|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
|
|
#2 |
|
Сообщений: 27
+ 0
0/0
– 0
0/0
![]() |
Bo'ldi. Bas. Ortiqcha so'zing kerakmas
Yo'limga termular ko'zing kerakmas Yolg'oning kerakmas, o'zing kerakmas Bugun sen yerdirsan, men-chi osmonman! Ko'z yoshlar to'kmagin hiylang befoyda Unuta olasan bir - ikki oyda Endi men bo'lmayman har sen bor joyda. Bu kun so'nggi bora senga mehmonman! Bevafo. Og'riqli tuyg'usan o'zing. Pok hotiramda dog' - qayg'usan o'zing. Xaq so'z izlab, menga boqqanda ko'zing Barchaga rostman lek senga yolg'onman. Qoqilsang - yoningda tayanch edim men. Siqilsang - qalbingga suyanch edim men. Armondan yig'lasang - yupanch edim men. Bugun boshqa qalbga dori - darmonman! Iliq xaroratli yoz emasmiz biz. Chin oshiq ahliga xos emasmiz biz. Aslini olganda mos emasmiz biz Sen mitti dengizsan, men bir ummonman! Muhabbat ketdi-mi? Qaytib kelmaydi. Bo'shab qolgan yurak qaytib to'lmaydi. Ertaga ne bo'lar? Aytib bo'lmaydi. Bugun men sen uchun buyuk armonman! Bolakay. |
|
|
Ответить |
|
|
#3 |
|
Сообщений: 27
+ 0
0/0
– 0
0/0
![]() |
Bir lahza sen bilan qolish orzuim.
Bir zum yonginangda bo'lgim keladi. Yagona armonim, bitta qayg'uim, Seni diydoringga to'ygim keladi. Sog'inib ketgandan, gohida... yo rab, Xayotimga nuqta qo'ygim keladi. Faqat, parvardigor oldidagi burch Menga yashamoqlik shartin beradi. Balki seni ko'rmoq qolar maxsharga, Balki bu dunyoda yo'qdir bizga kun. Mayli firoq ila yashayveraylik, Yorug' diydor qadar boraylik beun. Yorug' diydor qadar boraylik beun, Yuzimiz shodon-u, yurakda alam. Yashaylik hayotda bir suratdayin, Toki sabrimizga lol qolsin olam. Bolakay. Maktab davrimdagi she‘r. |
|
|
Ответить |
|
|
#4 |
|
Сообщений: 27
+ 0
0/0
– 0
0/0
![]() |
Qo'y. Sevmay qo'yaqol. sevmagin meni!
Men-sen o'ylaganday inson emasman! Balki hursand qilish kelar qo'limdan. Biroq sen kutganday baht berolmasman. Qo'y, sevmay qo'yaqol, sevmagin meni. Vijdonim chidamas aldashga sira. Sevgidan ne foyda? **** Barisi azob. Do'stlashib olamiz kel undan ko'ra. Qo'y, sevmay qo'yaqol,sevmagin meni. Layli va Majnunlar chiqmaydi bizdan. Bir lov etadiyu, ammo vaqt o'tib, Quruq nomi qolar bu sevgimizdan. Qo'y. Sevmay qo'yaqol sevmagin meni. Takror kuydirmagin kuygan yuragim. Men endi sevmayman aldanib bo'ldim. Asl yoring topgin - shudir tilagim. Qo‘y sevmay qo‘yaqol, sevmagin meni. Yuragimni kulga ko‘mib qo‘yganman! Balki "tirik" bo‘lsam sevisharmidik... Lek bir sevganman-u, keyin "o‘lgan"man!!! Bolakay. |
|
|
Ответить |
|
|
#5 |
|
BIR XAT BAXTDAN NIShONADIR
Bir xat – baxtdan nishonadir, Menga xat yozmay qo‘ydingiz. Ko‘nglim qog‘ozdek yonadir, Nega xat yozmay qo‘ydingiz? Mana qog‘oz va atirgul, Yuragim chinni kosadir. Xatingizning har satri gul, Har satrini baxt yozadir. Eski ahdlar eskirmadi, Eski dil battar yonadir. Esimga hech “es” kirmadi, Eski ishqim parvonadir. Sochingizda gul unsa ham, Qoshingiz o‘sha-o‘shadir. Kiprigingiz ho‘l bo‘lsa ham Hamon qaboqlar oshadir. Nega xat yozmay qo‘ydingiz? Mana qog‘oz – bir varaq gul. Kelmagaysiz tushlarimga, Nega yo‘llarimiz oq gul? Yilning eng shirin faslidan Atirgullar terib kelay. O‘sha gullar novdasidan Qalam yo‘nib sizga beray. Baxt ramzidir bu atirgul, Xat yozishga ajrating vaqt. Xatingizning har satri – gul, Xatingizning har satri – baxt… BEHZOD BIYBOLAYEV |
|
|
|
Ответить |
|
|
#6 |
|
Сообщений: 27
+ 0
0/0
– 0
0/0
![]() |
TO‘Y* OQSHOMIDA
Ikki oshiq o‘xshar yulduzlar aro Uchib yurgan yondosh sayyoralarga, Sevgi fazosida ular bor tanho, Ne parvo yerdagi ovoralarga. Ular bizdan olis qilmoqda parvoz, Somon yulduzlari nuqra poyondoz. Siz esa yangalar, tavanda shovvoz Chuchvara uyasiz tog‘oralarga. Ularning qalbida ilohiy tuyg‘u. Qudrati oliyga turar ro‘baro‘. Siz esa notiqlar, sizga ne qayg‘u, Hadeb pand o‘qiysiz bechoralarga. Sevgi — yaproqlarning shitirlashidir, Sevgi — yulduzlarning shivirlashidir. Sevgida samoviy ohang yaxshidir, Siz karnay ulaysiz nog‘oralarga. Intizor jonlarga bering al-amon, Muhabbat arshida ursinlar javlon, Sen ey, go‘zal singlim, oshiq ukajon, Oq yo‘l saodatli sitoralarga. 1979 Erkin Vohidov. (adashmasam) |
|
|
Ответить |
|
|
#7 |
![]() |
ЙИҒЛАЁТГАН ҚИЗ
Бу оғир боғ ичра оғир қадамлар Ташлаб кетаётган оғиргина қиз, Дунё кўзларингдан дунё аламлар Томчилар, ҳар бири бир улкан юлдуз. Томчилар кўзингдан норасидалик, Сўзга айланмаган ёниш томчилар. Бешафқат дийдорми оғир жудолик, Йўқотиш томчилар, топиш томчилар. Йўқ, сени алдаган, биров алдаган, У сени севгандир, йўқ, йўқ, севмаган. Кўксингга чиройли ўқлар қадаган, Бировлар алдаган, биров алдаган. Томчилар кўксингдан келаётган куз, Оғулар томчилар, гуллар томчилар. Яқин хотиралар... идрок фаромуш, Виждонингни ўйиб урар томчилар. Виждонсиз номусли ниқобин қўймас, Виждоннинг ҳар дами руҳий изтироб. Виждонсиз хатосиз кунлардан тўймас, Виждон бу хатодан улғайган азоб. Сени юпатмоққа журьат йўқ менда, Сен менинг кечмишим, умрим бўлаги. Фақат мен қайғулар тиларман сенга, Каттакон қувончнинг унсиз ўланин! Алданмоқ тиларман сенга кўп марта, Алданмоқ - дунёга назар, англамоқ. Алданмоқ - кўз ёши қилмоқ, йўқ, артмоқ, Алданмоқ - курашга отланмоқ демак. Йиғламоқ тиларман, қайнаб йиғлагин, Тишларингни секин қайраб йиғлагин! Ўнта мард ўғлонинг бўлгунча йиғла! Юзта мард ўғлонинг бўлгунча йиғла! Мингта мард ўғлонинг бўлгунча йиғла! Паймонанг тўлгунча, тўйгунча йиғла! Улар лаззатхўрлар, қароқчилардир, Умрлари узун, соб бўлмас, эсиз! Бу дунё - аслида алдоқчилардир! Бу дунё - аслида йиғлаётган қиз! Мен сенга қўшилиб йиғлай олмасман, Фақат бош эгаман қайғунгга сўзсиз. Мен сенга талпиниб, асло толмасман, Мен сени севаман, йиғлаётган қиз! Йўлдош ЭШБЕК |
|
|
Ответить |
| Реклама и уведомления | |
|
|
#8 |
|
Сообщений: 27
+ 0
0/0
– 0
0/0
![]() |
Фарҳодлар видеога мўлтираб ўсар,
Ширинлар бир-бирин сочини кесар, Шудгорни ким кечар, Дарёни ким тўсар, Йигирманчи аср, аҳволинг ёмон... Фасллар айланар, Битта фасл йўқ. Қаҳратон кечиккан кузга урар дўқ. Аъзои баданинг снаряду ўқ Йигирманчи аср, аҳволинг ёмон... Нима дейсан яна газеталарга, Қанотли, қанотсиз ракеталарга, Кўзингга термулган планеталарга?.. Йигирманчи аср, аҳволинг ёмон. Йўлдошни қучоқлаб йиғлайди осмон, Кемалар пойида титрайди уммон, Эрта ер юзида ким қолгай омон?.. Йигирманчи аср, аҳволинг ёмон. Тинчлик — шудир менинг энг эзгу сўзим, Овутиб яшарман ўзимни-ўзим, Кўзимга жавдирар бир яшар қизим... Йигирманчи аср, аҳволинг ёмон. Raxmatli Muhammad Yusuf. |
|
|
Ответить |
|
|
#9 |
|
BINAFSHA
Binafsha, jannatning giyohimisan, Yo qora dunyoning siyohimisan? Va yoki bahorning bu zamin bilan Birgalashib qilgan gunohimisan? Binafsha, bag‘ringga botgim keladi, Qaddingga tikilib yotgim keladi, Labingdan shudringlar totgim keladi. Sen pari qizlarning dudog‘imisan? Ko‘ksingdagi chandiq qishning izimi, Yo bevafo sanchgan nishning izimi? Qishi bilan behol sezib o‘zini Bemor qizning tortgan oh-vohimisan?! Bir sirni aytaman, quloq solgin jim: Men sevgimdan kechib ko‘zni yumgandim. Ayb qilib, so‘ng esa yerga ko‘mgandim, Shundan unib chiqqan gunohimmisan?! Behzod Biybolayev |
|
|
|
Ответить |
|
|
#10 |
|
TAQQOS
Qattiq edim misli bir xarsang, Suyanganim tog‘day or edi. O‘sha orning ortida, bilsang, Menda ham bir yurak bor edi. Chaqmoq sevgi yashardi tanda, Tun qo‘ynida cho‘g‘day yonardim. Men yaxshi she’r yozolmasam-da, Seni yaxshi ko‘ra olardim! O‘sha kecha yomg‘ir, qor edi, Dunyo ketdi qorishib loyga, Yuragimda chaqmoq bor edi, Lek yetmadi sen turgan joyga. Yolg‘iz yonish botarkan og‘ir, Tushlaringda ko‘rasan kimni? Bilasanmi, shu chaqmoqlarga Berib qo‘ydim men yuragimni. Behzod Biybolayev |
|
|
|
Ответить |
|