|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
|
|
#2 |
|
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191
112/60
– 0
0/0
![]() |
Topmadim...
Mehr bilan termulib turgan, Ko'zlaringni topa olmadim. Yuragimning qa'rida bosgan, Izlaringni topa olmadim. Quyosh kabi porlab o'shanda, Hayotimga berganding ma'no. Qalbim oynasiga aylangan, Yuzlaringni topa olmadim. Suhbatlardan ahtardim ma'no, Sovuq hislar dilimga botdi. Gulim deya quvontirganing, So'zlaringni topa olmadim...Afsus Hayotim
__________________
Ayollik baxtiga balki arzimam. Onalik baxtimdan etma benasib... |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#3 |
|
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191
112/60
– 0
0/0
![]() |
Ketaman, endi men ketaman,
Men bahtsiz insonga yor qayda? Bilaman, endi men bilaman, Suymasa, suykalish befoyda... Ketaman, na iloj, nachora, Zorim bor, zo'rim yo'q oldingda. Sevishim aytsam ham ming bora, Ishq o'ti yonmadi qalbingda. Ketaman...ortimdan zorlanib, Qolgin deb sen yolg'on zo'rlaysan. Bosh olib garchi men ketmasam, Baribir sevgimni ho'rlaysan. Ketaman, ko'zimdan oqqan yosh, Yomg'irday yog'adi boshingga, Sen buni sezmaysan bag'ritosh, Begona kelganda qoshingga. Ketaman, ortimdan suyunmay, Aksincha sen menga zor bo'lgin. Xo'rlading sevgimni tushunmay, O'zing ham albatta xor bo'lgin. Ketaman men olis tomonga, Bo'ylasang, bo'ylaring yetmaydi. Men ketgan u olis makonga, Ketganlar ortiga qaytmaydi... Tavakkal Hojimatov
__________________
Ayollik baxtiga balki arzimam. Onalik baxtimdan etma benasib... |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#4 |
|
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191
112/60
– 0
0/0
![]() |
Sizni tushlarimda ko‘rsam, sig‘insam,
Og‘ir botmasmikan? Ozor yetmasmi? Tunlar o‘zim bilmay sizni sog‘insam, Bu gunohdan yerlar yutmasmi? Yoningizga xayolan borsam, Quvmaysizmi, haydamaysizmi? Hislarimni sizga ishonsam, kulmaysizmi, aldamaysizmi? Ishq - bor, deb tunlarga ertaklar aytsam, La’natlamaysizmi, yig‘latmaysizmi?.. Nega indamaysiz, Nimaga jimsiz? Ishona olasizmi? So‘ragum... Axir, qon yutib zor qarg‘amoqqamas, Sevmoqqa yaralgan yuragim!.. Axir, nikohlandim nigohingizga, Bilmaysiz, bu sirni kimdan o‘rgandim. Azizim, Ishq - mening tushimda olgan Bitta bo‘sangizdan ko‘rgan farzandim!.. Zebo Mirzo |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#5 |
|
Сообщений: 624
+ 19
399/213
– 4
82/36
![]() |
Карим Баҳриев
MUSTAQILLIK DЕKLARATSIYaSI 1990 yil. 20 iyun. Yana kuz kelmoqda. Daryolar tindi. Shildir-shildir oqdi pokiza suvlar. Urgut bog’lariga sukunat qo’ndi, Хazonlarni sekin shamollar quvlar. Оta elim, endi sevingin, shodlan, Istiqloling kelib chertdi darvozang. Оlis manzillarga shu tongda otlan, Yo’qolib ketmagay endi ovozang... Nega quvonmaysan, toshmaysan jo’shib, Axir, mustaqillik keldi o’lkangga?! O’ris amaldori elkangdan tushib, O’z amaldoring... mindi elkangga. Nechun baxtdan yayrab, shod yashamaysan, Nechun boshing egik, o’zing ovvora?! Endi sen Moskovga pul tashimaysan, Endi sen ... Toshkentga tashiysan pora. Sen yaydoq dalangda ishlagin kuyib, Paxtangni hokimga topshiru quvon – Poytaxt zavodlari turibdi quyib, Ko’ksingga shaqirlab taqarsan unvon! Hasrating ko’p – ichda, lek zo’r – savlating, Shod bo’l, deb men o’zim bo’lolmasman shod. Mana, ozod bo’ldi buyuk davlating... Bechora xalqing ham bo’lsaydi ozod. 1990 yil, 20 iyun. Postskriptum. Bu sheъrni 1990 yil kuzida ko’p gazetalar qaytargan, ammo juda ko’p tahririyatlarda, masalan, “Оila va jamiyat”, “Mohiyat”, “Hurriyat” “21 asr” gazetalari xonalarida devorga osib qo’yilganini ko’rganman. |
|
|
Ответить |
|
|
#6 |
|
Xabar ber!..
Turdi shoir bilan dardlashuv Maxtumquli: - Ul nimadir, yashil-qizil o‘sadir? Ul nimadir, oyog‘i yo‘q kezadir? Ul nimadir, yetti daryo suzadir? Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber! Turdi shoir: - Ul ekindir, qizil-yashil o‘sadir, Ul ilondir, oyog‘i yo‘q kezadir, U baliqdir, yetti daryo suzadir, Bizdan salom bo‘lsin, javob shundaydir! Maxtumquli: - Ul nimadir, yoqasi bor, yoni yo‘q? Ul nimadir, qanoti bor, qoni yo‘q? Ul nimadir, odam yutar, joni yo‘q? Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber! Turdi shoir: - Ul kafandir, yoqasi bor, yoni yo‘q, Kapalakdir, qanoti bor, qoni yo‘q, Qaro yerdir, odam yutar, joni yo‘q, Bizdan salom bo‘lsin, javob shundaydir! Maxtumquli: - Ul nimadir, darvozasiz qal’adir? Ul nimadir, derazasiz binodir? Ul nimadir, bir-biridan a’lodir? Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber! Turdi shoir: - Ul ko‘nguldir, darvozasiz qal’adir, Ul qabrdir, derazasiz binodir. Ul oy-kundir, bir-biridan a’lodir. Bizdan salom bo‘lsin, javob shundaydir! Maxtumquli: - Ul nimadir, yemadilar, to‘ydilar? Ul nimadir, qiyomatga qo‘ydilar? Ul kim edi, tovonidan so‘ydilar? Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber! Turdi shoir: - Ul diydordir, yemadilar, to‘ydilar, Ul namozdir qiyomatga qo‘ydilar. Nasimiyning tovonidan so‘ydilar, Bizdan salom bo‘lsin, javob shundaydir! Maxtumquli: - Ul nimadir, yetti o‘lka kezadir? Ul nimadir, belin bir zot ezadir? Ul nimadir, odam kabi sezadir? Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber! Turdi shoir: - Ul cho‘pondir, yetti o‘lka kezadir, Ul qo‘y erur, belin tayoq ezadir, Bedov otlar odam kabi sezadir, Bizdan salom bo‘lsin, javob shundaydir! Maxtumquli: - Ul nimadir, tuproq uzra surinmas? Ul nimadir, odamlarga ko‘rinmas? Ul nimadir, hech bir to‘nga o‘ranmas? Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber! Turdi shoir: - Eranlardir, zalil bo‘lib surinmas, Ul balodir, kelsa ko‘zga ko‘rinmas, Yolg‘on gurung oshkor bo‘lar, o‘ranmas, Bizdan salom bo‘lsin, javob shundaydir! Maxtumquli Последний раз редактировалось albatros; 06.06.2012 в 18:32. |
|
|
|
Ответить |
|
|
#7 |
|
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191
112/60
– 0
0/0
![]() |
OG‘RIQ
Qancha kunlar qazo bo‘ldi, Jonimizga jazo bo‘ldi. Bizdan kimlar rizo bo‘ldi? Egamizga nima deymiz? Iymon azim daraxtdir xo‘b, Yaprog‘idan mevasi ko‘p, Shoxlarini sindirdik xo‘p, Egamizga nima deymiz? Kapalakka qo‘l bermadik, Chumoliga yo‘l bermadik, Dil olmadik, dil bermadik, Egamizga nima deymiz? Uyg‘ongimiz kelmas sira, Ko‘zimizni bosgan shira, Borgan sari ko‘ngil xira, Egamizga nima deymiz? Shayton buncha sohibjamol?! Qonimizda topar kamol, Hayotimiz — bitta savol: Egamizga nima deymiz? Kim yozganini bilmadim, uzr
__________________
Ayollik baxtiga balki arzimam. Onalik baxtimdan etma benasib... |
|
|
Ответить |
| Реклама и уведомления | |
|
|
#9 |
|
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191
112/60
– 0
0/0
![]() |
KECHIR!
Quyosh g‘arbga ketdi sho‘ng‘ib, Uxlolmadim, kechir rabbim! Siltadilar: "yig‘lagin", deb Yig‘lolmadim, kechir rabbim! Ko‘kka nolon nido qildim, Chok-chok bo‘lgan ko‘ksim tildim, O’zimni gunohkor bildim, Yig‘lolmadim, lekin Rabbim! Kimning ishi tushsa gar, bas, Yordamim tutdim har nafas, Yaxshilikdan boshim chiqmas, Yig‘lolmadim, lekin Rabbim! Ko‘zimda nur, yovuz kulgu, Qalbimda ishq to‘la tuyg‘u, Har kun boshim mehrobda-yu, Yig‘lolmadim, kechir Rabbim! Ishim mening sahovatdir, Bilmaganim - halovatdir, Bu qandayin musibatdir: Yig‘lolmadim, kechir Rabbim! Yomg‘irpo‘shdan topib panoh, Yomg‘irda ham qildim gunoh. Hush’u menga yot bo‘ldi, oh... Yig‘lolmadim, kechir Rabbim! Ko‘kka porlab chiqqach oftob, Senga nolon qildim xitob... Bir qatra yosh bo‘ldi kamyob, Yig‘lolmadim, kechir Rabbim! Istadim-u, qalbimda g‘am, Dod-voy soldi tog‘-u, tosh ham, Vale aylab ko‘zimni nam, Yig‘lolmadim, kechir Rabbim! Rabbim, sokin uxlat meni, Bag‘rim o‘yib tig‘lat meni Ne qilsang ham yig‘lat meni... Xayrulla Hamidov
__________________
Ayollik baxtiga balki arzimam. Onalik baxtimdan etma benasib... |
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
#10 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
Увол
Дардим айтсам, дўстга ҳам малол, Нима қолди бағрингда ҳалол. Душмандан ҳам ёмон чикди ёр, Дунё сенга бу жоним увол. Сийламадинг, суймадинг мени, Ўз ҳолимга қўймадинг мени, Етар шунча қийнадинг мени, Дунё сенга бу жоним увол. Чапга боқсам, чапимда шайтон, Юрсам, етти йўлимда шайтон, Кучоқ очар бағримда шайтон, Дунё сенга бу жоним увол. Зарларингга зор қилиб қўйдинг, Зўрларингга хор қилиб қўйдинг. Яна айбни ўзимга қўйдинг, Дунё сенга бу жоним увол. Рислиғой Хатамова
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
|
5 "+" от:
|
|