|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#172 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Nafrat o'lkasidan hijrat qilganman,
Ulfat diyoriga maskan qurganman. Yuzimni o't emas, gulga burganman, Samoviy zavqlarga to'lib turganman. Bulbullar sevgini maqtagan damda! Chechaklar o'sg'usi ko'z yoshlarimdan, Bo'g'inlar ung'usi o'ylashlarimdan. Qalblar yumshag'uchi sayrashlarimdan, Sevgi chamanida yayrashlarimdan. Jannatlar yaratg'ay tashlangan janda. Tilingan tillarga qon yug'urg'usi, Bo'shalgan inlarga jonlar kirg'usi, Tikanli boqchalar chechak ko'rg'usi, Haq yo'li, albatta, bir o'tilg'usi Jandalar tanimga tekkan kunlarda!... Cho'lpon |
|
Ответить |
![]() |
#175 | |
159 maktab
o`quvchi
Сообщений: 79
+ 22
30/23
– 0
0/0
![]() |
Цитата:
Avval hayron qolding, quvonding, kulding, Jim qotding. Ko’zingga yosh olding birdan. So’ng begonaday menga termulding, Yig’i nuqsi urgan nigohing bilan. Xavotir ichida deding: „Men ketdim...“ To’xtading. Xo’rsinding. Jo’nading shitob. Kuzgi chorbog‘ aro yo’qolding, yitding, Atlas liboslarga belangan sarob. Avval hayron qoldim. Beparvo kuldim. Jim qotdim. Go’dakday yig’ladim birdan. So’ngra begonaday ko’kka termuldim – Men hanuz falakka begonadayman... |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#177 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Ичаман, қуй майдан бўлайин сармаст,
Дардларим тарк этиб ором олайин. Қалбимда қолмасин заррача араз, Фақат ўзим билан ёлғиз қолайин. Ичаман, вужудим ёнмоқда шу дам, Ўртаниб, танамга сиғмайди руҳим. Сезмайман ҳеч нарса; юмуқ кўзлар ҳам, Унутдим ғуссаму, ғамим, андуҳим. Ичаман тўйгунча, яшаб чарчадим, Токи шароб сабаб бироз олай тин. Ажралиб бутунлай барча-барчадан, Майнинг ишқи билан охир ўлайин. Ўлсам...безовта ҳам бўлмайман бошқа Балки ҳеч ким келмас ҳолимни сўраб. "Яшамаган", - деб ёз қабрим тошига, Кузатгин “ишқ” деган кафанга ўраб! 2006… Firdavs P.S. Sanjarbek Rizoqulov va boshqa foydalanuvchilar... Iltimos, she'rni keltirganda, muallifini ham yozib qo'yishni yoddan chiqarmanglar... Avvaldan rahmat...
__________________
Мой ЖЖ Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 28.04.2008 в 11:08. |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#178 |
159 maktab
o`quvchi
Сообщений: 79
+ 22
30/23
– 0
0/0
![]() |
BEKOR. YOLG'ON!
Bekor. Yolg’on. Botmagan, Muhabbatning quyoshi. Tun keldi deb dodlagan, Bevafolar ko’z yoshi. Men boraman. Bu jonim, Senikidir... O’ksima. Tunda qo’rqma. Oq tongning Bir parchasi ko’ksimda... Usmon Azim |
|
Ответить |
![]() |
#180 |
159 maktab
o`quvchi
Сообщений: 79
+ 22
30/23
– 0
0/0
![]() |
JONINGIZ QAYDA?
Ishqning osmonida oyga qo’shilib, Aylangan boshingga bulutlar qaytar. Mening quchog’imda kuyday eshilib, Asta shivirlaysan: - Joningiz qayda? O’g’irlaysan barcha kalitlarimni, Sandiqlar ochilar – senga sir aytar. Izlaysan Qo’ng’irot, Yovmudlarimni, Horib shivirlaysan: - Joningiz qayda? - Shumi? – Qilichimni ko’lga tashlaysan. - Balki bu? – qo’lingni cho’zasan yoyga. So’ngra yig’lab-yig’lab so’roq boshlaysan: - Bir marta ayting-chi, Joningiz qayda? O‘zingni qadringni suvga otasan, Mening izzatimni qotasan loyga. Bolang o’lgan kabi fig’on tortasan: - Hamon tirikmisiz – Joningiz qayda? Og’ular qo’shasan hamma oshimga, Har qanday qasoslar tuyilar mayda. Yalinib turasan yana qoshimda: - Nega o’lmayapsiz? Joningiz qayda? Jonim senda deyman – aylanmas tilim, Jonim sensan deyman – yuragim to’nar... Mening omonatim... Jonim! Sevgilim! Endi seni qanday asrasam bo’lar?... Usmon Azim |
|
Ответить |
|