|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#222 |
Заблокирован(а)
Сообщений: 122
+ 22
77/52
– 10
0/0
![]() |
Har bir lavozimning o'z "Должностные обязанности" degan narsasi bo'ladi. Ana o'sha ro'yxatda lavozim egasi nimalar qilishi kerakligi yoziladi. Oliy va o'rta-maxsus hamda Xalq ta'limi ministrlari o'zlariga tegishli sohalarni kurirovat qiladi (umumiy qilib aytganda). Poraxo'rlik bilan esa tegishli mutasaddi tashkilotlar shug'ullanishi kerak. Oliy va o'rta-maxsus hamda Xalq ta'limi ministrlarining poraxo'rlikka qarshi bevosita kurashishiga hech qanday qonuniy asos yo'q.
Оффтоп: Befoyda, vaqt o'tkazish yoki shunchaki forumning biron bir bo'limi "yashab turishi" uchun biror bir voqea-hodisa muhokama qilinadigan mavzularni yomon ko'raman. Bahslashishdan maqsad shunchaki bahslashish bo'lishi kerak emas. |
|
Ответить |
![]() |
#223 | |
![]()
Сообщений: 1,253
+ 1,042
1,526/636
– 63
80/43
![]() |
Цитата:
masalan, Oliy ta'lim vaziri o'z qo'li ostidagi biror xodimning, deylik vazir o'rinbosarlaridan birining yoki ma'lum bir oliygohning rektori pora olganligi haqida ma'lumot oldi. Ushbu holatda vazir nima chora ko'radi? |
|
|
Ответить |
![]() |
#224 | ||
Заблокирован(а)
Сообщений: 122
+ 22
77/52
– 10
0/0
![]() |
Цитата:
|
||
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#225 | |
![]()
Сообщений: 1,253
+ 1,042
1,526/636
– 63
80/43
![]() |
Цитата:
Bu gapingiz avvalgi gapingizni inkor etmoqda. |
|
|
Ответить |
![]() |
#226 | ||
Заблокирован(а)
Сообщений: 122
+ 22
77/52
– 10
0/0
![]() |
Цитата:
Boshidan hijjalab tushuntiraman. Demak, agar Falonchi Pistonchidan pora olgani to'g'risida faktlar, dalillarga ega bo'lsangiz, siz bu haqda organlarga murojaat etishingiz kerak. Bu "fuqarolik burchingiz". Vazir bo'lasizmi, oshpaz bo'lasizmi - farqi yo'q. Bunda siz poraxo'rlikka qarshi kurashishda bilvosita ishtirok etgan bo'lasiz. Poraxo'rlikka qarshi kurashishda faqatgina organlar bevosita qatnashadi. Ta'lim ministri tayinlanganidan so'ng unga mana bunga o'xshagan qog'oz berishadi. Ushbu qog'ozda "butun ta'lim tizimidagi poraxo'rlar bilan kurashasan" degan punkt yo'q. Agar ministr poraxo'rlar bilan kurashsa huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarni so'qimga boqayapmizmi? Ministrda poraxo'rlikka qarshi kurashish uchun na ko'nikma, na bilim, na malaka, na huquqiy baza bor. Poraxo'rlarni viyavlyat qilish, ularga tuzoq qo'yish oson ishmi? Ministr shunaqa ishlar bilan shug'ullansa ta'lim tizimini bevosita boshqarish bilan kim shug'ullanadi. O'zi shundoq ham ishi ko'pligidan boshini qashlahsga vaqt topa olmasa. Umuman bunaqangi mantiq bilan ertaga bir kun qaysidir vuzda shpionni ushlashsa, bunga ham ta'lim ministrini aybdor qilish mumkin. Xulosa: poraxo'rlik uchun vazirni ayblash noto'gri. Bu juda katta sistema. Hech qaysi vazirning kuchi yetmaydi. |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#227 | ||
![]()
Сообщений: 1,253
+ 1,042
1,526/636
– 63
80/43
![]() |
Hijjalab
Цитата:
Jamiyatdagi har bir institutsiya o'zidagi burch va vazifalarni bajarar ekan, ular ma'lum bir jarayonda bevosita ishtirok etishadi. Aniqrog'i, biror instututsiyaning bir jarayondagi ishtirokini be- yoki bilvositalikka ajratish unga qaysi perspektivadan qarashga bog'liq. Fuqaro tomonidan ko'rsatma bo'lmasa, huquq organi jinoiy ishni ocholmaydi, demak, chora ko'rolmaydi. Natijada esa muammo bartaraf bo'lmaydi. Alqissa shuki, siz ta'kidlayotgan bevositalik o'z navbatida bilvositalikka ham aylanib qoladi. Цитата:
Poraxo'rlik boshqa jabhalarda bo'lgani kabi ta'lim tizimida ham ildiz otib ketgan muammolardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, bu muammoga qarshi kurashishni tegishli vazirlik o'zidan soqit qilolmaydi. "Kuchim yetmaydi", deb o'tiraversa, o'tirgan joyida semirib ketaveradi mas'ul odamlar... |
||
|
Ответить |
![]() |
#228 |
Заблокирован(а)
Сообщений: 122
+ 22
77/52
– 10
0/0
![]() |
Nazariya, falsafalarni bir chetga qo'yib qani bir konkret situativ misollarda tushuntirib beringchi ministr poraxo'rlikka qarshi qanday kurashishi mumkinligini, garchi undan bu talab etilmasa ham.
Poraxo'rlikka qarshi balandparvoz gaplar, puch g'oyalar bilan kurashib bo'lmaydi. Buning uchun kamida maxsus departament kerak. Ta'lim vazirligida poraxo'rlik, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashadigan hech qanday bo'lim yo'q. Chunki bu bilan prokuratura shug'ullanadi. Shuningdek ta'lim vazirligida DAN, yong'in xavfsizligi, razvedka bo'limlari ham yo'q. Chunki hamma o'z ishini qilishi kerak va ta'lim tizimidagi poraxo'rlikda ministrni ayblamoqchi bo'lgan odam buni asoslab ham bera olishi kerak. Nega siz prokuraturani ayblamayapsiz? Ta'lim ministri ta'lim uchun javob beradi. Qonunlar bajarilishini nazorat qilish esa prokuraturaning vazifasi. Masalan abituriyentning ota-onasidan pora talab qilishsa, hech kim vazirlikka bormaydi, prokuraturaga boradi. Studentdan pora talab qilishsa u ham prokuraturaga boradi. Ana endi savollar: Hamma prokuraturaga borsa, ta'lim ministrining oldiga poraxo'rlardan shikoyat qilib hech kim bormasa, u qanday qilib poraxo'rlikka qarshi kurashsin? Axir qo'lida hech qanday dalil bo'lmasa. Poraxo'r va pora beruvchi porani o'zaro hech kim bildirmasdan oladi va beradi. Ta'lim ministri ularning pora berib pora olayotganini ko'rmasa, qanday qilib poraxo'rlikka qarshi kurashadi? Yoki odamlarning og'zidagi gaplarni dalil qilib bo'lsa bo'ladi deb o'ylaysizmi? Narxoz poraxo'rlik eng avj olgan vuz hisoblanadi, lekin men u yerda pora oldi-berdisini ko'rmaganman, ministr ham ko'rmagan. Xo'sh ta'lim ministri narxozdagi poraxo'rlikka qarshi qanday kurashishi mumkin? |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#229 | |
![]()
Сообщений: 1,253
+ 1,042
1,526/636
– 63
80/43
![]() |
Цитата:
O'zbekistonda ta'lim tizimida poraxo'rlik ildiz otib ketganini, sessiyalarda har bir fandan alihida baholar uchun stavkalar mavjudligini hisobga olib, Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi qoshida huquq organlari bilan hamkorlikda korruptsiyaga qarshi kurash bo'limi/ departamenti ochish kerak. Yoki, aynan prokuratura qoshida faqat ta'lim tizimidagi poraxo'rlik, korruptsiyaga qarshi kurashadigan maxsus bo'lim ochish kerak (agar bunaqasi mavjud bo'lmasa). Iqtisoddagi korruptsiyaga qarshi kurash bo'limi bor. Nega endi ta'limdagi korruptsiyaga qarshi kurashadigan maxsus bo'lim bo'lmasin. Ta'lim tizimining poraxo'rlik tufayli "gurkirab" ketgani ochiq sir-ku... Tegishli vazirlik o'z tizimidagi poraxo'rlikning oldini ololmayotgan ekan (o'zi ham manfaatdorligi uchundir balki?..), bu muammoga qarshi huquq organlari bilan hamkorlikda kurashish uchun tashabbus bilan chiqsin... Sobiq vazirni esa bemalol aybdan holi qilishga urinaverishingiz mumkin, bu bilan u aybsiz bo'lib qolmaydi. Bir xil gaplarni bu forum ko'tarolmas ekan. Bir xil postlarim o'chirib yuborildi. Aksiga olib, u gaplarni boshqalar ham bilishadi... |
|
|
Ответить |
![]() |
#230 | |
![]() ![]() ![]() |
Цитата:
|
|
|
Ответить |
|