Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 04.07.2011 15:52   #171  
Аватар для Севара
Оффлайн
ОАКБ "Самарканд"
специалист
Сообщений: 65
+ 12  38/22
– 0  0/0

Uzbekistan
Ассалому алайкум. Умеда билан яқинда учрашган эдик. Қарз гап бўлиб қолмаслиги учун Сизларга Умедани ва унинг онасини рахматларини етказяпман! Кўпчилик форумчиларни танимасала-да, барчангизга ушбу ишга ҳисса қўшганларингиз учун миннатдорчилик билдирадилар. Улар Умедадаги ўзгаришларни мўжиза деб айтяптилар.
Куни кеча Умеда яна Андижонга йул олди. Қобилжон-акани, Шуҳрат-акани ва Сиз, яхшиларни, меҳнатларингиз зое кетмаганлигига ушбу воқеани эшитганлар хурсанд бўлмоқдалар. Умид қиламанки, яхши хабарларни ҳали кўп эшитамиз.
Ответить 
"+" от:
Старый 04.07.2011 17:41   #172  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Севара Посмотреть сообщение
Ассалому алайкум. Умеда билан яқинда учрашган эдик. Қарз гап бўлиб қолмаслиги учун Сизларга Умедани ва унинг онасини рахматларини етказяпман!
Севарахон, Сизга ва Бахтиёр ака Умиданинг аҳволидан домий равишда хабардор бўлиб турганингиз учун ўз миннатдорчилигимни аҳли форум номидан билдираман.
Гарчи Умида билан кунора телефон орқали суҳбатлашиб турган бўлсам-да, аҳволидан яқиндан хабар ола олмаяпман. Илоҳим, унинг ҳам мушкуллари тезроқ бартараф бўлсин.
Ответить 
Старый 07.07.2011 17:53   #173  
Аватар для Zokir Bobonov
Оффлайн
Respublika bolalar kutubxonasi
Bosh mutaxassis
Сообщений: 17
+ 2  9/4
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Севарахон, Сизга ва Бахтиёр ака Умиданинг аҳволидан домий равишда хабардор бўлиб турганингиз учун ўз миннатдорчилигимни аҳли форум номидан билдираман.
Гарчи Умида билан кунора телефон орқали суҳбатлашиб турган бўлсам-да, аҳволидан яқиндан хабар ола олмаяпман. Илоҳим, унинг ҳам мушкуллари тезроқ бартараф бўлсин.
Қойил!!! Қадр сўзи борган-сари қадрини йўқотаётган бугунги кунда сизларнинг оқибатларингиз, фақат тасанно! Ялтоқланаябди деб ўйламанг, чиндан ҳам хайрли ишларингиз.
Ответить 
Старый 11.08.2011 18:23   #174  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Севара Посмотреть сообщение
Куни кеча Умеда яна Андижонга йул олди. Қобилжон-акани, Шуҳрат-акани ва Сиз, яхшиларни, меҳнатларингиз зое кетмаганлигига ушбу воқеани эшитганлар хурсанд бўлмоқдалар. Умид қиламанки, яхши хабарларни ҳали кўп эшитамиз.
Умидадан қуйидаги мазмунда хат олдим. Бу хат барча форумдошларимга миннатдорчилик тарзида ёзилган деб билдим, муҳтарам форумдошларим.

Оффтоп:
Хат қандай ёзилган бўлса, таҳрир қилмай шу ҳолича жойлаштирдим, бунинг учун мени айбламайсиз деган умиддаман.


Цитата:
Salom, Nigora opa
Biz yaqinda Andijon klinikasida borib keldik.
Klinikada hamma duxturlar,hamshiralarni ko’rdik, har doim borganimizda 12-chi palatani menga beradilar.SHuxrat duxtur aperatsya joydan elektrodni oldilar,olgan vaqtda qatu og’ridi. Man noyabrdan-iyulgacha har kun 2 mahal 15-20minutgacha simulyatsiya olardim. Menga Qobiljon bobo professor muolajalardan qo’rqma simulyatsiya olgan vaqtda qaering og’risa menga ayt og’rimagandan ko’ra og’risa yaxshi deganlar.Qobiljon bobom u kishini shogirdlari SHuxrat aka boshqa vrachlar menga yaxshi qaraydilar. Yakshanba dam olish kuni bo’lsa ham muolajalarni o’z vaqtida qilardilar,lyuks 2kishilik palata kerakli dorilarni o’z vaqtida be pul qilib,har doim palatamga krib men yotgan kravatga yonimda o’tirib asal qizim chiroyli qizim hali sezadigan bo’lib tuzalib ketsa meni Andijonga ko’rgani keladi deydilar.Nimani aytib beray Sank Peterburgda studentlik vaqlarimnimi, bolaligimnimi yo xoxlagan qiziqan savolingni ber yo hikoya aytib beraymi deydilar.U kishi Umida buncha shoshasan odam zinadan 1-1 ta chiqadi birdaniga sakrab chiqib bo’lmaydi manam birdaniga osonlik bilan professor bo’lmaganman desalar,yo’q men birdaniga lift bilan chiqmoqchiman tezroq tuzalishni xoxliman desam lift bilan nima qilasan yaxshisi samolyotda tez chiqasan deb kulib SHuxrat qara Umidani mot qildik endi men bilan gaplashmayapti, endi buni kuldirish kerak deydilar. Soatlab palatamga o’tirsalar professor kabinetlari oldiga bemorlari ochirad bo’lib Qobiljon domlani kutib o’tirardi.Klinada hama meni Qobiljon domlani qizi buncha senga nimalarni gapirib beradilar? Biz domlani rosa qidiramiz deydi.Men oldin shuncha yil badanimni hech qayerimni sezmasdim siydik chiqib ketardi tunu kun tagimda kalyonkada yotardim, har kun pampers kiydirardilar ayam.Badanimni ushlasam begona odamni badanini ushlaganday bo’lardim. Nigora opa siz 1bor Samarqandga oldimga kelganizda hozir siydik chiqib ketmasin deb qo’rqandim,ich kelishini hech narsani sezmasdim.1-bor Andijon klinikasida borganimizda Qobiljon domla dadam,ayamga menga hama analizlarni qizga nima bo’lganni Jasurbek tushuntirib berdi.Demak amallasa bo’ladi Xudo xohlasa davosini topadi.SHuncha yil nega ob kemadiz 1shaharda bo’lsak deb dadam ayamni urushgandilar.Hozir men elektrod yordamida siydikni,ich kelishini, og’riqlarni sezyapman. Elektrodda smulyatsiya oladigan vaqtda badanimda chumolilar yurganday og’rig’iga chidab bo’lmasdi.Hozir ham xudi badanimni urganday qatu og’riydi, ay desam ayam qichqirma odam bo’lyapsan, oldin fanga nomalum narsa eding seni Nigora opang odam qilyaptilar deydilar.Endi kechasi bezovta bo’lib uyg’onsam siydikni sezyapman.Har siygim kelyapti deganimda ayam xudi siz eshtib turganday Nigoraga raxmat Xudoga shkur deydilaar.Qobiljon bobomga badanim borligini sezyapman desam voy dod mani qizimni ham badani bor ekanda sezadigan bo’libdi. Man hech narsa qilganim yo’q bu hamasi Xudodan maladies deydilar.Ilgari har kun ayam tagimda soladigan pilyonkalarni har kun 20-22ta 1kunda 2mahaldan yuvgan vaqtlari ham bo’lardi.aperatsyadan keyin 22yilda 1bor aya siygim kelyapti deganimda ayam shu kunlarga yetkazganiga shukur shuncha yilda 1bor siydigini ko’ryapman har doim sezmay tagida chiqardi Xudoga shukur raxmat sizga Nigorajon sizni yordamingiz tufayli Umida tuzalyapti deb yig’lagandilar. Professor,SHuxrat vrachga raxmat deb. Ilgari buvijonim menga yotganingda siqilib ketsang ken osmonni tomosha qilib yot, ko’mko’k oppoq bulutlar siqilganlaring tarqalib ketadi derdilar.Men buvijonim aytganlariday yotganimda osmonni tomosha qilib siqilib ketdim zerikdim qachon kalyonkasiz yotaman pampers kiymasdan sezadigan bo’laman qachon-qachon tuzalaman qiynalib ketdim tuzalishni juda-juda xoxliyman iltimos Xudo deb siqilib yiq’lardim osmonni tomosha qilib.Nigora opa sizni menga yordam berish uchun oldimga yuborgani uchun Xudoga behisob shukur raxmat sizga yaxshilik farishtasi yaxshiyam meni Andijonga professorga yuboribsiz menga yordam bermaganizda nima bo’lardim,nima qilardim? O’tgan kunlarimni unutishni boshqa eslashni xoxlamiman.
SHuxrat duxtur mani kravatda pampers,pilyonkasiz yotganimni ko’rib yana belimni ushlaganlarida nima qilyapman deb so’raganlarida,hozir belimni ushladiz qo’lizni barmoqlarizni izini sezyapman,men chokalab turishni qornim belim oq’riganni ayamga yotqizib qo’ying demasdan xoxlagan vaqtda o’zim kravatda yotaman o’zim qo’limni tepaga ko’tarib ko’pmasu ozgina o’tiraman siydikni2-4minut tutadigan bo’ldim,oyog’larimni qatu chimchilasa duxturga ay chimchiladiz hozir chimchilamadiz deyman, desam malades deb ayamga opa bu ham sizni baxtiz Xudoga aytganiz bor ekan bizga forumdagilar Umidani travma olganiga 20yildan oshgan qiz hech qayerini sezmaydi deganlarida biz bunday yaxshi natijani kutmagandik chunki bemorlarni travma olganiga 1yil bo’lsa bizlar garanti bermaymiz hammasi Xudodan deymiz.Umidaga biz kutganimizdanam zo’r natija beribdi bu ham mo’jiza deb hamma duxturlar ishlarimiz mehnatimizni natijasi bu dedilar.Manga aytilarki hozir oyoqda turishni o’rgatsakham bo’ladiyu lekin bu ko’p yillar harakat qilmay yotgani uchun oyoqlarini tovonlari paylari qotib qolgan tinmay 1kunda yuz-ming bor masaj qilib shug’ullanish kerak hozir charchab qoladi paylari yumshoq bo’lsa o’rnidan turishni mashq qilamiz dedilar, bu ham biz duxturlarni yutug’imiz bo’lardi dedilar.Menga aytdilaki tuzalaman yuraman deb tinmay har doim fizkultura o’zing ham masaj qil oldimga yurib kel dedilar.Hozir Samarqandda uyga duxtur kelib hama joyimni masaj qilyaptilar vitamin,nervlar uchun ukollar yozib berdilar uyda duxtur qilyaptilar ukol qilganlarida g’alati yoqimsiz bo’lyapti.Masajda har xil yotqizib qiladilar manam yonbosh,qorinda,tepaga qarab yotishni,o’tirishni o’rganiyapman.Odam hech kimga muxtoj bo’lmasdan o’zini o’zi bajarsa maza ekan.
Ответить 
Старый 11.08.2011 18:24   #175  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
хатнинг давоми

Цитата:
Nigora opa yodizdami 1bor oldimga kelganizda nimaga qiziqasiz deb mendan so’raganizda men inamarka mashinam bo’lsa pulim ko’p bo’lsa degandin.Dadam imkonim bo’lganida seni yaxshi duxturlarga ko’rsatardim,derdilarda.Shun uchun shunday bo’lsa deb o’ylardim. Haqiqi baxt sog’likda hech kimda muxtoj bo’lmaslikda ekan, oldin man buni his etmaganman.Hozir pulim bo’lmasa ham mashina ham keremas yurish tuzalib ketishni xoxliman Xudo xoxlasa. Qobiljon bobom qizim tuzalib ketsa Andijonga ob qolaman aytganlarimni qilmasan seni erga bereman deydilar.Nigora opa sizni yaxshi ko’raman menga dadam ayam yaqin qarindoshlarimiz qilmagan zo’r yaxshilik qildizda.Menga uydagilarimiz dadam buvim xoxlagan narsalarimni ob berib chiroyli joylarda tomosha qildirib, men barbir xursand bo’lmasdim menga yoqmadi derdim.Hozir esa tuzalyapman xurasandman.Nigora opa tushimda siz meni qo’limdan ushlab yurishni o’rgatayotgan ekansiz birdan o’rnimdan chokalab tursam hama uxlayapti xursand bo’lib uxladim,rostdanam shunday bo’lishni Xudodan so’rayman. Qobiljon domlani seherli qo’llaridan nafaqat men u kishidan shifo istab klinikada yotgan bemorlarga o’zimni boshqalarni ham tuzalib ketishini Xudodan so’rayman. Nigora opa Samarqandga tez keling hozir keling sizni sog’indim. Menga Qobiljon domlani topib oldilariga yuborganlariz uchun Jasurbek akaga ham raxmat.Samarqand bank Baxtiyor aka analizlarni bepul qildirib va Sevara opa har doim uyda kelib tel qilib yaxshi bo’lyapsizmi dedilar bundan xursand bo’laman.Barchangizga menga bergan yordamlariz uchun o’zim buvim ayam dadamni raxmatlarini aytaman.Samarqandga mehmonga kelinglar sizlarni uydagilar mehmon qilarkanlar menga qilgan yaxshiligiz uchun. Nigora opa ko’zlariz qalbizdagi mehriz hech qachon tugashini xoxlamiman raxmat sizga sizni juda yaxshi ko’raman sizni oldimga tuzalishim uchun Xudo yuborgani uchun Xudoga raxmat Qobiljon bobom menga bemorlarim tuzalib oldimga kulib kelsa ularni xursandligini ko’rsam tuzalganni ko’rsam hayotdan lazatlanaman barcha charchoqlarim tarqalib maza qilaman men uchu haqiqiy baxt bu deydilar.

Umeda Maxmudova
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 17.08.2011 01:12   #176  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Zokir Bobonov Посмотреть сообщение
Қадр сўзи борган-сари қадрини йўқотаётган бугунги кунда сизларнинг оқибатларингиз
Қадрли инсонлар бор экан, қадр ҳеч қачон ўз қадрини йўқотмайди! Оқибат гуллари эса борган сари чаманзорга айланаётган экан, унинг боғбонларига тасанно айтсак арзийди!!
Ответить 
Старый 17.10.2011 14:06   #177  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Bakhtiyor aka Посмотреть сообщение


Менга қолса расмларини умуман жойлаштирмас эдим.Сўраганинглар учун шу битта расмини жойлаштиришни лозим топдим. Қолганларини, узр жойлаштира олмайман, ўзимга эп кўрмадим, хафа бўлманглар.
Аввалги Умида билан ҳозирги Умиданинг ўртасида анча-мунча фарқ бор. Авваллари Умида қандайдир мунгли хафа кўринишда эди, ҳозир эса...

Ответить 
Старый 17.10.2011 14:27   #178  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Руҳан тушкун бўлган инсоннинг руҳиятини кўтариш инсонга қайсидир жиҳатдан руҳий хотиржамлик бахш этади. Айниқса, беморларнинг руҳияти баланд бўлса, дардларидан фориғ бўлиши осон бўлади.
Умидадан СМС олгандим:
Оффтоп:
СМС қандай бўлса, унинг бирор бир ҳарфини ўзгартирмай эътиборингизга ҳавола қиламан.

Цитата:
Nigora opa Bu kecha tuwimda siz qulimdanuwlab yuriwni urgatayotgan ekansiz. Birdan urnimdan 4okalab tursam xamma uxlayapti soat 3.15 ekan. Xursand bulib uxladim.
Умидага баҳордан бери унинг олдига боришга ваъда берардим, бироқ фурсат бўлмаганлиги туфайли у билан юзма-юз кўришмай, фақатгина телефон орқали мулоқот қилардим. Ваъдагамга биноан кеча-16 сентябрда, якшанба куни Умиданинг олдига бордим. Менга форумдошимиз "Самарқандбанк" ходими Севара ҳамроҳлик қилдилар.



Умиданинг 80 ёшга яқинлашиб қолган момоси ва ойиси Мунира опа барча-барча форумдошларга ўз миннатдорчиликларини билдириб дуо қилишди. Шу жумладан Қобилжон акадек қалби дарё, саҳоватпеша шифокорлар ҳали ҳам борлигига шукроналар келтиришди. Умида Андижонга боргач, уни махсус-люкс палатага жойлаштириб, барча муолажаларга, дори-дармонларга улардан заррача пул олишмабди. Шифокорлар, касалхонадаги беморлар Умида ва унинг ойисига юксак эътибор, оқибат кўрсатишибди. "Бундай бўлишини асло кутмагандик",-дейдилар Мунира опа.


Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 17.10.2011 в 14:31.
Ответить 
Старый 17.10.2011 14:51   #179  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Умида билан бир ўхшаш жиҳатимиз бор: у ҳа, мен ҳам "Киндер сюрприз" ўйинчоқларини йиғишга қизиқамиз. Умиданинг коллекциясидаги ўйинчоқлар сони 150 тадан ортиқ экан. Менда эса атиги 60 та дона ўйинчоқчалар бор.



Умиданинг бир гапи ҳамон қулоқларим остида жаранглаб турибди: "Нигора опа, 2011 йилда сезадиган бўлдим, 2012 йилда, албатта, юриб кетаман. Оёқларим юмшаб кетса бас".
Ответить 
Старый 18.10.2011 06:59   #180  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
"Нигора опа, 2011 йилда сезадиган бўлдим, 2012 йилда, албатта, юриб кетаман. Оёқларим юмшаб кетса бас".
Ҳаёт нафасини сезиб, англаб, ўз оёғимиз билан юрганимиз қанчалик бахт эканини ушбу дил изҳори бўлган сатрлардан ҳам билса бўлади!
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх