ondin tilarmen bahramand etmas. Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a, Ayon ul zahrchashm aylab, nihon bu hoshxand etmas. Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin, Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas. Kerak ul chobuki qotilvashi majnunshiorimkin, Buzug' ko'nglimdin o'zga yerda javloni samnd etmas. Ko'ngul uz charxi zolidin, firibin yemakim oxir, Ajal sarishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas. Ul oy o'tlig' yuzin ochsa, Navoiy tegmasin deb ko'z, Muhabbat tuxmudin o'zga ul o't uzra sipand etmas. Alisher Navoiy  | 
| 
 | 
	
	Ответить | 
| 		
			
			 | 
		#227 | 
| 
    
			
						
		
 
            
            Ikki buyuk shoir, ikki musofir – 
		
	
		
		
        
 
        
		
		
	
	Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Sizni o’ylatmasmi bu jumboq, bu sir, Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur… Buni tasodifmi atayin, ayting, Qitmir qismat o’yni deyinmi yo bir? Ko’rib qo’y, Turkiston, ikki shoh bayting – Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Jafo etganga ham jabr etmadik, Gadoni siyladik goho, xudo bir. Daholarimiz qadriga yetmadik – Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Yer yonar jahannam afg’onda yal-yal, Kulrang ko’rpa yanglig’ bulut yonodur. Yonar ne tiklagan bo’lsa bir mahal – Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Ikki buyuk hikmat, ikki xush zabon, Ikki buyuk dildan yo’qdir sado bir. Biz g’animga bejang topshirgan qo’rg’on – Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Uchrashishmagandi ular hayotda, Yoturlar yonma-yon ikki lahatda. Nima deysiz endi, hayot-hayot-da – Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. MUHAMMAD YUSUF  | 
|
| 
 | 
	
	Ответить | 
| 
 
"+" от:
  | 
| 		
			
			 | 
		#228 | 
			
                              ![]()  | 
	
    
    
			
						
		
 
            
            Rabbim! 
		
	
		
		
        
 
        
		
		
	
	Hech kima Xor aylama, Sendek sharif sulton turib, Kam aylama, ko'st aylama, Sendek haddi vulqon turib. Rabbim! Sargashta jon, Ishqi jonon daryosidan suvlar ichay, Qaqradi, lab tashna bo'ldi, Sendek Eram bo'ston turib. Rabbim! So'z ber menga, ishqim senga, Aytarimni aytib o'tay, Notavon qilma meni, Sendek latif doston turib... Farida Afro'z  | 
| 
 | 
	
	Ответить | 
| 
 
"+" от:
  | 
  |