|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#162 | ||
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Фақат, "тезкорлик" деб шошма-шошарлик қилмаслик лозим! Лоақал, имловий хатоларни обдан кўриб, тузатиб чиққанингизда иш бошқача бўларди-да.
Цитата:
Ўзингизнинг ҳам: Цитата:
Фикр ёзишда маданиятли бўлишингизни истардим. |
||
|
|
Ответить |
|
|
#163 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Domla, assalomu alaykum
Iltimos, o'sha konferensiyada bo'lgandek gapirmang... Biz o'sha yerda bo'ldik, nima bo'lgan bo'lsa, Husen o'shani yozayaptilar... Siz ham bo'lganingizda, buning guvohi bo'lardingiz... Hamma o'rischa gapirib, o'rischa saytlarni, bloglarni gapirganda, Siz bo'lganingizda o'zbekcha saytlar haiqda ko'proq gapirish tashabbusi bilan chiqarmidingiz... Siz bilan tanishish baxtiga ega bo'larmizmi, deb o'ylagandik ![]() Nima bo'lganda ham, bo'lar-bo'lmasga o'z shogirdingizga tosh otishingiz Sizga yarashmaydi...
__________________
Мой ЖЖ |
|
|
Ответить |
|
|
#164 | |
![]()
Сообщений: 1,253
+ 1,042
1,526/636
– 63
80/43
![]() |
Media-konferensiyani Husen va Masud qatori men ham kuzatgani bordim.
Husen ta'kidlab o'tgani singari hozirgi kun talabalarida oliygohda biz o'qigan davrimizga nisbatan ancha katta imkoniyatlar mavjud. Media-konferenciyaning ketma-ket ikki yildan beri o'tkazilayotganini ham shu imkoniyatlar natijasi deb baholash mumkin. Konferensiyada tilga olingan mavzular albatta qiziqarli edi: Цитата:
1-mavzu borasidagi ma'ruzalar tinglab bo'lingach, moderator Alina Dadayeva O'zbekistondagi OAV saytlarida jurnalistikaning asosiy janrlaridan bo'lmish fel'eton, ocherklarning o'rni, mavjudligi haqida talabalarga savol berganida, hech kimdan sado chiqmaganligi konferensiyaga yetarlicha ilmiy tayyorgarlik bo'lmaganligini isbotlab berdi. Blog jurnalistikasi borasidagi mavzuda chiqish qilgan talabalar hamda fikr-mulohaza bildirgan tinglovchilar salkam bir ovozdan "Blog va jurnalistikaga alohida-alohida narsalar sifatida qarash kerak", degan xulosa berishdi. To'g'risi, hayron qoldim. Na bir ilmiy asos keltirishdi, na shuni tasdiqlaydigan biror aniq misol. O'zDJTUning Xalqaro jurnalistika fakultetidan tashrif buyurgan talabalardan biri bunga o'rinli e'tiroz bildirib o'tdi. To'g'ri-da, internetni o'z jamiyatiga singdirib yuborgan Yevropa davlatlarida blogning jurnalistika tarkibiga kirish-kirmasligi masalasida anchadan beri ilmiy izlanishlar, kuzatuvlar olib borilayotgan hamda blogdan soha jurnalistikasi vositasi sifatida keng foydalanib kelishayotgan bir vaqtda, internet yo'nalishini yaqindan boshlab o'rganib va o'rgatib kelayotgan jonajon fakultet jamoatchiligi "Blog va jurnalistika alohida-alohida narsalar", deb da'vo qilib qo'yishsa, g'alati tuyularkan. Kelgusi yillar media-konferensiyalarida tanlangan mavzular bo'yicha jiddiyroq va ilmiy tomondan yondoshuv bo'ladi, degan umiddaman. 3-mavzuni sport saytlariga bag'ishlashibdi. Sport mavzusi, albatta, qiziqarli. Lekin, kelgusi yillarda ko'proq ijtimoiy-siyosiy, madaniy va iqtisodiy yo'nalishda faoliyat yuritadigan saytlarimizni tahlil qilishga o'tishsa, foydaliroq bo'lardi. "Caravan group" restoranlar tizimi rahbari T.D. Musinning "Restoran biznesida axborot texnologiyalarini tadbiq etish va qo'llash" mavzusidagi chiqishi konferensiyadagi mavzular ichida lirik chekinish bo'ldi. Konferensiya tashkilotchiligi biroz tartibsiz bo'libdi. Ayniqsa, tushlik uchun vaqt ajratilmaganini ko'pchilik ishtirokchilar tanqid qildi. Talabalarning intermediyalar taqdimoti, ya'ni, KVN konferensiyaning yorqin va esda qolarli qismi bo'ldi. Ilmiy qismdan farqli o'laroq, kunning bu qismida talabalarning iqtidorlari boricha namoyon bo'ldi. Rosti, intermediyalarni miriqib tomosho qildim. O'zbek guruhlari talabalari KVNda rus guruhlari talabalariga qaraganda qiziqarliroq va yumorga boy chiqishlar qilishdi. Aytmoqchi, KVN yakunida 16 nominatsiya bo'yicha sovrinlar topshirildi. Meni eng qiziqtirgan narsa "Eng yaxshi blog" nomnatsiyasida kim g'olib chiqishi bo'ldi. Fikr.uz saytiga berildi. Nima uchun aynan Fikr.uz blogiga berildi va qaysi blog-saytlar orasidan tanlab olindi degan savolimning javobi mavhumligicha qolaverdi... Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 18.04.2011 в 11:50. |
|
|
|
Ответить |
|
3 "+" от:
|
|
|
#166 | |
![]()
Сообщений: 2,785
+ 4,426
3,679/1,480
– 82
66/51
![]() |
Цитата:
КВН показал студентов намного больше и ярче, чем обуждение докладов, это настоящие таланты, и когда все эти КВН-щики придут в журналистику, то там обязательно все заколосится :-0) ![]() Студенты узбекских групп всех курсов подготовились лучше русских групп, было больше драйва, пластики, музыки и острых шуток. ![]() мы с Нигорой Умаровой и Зумраж Шаджалиловой работали в жюри. (Зумраж - янги исм, ор ник? )![]() Диплом вручен организатору конференции заведующему кафедрой интернет-журналистики Шерзоду Кудратходжаеву. Видно, что все держится на его энтузиазме и энергии. Еще заметно как любят, даже боготворят его студенты.
Последний раз редактировалось Colorado; 17.04.2011 в 22:47. |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#167 |
![]()
Сообщений: 1,253
+ 1,042
1,526/636
– 63
80/43
![]() |
![]() Media-konferensiyada ishtirok etgan talabalar Twitterda o'sha vaqtning o'zida sharh berib borishibdi: http://twitter.com/search?q=%23TMK11 Just amazing!
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#169 | |
![]()
Сообщений: 1,253
+ 1,042
1,526/636
– 63
80/43
![]() |
Ажойиб янгилик:
2011 йил 25 апрелдан бошлаб Тошкентда пойтахтимизнинг илк бепул кундалик газетаси "Сегодня" (Бугун) нашрдан чиқа бошлади. Бошланишига 15.000 нусхадан чиқарилаётган ушбу газетанинг муассиси CIB GROUP компанияси ҳисобланади, бош муҳаррири эса бир замонлар Европада таҳсил олган (европакўрган ). Дунёнинг метрополитен шаҳарларида чиқадиган кундалик газеталардан андоза олган бу газета ҳозирча фақат рус тилида чиқарилмоқда, ўзбек тилидаги талқини яқин келажак учун режага киритилган.Батафсил маълумот: Цитата:
Последний раз редактировалось Bekmirzo; 27.04.2011 в 08:35. |
|
|
|
Ответить |
|
5 "+" от:
|
|
|
#170 |
![]()
Сообщений: 1,253
+ 1,042
1,526/636
– 63
80/43
![]() |
Kuni kecha, kechki soat 20.20 lar atrofida "Yoshlar" telekanali O'zbek matbuotini yaxshigina tanqid qilib chiqqan jami 90 daqiqalik bir ko'rsatuvning 1-qismini namoyish etibdi. Afsuski, shu 1-qismni ko'ra olmadim, yo'lda edim...
Bugun soat 20.20 da mazkur ko'rsatuvning 2-qismi efirga uzatilarkan. O'tkazib yubormaslik kerak, unda haqiqatda ham maqtashdan oldin odam ancha o'ylanib qoladigan matbuotimiz haqidagi tanqidiy fikrlar davom ettiriladi. Yosh jurnalist do'stimiz Muhrimning xabariga ko'ra, ko'rsatuvning 1-qismida "Xalq so'zi" va "Pravda Vostoka" gazetalaridan tashqari katta va nomdor gazetalarning barchasiga lupa orqali nazar tashlab o'tilgan ekan (“Adolat”, “Jamiyat”, “Hurriyat”, “Mohiyat”, “O‘zbekiston ovozi”, “XXI asr” va hokazo... Poraxo'r jurnalistlar, matbuotdagi korrupciya, savodsizlik, yuzakilik, buyurtma maqolalar va hokazo...). Ushbu va boshqa mavzular orqali zamonaviy O'zbek matbuotining hozirgi ahvoli haqida xolisona tanqidiy fikrlar bildirganimizda, ba'zi lo'ttiboz va maddoh kimsalar bizni har xil gaplar bilan yomonotliq qilishga urinishgandi. Mana, haqiqat bor ekan, milliy matbuotimizning hozirdagi haqiqiy ahvoli haqidagi tanqidiy fikrlar oddiy bir ko'rsatuv doirasida atigi 5-10 minut emas, balki butun mamlakat telekranlar qarshisida o'tiradigan vaqtda aynan yo'naltirilgan mavzu orqali keng jamoatchilik e'tiboriga havola etilmoqda. Umid qilamanki, bu bilan to'xtab qolinmaydi va matbuotimizda haqiqatda ham rivojlanish bo'ladi. O'tkazib yubormang, bugun soat 20.20 da, "Yoshlar" telekanalida. ![]() PS: Ko'rsatuv tv-dasturdan joy olmagan. Shunga nomini aniqlashning iloji bo'lmadi hali. Taxminan, “Sergaklik (va yana nimadir) — davr talabi” deb nomlanarkan... |
|
|
Ответить |
|