Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 01.05.2010 21:00   #1  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Yaxshiyam xijron bor,
Visolning qadri,
Quyosh misol aziz, tog' qadar baland.
Yaxshiyam intiqqan yuraklar satri,
Ketmaydi dillardan, o'chirmang harchand.

Yaxshiyam, dardkashim qog'oz va qalam,
Sog'inch kalomini she'rga solaman.
Agar bir zumgina sog'inmay qolsam,
Shubhasiz, men soqov bo'lib qolaman.

Yaxshiyam, xayolim Siz bilan birga,
Soyadek, izingiz quvlab yuradi.
Har onda shukrona aytib taqdirga,
O'ychan ko'zingizga boqib turadi.

Yaxshiyam, tun holim eshitguvchidir,
Garchand bedorlikka mahkumdir ko'zim.
Tole' ana shudir, iqbolim shudir,
Oyingiz ham o'zim,
Yulduz ham o'zim.

Yaxshiyamki, borsiz - hayotim xursand,
Axir bu kunlarni qanchalar kutdim.
Sabodek mayin, ham navodek sho'xchan,
Ovozingiz juda sog'inib ketdim...

(c)
Ответить 
Старый 26.04.2010 03:00   #2  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Yana keldim osha xiyobon tomon,
Ko’nglim bilan birga sayr qilgani.
Yashillik qalbimga kelar ne zamon,
Qachon taqdirda tong otar, bilgani.

Qushlar atrofimda girdikapalak,
Subhidam tilida so’zlashmoqdalar.
Sahardan nimaga jonlari halak?
Balki tolelarin izlashmoqdalar.

Siydam bulutlar-chi, parishon mendek,
Ochmaydi dardlardan to’ygan qalbini.
Zulmat kechalarda kutilgan kundek,
Menimcha, oshirmoq istar qadrini…

Maysalar yomg’irning visolin qo’msar –
Ular ham men kabi intiq intizor,
Sarg’ayib, qovjirab, so’lib, on sanab,
Bahorga qanchalar bo’lishgandi zor…

Qushlar – ilinjlarim ajib sadosi,
Bulut – tarqayotgan mujmal xijillik.
Maysa – ko’klamlarga jonim fidosi,
Subh-chi, ko’z tikkanim – orzum ming yillik…

O’chgandek bo’ladi yuragimda dog’,
Ko’nglim ko’chalari emas biyobon.
Yana xayollarim elitib uzoq,
Yana umidimga to’lar xiyobon…

Sahar…
Siydam bulut…
Ko’rkam xiyobon…

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 02.05.2010 11:05   #3  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Meni zor aylagan xijron hamon qalbim muammosi,
Ketar zoe yurakimning iltijo-yu, tavallosi.

O'zim hayron, netay vayron bo'lib bitdi baz'or qurgan,
Muhabbatni makon etgan oshufta ko'nglim ma'vosi.

Turib bedor,qolmay mador, ozib yozib ko'zim ketsa,
Tushlarimda ayon ermish tuzalmas dardim davosi.

Kuyib jonim, xonumonim kuyib bitdi, ado bo'ldi,
Magar dildor nazar qilmas, kelmas bo'ldi hech parvosi.

Rutubatdan, uqubatdan zahga bosgan ko'ksim uzra,
Paykon misol qadalmishdir, karam, ishva, tamannosi.

Tiqib boshim, to'kib yoshim, yorug' chehram qaroyir, voh,
Nedan menga kerak erdi, ajab, ishqning bu g'avg'osi?

O'tar kechmish, bo'lar o'tmish, umid mas'ud zamonimdin,
Vale chiqmas xayolimdin halovotim shum yag'mosi.


(c)

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 02.05.2010 в 11:07.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 10.05.2010 21:33   #4  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Ko'ngling g'ash,
Negadir ko'zlaring mayus,
Xo'rsinib kuningni varaqlaysan jim.
Dardlaring aytgani topolmaysan do'st,
So'ngsiz so'roqlarga chiqmaydi yechim.

So'z deging kelmaydi istiholadan,
Garchand eshitguvchi yoningda bisyor.
Hech kim-la bo'lishmas bunday sir-asror,
Bor bo'lar ekanmi har qiz bolada?!

Boshingni chigalga to'ldirgan o'ylar,
Quvnoq kayfiyatning yo'lin to'sadi.
Notanish tuyulgan g'alat tuyg'ular,
Chiqolmas xayoling iskanjasidan...

Jimsan...
Sokinlikning tubsiz qa'riga,
Yashringan sog'inchmi, nolami, o'kinch?
Orzular yetaklar qayon sariga?
Ne chuqur daryosan, oqayotgan tinch.

Mayli, bahorlarni ko'rmayin boshqa,
Mayliga, tikonga to'lsa ham yo'lim.
Shubhayu gumonni solmasin boshga,
Qalbingga hech g'ubor qo'nmasin, gilim.


(c)

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 10.05.2010 в 21:35.
Ответить 
"–" от:
Старый 15.05.2010 04:39   #5  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Ummonning yuzida qalqigan muz tog' –
Armonli xislardan muzlab qolgan men.
Quyoshning mehridan olgancha saboq,
On sayin, kun sayin erib boramen.

Garchand boshim dengiz ustida mag'rur
Tursa ham,
yashirib olganim - tanam
Zalvorli iztirob yukini olib shu
Cheki yo'q suvlikni kezar betinim.

Dardim qolib ketar,
Azoblar bitar,
Eniga o'sadi alamning bo'yi.
Ko'ksimda darz asta qalbimni sitar,
Tugab borayapman mana shu kuyi.

Bilmam, yashashimda nimadir g’oya,
Bilib, qasd qilmoqmi o’zin joniga.
Ko’zimning yoshidan yaralgan qoya
Balki qaytmoq istar asli holiga.

Mayli, orolgacha bormasam yetib,
Mayliga, sho'r suvning zahrini yutsam.
Roziman, bug'lanib, uchib, suvlanib,
Ziyoga talpinib yo'q bo'lib ketsam...


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
"–" от:
Старый 17.05.2010 04:15   #6  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Idrok

Tungi osmonimni bezar yangi oy,
Ichim to’lib ketgan yaxshi niyatga.
Orzu-havaslardan qidirib chiroy,
Ruhim talpinadi abadiyatga.

Shukr, imonimdan ishtiboh yiroq,
Gunohning zalvori tortmas oyoqdan.
Har tong duo aytib, olaman maroq
Uzoqda charaqlab turgan mayoqdan.

Peshonam yulduzi hiloldek go’zal,
Yaratgan manglayim yorug’ yaratgan.
Tashakkur, munavvar taqidiri azal
Yuzimni tuganmas nurga qaratgan…

Gumroh xayollarim ketgan tark etib,
Tabarruk maqsadlar bezar qalbimni.
Yorug’lik dilimning tubiga yetib,
Himmat tuyg’ulari kezar qalbimni.

Konglimga ezgulik murodin o’rab,
Suv kelsa simirib, tog’ni yoraman.
Qilgan xatolar chun Haqdan avf so’rab,
Mangulikka qadam bosib boraman…

Tunggi osmonda-chi, kular yangi oy,
Beqiyos jamolin zo’rg’a ko’rsatib…

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 23.05.2010 13:15   #7  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Qalbim timdalandi;
sizib chiqar qon,
O’ylamam bext nedir, nima halovat,
Garchi sadoqatdan tutsam-da, qalqon,
Yuragimni teshib chiqdi hiyonat.

Balki tunlar bedor,
chashmlar tinib,
Men kabi xijronda yonmagandirsan.
Xudoga yolvorib, so’rab, o’tinib
Dard yutib, yutoqib, qonmagandirsan.

Balki, sog’inch hissi senga begona,
Iztirob kalomi lug’atingda yo’q.
Orzu-havas boshda emas parvona,
Faqat dud;
oloving qoldirmagan cho’g.

Balki, niyatlarim sening hududing,
Hatlab o’tmagandir xatto bir bora.
Vafo umr mazmuni bo’lgan hayotda,
Saodat neligin bilsayding, zora.

Balki sen muhtoji bo’lgan mehrni,
Bera ham olmadi she’rim, soz’larim.
Yo, balki, ko’mirga aylangan durni,
Marjondek ko’rgandir yanglish ko’zlarim.

Balki, balki…lardan ezilgan dilim,
O’chirmoq istaydi ko’ksda dog’imni.
Ko’rasan, isbot ham etarman balkim,
Teshik yurak bilan yashmog’imni…

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Реклама и уведомления
Старый 28.05.2010 03:31   #8  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Qanchalardan beri kutganim,
Yurakni qo’sh qo’lda tutganim,
Gullaganim - chamanim manim
Bahor meni ketmoqda tashlab…

Baxt – men, dedim,
Baxtiyor edim,
Tugamasdek tashlardim odim,
Mana, endi, o’tiribman jim,
Ketar bahor, ko’nglimni g’ashlab…

Kiprigimni ivitar yomg’ir,
Peshonamni yuvadi taqdir…
So’ngigacha yashirib bir sir,
Ketar bahor…
ko’zlarim yoshlab…

Kunlar sayin bo’lib begona,
Tushunmayin qalbi adoni,
O’zi bilan olib saboni,
Ketar bahor dardimni boshlab…

Orzu vayron,
umidlar maxzun,
Dilga solib yechilmas tugun,
Tark etmoqda bahorim bugun,
Qo’llarida armonim ushlab…

Bahor meni ketmoqda tashlab…

(c)
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 28.05.2010 в 03:42.
Ответить 
"–" от:
Старый 29.05.2010 03:37   #9  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Ko’zlarimga kelmayapti yosh,
Garchi ichim yig’lamoqda zor.
Xo’ngramoqqa yetmaydi bardosh,
Ruhim zaif, tanam bemador…
Dardim bisyor,
Alam beme’yor,
Qancha gapni ko’nglimga oldim.
Orzularga o’ralib takror,
Armonlarga aylanib qoldim

Ko’zlarimga kelmayapti yosh -
Ham tilimga chiqmaydi ohim,
Shaytonlarga bo’lganman yo’ldosh -
Avfin kutar qancha gunohim…
Haqdan so’rab asil panohim,
Tunlar o’tar - qo’lim duoda
“Sevganlardan qilgin,
ilohim,
qalbsiz o’tmay yorug’ dunyoda…”

Ko’zlarimga kelmayapti yosh –
Dil tubida vulqon qaynaydi.
Garchand yuzda kulsa-da quyosh,
Qorong’ulik ko’ksim qiynaydi….
G’ijimlaydi,
O’rtar,
Tirnaydi,
Amalini topmagan o’ylar.
Xayollarim sarhad bilmaydi.
Havas to’gi ko’klarni bo’ylar…

Ko’zlarimga kelmayapti yosh -
Halovatin izlaydi yurak…
Topolmayin o’ziga sirdosh,
Osmonlarni ko’zlaydi yurak…
Orziqqancha bo’zlaydi yurak,
Qiynoqlarni sezmyadi yurak,
Imonimdan ziyo axtarib,
Umidini uzmaydi yurak…

Ko’zlarimga kelmasa-da yosh…
Ichim daryo bo'lib ulgurgan...


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 01.06.2010 05:10   #10  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Qalbim tun qo’ynidan qidirar ziyo,
Umidga g’arq bo’lgan bedor ko’zlarim.
Umrim zulmatlardan yaralgan go’yo,
Nurdan bebahradek aytgan so’zlarim…

Qorong’u osmonning sarhadlarida,
Oy edi, kutganim – yakkash ilinjim…
Mana,
Ko’z tikkancha kundan narida,
Yorug’lik qidirib, o’tiribman jim…

Ul yog’du – sustlashib qolgan imonim,
Zimiston – ortimdan ergashgan gunoh.
Xatolar tinmasdan yoqadi jonim,
Bariga Allohdan so’rayman panoh…

Tong yaqin,
Ko’nglim ham sezib turibdi,
G’aflat uyqulari menga begona.
Tanamda nimadir kezib yuribdi,
Orzu-havaslarim boshda parvona…

Garchand bugunlarim mavhum o’tsa-da,
Ertam tonggi shabnam qadar jilvagar.
Qaydadir, ezgulik ostonasida,
Yaxshi amallarim tugmoqdadir zar…

Qalbim tun qo’ynidan qidirar ziyo…


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
3 "+" от:
"–" от:
Ответить

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх