Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 28.09.2012 15:10   #1831  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Цитата:
Сообщение от Sparc Посмотреть сообщение
Бу ўхшатиш менимча ноўрин қўлланилган, "тонг ўринни ғижимлаб одамни уйғотади" деган маъно чиқиб қолган. "Ўрним ғижимланган, уйғотади тонг" дейилса тўғрироқ бўларди, лекин бу ҳолатда ҳам қиз бола ёки аёл учун "ўрним ғижимланган" деб эътироф этиш бироз ғализ туюлади.
E`tiboringiz uchun rahmat. Avvalo, bu yerda "o`rin"ning holati tasvirlanmaganligi, ya`ni "g`ijimlanmagan"ligini aytib o`tishni lozim topdim.

O`rnimni g`ijimlab, uyg`otadi tong...
Bu bilan aytmoqchi bo`lgan so`zim shunday ma`no berishini o`zim hayolga keltirmagan edim. Buning uchun uzr so`rayman.

Aslida, bu iborani "O`rnimni g`ijimlatib" degan ma`noda ishlatgan edim. Ya`ni, boshlanayotgan har bir tong asabiylik, qayg`u, alam bilan bilan boshlanishini ko`rsatib berishga harakat qilgandim. "Tong"ga urg`u berishni istamagandim. Shu she`rni boshqa saytlardagi forumlarga havola qilganimda, o`quvchilar unda aynan men ifoda qilgan ma`noni ko`rishdi.

Qofiyalarga kelsak, adabiyotda ohang orqali qofiyalash mumkinligini bilaman.

Оффтоп:
Lekin, fikrimcha, bu satrlar "O`rinni g`ijimlab" uyg`otadigan tong haqida guvohlik berganida ham, so`zlovchining ruhiy holatini aynan shu ko`rinishda anglash mumkin bo`lgan bo`lardi.
__________________
Olloh oqibatimizni xayrli qilsin...
Ответить 
Старый 30.09.2012 07:33   #1832  
Аватар для Sodirjon
Оффлайн
bozor
sotuvchi
Сообщений: 80
+ 43  43/27
– 1  6/5

Uzbekistan
Bahor tarovatin kuzga oldirib
Ketadi, kun o’tib qaytmoqlik uchun.
Kunduz quyoshini ufqqa botirib
Ketadi, tun o’tib qaytmoqlik uchun.

Shirin ertagini aytib kechalab
Oy ketar, bedorga qaytmoqlik uchun.
Dillarni qalqitgan ozor-muhabbat
Ketadi, bemorga qaytmiqlik uchun.

Sen mendan ranjima ketsam , jonginam,
Qaytaman intiqlab boqishlaringga ,
Qaytaman o’zingga intizor bo’lib ,
Qaytaman dilimni yoqishlaringga.


(C)
Ответить 
"+" от:
Старый 01.10.2012 13:34   #1833  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Mensiz yashay olasizmi?

Gullamasmi hayot bog`ingiz -
Gar ketmoqni etsam ixtiyor?
Sizsiz qalbim - qurigan dengiz,
Mensiz yashay olasizmi, yor?!

Tushlarimdan izni o`chirib,
Qizg`angancha zarra e`tibor -
Ko`nglingizni bir chetga surib,
Mensiz yashay olasizmi, yor?!

Ayriliqdan yurak-bag`rim xun,
Nigohlarim o`tinchi - diydor...
Siz-chi, majbur qilganda ochun -
Mensiz yashay olasizmi, yor...?

Sizsiz hayot - men uchun o`lim,
Va tiriklik - tavqi la`nat, or...
Sizga yetmay qolsa gar qo`lim -
Mensiz yashay olasizmi, yor?

Hayot asli shunday qoida:
Ishqsiz bahor - chechaksiz bahor...
Axir, hayot hali oldinda -
Mensiz yashay olasizmi, yor?

Har ko`ngilga yozilgan taqdir -
Har insonning o`z taqdiri bor.
Men - Hayotning o`ziman axir,
Mensiz yashay olasizmi, yor?!
__________________
Olloh oqibatimizni xayrli qilsin...
Ответить 
Старый 01.10.2012 15:41   #1834  
Аватар для Sodirjon
Оффлайн
bozor
sotuvchi
Сообщений: 80
+ 43  43/27
– 1  6/5

Uzbekistan
KUZ

Horg’in ko’chalardan entikib borar,
Savatini bazo’r ko’targancha kuz.
Xosili zaylidan bukilib, cho’kib,
Kundan-kun o’zidan o’girgancha yuz.

Kundan-kun bulutlar solishgan qaboq,
Kundan-kun maysalar nimjon va xolsiz,
Kundan-kun barglarning yuzlarida dog’,
Kundan-kun chamanlar qizilsiz, olsiz.

Ruhimni alamli dard cho’lg’aydi , dard,
Dilimni qiynaydi bir savol butun;
Dunyoni dunyoga to’ldirgan bir mard,
Hazonliq qatiga ketmog’i mumkin?!

Umrining poyoni qahratonga teng,
Umrining poyoni - oppoq sahifa ?!?!


(C)
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 04.10.2012 08:50   #1835  
Аватар для Sodirjon
Оффлайн
bozor
sotuvchi
Сообщений: 80
+ 43  43/27
– 1  6/5

Uzbekistan
Mudroq chamanlarda zog’lar hukmron,
Xatto sayrashadi ishonchli, biyron…
Yuragim alamdan og’riydi yomon ,
Bulbuljon uyg’on!

Iymon bozorida vijdon sotilar,
Tillarni kesarlar battol qotillar.
Zuhroning bag’rida Qorabotirlar,
Tohirjon uyg’on!

Alpomish Qalmiqdan kelmadi xali,
Sabrlar qoldimi uni kutgali?!
Bardoshing yetarmi o’zing tutgali
Barchinjon, uyg’on!

Mudroq chamanlarda zog’lar hukmron…


(C)
Ответить 
Старый 04.10.2012 11:01   #1836  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
ТУШ.
("Руҳият" туркумидан)


Аёвсиз куйдирар
Тепамда қуёш
Юзларим тирналган, усти бошим қон.
Икки ёноғимда қотиб қолган ёш,
Тупроқда ётибман танам чала жон

Дод десам овозим қолганди ўчиб,
Бечора юрагим йиғларди хомуш.
Уйғониб кетаман, қорқувдан чўчиб,
Яхшиямки бу туш,
Яхшиям бу туш…

Юрагим урарди, безовта тез-тез,
Вужудим қоплаган совуқ ва титроқ.
Қоронғу хонамда, ўйлайман ёлғиз,
Мен кимни ранжитдим,
Қилдим не гуноҳ?!

(c)
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 04.10.2012 14:32   #1837  
Аватар для Sodirjon
Оффлайн
bozor
sotuvchi
Сообщений: 80
+ 43  43/27
– 1  6/5

Uzbekistan
quyoshdek ko’kka chiqib,
quyoshdek bota olsam,
jamiki zahr-zulmatni
uningdek yuta olsam,
beg’ubor tong bazmini
bulbuldek kuta olsam,
dardlar to’lgan qaddimni
qamishdek tuta olsam,
SHOIR bo’larmidim?!

(C)
Ответить 
Старый 04.10.2012 16:45   #1838  
Аватар для Sparc
Оффлайн
Сообщений: 1,096
+ 1,249  922/478
– 100  32/25

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от albatros Посмотреть сообщение
Дод десам овозим қолганди ўчиб,
Бечора юрагим йиғларди хомуш.
Уйғониб кетаман, қорқувдан чўчиб,
Яхшиямки бу туш,
Яхшиям бу туш…

Юрагим урарди, безовта тез-тез,
Вужудим қоплаган совуқ ва титроқ.
"Дод десам овозим қолганди ўчиб", "Уйғониб кетаман, қорқувдан чўчиб", "Юрагим урарди, безовта тез-тез", "Вужудим қоплаган совуқ ва титроқ" тасвирланган зўриқиш-васвасага тушиш кетма-кетлиги билан анчагина осойишта "Бечора юрагим йиғларди хомуш" сатри, менимча, тўғри келмайди.
Ответить 
Старый 04.10.2012 17:51   #1839  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Цитата:
Сообщение от Sparc Посмотреть сообщение
"Дод десам овозим қолганди ўчиб", "Уйғониб кетаман, қорқувдан чўчиб", "Юрагим урарди, безовта тез-тез", "Вужудим қоплаган совуқ ва титроқ" тасвирланган зўриқиш-васвасага тушиш кетма-кетлиги билан анчагина осойишта "Бечора юрагим йиғларди хомуш" сатри, менимча, тўғри келмайди.
"Дод десам овозим қолганди ўчиб
Бечора юрагим йиғларди хомуш"


satrlarida uyqu holatidagi tuyg'ular ifoda etilgan.

"Юрагим урарди, безовта тез-тез,
Вужудим қоплаган совуқ ва титроқ."
misralarida esa o'sha qo'rquvdan so'ng, ya'ni uyg'otib ketilgandan keyingi holatdagi manzara tasvirlangan. Bundan ko'rinadiki, allanechuk tush ko'rib, qo'rquvdan uyg'onib ketgan "qahramonimiz"ning yuragi tez tez urib, tanasini titroq va sovuq qoplagan. Shunda bu qahramon o'z-o'ziga savol berib "Men kimni ranjitdim, qaysi gunohim uchun bu tush menga namoyon bo'ldi" deb aytmoqda.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 05.10.2012 10:08   #1840  
Аватар для pipicron
Оффлайн
"SDK Group And" FC LLC
Quality Manager
AKA:Ali Al Mehr
Сообщений: 455
+ 136  615/253
– 10  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для pipicron с помощью Skype™Мой мирFacebook
Цитата:
Сообщение от albatros Посмотреть сообщение
atrlarida uyqu holatidagi tuyg'ular ifoda etilgan.
Мана шу сатрдан сўнг бир очиқ сатр қолдириш керакмидикин..... Худди уйгониб кетган одам бир оз ўзини англаб олгунча кетадиган вақт учун....

Дод десам овози қолганди ўчиб,
Бечора юрагим йиғларди хомуш.


Уйғониб кетаман, қўрқувдан чўчиб,

Яхшиямки бу туш.
Яхшиям бу туш…
__________________
Масофага хамрох, манзилга тинчлик керак...
Ответить 
Ответить

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх