Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Результаты опроса: Teatrga borib turasizmi?
Ha, yangi chiqqan spektakllarni qoldirmay korgani boraman. 9 8.26%
Ba'zan-ba'zan borib turaman. 64 58.72%
Televizorda ko'rsatilayotgan yoki video lavhalarga yozilganini ko'raman. 21 19.27%
Teatr ko'rishni yoqtirmayman. 15 13.76%
Голосовавшие: 109. Вы ещё не голосовали в этом опросе

Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 14.10.2010 15:01   #201  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Teatr ko'pchilik uchun juda zerikarli, qiziqarli bo'lmagan narsa.
Театр ҳаммага бирдай ёқмаслиги табиий. Лекин Сизга ёқмагани билан у зерикарли бўлиб қолмайди. Театрнинг ҳам ўзига яраша мухлислари бор. Бўлмаса "Москва кўз ёшларига ишонмайди" фильмидаги Родеон айтгандай аллақачон "ўлиб кетган" бўларди. Шунча одам томошага келяптими демак театрда нимадир бор.
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Qanaqadir qahramonlarning ichki kechinmalarini ifoda etishmiyey
Театр айнан шу ҳусусияти учун "санъат"лигича қолган. Кино санъати эса ички кечинмаларни ифодалашдан четлангани учун "саноат"га ўрнини бўшатиб беряпти.
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
"Война и мир" yoki "Master i Margarita" kabi asarlarga o'xshab faqat o'z davri uchun mo'ljallangan va ularni faqat o'sha davr va o'sha mamlakat odamlari tushunadi. Hozirgi davr odamlari uchun qiziqarli emas demoqchiman.
Ё мен Булгаков ва Толстойлар даври одамиман ёки Сизнинг фикрларингиз нотўғри.
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Ko'pchilik ruhiy sog'lom, aqli noqis bo'lmagan odamlar shunday hisoblar ekan.
Ёки ақлим ноқис
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Zerikib o'lishdan qo'rqib bu asarni o'qimaganman. Ko'pchilik odamlarning yozishicha bu asar juda zerikarli, mijg'ov asar, ko'pchilik bu asarni oxirigacha hech qachon o'qishning iloji yo'q deb yozadi.
Фенимор Купернинг "Жосус"ини ўқиганмисиз? Мен шу китобни ўқиганимда зерикиб ўлиб қолишимга оз қолган. Бутун бошли китобни фақат бошлаб қўйганим учун тугатишга ўқиганман. Охирги икки саҳифани ўқиганимда бутун бошли китобнинг мазмунини тушунганман. Ёзувчи китобнинг "мағзи"га охирги икки саҳифа билан "таъм" киритган.
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Bu asar sun'iy ravishda buyuklik darajasiga chiqarilgan degan fikrlar ham yo'q emas.
Адабиёт шоу-бизнесмиди унда сунъий равишда юлдузлар "яратилса".
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Demoqchimanki o'sha Otello-Potellolar ham o'zbek tomoshabini uchun qiziqarli bo'lishi gumon ostida.
Билмадим. Бу йил баҳорда академик драма театридаги "Гамлет"га кирмоқчи бўлганимда билет тополмагандим.
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Tushunmayman, shu nimaga teatrga borishadi odamlar.
Нимага боришларини тушунганингизда юқоридаги гапларни ёзмасдингиз Мен ҳам опера, балет деган нарсаларни тушунмайман. Лекин уларда ҳам одамларга ёқадиган нимадир борлигини биламан (айнан нималигини билмасам ҳам). Акс ҳолда ҳеч ким кирмасди.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 14.10.2010 15:03   #202  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
... Demoqchimanki o'sha Otello-Potellolar ham o'zbek tomoshabini uchun qiziqarli bo'lishi gumon ostida. Buning uchun Angliya tarixini sal bo'lsayam bilish, saroy tartiblarini bilish, ingliz xalqining turmush tarzi, madaniyatini tushuna bilish kerak bo'ladi. Lekin menga va boshqa ko'pchilikka bu narsalarning aslo qizig'i yo'q. Boshimga uramanmi Angliya tarixini, urf-odatlarini, madaniyatini? Koshki biror foydasi yoki qiziqarli joyi bo'lsa. Tushunmayman, shu nimaga teatrga borishadi odamlar.
Hozirgi Siz kabi tomoshabinlar uchun qiziq emasdiro-o-ov...
Biz keksa avlod vakillariga jahon klassik adabiyotini o'qish, sahna asarlarini ko'rish g'oyat maroq bag'ishlagan. Har kimning ta'bi har xil bo'ladi, bunga e'tiroz bildirolmayman.
Teatrga hech bo'lmasa bir marta borganmisiz?
Оффтоп:
Yodimga bir askiyachining, operani tushunmaydigan insonlarni Motsartning "Figaroni uylanishi" operasiga tushib, "Nima deyapti?" - desa, "sigirini qidiryapti"-degani esimga tushdi.

Har qanday san'at asarida u adabiyot bo'ladimi, haykaltaroshlikmi, kinomi, teatrmi tagmatnni his qila olish kerak.
Ответить 
Старый 14.10.2010 15:08   #203  
Аватар для starter
Оффлайн
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123  44/21
– 10  9/8

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Teatrga hech bo'lmasa bir marta borganmisiz?
Oxirgi marta maktabdan majburiy oborishgani esimda. O'z oyog'im bilan teatr, sirk, rassomlar ko'rgazmalari kabi tushunarsiz narsalarga bormayman.

Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Har qanday san'at asarida u adabiyot bo'ladimi, haykaltaroshlikmi, kinomi, teatrmi tagmatnni his qila olish kerak.
Aslida san'at nisbiy tushuncha. Masalan, futbolni ham rasman san'at deb tan olishga urinishlar bo'layapti. Men haykaltaroshlik, rassomchilikni san'at hisoblamayman.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 14.10.2010 15:09   #204  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Aytishlaricha, Tolstoy "Война и мир" asarini aslida 8-12 tom qilib yozmoqchi bo'lgan. Lekin bir kuni tushida Moskva shahrining 231-sonli o'rta maktabi o'quvchilari unga bunday qilmaslikni qo'pol ohangda maslahat berishadi.
Rostmi yolg'onmi bilmadimu, aytishlaricha Tolstoy yoshi bir joyga borib qolganida buyog'iga "Война и мир" kabi ahmoqona asarni boshqa yozmasligidan hursand bo'lgan ekan.
Siz qaysi Tolstoyni nazarda tutyapsiz Lev Nikolayevich Tolstoynimi yoki Aleksey Tolstoynimi?

Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Bolalik va o'smirlik paytimda uyda bor kitoblarni o'qib tugatib, kutubxonadagi kitoblarni ham o'qib chiqqan edim. Keyin badiiy kitob o'qimay qo'ydim. Bir tomondan vaqt yo'q, ikkinchi tomondan ehtiyoj ham yo'q. Menga yoqqan asarlar ko'p. Shuning uchun aniq aytishim qiyin menga qaysi asarlar yoqqanligini. Asosan sarguzasht, detektiv, fantastika va boshqa qiziqarli asarlarni yoqtirar edim. Asarlardan ma'naviy ozuqa olish hech qachon xayolimning ko'chasidan o'tmagan. Men tarbiya va ma'naviy ozuqani faqat dindan olaman. Kitoblarda esa shunchaki qiziqarli fikrlar, g'oyalar qidiraman xolos.
Tushundim, tushundim...
Yuqoridagi fkrga kelishingizning asosiy sababi haddan tashqari ko'p kitob o'qiganligingizning oqibati ekan.
Ответить 
Старый 14.10.2010 15:10   #205  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
futbolni ham rasman san'at deb tan olishga urinishlar bo'layapti.
Футбол бу томоша эмас, футбол бу ўйин эмас, футбол бу санъат эмас, футбол бу ФУТБОЛ

Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Men haykaltaroshlik, rassomchilikni san'at hisoblamayman.
Унда Сизнингча санъат нима?
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 14.10.2010 15:11   #206  
Аватар для starter
Оффлайн
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123  44/21
– 10  9/8

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Siz qaysi Tolstoyni nazarda tutyapsiz Lev Nikolayevich Tolstoynimi yoki Aleksey Tolstoynimi?
Sher akani albatta.
Ответить 
Старый 14.10.2010 15:12   #207  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Aslida san'at nisbiy tushuncha. Masalan, futbolni ham rasman san'at deb tan olishga urinishlar bo'layapti. Men haykaltaroshlik, rassomchilikni san'at hisoblamayman.
Unda ular nima? Vaqt ketkazish uchun bekorchilikdan qilinadigan foydasiz ishlarmi?
Ответить 
Старый 14.10.2010 15:14   #208  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
futbolni ham rasman san'at deb tan olishga urinishlar bo'layapti.
Футбол бу томоша эмас, футбол бу ўйин эмас, футбол бу санъат эмас, футбол бу ФУТБОЛ
Оффтоп:
UForumchilar ham san'atkorlik qilishmoqchi bo'lishgan ekan-de...
Ответить 
Старый 14.10.2010 15:15   #209  
Аватар для starter
Оффлайн
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123  44/21
– 10  9/8

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Унда Сизнингча санъат нима?
Bu haqda o'ylab ko'rmaganman. Chunki ehtiyoj bo'lmagan. Odatda biron tushunchani shunchaki qabul qilib ketavermayman. Uzoq o'ylayman, ma'lumot qidiraman, keyib biron vaqtinchalik xulosaga kelaman. San'at nimaligi haqida yaqin 5-6 yil ichida o'ylab ko'rmasam ham kerak. Masalan, "Siz insondagi qaysi fazilatni qadrlaysiz?" va shunga o'xshash savollarni ham har doim javobsiz qoldiraman yoki "Hali aniq bir qarorga kelganim yo'q" deb yozib qo'yaman.
Ответить 
Старый 14.10.2010 15:16   #210  
Аватар для starter
Оффлайн
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123  44/21
– 10  9/8

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Unda ular nima? Vaqt ketkazish uchun bekorchilikdan qilinadigan foydasiz ishlarmi?
Kim uchundir san'at, kim uchundir esa...
Ответить 
Реклама и уведомления
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх