|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#181 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Ertalabki kayfiyat kunni belgilar, taqsir. Jo'qi-to'qi she'rlarga balki mavzu ocharsiz, Demak, yangi mavzuga forumdoshlar muxtasir. ![]() |
|
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#182 |
Бизнес
Менеджер
Сообщений: 1,292
+ 491
1,658/631
– 1
4/4
![]() |
Оффтоп: Қайси мавзуга жойлаштиришни билмадим...Ўзим назмдан кўра кўпроқ насрга иштиёқмандман. Айнан шу мавзуда А.Ориповнинг ижодидан намуналар келтирилганлигини ҳисобга олган ҳолда, бугун Интернетда бехосдан дуч келган сайтнинг манзилини шеърият ихлосмандларига келтириб ўтаман (балки биламаганлар бордир...): http://www.aoripov.uz (шахсий саҳифа). Мазкур саҳифада шоир ва унинг ижоди ҳақида маълумотлар келтирилган. Сайтдан "Танланган асарлар"ни (2001 йил) бобма-боб кўчириб олиш мумкин. Сайтдаги унча-мунча имловий хатоларига эътибор бермаса ҳам бўлади;-) "ОПЕРА" плагин сўраяпти, "Эксплорер"-бемалол очади. Последний раз редактировалось Maestro; 20.02.2009 в 19:26. |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#183 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
]Dunyo
Kimdadur shavkat bor ,kimdadur mansab, Kimdadur zorlik bor,kimdadur xorlik. Kimlarda bozor-u ,kimlarda mozor , Kimdadur insof bor, kimdadur idrok. Kimlarda yurak bor,kimlarda kesak , Kimlarda shavqat ,kimlarda nafrat. Kimlarda ko'z nuri,kimlarda zulmat, Kimlarda tantana ,kimlarda aza. Kimlardur talashar ,kimdur tortishar, Kimlardur badnafsin o'ylab qayrashar. Ammo men tushunmadim,qay razolat bu, Uch kunlik dunyoda nega urushar. |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#184 |
ученик
Сообщений: 35
+ 194
57/23
– 0
0/0
![]() |
Manzara
Qora qushlar qo’narlar Majnuntolning shohiga. Boshin suvga egarlar Boqmay sira ohiga. Rahmi kelib bulutning Yig’lab to’kar yoshini. Qushlar qochar, majnuntol Ko’taradi boshini. Bulutning orasidan Quyosh kulib qaraydi. Majnuntolning yuvilgan Sochlarini taraydi. Erkin Vohidov |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#185 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
O'rik gullaganda
Novdalarni bezab g'unchalar, Tongda aytdi hayot otini. Va shabboda qur'g'ur ilk sahar, Olib ketdi gulning totini. Har bahorda shu bo'lar takror, Har bahor ham shunday o'tadi. Qancha tirishsam ul beor, Yellar meni aldab ketadi. Mana senga olam-olam gul, Etagingga sig'ganicha ol, Bunda tole har narsad bor diyor, To o'lguncha shu o'lkada qol... Hamid Olimjon |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#186 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Кўнгил, йигла, фигонинг кўкка чиксин!
Ўтинг олсин фалакни, осмонни йигсин! Ёвуз такдир тиг урди калбима, дод! Нетай энди, тугади сабрим, хайхот! Дилим дардли, тилимда оху зорим, Корарди толеимдан рўзгорим. Сафолат бошими ерга каратди, Ширин орзу-умидларни таратди. Каён урсам фигон бирлан бошимни? Каёк борсам тўкиб кўздин ёшимни? Севарга севдириб тангрим, килиб хор, Очик кеткизмагил кўзимни зинхор! Мирзакалон Исмоилийнинг “Фаргона тонг отгунча” асаридан олинган. |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#187 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Ё бор худо, жафо берсанг
Навоийнинг жафосин бер. Вафо берсанг Курбонжоннинг Туркий кавмга вафосин бер. Гарчанд бир ожиза, куйган, Кирк ямок буз куйлак кийган, Жуфтин Худо янглиг суйган Анбар она капасин бер. Девонига бош куйиб жим Нодира деб огди эсим, Би-и-ир уралиб олам исин Мохларойим курпасин бер. Учирдинг-у шеър отида, Reg сир курдим турк зотида. Жон берай зиёратида, Яссавийнинг каъбасин бер. Бир кун яшай, кунглим дер-ки, Майли бир кун. Эркин, эркин. Бир Машрабий юрак бергин, Машрабнинг бир нафасин бер. Халима Худойбердиева |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#188 |
Na kerak?
Bir gulga bir dildan dunyo kerakdir, Bir dilga bitta gul tanho kerakdir. Bir elga mehrdan daryo kerakdir, Mehr gar bo'lmasa itob na kerak? Tiriklik bir aziz ne'matdir azal, O'tkarmoq joyizdir pokiza, go'zal. Nasimlar navodir,yaproqlar g'azal, Balog'at bazmida sharob na kerak? Siymu zar havosi ranglaringdadir, Ne hasrat tomog'ing,tanglayingdadir, Ey inson, hisobing manglayingdadir, Bunchalar hisobu kitob na kerak? Sadoqat darsidan xabar bo'lmasa, Farosat ahlidan nazar bo'lmasa. Ko'ngilda hayodan asar bo'lmasa, Ul husnu jamolga hijob na kerak? Suv uzra yarq etgan shu'ladir umring, Osilgan omonat tugmadir umring. Magar Haq yo'lida o'tmadi umring, Seni bu chulg'agan sarob na kerak? Ilg'agil dunyodan munglig' kuyingni, Eng avval supurgil ko'ngil uyingni. Savolu javob et har bir kuningni, Savoling bo'lmasa javob na kerak? Sirojiddin Sayid |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#189 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Bahor kelmish
Tomingizda shivir-shivir, shitir-shitir, Bu –bahorning qadamlarin tovushidir. So’ridagi puch yong’oqning po’choqlari Qay qarg’aning qolib ketgan kovushidir. Ranglar kirar endi g’amgin o’yingizga, Tomingizdan bahor kelmish uyingizga. Yomg’ir yuvgan yulduzlar ham qandoq go’zal, Yoringizning ko’zlari ham andoq go’zal, Qadrin biling bu damlarning, qaytib yana Bundoq fasl topolmaysiz, bundoq go’zal. Qarang, bahor kelmish oshiq ko’nglingizga, Gul o’lchaydi qarab qaddu bo’yingizga. Ey, sen mening shaharlik oq turnaginam, Yarim kun ham sen yonimda turmading ham. Qish o’rtasi nogoh bahor keldi desam, Zulflaringning atri ekan keyin balsam. Men jon beray islaringiz, bo’yingizga, Bahor bilan sening ifor to’yingizga. Hijronlarga to’liq she’riy daftarimni Sen, varaqlab, shamol, meni axtardingmi? Bir boychechak, bir qalamqosh qaldirg’ochga Almashdim men bor alam, bor dardlarimni. She’rlarim-ay, armonlarim o’zingizga, Bahor kelmish bugun ko’cha-kuyingizga. Qanday o’g’il bo’ldim sizga, qanday jigar, Mendan avval bahor sizdan olmish xabar. Maysa bo’lib ko’karib ham, ota, yana Menga taskin bermoqdasiz bu tong sahar. Bahor kelmish mangu sukut ko’yingizga, Har bir maysa o’xshar so’z-u o’yingizga. Bahor kelmish, qutlug’ bo’lsin hammangizga! Umr bersin bobongiz ham momongizga. Bahor axir qancha shodlik, shukronalik Kelturgusi xolangiz ham ammangizga. Qancha sevinch gulday qiz-u o’g’lingizga, Qancha qo’zi olib kelar qo’yingizga. Ko’klardagi to’lin-to’lin oyday Vatan, Osmon desam, toshqin-toshqin soyday Vatan. Vatan desam, ko’z oldimga onam kelgan, Onam desam, nigohimda paydo Vatan, Bahor kelmish yana rizq-u ro’zingizga, Dog’ tushmasin hargiz rang-u ro’yingizga. Sirojiddin Sayyid |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#190 |
Axir men bittaman
Million yilda meni yaratdi hayot, Meni so'rab qator tog'lar cho'kdi tiz. Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot, Axir men bittaman, yagona-yolg'iz. Bug'lanib qaytadan to'kiladi suv, Quyoshdan ishorat, ko'z yorar ildiz. Men axir ularga o'xshamaymanku, Axir men bittaman, yagona-yolgґiz. Har elat o'zicha atar shamolni, Mingta ism bilan yashaydi yulduz. Sen qaydan topasan boshqa iqbolni, Axir men bittaman, yagona-yolgґiz. Nafasim g'animat, so'zim g'animat, Fojia poyimdan uzilgan har iz. Mening nigohlarim eng ezgu ne'mat, Axir men bittaman, yagona-yolg'iz. Yaratganga borib aytaman seni, O'zi hukm etsin, odil va xolis. Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi? Axir men bittaman, yagona-yolg'iz... Iqbol Mirzo |
|
|
Ответить |
5 "+" от:
|
|