Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 18.03.2009 14:10   #211  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Ezilib-ezilib yomg'irlar yog'di,
Ezilib-ezilib ado bo'ldi jon.
Kechani gohida chaqmoqlaryoqdi,
Gohida "oh" urding-o'rtandi jahon.

Umring qorong'u ko'chalarida
Muhabbatu nafrat horg'in kezindi.
Bahorning yomg'irli kechalarida
Ezildi... ezildi... yurak ezildi.

Taqdirning beomon shiddat yomg'iri
Aytar vidomizni aytdi tonggacha.
Endi bu yomg'irning yo'qdir oxiri-
Ezilib yig'laydi so'nggi ongacha.

Soz kimga keradir? Lab ochmagin! Jim.
Taqdir so'zga loyiq qoldirmadi sir-
Men ham yomg'ir kabi bir yog'ib o'tdim,
Sen ham yomg'ir kabi yig'lab o'tding bir...

Usmon Azim
Ответить 
"+" от:
Старый 18.03.2009 17:28   #212  
Аватар для olim
Оффлайн
Сообщений: 259
+ 557  160/82
– 0  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для olim с помощью ICQОтправить сообщение для olim с помощью YahooLiveJournalМой мир
QAYDASAN SEN

Yomg'ir yogib chiqdi tun bo'yi,
Tong oqardi, tinmadi yomg'ir.
Buzilgandek osmon uyi -
Yerga qarab yig'laydi og'ir.

Men xonamga kirgayman alhol,
Yuragimda ko'hna anduhlar.
Derazamga urilar shamol,
Qaydasan sen? Qayda ul ruhlar?


Rauf Parfi

Последний раз редактировалось olim; 18.03.2009 в 17:33.
Ответить 
"+" от:
Старый 18.03.2009 17:37   #213  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Yomg'ir yog'ar, shig'illab yog'ar,
Har satrga, har bir so'zimga.
Yomg'ir yog'ar shig'illab yog'ar,
Ham qayg'umga, ham quvonchimga.
Yomg'ir yog'ar , shig'illab yog'ar,
Asta unutaman yomg'irni,
Yomg'ir yog'ar, shig'illab yog'ar,
Yog'a boshlar qog'ozga ko'ngil.

Rauf Parfi
Ответить 
2 "+" от:
Старый 18.03.2009 22:03   #214  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Yomg'ir
Yog'ding ,yog'ding hech tin bilmasdan,
Toma-toma ko'lmak ham bo'lding .
Chak-chak tomib gohi sen,
Ohangi zo'r kuyni kashf etding,
Xuddi bilgandek o'zing,har onda ham keraging.

Sharros quyib o'tgin mayliga,
Dil torlarin chertgil mayliga.
Dalalarga obi-hayotni yana qaytib baxsh et mayliga,
Lekin yana yog'gil , shunda aytgum "tinsang mayliga".
Umida

Последний раз редактировалось Umida Shodiyeva; 18.03.2009 в 22:17.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 19.03.2009 17:56   #215  
Аватар для olim
Оффлайн
Сообщений: 259
+ 557  160/82
– 0  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для olim с помощью ICQОтправить сообщение для olim с помощью YahooLiveJournalМой мир
XAYRLI KECH

Tilak qadrin bilar odamlar,
Yaxshi niyat qilar odamlar.
Do`stga tungi orom oldidan
Xayrli kech tilar odamlar.
Xayrli kech — hikmatli istak,
Bu istakni buyurmish yurak.
Xayrli kech — farahli tuning
Osoyishta, tinch bo`lsin, demak.
Yer yuzida yashagan inson
Mayliga, u qayerlik bo`lsin,
Tinch mehnatda kunlari shodon,
Kechalari xayrli bo`lsin.

Erkin Vohidov

Последний раз редактировалось Ozoda Umarova; 20.03.2009 в 10:43.
Ответить 
Старый 20.03.2009 12:31   #216  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Тирик кунгироклар

Хаво истаб тишга чикмиш бор жонзод,
Бор хавою бор наво Навруздадир.

Хайрон булма, жаннат иси кайдан деб,
Жаннат иси онанг кийган буздадир.

Тузук излаб, турт тарафга улокма,
Асл тузук бобонг тузган туздадир.

Кетган онанг, отанг кайтиб келибди,
Синчков кара, улар угил-киздадир.

Фасли Навруз хар дил кайта кукласин,
Хар дил айтсин, "маним кунглим сиздадир".

Умр нима-ёниб битар аланга,
Маним умрим- ёниб борар СУЗдадир.

Комил дуст, бахойинг баланд, адл бул,
Не истасанг узингдадир, уздадир.

Бизни химоя этганлар- утдилар,
Бугун химоя этмоклик биздадир.

Биз улмасдан Дунё улмайди, демак,
Тирик кунгироклар Узимиздадир.

Халима Худойбердиева
Ответить 
Старый 23.03.2009 16:49   #217  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Hafsalam pir qildi dov, daranglari,
Ko'nglimni yer qildi ko'r, garanglari.
Qancha ehtiyotkor bo'lib yurmayin,
Xirqamni kir qildi davron changlari.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 23.03.2009 21:09   #218  
Аватар для Narzullayeva Yulduz
Оффлайн
akademik litsey
O'quvchi
Сообщений: 31
+ 50  19/14
– 0  0/0

Uzbekistan
Matmusaning qalpog’i. Erkin Vohidov.

Qalpoq oldi Matmusa,
Qalpoq desa – qalpoqday.
Uni kiyib Matmusa ,
Yigit bo’ldi chaqmoqday .

O’nta qo’yga arziydi ,
Yaraqlashi bir jahon.
Bir qarasang – suvsardek ,
Bir qarasang – olmaxon .

Qalpoq emas – ertak u ,
Qalpoq emas – tilla toj !
Qo’ying-chi , restoranda
Yuvmasa hech yo’q iloj.

Kirdilar , o’tirdilar ,
Buyurdilar aroqni .
Dono Matmusa uchun
Ichdilar bosh qadahni .

Qalpoqqa teri bergan
Suvsar uchun ichdilar.
Shunday qalpoqni sotgan
Ovsar uchun ichdilar.

Eslanmagan qishloqning
Itigacha qolmadi .
Maqtalmagan qalpoqning
Ipigacha qolmadi .

Xo’p ichdilar o’ylamay
Hisob-kitob qilmoqni .
Oxirida pul yetmay ,
Topshirdilar qalpoqni .
Ответить 
Старый 24.03.2009 15:17   #219  
Аватар для olim
Оффлайн
Сообщений: 259
+ 557  160/82
– 0  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для olim с помощью ICQОтправить сообщение для olim с помощью YahooLiveJournalМой мир
Оффтоп:
Hurmatli forumdoshlar. Sizlarning hukmingizga Mirzo Ulug’bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti 2 kurs talabasi havaskor shoir Abduvohid Hofizovning ijodidan namunani havola etaman. Abduvohid Hofizovning o'qish va ishlariga omad tilab qolaman.


SOG’INMADINGMU?

Men seni so’gindim sog’inmasang xam,
Tunlari yig’latsang yig’lamasang xam.
Sog’inma desang xam sog’indi yurak,
Men seni so’gindim sog’inmasang xam.

Kutaman tunlari yulduzdan so’rab,
Kutaman sevgimiz nurlarga o’rab.
Kutaman tong’lari tunlardan so’rab,
Men seni so’gindim sog’inmasang xam.

Bu hijron o’rtadi dilimni yomon,
Men seni sog’inib kutaman xamon.
Sog’indim men seni sog’indim yomon,
Men seni so’gindim sog’inmasang xam.

Menku yashayman so’ginib yig’lab,
Gohida qiynalsam yurakni tig’lab.
Bir kuni kelarsan kimlardan so’rab,
Men seni so’gindim sog’inmasang xam.


Abduvohid Hofizov

Последний раз редактировалось olim; 24.03.2009 в 15:25.
Ответить 
Старый 24.03.2009 15:52   #220  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от olim Посмотреть сообщение
Hurmatli forumdoshlar. Sizlarning hukmingizga Mirzo Ulug’bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti 2 kurs talabasi havaskor shoir Abduvohid Hofizovning ijodidan namunani havola etaman. Abduvohid Hofizovning o'qish va ishlariga omad tilab qolaman.
Olimbek!
Ushbu ijodkorni forumimizga a'zo qilsasangiz bo'lmaydimi?
Ответить 
2 "+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх